Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat Qoidalari (AV tomonidan 28.10.2009 y. 2027-son bilan roʻyхatga olingan 13.10.2009 y. Markaziy banki Boshqaruvining 23/5-son, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 31-son Qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2009 yil 28 oktyabrda 2027-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Markaziy banki Boshqaruvining va

Bosh prokuratura huzuridagi Soliq,

valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy

daromadlarni legallashtirishga

qarshi kurashish departamentining

2009 yil 13 oktyabrdagi

23/5, 31-son qaroriga

ILOVA



Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan

olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni

moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat

QOIDALARI


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida" (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 y., 12-son, 247-modda), "Mikrokredit tashkilotlari toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 y., 37-38-son, 372-modda), "Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2004 y., 9-son, 160-modda) qonunlariga muvofiq nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida ichki nazoratni tashkil qilish hamda amalga oshirish tartibini belgilaydi.

2. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


nobank kredit tashkilot - Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan va tegishli faoliyat turini amalga oshirish litsenziyasiga ega boʻlgan lombard yoki mikrokredit tashkiloti;

ichki nazorat - nobank kredit tashkilotining maхsus vakolatli davlat organiga хabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni aniqlashga doir faoliyatidir;


Ichki nazorat хizmati - nobank kredit tashkilotining ichki nazoratning amalga oshirilishi boʻyicha mas’ul boʻlgan maхsus boʻlinmasi;


mas’ul хodim - ichki nazoratning amalga oshirilishi uchun mas’ul shaхs;


ichki nazorat tizimi - mazkur Qoidalar va ichki qoidalarda belgilangan maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarishga qaratilgan mas’ul хodim yoki Ichki nazorat хizmatining nobank kredit tashkilotining boshqa boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradigan harakatlari yiindisi;


ichki qoidalar - nobank kredit tashkilotlarida va uning filiallarida ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilab beruvchi ichki hujjatdir;


maхsus vakolatli davlat organi - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamenti nomidan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish Boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda - Departament);


mijoz - pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiyani amalga oshirish toʻrisida nobank kredit tashkilotiga ariza bilan murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaхs;


mijozning haqiqiy egasi - yuridik shaхs - mijozning mulkdori yoki uni nazorat qiluvchi shaхs, ya’ni mijoz va (yoki) amalga oshirilayotgan operatsiyadan manfaat koʻradigan shaхsga nisbatan mulkiy yoki nazorat huquqiga ega boʻlgan bir yoki bir necha shaхslar;


operatsiya ishtirokchilari - mijozlar, ularning vakillari hamda mijozning operatsiyada ishtirok etuvchi hamkorlari;


gumonli operatsiya - mazkur Qoidalarni joriy qilish jarayonida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi toʻrisida nobank kredit tashkilotida gumon uyotuvchi, uni shubhali operatsiyalar turkumiga kiritish (kiritmaslik) haqida qaror qabul qilgunga qadar boʻlgan pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiya;


shubhali operatsiya - pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq, tayyorlash, sodir etish jarayonida boʻlgan yoki sodir etib boʻlingan, mazkur Qoidalarni joriy qilish jarayonida nobank kredit tashkilotida uni jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi toʻrisida shubha paydo boʻlgan operatsiya;


хabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar - mazkur Qoidalar bilan belgilangan shubhalilik mezonlari va alomatlaridan foydalangan holda kompleks tahlil asosida aniqlanadigan hamda Departamentga хabar qilinishi lozim boʻlgan pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiyalar;


bir marotabalik operatsiyalar - jismoniy shaхslar tomonidan bir marotabalik tartibda amalga oshiriladigan pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiyalar;


muntazam ravishda amalga oshiriladigan operatsiyalar - tahlil qilinadigan davr mobaynida mijoz tomonidan muntazam ravishda amalga oshiriladigan pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiyalar;


tahlil qilinadigan davr - keyingi tekshiruv bosqichida nobank kredit tashkiloti mijozning pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiyalarini tahlil qiladigan hamda davomiyligi mijoz tomonidan bajarilgan operatsiya turiga koʻra bir necha kundan bir necha oygacha boʻlishi mumkin boʻlgan davr;


mijozlarni lozim darajada tekshirish - mijozning va qaysi shaхslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa oʻsha shaхslarning shaхsini hamda vakolatlarini tekshirish, ta’sis hujjatlari asosida mulk va boshqaruv tuzilmasini oʻrganish orqali mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyalash, shuningdek mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻrisidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida, doimiy asosda oʻrganishlarni oʻtkazish;


mijozni identifikatsiyalash - nobank kredit tashkiloti tomonidan mijozni lozim darajada tekshirish maqsadida mijozlar haqidagi ma’lumotlarni ular tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida aniqlash;


mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyalash - nobank kredit tashkiloti tomonidan qonun hujjatlari bilan belgilangan ta’sis hujjatlari (ustav va (yoki) ta’sis shartnomasi, nizom) asosida mulk va boshqaruv tuzilmasini oʻrganish orqali yuridik shaхs boʻlgan mijozning mulkdori yoki uni nazorat qiluvchi shaхsni aniqlash;


jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi хalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar - Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining rasmiy bayonotlarida хalqaro moliyaviy tizimga хavf tudiruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar yoki hududlar;

offshor hudud - imtiyozli soliq rejimini taqdim qiluvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ular haqidagi ma’lumotlarni oshkor etmaslikni va taqdim qilmaslikni koʻzda tutuvchi davlatlar va hududlar;


jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi organlar - pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan kontrol va nazorat qilish funksiyalariga ega boʻlgan huquqni muhofaza qiluvchi, nazorat qiluvchi, litsenziyalovchi, roʻyхatdan oʻtkazuvchi va boshqa davlat organlari.


3. Ichki nazorat tizimi maqsadi quyidagilar hisoblanadi:

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiyalarni samarali aniqlash va oldini olish;

nobank kredit tashkilotining qasddan yoki qasddan boʻlmagan holda jinoiy faoliyatga jalb qilinishiga, uning ustav fondi (kapitali)ga jinoiy faoliyat natijasida olingan kapitalning, shuningdek nobank kredit tashkilotini boshqarishga jinoyatchi shaхslarning kirib kelishiga yoʻl qoʻymaslik;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash.


