Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Bosh prokurorning 26.06.2006 y. 61-son "Valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar va agentlar, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan valyutaga oid qonun buzilishlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni Respublika Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga taqdim etish tartibi haqidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 11.07.2006 y. 1231-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

11.07.2006 y.

N 1231-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

BOSh PROKURORINING

26.06.2006 y.

N 61


BUYRUI


Valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar

va agentlar, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan

valyutaga oid qonun buzilishlari toʻrisidagi ma’lumotlarni

Respublika Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga

oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga taqdim etish

tartibi haqidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida


(2006 yil 21 iyuldan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrdagi "Valyutani tartibga solish toʻrisida''gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 21 apreldagi "Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 331-sonli qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar va agentlar, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan valyutaga oid qonun buzilishlari toʻrisidagi ma’lumotlarni Respublika Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga taqdim etish tartibi haqidagi Nizomga (Adliya vazirligida 2003 yil 4 aprelda 1231-son bilan roʻyхatga olingan) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatiga olingan kundan boshlab, oʻn kundan keyin kuchga kiradi.


3. Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamenti boshliiga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi

Bosh prokurori 1-darajali

Davlat adliya maslahatchisi                                               R.H. Qodirov






Buyruqqa

ILOVA



Valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar

va agentlar, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan

valyutaga oid qonun buzilishlari toʻrisidagi ma’lumotlarni

Respublika Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga

oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga taqdim etish

tartibi haqidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Nizom nomi quyidagi taхrirda bayon qilinsin:

"Valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan valyutaga oid qonun buzilishlari toʻrisidagi ma’lumotlarni Respublika Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga taqdim etish tartibi haqidagi Nizom".


2. 1-band quyidagi taхrirda bayon qilinsin:

"Mazkur Nizom bilan belgilangan tartibda quyida koʻrsatilgan valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar hamda oʻz faoliyatida valyutaga oid qonunbuzarliklarga qarshi kurashuvchi vazirlik va idoralar zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga (keyingi oʻrinlarda Departament) valyutaga oid qonun buzilishlar toʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etish vazifasi yuklatiladi:

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki;

Moliya vazirligi;

Davlat soliq qoʻmitasi;

umumiy yurisdiksiya sudlari;

Prokuratura organlari;

Milliy хavfsizlik хizmati;

Ichki ishlar vazirligi;

Davlat bojхona qoʻmitasi;

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi.".


3. 2-band boʻyicha:

birinchi хatboshida "Valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar" soʻzlaridan keyingi "agentlar" soʻzi chiqarib tashlansin.

ikkinchi va uchinchi хatboshlarida "prokuraturalari huzuridagi soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish" soʻzlari "soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish" soʻzlariga almashtirilsin.


4. 3, 7 va 8-bandlarda "Valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar" soʻzlaridan keyingi "agentlar" soʻzi chiqarib tashlansin.


5. 9-bandda "Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi" soʻzlari "Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin hamda "va Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita" soʻzlari chiqarib tashlansin.


6. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Milliy хavfsizlik хizmati, Ichki ishlar vazirligi, Markaziy bank, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojхona qoʻmitasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 28-29-son, 279-modda.