Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 328-V-son, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 20-son "Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida"gi 02.10.2013 y. Qarori (AV tomonidan 21.11.2013 y. 2528-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

21.11.2013 y.

N 2528

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

02.10.2013 y.

N 328-V


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

BOSh PROKURATURASI HUZURIDAGI

SOLIQ, VALYuTAGA OID JINOYaTLARGA

VA JINOIY DAROMADLARNI

LEGALLAShTIRIShGA QARShI

KURAShISh DEPARTAMENTINING

02.10.2013 y.

N 20


QARORI



Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan

olingan daromadlarni legallashtirishga

va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi

kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini

tasdiqlash haqida


Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 y., 12-son, 247-modda), "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 y., 5-6-son, 54-modda) va "Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004 y., 43-son, 451-modda) qonunlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti QAROR QILADILAR:


1. Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009 yil 13 oktyabrdagi 23/6 va 32-sonli "Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 2023, 2009 yil 23 oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 44-son, 472-modda);

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009 yil 29 dekabrdagi 39/3 va 3-sonli "Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 2023-1, 2010 yil 2 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 5-son, 42-modda);

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010 yil 23 oktyabrdagi 34/17 va 2010 yil 2 noyabrdagi 29-sonli "Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 2023-2, 2010 yil 19 noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 47-son, 433-modda).


3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Markaziy bank raisi

F. Mullajonov

Bosh prokuratura huzuridagi

Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga

va jinoiy daromadlarni legallashtirishga

qarshi kurashish departamenti boshlii v.b.

B. Zilyayev

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 25 noyabr, 47-son, 623-modda