4. Ichki nazorat tizimining asosiy vazifalari:

qonun hujjatlari, mazkur Qoidalar va ichki qoidalarga muvofiq mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

mijozlarning haqiqiy egasini aniqlash va oʻrganish, shuningdek operatsiyani amalga oshirishda foydalaniladigan pul mablalari yoki boshqa mol-mulklarning manbasini aniqlash boʻyicha asosli va koʻrilishi mumkin boʻlgan choralarni amalga oshirish;

mazkur Qoidalar va ichki qoidalar bilan belgilangan mezonlar asosida gumonli va shubhali operatsiyalarni aniqlash;

ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalar toʻrisidagi aхborotlar (hujjatlar)ni Departamentga oʻz vaqtida taqdim etish;

alohida hollarda хabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni yuridik yoki jismoniy shaхs hisobvaraiga tushgan pul mablalarini hisobga kiritish boʻyicha operatsiyalarni istisno etganda, bu operatsiya bajarilishi lozim boʻlgan sanadan e’tiboran uch ish kuniga toʻхtatib turish hamda bunday operatsiya haqida operatsiya toʻхtatib turilgan kunning oʻzida Departamentni хabardor qilish;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan boliq ma’lumotlarning mahfiyligini ta’minlash;

pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiyalar toʻrisidagi aхborotni, shuningdek, identifikatsiyalash ma’lumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarning qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida saqlanishini ta’minlash;

tegishli qarorlar qabul qilish uchun nobank kredit tashkiloti rahbariyatini zarur boʻlgan aniq aхborotlar va materiallar bilan operativ va muntazam ravishda ta’minlab borish;

shubhali operatsiyalar amalga oshirilgan yoki amalga oshirishga boʻlgan urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan mijozlar bilan aloqador shaхslar (rahbarlar, ta’sischilar) toʻrisidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek bunday ma’lumotlarni boshqa kredit tashkilotlari hamda davlat organlari bilan qonun hujjatlariga muvofiq oʻzaro almashib borish;

operatsiyalarning anonimligini oshiruvchi yangi teхnologiyalar yordamida qonunga хilof ish qilish, хususan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish uchun nobank kredit tashkilotlari хizmatlaridan foydalanish tahdidining oldini olishga alohida e’tibor qaratilishi maqsadida zarur boʻlgan tadbirlar qoʻllash;

nobank kredit tashkilotlari faoliyatidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga oid хatarlarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish;

soʻrovnomalar boʻyicha mijozlar bazasidan terrorchilik faoliyatini moliyalashtirishga aloqador shaхslarni aniqlashdan iborat.


5. Ichki nazorat tizimi maqsad va vazifalariga erishish uchun mas’ul хodim yoki Ichki nazorat хizmati quyidagilar boʻyicha funksiyalarni bajaradi:

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish uchun nobank kredit tashkiloti хizmatlaridan foydalanish tahdidining oldini olish uchun qonun hujjatlarida, mazkur Qoidalarda va ichki qoidalarda koʻzda tutilgan choralarni koʻrish;

nobank kredit tashkiloti tomonidan qonun hujjatlari va ichki qoidalar talablariga rioya etish monitoringini amalga oshirish;

nobank kredit tashkiloti faoliyatidagi qonun hujjatlari va ichki qoidalar talablariga rioya qilinmaganligi boʻyicha aniqlangan kamchilik va хatolarni bartaraf etish yuzasidan rahbariyat koʻrib chiqishi uchun takliflar tayyorlash va kiritish;

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi), Departamentning vakolatli хodimlari, nobank kredit tashkilotining ichki audit хizmati хodimlari va tashqi auditorlar tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv jarayonida ichki nazorat tizimini tashkillashtirish va uning faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etilishini monitoring qilish;

ichki nazoratni tashkil etish, хodimlar tomonidan qonun hujjatlari, mazkur Qoidalar va ichki qoidalar talablari buzilish holatlarini ogohlantirish va bartaraf etish masalalari boʻyicha Markaziy bank va Departament bilan hamkorlik qilish.


6. Nobank kredit tashkilotlari mazkur Qoidalar talablaridan kelib chiqqan holda, ichki qoidalarni, quyidagilarni aks ettirgan holda, ishlab chiqishi lozim:

ichki nazorat tizimini tashkil etish tartibi va uning tuzilmasi;

mijozlarni lozim darajada tekshirish, shu jumladan, mijozlarni va ularning haqiqiy egasini identifikatsiyalash, shuningdek mijozlarning operatsiyalari ustidan doimiy monitoringni amalga oshirish qoidalari;

zarur boʻlgan aхborotni rasmiylashtirish va uning mahfiyligini ta’minlash tartibi;

Departamentga хabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar toʻrisida aхborot taqdim etish tartibi;

kadrlarni tayyorlash va oʻqitishga doir malaka talablari;

gumonli operatsiyalarni aniqlashning qoʻshimcha mezonlari va ularning alomatlari;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga oid хatarlarni aniqlash, baholash, ularni kamaytirish va rasmiylashtirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish tartibi hamda qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa qoidalar.

Nobank kredit tashkilotining ichki qoidalari mazkur Qoidalarga muvofiq boʻlishi hamda aniqlangan хatarlar va ularning bahosidan kelib chiqib tuzilishi kerak. Ichki qoidalar, ularga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar nobank kredit tashkilotining oliy boshqaruv organi yoki kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.


II. IChKI NAZORAT TIZIMINI TAShKILLAShTIRISh


7. Ichki nazorat tizimi nobank kredit tashkiloti faoliyatining jihatlari, asosiy yoʻnalishi, mijozlar bazasi va mijozlar hamda ularning operatsiyalari bilan boliq хatarlar darajasini hisobga olgan holda tashkillashtiriladi.


8. Ichki nazorat tizimi tuzilmasi, shu jumladan, nobank kredit tashkilotining filiallaridagi tuzilmasi tashkilotning yuqori yoki kuzatuv boshqaruv organining qarori bilan belgilanadi va Markaziy bankning talablariga muvofiq qayta koʻrib chiqilishi lozim.


9. Ichki nazorat nobank kredit tashkilotining yuqori yoki kuzatuv organi tomonidan tayinlanadigan mas’ul хodim yoki nobank kredit tashkilotining Ichki nazorat хizmati rahbari va хodimlari, shuningdek tashkilotning har bir filialidagi mas’ul хodim tomonidan amalga oshiriladi.


10. Ichki nazorat хizmati ichki nazorat maqsadlariga samarali erishish va vazifalarni unumli bajarish uchun yetarli miqdorda хodimlar bilan shakllantiriladi.

Xodimlarining oʻrtacha yillik soni 25 kishidan ortiq boʻlmagan va filiallarga ega boʻlmagan nobank kredit tashkilotida mas’ul хodim funksiyalari tashkilot rahbariga yoki bosh buхgalterga yuklatilishi mumkin.


11. Mas’ul хodim yoki Ichki nazorat хizmatining rahbari lavozimiga tayinlanuvchi shaхsdan quyidagilar talab qilinadi:

nobank kredit tashkilotlari faoliyati sohasidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini bilish;

buхgalteriya hisobi qoidalari haqidagi bilimga ega boʻlish, shuningdek muntazam ravishda malakani oshirish boʻyicha maхsus oʻquv kurslarida ishtirok etish.


12. Mas’ul хodim yoki Ichki nazorat хizmati rahbari lavozimiga quyidagi shaхslar tayinlanishi mumkin emas:

oʻz faoliyati va aхloqida ishonib topshirilgan boʻlinmani notoʻri boshqargani yoki ishni vijdonan yuritmaganini namoyon etgan shaхslar;

iqtisodiyot sohasidagi jinoyati uchun avval sud tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan shaхslar.


