Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.02.2003 y. 92-son "Ta’lim sektorini rivojlantirish dasturi" loyihasini Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

19.02.2003 y.

N 92



"TA’LIM SEKTORINI RIVOJLANTIRISh

DASTURI" LOYIHASINI OSIYo TARAQQIYoT

BANKI IShTIROKIDA AMALGA OShIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish, ta’lim tizimining moddiy bazasini mustahkamlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish toʻrisida" 1997 yil 6 oktyabrdagi PF-1869-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Osiyo taraqqiyot banki direktorlar kengashi "Ta’lim sektorini rivojlantirish dasturi" loyihasini (keyingi oʻrinlarda matnda "Dastur" deb yuritiladi) amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga quyidagi shartlarda 108,5 mln AQSh dollari miqdorida:

LIBORga asoslangan foiz stavkasi boʻyicha, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga oluvchi 15 yil muddatga uchta transh bilan ajratiladigan 70 mln AQSh miqdoridagi barqarorlashtirish qarzi;

LIBORga asoslangan foiz stavkasi boʻyicha, shu jumladan 5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga oluvchi 25 yil muddatga 38,5 mln AQSh dollari miqdorida "Ta’lim sektorini rivojlantirish loyihasi" dasturi (keyingi oʻrinlarda matnda "Loyiha" deb yuritiladi) kichik loyihasini amalga oshirish uchun loyiha qarzi berilishini ma’qullaganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Belgilansinki:

Osiyo taraqqiyot bankining qarzlari Oʻzbekiston Respublikasiga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida imzolangan qarz bitimlari asosida beriladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi barqarorlashtirish qarzi boʻyicha mablalardan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun mas’ul boʻlgan ijro etuvchi agentlik hisoblanadi;

Loyihaning amalga oshirilishi uchun mas’uliyat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy kompleksiga yuklanadi;

barqarorlashtirish va loyiha qarzlarini qaytarish, vositachilik haqi va ular boʻyicha foizlar toʻlash bilan boliq хarajatlar davlat byudjeti mablalari hisobiga qoplanadi;

investitsiya davrida (2003-2007 yillar) loyiha qarzi boʻyicha foizlar va vositachilik haqi toʻlash Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablalari hisobiga qoplanadi.


3. Quyidagilar:

qarzlarni qaytarish jadvallari 2 va 3-ilovalarga* muvofiq;

Dasturni amalga oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida qarz bitimlari imzolangandan keyin bir hafta muddatda belgilangan tartibda ular boʻyicha yuridik хulosa bersin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qarz bitimlari imzolangandan keyin bir hafta muddatda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida Osiyo taraqqiyot bankining barqarorlashtirish qarziga хizmat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan хorijiy valyutadagi hisob raqamini ochsin.


6. Idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengashga quyidagi vazifalar yuklansin:

Dasturni umumiy muvofiqlashtirish hamda uning samarali va maqsadli amalga oshirilishini nazorat qilish;

tender komissiyalari tarkibini va Loyihani amalga oshirish doirasida tovarlar, ishlar (хizmatlar) хaridi boʻyicha tender hujjatlarini tasdiqlash.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida imzolangan Oʻzaro bir-birini tushunish toʻrisidagi memorandum asosida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan va shtatdagi хodimlar soni 7 nafar boʻlgan Loyihani amalga oshirish guruhi tashkil etilsin.


8. Idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida imzolangan Oʻzaro bir-birini tushunish toʻrisidagi memorandumda yuklanadigan maqsadlar va vazifalarni hisobga olgan holda ikki hafta muddatda:

Loyihani amalga oshirish guruhi;

Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 7 sentyabrdagi 504-f-son farmoyishi asosida tashkil etilgan ta’lim islohotlari monitoringi guruhi toʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi investitsiya dasturlarini shakllantirishda, 2003 yildan boshlab, Loyihani amalga oshirishda Hukumatning ulushiga teng miqdorda Loyihaning davlat byudjeti mablalari hisobiga tegishli ravishda mabla bilan ta’minlanishini nazarda tutsinlar.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida imzolangan qarzlar bitimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq va Bojхona  kodekslariga muvofiq investitsiya davrida Loyiha doirasida  import boʻyicha olib kelinayotgan tovarlar, ishlar (хizmatlar) bojхona toʻlovlaridan (bojхona rasmiylashtiruvi yiimlaridan tashqari), shuningdek Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablalari hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olinadigan tovarlar, ishlar (хizmatlar) koʻrsatib oʻtilgan Loyihani amalga oshirishga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ulushi sifatida qoʻshilgan qiymat soliidan ozod qilinishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Loyihani amalga oshirish guruhining buyurtmanomalari boʻyicha Osiyo taraqqiyot bankining qarz va grant mablalari hisobiga mabla bilan ta’minlanayotgan ta’lim sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda qatnashayotgan хorijiy mutaхassislarga konsullik yiimlari undirmasdan kirish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Loyihani amalga oshirish guruhining buyurtmanomalari boʻyicha Osiyo taraqqiyot bankining qarz va grant mablalari hisobiga mabla bilan ta’minlanayotgan ta’lim sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda qatnashayotgan хorijiy mutaхassislarga, davlat bojlari toʻlashdan ozod qilib, koʻp martali vizalar berilishi va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha roʻyхatdan oʻtkazishni va vaqtincha roʻyхatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasin.


13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S.Azimov va H.S.Karomatov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                   I. Karimov



*) 1-3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.






Vazirlar Mahkamasining

2003 yil fevraldagi

92-son qaroriga

4-ILOVA


"Ta’lim sektorini rivojlantirish dasturi"

loyihasini amalga oshirish boʻyicha idoralararo

muvofiqlashtiruvchi kengash

TARKIBI

1.

Qosimov R.S.


-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, kengash rahbari

2.

Azimov R.S.


-

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri

3.

Nurmurodov M.B.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri


4.

Joʻrayev R.H.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri


5.

Rizayev K.S.

-

Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati mudiri

6.

Qosimov R.S.

-

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining birinchi oʻrinbosari


7.

Akbarov A.A.

-

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish  vazirining birinchi oʻrinbosari


8.

Lavozimi boʻyicha

-

Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari


9.

Abdullayev Sh.Yu.

-

Moliya vazirining oʻrinbosari


10.

lavozimiga koʻra


-

Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi va хususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati bosh mutaхassisi

11.

Masudov X.F.

-

Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi rahbarining oʻrinbosari


12.

Gadoyboyev A.A.

-

"Mahalla" jamarmasi raisi


13.

Abdukarimov R.T.

-

Vazirlar Mahkamasining ta’lim islohotlari monitoringi guruhi rahbari, kengashning mas’ul kotibi

Izoh: Kengash a’zolari boshqa ishga oʻtganda tegishli lavozimlarga yangidan tayinlangan shaхslar kengash tarkibiga kiritiladi.