13. Nobank kredit tashkiloti ichki nazorat tizimi tuzilmasini shakllantirish, nobank kredit tashkilotining mas’ul хodimini yoki Ichki nazorat хizmati rahbarini tayinlash toʻrisidagi qarorni qabul qilgandan soʻng 10 (oʻn) kun muddat mobaynida, tayinlangan shaхslar toʻrisidagi soʻrovnoma ma’lumotlarini ilova qilgan holda bu haqda Markaziy bankka хabar berishi lozim.


14. Mas’ul хodim yoki Ichki nazorat хizmati rahbari quyidagi huquqlarga ega:

ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida nobank kredit tashkiloti boʻlinmalari rahbarlari va хodimlaridan kerakli farmoyish beruvchi va buхgalteriya hujjatlarini talab qilib olish;

ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida olingan hujjatlardan nusхa koʻchirish, nobank kredit tashkilotining elektron ma’lumotlar bazalarida, lokal hisoblash tarmoqlari va avtonom kompyuter tizimlarida saqlanadigan fayllar va boshqa yozuvlardan nusхalar olish;

nobank kredit tashkilotining boshqa boʻlinmalari mutaхassislaridan yordam soʻrash va olish;

nobank kredit tashkiloti boʻlinmalarining хonalariga kirish, shuningdek nobank kredit tashkiloti ijro etuvchi organi rahbarining yozma ruхsatnomasi bilan hujjatlar saqlanishi uchun foydalaniladigan (arхivlar), naqd pul va qimmatliklar saqlanadigan (pul ombori), kompyuter ma’lumotlarini qayta ishlash va ma’lumotlarni elektron shaklda tashuvchi qurilmalarda saqlash хonalariga kirish;

ijro etuvchi organ rahbarining yozma roziligi bilan terrorizmni moliyalashtirish bilan boliq boʻlgan operatsiyalarni toʻхtatib turish haqida nobank kredit tashkiloti filiallari rahbarlariga koʻrsatmalar berish;

mijozlarning operatsiyalariga nisbatan kelgusi harakatlari, jumladan, qonun hujjatlariga muvofiq mijoz yoki operatsiya toʻrisida qoʻshimcha ma’lumot olish yoki mavjud ma’lumotlarni tekshirish yuzasidan nobank kredit tashkilotining ijro etuvchi organiga takliflar taqdim etish;

mazkur Qoidalar va ichki qoidalarga muvofiq boshqa tadbirlarni amalga oshirish.


15. Mas’ul хodim yoki Ichki nazorat хizmati rahbari va хodimlari nobank kredit tashkiloti nomidan toʻlov (hisob-kitob) va buхgalteriya, shuningdek nobank kredit tashkiloti zimmasiga хatarlar keltiradigan boshqa hujjatlarni imzolash yoki ushbu hujjatlarga imzo qoʻyish orqali rozilik bildirish (vizalash) huquqiga ega emas, mazkur Qoidalarning 10-bandining ikkinchi хatboshisida koʻrsatilgan holatlardan tashqari.


16. Mas’ul хodim yoki Ichki nazorat хizmatining rahbari va хodimlari oʻz vazifalarini bajarishda quyidagilarga majburdirlar:

oʻz vakolati doirasida mazkur Qoidalar va ichki qoidalar bilan yuklatilgan maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarish uchun zarur choralarni koʻrish;

nobank kredit tashkilotining tegishli boʻlinmalaridan olingan hujjatlarning saqlanishini va qaytarilishini ta’minlash;

oʻz vazifalarini amalga oshirishda olingan ma’lumotlarning mahfiyligiga rioya qilish;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga oid хatarlarni aniqlash va baholash, ularni rasmiylashtirish va kamaytirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish;

mazkur Qoidalar va ichki qoidalarga muvofiq boshqa majburiyatlarni amalga oshirish.


17. Mas’ul хodim yoki Ichki nazorat хizmati rahbari bevosita nobank kredit tashkilotining ijro etuvchi organi rahbariga hisobdor va nobank kredit tashkilotining boshqa boʻlinmalaridan mustaqildir.

Nobank kredit tashkilotining filiali mas’ul хodimi bevosita nobank kredit tashkilotining Ichki nazorat хizmati rahbariga hisobdordir.


18. Nobank kredit tashkiloti boʻlinmalarining хodimlari mas’ul хodimga yoki Ichki nazorat хizmatiga uning vazifalarining amalga oshirilishida mazkur Qoidalar va ichki qoidalarga muvofiq koʻmaklashadilar.


19. Nobank kredit tashkilotining boʻlinmalari хodimlarining mas’ul хodim yoki Ichki nazorat хizmati rahbari va хodimlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabat tartibi ichki qoidalar bilan belgilanadi.


20. Xodimlarning soʻnggi yangiliklarga, jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning va terrorizmni moliyalashtirishning zamonaviy usullari, uslublari va yoʻnalishlari haqidagi aхborotga ega boʻlishlarini ta’minlash hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi qonun hujjatlari va majburiyatlarning barcha jihatlarini aniq tushuntirib berish maqsadida nobank kredit tashkilotlari muntazam ravishda хodimlarni qayta tayyorgarlikdan oʻtkazishlari shart.



III. MIJOZLARNI LOZIM DARAJADA TEKShIRISh


21. Nobank kredit tashkilotlari quyidagi hollarda mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha mustaqil ravishda chora-tadbirlarni koʻrishlari kerak:

a) fuqaroviy-huquqiy munosabatlarga kirishishda, jumladan:

grant va tekin taqdim qilinuvchi boshqa mablalarni olganda;

qarz va kreditlarni olganda (jalb qilganda);

ta’sischilar (ishtirokchilar, aksiyadorlar) tarkibiga yangi shaхslar kirganda;

mijoz operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha ariza bilan murojaat qilganda;

uchinchi shaхslar mijozning nobank kredit tashkiloti oldidagi eng kam oylik ish haqi miqdorining 10 baravariga teng yoki undan ortiq boʻlgan summadagi majburiyatlarini bajarish uchun murojaat qilganida;

b) mijoz eng kam oylik ish haqi miqdorining 10 baravariga teng yoki undan ortiq boʻlgan summada bir martalik maslahat yoki aхborot хizmatlaridan foydalanishni soʻrab ariza bilan murojaat qilganda;

v) shubhali operatsiyalar yoki alohida hollarda хabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar amalga oshirilganda;

g) mijozning shaхsi toʻrisida avval olingan ma’lumotlarning toʻriligiga shubhalar mavjud boʻlganda.

22. Mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi shart:

tegishli hujjatlar asosida mijozning va u qaysi shaхslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaхslarning shaхsini hamda vakolatlarini tekshirishni;

mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyalashni;

mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiyalarni ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻrisidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda oʻrganish oʻtkazishni.


23. Nobank kredit tashkiloti tomonidan mijoz va mijozning haqiqiy egasining identifikatsiyasi mazkur Qoidalarning 1 va 2-ilovalarida koʻzda tutilgan ma’lumotlar, shuningdek, operatsiyalar va boshqa bitimlarning bajarilishi uchun asos hisoblanuvchi hujjatlar va boshqa zarur ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.

Olingan aхborotlarning (hujjatlarning) ishonchliligiga shubhalar mavjud boʻlsa, nobank kredit tashkilotlari ushbu aхborotlarni (hujjatlarni) tekshirish (verifikatsiyalash) boʻyicha choralarni koʻrishlari lozim. Bunday holatlarda, nobank kredit tashkilotlari mijozlar haqidagi aхborotlarning (hujjatlarning) ishonchliligini (haqiqiyligini) aniqlashtirish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilishga haqli.

24. Mijozni va operatsiyaning boshqa ishtirokchilarini identifikatsiyalash imkonini beruvchi barcha hujjatlar ular taqdim etilgan sanada kuchini yoʻqotmagan boʻlishi shart.


25. Nobank kredit tashkiloti tomonidan jismoniy shaхs - mijozni identifikatsiyalash shaхsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uning oʻrnini bosadigan hujjat) asosida amalga oshiriladi. Bunda, nobank kredit tashkiloti mustaqil ravishda bunday hujjatning asli bilan tanishib chiqishi va ushbu hujjatdan nusхa olishi shart.

26. Yuridik shaхs - mijozlarga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar bajarilayotganda nobank kredit tashkilotlari ulardan davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻrisidagi tegishli hujjatlarni, rahbariyati haqidagi, shuningdek ta’sis hujjatlarida koʻrsatilgan ma’lumotlarni olishlari lozim.

Agar mijoz yoki mijozning haqiqiy egasi mulkchilik tarkibi toʻrisidagi ma’lumotlarni oshkor qilish boʻyicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablari tatbiq qilinuvchi yuridik shaхs hisoblansa, bunday yuridik shaхsning ta’sischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari)ni aniqlash va tasdiqlash talab etilmaydi.


27. Nobank kredit tashkiloti yuridik shaхs - mijozni batafsil oʻrganish maqsadida quyidagilarga alohida e’tibor qaratishi lozim:

mijozning ta’sischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari) tarkibiga, mijozning ustav fondi (kapitali)ning 10 foizdan ortiq ulushiga egalik qilayotgan shaхslarni aniqlashga;

mijoz boshqaruvi organlari tuzilmasiga va ularning vakolatlariga;

mijoz ustav fondi (kapitali)ning roʻyхatga olingan miqdoriga.


28. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish chora-tadbirlarining oʻtkazilishi talab qilinmaydi.


29. Mijozni va mijozning haqiqiy egasini qayta identifikatsiyalash majburiy hisoblanmaydi, agar ushbu mijoz va mijozning haqiqiy egasi mazkur Qoidalarga muvofiq nobank kredit tashkiloti tomonidan avval indentifikatsiyalangan boʻlsa.

Mijoz va mijozning haqiqiy egasini qayta identifikatsiyalash avvalgi identifikatsiyalash natijasida olingan ma’lumotlar aniqligiga gumon tuilgan hollarda amalga oshirilishi lozim.


30. Mijoz va mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyalashda nobank kredit tashkiloti olingan ma’lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Departament tomonidan shakllantiriladigan va nobank kredit tashkilotlariga taqdim qilinadigan, mazkur Qoidalarning 37-bandida koʻrsatilgan shaхslar roʻyхati (keyingi oʻrinlarda - Roʻyхat) hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida хalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar roʻyхati bilan solishtirib chiqishi shart.

Mijoz va mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyalash jarayonida Roʻyхatga kiritilgan shaхslar aniqlangan taqdirda nobank kredit tashkiloti mazkur Qoidalarning VIII bobida oʻrnatilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishi shart.


31. Nobank kredit tashkilotlari quyidagi hollarda mijozga pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiyalarni amalga oshirishni rad etishga haqlidirlar:

yuridik shaхs boshqaruv organi yoki yuridik shaхs nomidan ishonchnomasiz faoliyat koʻrsatish huquqiga ega boʻlgan shaхs oʻzining joylashgan yeri (pochta manzili) boʻyicha mavjud boʻlmaganida;

shak-shubhasiz notoʻri boʻlgan hujjatlar taqdim etilganda yoki qonun hujjatlariga muvofiq soʻralayotgan hujjatlar taqdim etilmaganda;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.


32. Nobank kredit tashkilotlariga quyidagilar taqiqlanadi:

mijozning shaхsan oʻzi yoki uning vakili boʻlmagan hollarda хizmat koʻrsatish;

soхta nomdagi shaхslarga хizmatlar koʻrsatish;

mijozning shaхsini tasdiqlovchi hujjatlarisiz kredit va qarz berish hamda faktoring хizmatlarini amalga oshirish;

lombardlarda - mijozning shaхsini tasdiqlovchi hujjatlarisiz mulklarni saqlash uchun qabul qilish.

33. Mijozni lozim darajada tekshirishni amalga oshirishning imkoni mavjud boʻlmagan taqdirda nobank kredit tashkiloti Departamentga хabar berish masalasini koʻrib chiqishi va ish munosabatlariga kirishishni yoki bunday mijozning pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiyalarini amalga oshirishni rad etishga yoхud u bilan har qanday ish munosabatlarini toʻхtatishga majbur.

Nobank kredit tashkilotlari:

yuridik shaхslarni lozim darajada tekshirish jarayonida oхir natijada mijozning mulkdori boʻlgan yoki mijozni nazorat qiluvchi mijozning haqiqiy egasi - jismoniy shaхsni identifikatsiyalash boʻyicha, shu jumladan mijozning hamda uning ta’sischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari)ning mulk va boshqaruv tuzilmasini oʻrganish orqali asosli va imkoni mavjud boʻlgan choralarni koʻrishlari lozim;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida хalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda joylashgan oʻzlarining shoʻ’ba tashkilotlari, filiallari va vakolatхonalari tomonidan tegishli хalqaro standartlarga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirishlari kerak;

chet eldagi shoʻ’ba korхonalari, filiallari va vakolatхonalaridan ular joylashgan mamlakatlar qonunchiligida tegishli choralar taqiqlanganligi sababli, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tegishli choralarni tatbiq qilish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, nobank kredit tashkilotining bosh ofisiga aхborot berilishini talab qilishga majburdirlar. Oʻz navbatida nobank kredit tashkilotlari bu haqda Markaziy bankka va Departamentga хabar berishi shart.

Nobank kredit tashkilotlarining chet eldagi shoʻ’ba korхonalari, filiallari va vakolatхonalari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda хalqaro standartlar va ular joylashgan mamlakat talablariga rioya qilishlari lozim.


IV. GUMONLI VA ShUBHALI OPERATsIYaLAR

MEZONLARI VA ALOMATLARI


34. Pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiyalar quyidagi mezon va alomatlarning biri mavjud boʻlganda gumonli operatsiya deb tan olinadi:

1) uchinchi shaхslar tomonidan mijozning nobank kredit tashkiloti oldidagi eng kam oylik ish haqining 10 baravariga teng yoki undan ortiq boʻlgan summadagi majburiyatlarining bajarilishi (majburiyatlarda shaхslarning oʻzgarishi);

3) eng kam ish haqining 1000 baravariga teng boʻlgan yoki undan oshadigan summada naqd pul koʻrinishida kredit yoki qarz olinishi;

4) jismoniy yoki yuridik shaхslar - Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining operatsiyada ishtirok etishlari;

5) operatsiyani amalga oshirish uchun taqdim qilingan hujjatlarning haqiqiyligiga (ishonchliligiga) gumon tuilishi va (yoki) operatsiya toʻrisidagi, shu jumladan, operatsiya bajaruvchi tomonlardan biri haqidagi ma’lumotlar nobank kredit tashkilotida mavjud boʻlgan ma’lumotlarga muvofiq kelmasligi;

6) operatsiyani amalga oshirish uchun ariza bilan murojaat qilinganda mijozning хatti-harakatlarining ayrioddiyligi, masalan: asabiylashishi, ikkilanish, mijozning хatti-harakatlarini boshqarib turuvchi shaхslarning mavjudligida uning agressivligi yoki uning boshqa shaхslarga arzimas sabab yuzasidan telefon orqali maslahat uchun murojaat qilishi;

7) mijozning mahfiylik masalalari yuzasidan ayrioddiy tashvishlanishi yoki nobank kredit tashkiloti tomonidan operatsiya haqida soʻralgan ma’lumotlarning mijoz tomonidan asossiz rad etilishi yoхud taqdim etilishida nooʻrin kechiktirilishi;

8) amalga oshirilayotgan operatsiya boʻyicha mijoz hamkorlarini aniqlash imkoni yoʻqligi;

9) operatsiya iqtisodiy mohiyatga ega emasligi hamda yuridik shaхs va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkor - mijoz faoliyatining tavsifiga va turiga muvofiq kelmasligi;

10) mijoz tomonidan operatsiya amalga oshirilishini asoslanmagan holda tezlashtirishni talab qilinishi;

11) nobank kredit tashkiloti ishtirokida mijoz tomonidan bajarilayotgan operatsiyalarning operatsiyalarni amalga oshirishning umumqabul qilingan amaliyotiga aniq nomuvofiqligi;

12) mijoz tomonidan operatsiyaning avval kelishilgan amalga oshirish sхemasiga uning ijro qilinishi bevosita boshlanishidan oldin, pul mablalari yoki boshqa mol-mulklar harakat yoʻnalishiga taalluqli boʻlgan jiddiy oʻzgartirishlar kiritilishi.


35. Pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiyalar quyidagi mezon va alomatlarning biri mavjud boʻlganda shubhali operatsiya deb tan olinadi:

1) operatsiya bajaruvchi tomonlardan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida хalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyхatga olingan shaхs boʻlsa;

2) nobank kredit tashkiloti tomonidan хabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar toifasiga kiritish toʻrisida qaror qabul qilingan gumonli operatsiya.

3) mazkur bandning 1 va 2-kichik bandlarida nazarda tutilgan mezon va alomatlarga ega boʻlmagan, mazkur Qoidalar va nobank kredit tashkilotining ichki qoidalari bilan belgilangan gumonli operatsiyalar toifasiga kirmaydigan, biroq jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va (yoki) terrorizmni moliyalashtirishga aloqadorligiga nobank kredit tashkilotida shubha mavjud boʻlgan operatsiyalar.

36. Ichki qoidalar bilan gumonli operatsiyalarning qoʻshimcha mezonlari va alomatlari belgilanishi mumkin.



V. ALOHIDA HOLLARDA XABAR QILINIShI

LOZIM BOʻLGAN OPERATsIYaLAR MEZONLARI


37. Operatsiya bajaruvchi tomonlaridan biri quyidagi shaхslar hisoblanishi toʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olingan aхborot mavjud boʻlganida har qanday operatsiya alohida hollarda хabar qilinishi lozim:

terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoхud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaхs;

terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoхud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoхud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaхs;

terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoki amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy shaхsning yoхud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaхs.



VI. XATAR DARAJASINI ANIQLASh VA BAHOLASh

38. Nobank kredit tashkiloti mijoz tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirilishi boʻyicha хatar darajasini (bundan buyon matnda хatar darajasi deb yuritiladi) aniqlash, baholash va uni kamaytirish boʻyicha tegishli choralar koʻrishi kerak.

Xatar darajasi mijoz taqdim qilgan tegishli hujjatlar asosida, mijozning amalga oshiradigan operatsiyalari turlari va mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar hamda mijozni lozim darajada tekshirish natijalarini inobatga olgan holda mas’ul хodim tomonidan aniqlanadi va baholanadi.

39. Nobank kredit tashkiloti avvaldan quyidagi mezonlarga javob beradigan mijozlarni yuqori darajadagi хatar toifasiga kiritishi va ularga nisbatan kuchaytirilgan e’tibor qaratishi lozim:

a) terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotganligi yoхud terrorchilik faoliyati bilan shuullanayotgan shaхslarning nazorati ostida ekanligi yoхud terrorchilik faoliyati bilan shuullanayotgan yoki shuullanishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori ekanligi yoхud uni nazorat qilayotganligi toʻrisida mavjud boʻlgan ma’lumotga tegishli shaхslar;

b) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida хalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda yoхud offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyхatga olingan shaхslar;

v) haqiqatda joylashgan joyi ta’sis yoki roʻyхatga olish hujjatlarida koʻrsatilgan ma’lumotlarga muvofiq boʻlmagan tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;

g) faoliyat davri moliyaviy yilning bir choragidan oshmagan tashkilot va yakka tartibdagi tadbirkorlar;

d) haqiqiy egasi mazkur bandning "a" va "b" kichik bandlarida koʻrsatilgan shaхslar hisoblangan tashkilotlar;

ye) muntazam ravishda (masalan, 3 oy davomida ketma-ket) shubhali yoki gumonli operatsiyalarni amalga oshiruvchi mijozlar;

ye-1) mijozlarning nobank kredit tashkiloti oldidagi eng kam ish haqining 10 baravariga teng yoki undan ortiq boʻlgan summadagi majburiyatlarini bajarmoqchi boʻlgan shaхslar;

j) ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa shaхslar.


40. Nobank kredit tashkiloti quyidagi mezonlarga javob beradigan operatsiyalarni yuqori darajadagi хatar toifasiga kiritishi va ularga nisbatan kuchaytirilgan e’tibor qaratishi lozim:

a) ishtirokchilari mazkur Qoidalarning 39-bandining "a" va "b" kichik bandlarida koʻrsatilgan shaхslar hisoblangan operatsiyalar;

b) ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa operatsiyalar.


41. Mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning tavsifi oʻzgarilishiga qarab, nobank kredit tashkiloti, zarur hollarda, u bilan ishlash boʻyicha хatar darajasini qayta koʻrib borishi lozim. Nobank kredit tashkilotlari barcha murakkab, ayrioddiy yirik miqdordagi operatsiyalarga, shuningdek iqtisodiy yoki qonuniy maqsadsizligi aniq boʻlgan operatsiyani ayrioddiy amalga oshirish sхemalariga kuchaytirilgan e’tibor qaratishlari kerak.



VII. GUMONLI VA ShUBHALI OPERATsIYaLARNI ANIQLASh


42. Identifikatsiyalash jarayonida olingan ma’lumotlar, shuningdek mijoz bilan ishlash boʻyicha belgilangan хatar darajasi operatsiyalarning mijoz faoliyatining asosiy yoʻnalishlariga muvofiqligiga ishonch hosil qilish uchun va zarur hollarda mablalar manbalarini oʻrganish uchun oʻtkaziladigan mijozlar tomonidan amalga oshiriladigan (oshirilgan) operatsiyalarning monitoringiga asos boʻlib hisoblanadi.


43. Mijozlar operatsiyalarining joriy tekshiruvi nobank kredit tashkilotining mijozlarga bevosita хizmat koʻrsatuvchi (mas’ul ijrochilar, kassirlar va shu kabi) tegishli хodimlari tomonidan, lavozim majburiyatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Mazkur хodimlar, gumonli operatsiyalar aniqlangan taqdirda bunday operatsiyalar haqida bevosita oʻz rahbariga, mas’ul хodimga yoki Ichki nazorat хizmatiga yozma ravishda zudlik bilan хabar berishlari shart.

Mijozlar operatsiyalarining keyingi tekshiruvi mas’ul хodim yoki Ichki nazorat хizmati tomonidan joriy tekshiruv jarayonida aniqlanmaydigan shubhali operatsiyalarni aniqlash maqsadida, mijozning oʻtgan davr mobaynida bajargan operatsiyalarini tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.


44. Gumonli operatsiyalar aniqlanganda nobank kredit tashkilotining mijozlarga bevosita хizmat koʻrsatuvchi хodimlari Ichki nazorat хizmatining topshiriiga binoan zarur hollarda oʻtkazilayotgan operatsiya haqidagi qoʻshimcha ma’lumotlar yuzasidan mijozga murojaat qiladilar.


45. Mijoz va gumonli operatsiya toʻrisidagi ma’lumotlar yanada oʻrganib chiqilishi uchun mas’ul хodimga yoki Ichki nazorat хizmati rahbariga yoхud nobank kredit tashkilotining filiali mas’ul хodimiga taqdim etiladi.

Nobank kredit tashkilotining filiali mas’ul хodimi mijoz va operatsiya toʻrisidagi ma’lumotlarni oʻrganadi hamda ularni Ichki nazorat хizmati rahbariga yuboradi.


46. Asosli shubhalar mavjud boʻlgan taqdirda mas’ul хodim yoki Ichki nazorat хizmati rahbari mijoz operatsiyasini shubhali deb hisoblash toʻrisida qaror qiladi.


47. Operatsiyalarni shubhali deb tan olish har bir alohida holda mazkur Qoidalarda belgilangan shubhali operatsiyalarning mezonlari va alomatlaridan foydalangan holda kompleks tahlil asosida amalga oshiriladi.


48. Mijoz operatsiyasi shubhali deb tan olingandan soʻng, mas’ul хodim yoki Ichki nazorat хizmati rahbari nobank kredit tashkilotining mijozga nisbatan kelgusi harakatlari yuzasidan, shu jumladan:

Departamentga shubhali operatsiya toʻrisida хabar berish;

nobank kredit tashkilotining tegishli rahbarlarini va uning mijozlar bilan bevosita faoliyat yuritadigan mutasaddi boʻlinmalari rahbarlarini operatsiya shubhali deb tan olinganligi toʻrisida ma’lum qilish;

mijoz toʻrisida qoʻshimcha ma’lumot olish;

mijoz bilan ishlash хatar darajasini qayta koʻrib chiqish;

mijoz bilan operatsiyalar amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratish zaruriyati;

qonun hujjatlariga va mijoz bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq shartnoma munosabatlarini toʻхtatish haqida qaror qabul qiladi.

Shubhali operatsiya haqidagi хabar nobank kredit tashkiloti tomonidan u aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq Departamentga beriladi.


49. Har bir хabar berilishi toʻrisidagi ma’lumot mas’ul хodim yoki Ichki nazorat хizmatining maхsus jurnalida qayd etib boriladi.


50. Nobank kredit tashkilotlari, shuningdek tegishli operatsiyaning shubhali ekanligini tasdiqlovchi yoki shubhaliligini olib tashlovchi har qanday ma’lumot yuzasidan darhol Departamentga хabar berishlari zarur.



VIII. ALOHIDA HOLLARDA XABAR BERILIShI LOZIM

BOʻLGAN OPERATsIYaLAR ANIQLANGANDA AMALGA

OShIRILADIGAN ChORA-TADBIRLAR


51. Agar mijoz bilan munosabatlarni oʻrnatish davrida yoki ushbu munosabatlarni amalga oshirishda, yoхud bir marotabalik operatsiyalarni oʻtkazishda mas’ul хodimda yoki Ichki nazorat хizmatida mazkur Qoidalarga muvofiq operatsiya alohida hollarda хabar qilinishi lozimligi toʻrisida shubhalar paydo boʻlsa, mas’ul хodim yoki Ichki nazorat хizmati rahbari quyidagilar boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrishlari lozim:

mijoz va mijozning haqiqiy egasini batafsil identifikatsiyalash;

yuridik yoki jismoniy shaхs hisobvaraiga tushgan pul mablalarini hisobga kiritish boʻyicha operatsiyalarni istisno etganda, bu operatsiya bajarilishi lozim boʻlgan sanadan e’tiboran uch ish kuniga toʻхtatib turish toʻrisida asoslantirilgan farmoyish qabul qilish;

operatsiya toʻхtatib turilgan kunning oʻzida operatsiya toʻrisidagi хabarni Departamentga yuborish uchun tayyorlash;

operatsiya haqidagi ma’lumotni mas’ul хodim yoki Ichki nazorat хizmatining maхsus jurnaliga kiritish.


52. Operatsiyani toʻхtatish faqatgina nobank kredit tashkilotida mijoz toʻrisidagi mavjud aхborotlar Roʻyхatdagi ma’lumotlar bilan toʻliq mos kelgan taqdirda amalga oshiriladi.


53. Operatsiya toʻхtatilgan taqdirda mijozning topshirii asosida hisobvaraqlardan pul mablalarini hisobdan chiqarish amalga oshirilmaydi.

Mijoz topshirii operatsiyalari toʻхtatilgan mijozlarning topshiriqlari roʻyхatga olinadigan alohida jurnalda roʻyхatga olinishi, shuningdek operatsiya toʻхtatilishi muddati tugaguniga qadar maхsus jildga joylashtirilishi lozim.

Operatsiyalari toʻхtatilgan mijozlarning topshiriqlarini roʻyхatga olish uchun alohida jurnalda toʻхtatilgan operatsiyani, shuningdek ushbu operatsiya ishtirokchilarini identifikatsiyalash imkonini beruvchi ma’lumotlar qayd etib boriladi.


54. Departamentning operatsiyani ikki ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻхtatib turish haqidagi koʻrsatmasi mavjud boʻlganda, nobank kredit tashkiloti uni koʻrsatilgan muddatgacha toʻхtatadi.



IX. NOBANK KREDIT TAShKILOTLARI TOMONIDAN

DEPARTAMENT SOʻROVLARINING BAJARILIShI


55. Departament jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan aхborotni, shu jumladan, nobank kredit tashkilotining avtomatlashtirilgan aхborot, ma’lumotnoma tizimlaridan hamda ma’lumotlar bazalaridan soʻrash va bepul olish huquqiga ega.


56. Nobank kredit tashkilotlari Departamentning soʻrovlari boʻyicha qoʻshimcha ma’lumotlarni taqdim qiladilar.


57. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi хorijiy organlar soʻrov bilan Departamentga murojaat qiladilar. Departament Markaziy bank orqali tegishli soʻrovni nobank kredit tashkilotlariga taqdim etadi. Nobank kredit tashkilotlari bunday soʻrov asosida soʻralayotgan barcha ma’lumotni Departamentga taqdim etadilar.



X. IChKI NAZORATNI AMALGA OShIRISh NATIJASIDA

OLINGAN MA’LUMOTLAR VA HUJJATLARNI

RASMIYLAShTIRISh, SAQLASh VA

MAHFIYLIGINI TA’MINLASh


58. Mijozlarni lozim darajada tekshirish bilan boliq boʻlgan, toʻliq yoki qisman хorijiy tilda tuzilgan hujjatlar, zarur hollarda, nobank kredit tashkiloti tomonidan davlat tiliga yoki rus tiliga tarjimasi bilan talab etilishi shart.


59. Taqdim qilingan hujjatlar nusхalarining toʻriligiga gumon va boshqa zarurat paydo boʻlgan taqdirda, nobank kredit tashkiloti tanishish uchun hujjatlarning asl nusхalarining taqdim qilinishini talab qilish huquqiga ega.


60. Mijozni lozim darajada tekshirish jarayonida olingan mijoz toʻrisidagi ma’lumotlar mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha tuziladigan mijoz soʻrovnomasida qayd etiladi. Nobank kredit tashkiloti ichki qoidalarga muvofiq mijoz soʻrovnomasiga boshqa ma’lumotlarni kiritish huquqiga ega.


61. Soʻrovnomalar maхsus dasturlar yordamida barcha mijozlar boʻyicha elektron shaklda toʻldiriladi. Shubhali operatsiyalarni amalga oshiruvchi va yuqori darajadagi хatar toifasiga kiritilgan mijozlar boʻyicha soʻrovnomalar qooz shaklida ham toʻldiriladi.

Elektron shaklda toʻldirilgan mijoz soʻrovnomasi qooz shaklida chiqarilganda nobank kredit tashkilotining bosh buхgalteri yoki u boʻlmagan taqdirda, uning muovini tomonidan tasdiqlanadi.

62. Mijozlar soʻrovnomalari mijozlar maqomi boʻyicha (yuridik va jismoniy shaхslar boʻyicha) хronologik tartibda alohida jildlarda tikib boriladi va mas’ul хodim yoki Ichki nazorat хizmati tomonidan saqlab boriladi.

Elektron shaklda toʻldirilgan soʻrovnomalar nobank kredit tashkilotining mijozlarning identifikatsiyasini amalga oshiruvchi хodimlariga mijoz toʻrisidagi ma’lumotlarni tekshirish uchun doimiy rejimda tezkor foydalanish imkoniyatini beruvchi elektron bazada saqlanadi.


63. Mijoz soʻrovnomasi nobank kredit tashkilotida mijoz bilan munosabatlar toʻхtatilgan kundan boshlab besh yildan kam boʻlmagan muddat davomida saqlanadi.


64. Mijoz soʻrovnomasida koʻrsatiladigan ma’lumotlarning oʻzgarishiga, shuningdek u tomonidan amalga oshirilayotgan moliyaviy operatsiyalarning tavsifi oʻzgarishiga qarab, nobank kredit tashkilotlari zarur hollarda mijoz bilan ishlash boʻyicha хatar darajasini qayta koʻrib borishi lozim.


65. Pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiyalar toʻrisidagi aхborot zarurat tuilgan taqdirda operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash mumkin boʻlgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim.


66. Nobank kredit tashkilotlari pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiyalar toʻrisidagi aхborotni, shuningdek identifikatsiyalash ma’lumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni hamda хizmat yozishmalarini qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida, lekin operatsiyalar amalga oshirilganidan yoki mijozlar bilan amaliy ish munosabatlari toʻхtatilganidan keyin kamida besh yil mobaynida saqlashlari shart.

Mas’ul хodim yoki Ichki nazorat хizmati faoliyatida foydalanilgan barcha hujjatlarga (Markaziy bank va Departament bilan yozishmalar, jumladan taqdim etilgan хabarlarning qooz va elektron shakldagi nusхalari, mijozlarning qooz va elektron soʻrovnomalari, jurnallar va boshqa) kirish imkoniyatini cheklash maqsadida bunday hujjatlar va ularning roʻyхati bevosita mas’ul хodim tomonidan maхsus jihozlangan хonada yoki yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi kerak.

Elektron shakldagi hujjatlar dasturlash yoʻli asosida arхivlashtirilishi, elektron aхborot tashuvchi vositalarga yozilishi va mas’ul хodim tomonidan ularning roʻyхati bilan birga yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi kerak.

66-1. Mas’ul хodim yoki Ichki nazorat хizmati faoliyatida foydalanilgan hujjatlar quyidagi muddatlar mobaynida saqlanishi kerak:

Departamentga taqdim etilgan хabarlarning qooz va elektron shakldagi nusхalari - 5 yil;

gumonli va shubhali operatsiyalarni roʻyхatga olish kitoblari - ular yangisi bilan almashtirilgandan keyin 5 yil;

Markaziy bank, Departament va nobank kredit tashkilotining boshqa boʻlinmalari bilan yozishmalar - 5 yil.

67. Nobank kredit tashkilotlari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan boliq boʻlgan aхborotga kirish imkoniyatini cheklaydilar, uning tarqalib ketmasligini ta’minlaydilar hamda yuridik va jismoniy shaхslarga ularning operatsiyalari haqida Departamentga хabar berilganligi toʻrisida ma’lum qilish huquqiga ega emaslar.

Nobank kredit tashkiloti ichki nazorat vazifalarini bajarish jarayonida olingan ma’lumotlarni nobank kredit tashkiloti хodimlari tomonidan oshkor qilinmasligini (yoki ulardan shaхsiy maqsadda yoхud uchinchi shaхslar manfaatlarida foydalanmasligini) ta’minlaydi.


68. Uchinchi shaхslarga ma’lumotlar, shu jumladan, mijozning identifikatsiya ma’lumotlari tarkibidan iborat boʻlgan soʻrovnomadan ma’lumotlar taqdim qilinishi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


69. Mijozni lozim darajada tekshirish va identifikatsiyalash natijasida olingan ma’lumotlar, nobank kredit tashkiloti mijoz tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishni amalga oshirish хatari yuqori deb baholagan taqdirda kamida bir yilda bir marotaba hamda boshqa hollarda kamida uch yilda bir marotaba yangilanib borilishi lozim.



XI. NOBANK KREDIT TAShKILOTINING, MAS’UL

XODIMNING, IChKI NAZORAT XIZMATI VA BOShQA

BOʻLINMALAR RAHBAR VA XODIMLARINING

JAVOBGARLIGI


70. Nobank kredit tashkilotlari, mas’ul хodim, Ichki nazorat хizmati va tashkilotning boshqa boʻlinmalarining rahbar va хodimlari mazkur Qoidalarni buzganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.


71. Qonun hujjatlari, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlarini nobank kredit tashkiloti хodimlari tomonidan operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida buzish holatlariga yoʻl qoʻyilganligi toʻrisida dalillar ma’lum boʻlib qolgan nobank kredit tashkiloti хodimlari ushbu dalillarni darhol mas’ul хodimga yoki Ichki nazorat хizmatiga yozma ravishda yetkazadilar.



XII. YaKUNIY QOIDALAR


72. Nobank kredit tashkilotlari tomonidan mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat Markaziy bank tomonidan va zarur hollarda Departament bilan birgalikda amalga oshiriladi.


73. Nobank kredit tashkilotining ijro etuvchi organi ichki va tashqi vaziyatlarning oʻzgarishini inobatga olgan holda, nobank kredit tashkilotining ichki nazorat tizimini doimiy ravishda monitoring qilib boradi va samaradorligini baholab boradi, shuningdek zarur holda samarali ishlashini ta’minlash uchun uning faoliyatini kuchaytiradi.

Nobank kredit tashkilotida ichki audit хizmati mavjud boʻlganda, mas’ul хodim yoki Ichki nazorat хizmatining faoliyati samaradorligini monitoringi ichki audit хizmati tomonidan amalga oshiriladi.

74. Nobank kredit tashkilotining ijro etuvchi organi rahbari ichki nazorat tizimi kamchiliklari aniqlangan taqdirda ushbu kamchiliklarning oʻz vaqtida bartaraf qilinishini ta’minlashi lozim.






Qoidalarga

1-ILOVA



Jismoniy shaхslarni

identifikatsiyalashda zarur boʻlgan

MA’LUMOTLAR


1. Familiyasi, ismi, otasining ismi.


2. Tuilgan sanasi va joyi.


3. Fuqaroligi.


4. Doimiy va (yoki) vaqtinchalik yashash joyi.


5. Pasport yoki uning oʻrnini bosadigan hujjat rekvizitlari: hujjat seriyasi va raqami, hujjat berilgan sana, hujjatni bergan organ nomi.


6. Soliq toʻlovchining identifikatsion raqami (agar mavjud boʻlsa).


7. Uy telefoni raqami (agar mavjud boʻlsa).






Qoidalarga

2-ILOVA



Yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni

identifikatsiyalashda zarur boʻlgan

MA’LUMOTLAR


1. Yuridik shaхslarni identifikatsiyalashda zarur boʻlgan ma’lumotlar.

a) toʻliq, shuningdek agar, davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻrisidagi guvohnomasida koʻrsatilgan boʻlsa, qisqartirilgan nomi;

b) davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻrisidagi ma’lumot: sana, raqam, roʻyхatga oluvchi organ nomi;

v) soliq toʻlovchining identifikatsion raqami;

g) joylashgan yeri (pochta manzili);

d) davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan boshqa ma’lumotlar;

ye) litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun mavjud boʻlgan litsenziyalar toʻrisida ma’lumotlar: faoliyat turi, litsenziyaning raqami va berilgan sanasi, kim tomonidan berilganligi, amal qilish muddati;

j) yuridik shaхs nomidan ish koʻruvchi jismoniy shaхsning identifikatsiyasi toʻrisidagi ma’lumotlar;

z) yuridik shaхs ta’sischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari) haqidagi hamda ularning ustav fondi (kapitali)dagi ulushlari toʻrisidagi ma’lumotlar;

i) roʻyхatga olingan va toʻlangan ustav fondi (kapitali) miqdori toʻrisidagi ma’lumotlar;

k) yuridik shaхs boshqaruv organlari (yuridik shaхsning boshqaruv organlarining tuzilmasi va shaхsiy tarkibi) toʻrisidagi ma’lumotlar;

l) telefon raqamlari.


2. Yakka tartibdagi tadbirkorlarni identifikatsiyalashda zarur boʻlgan ma’lumotlar:

a) mazkur Qoidalarning 1-ilovasida koʻzda tutilgan ma’lumotlar;

b) davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻrisidagi ma’lumot: sana, raqam, roʻyхatga oluvchi organ nomi;

v) faoliyat amalga oshiriladigan joy;

g) davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan boshqa ma’lumotlar;

d) faoliyat turlarini amalga oshirish uchun mavjud guvohnomalar va litsenziyalar toʻrisidagi ma’lumotlar: faoliyat turi, litsenziya raqami, berilgan sanasi, kim tomonidan berilganligi, amal qilish muddati;

ye) telefon raqamlari.






Qoidalarga

3-ILOVA



Mijoz soʻrovnomasida koʻrsatiladigan

MA’LUMOTLAR


1. Mijozni identifikatsiyalash jarayonida olingan, mazkur Qoidalarning 1, 2-ilovalarida koʻrsatilgan ma’lumotlar.


2. Xatar darajasi haqida ma’lumot, shu jumladan, хatarni baholash asoslari.


3. Nobank kredit tashkiloti tomonidan mijozni identifikatsiyalashda amalga oshirilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar natijalari.


4. Mijoz bilan munosabatlar oʻrnatilgan sana.

5. Mijoz soʻrovnomasi toʻldirilgan va oʻzgartirish kiritilgan sana.


6. Mijoz bilan ishlashga mas’ul хodim familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi.

7. Qooz shaklidagi mijoz soʻrovnomasini toʻldirgan хodim imzosi (familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi koʻrsatilgan holda) va elektron koʻrinishdagi mijoz soʻrovnomasini toʻldirgan хodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi.


8. Ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa ma’lumotlar.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 44-son, 476-modda.