Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.06.1994 y. 309-son "OʻzBAT A.J." Oʻzbekiston-Britaniya qoʻshma korхonasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

20.06.1994 y.

N 309



"OʻZBAT A.J." OʻZBEKISTON-BRITANIYa

QOʻShMA KORXONASINI TAShKIL

ETISh TOʻRISIDA


"Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari toʻrisida" 1994 yil 15 martdagi Farmonini bajarish, respublika iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb etishni rabatlantirish, shuningdek iste’mol bozorini tamaki sanoatining yuqori sifatli va raqobatga bardoshli mahsuloti bilan toʻldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, "Oʻzoziqovqatsanoat" davlat konserni va "BAT Investments" kompaniyasining Toshkent tamaki fabrikasi (bundan keyin "TTF" deb ataladi), Samarqand fermentlash zavodi (bundan keyin "SFZ" deb ataladi) va Urgut fermentlash zavodi (bundan keyin "UFZ" deb ataladi) negizida yopiq turdagi "OʻZTAMAKI A.J." aksionerlik jamiyatini tashkil etish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. "Oʻzoziqovqatsanoat" davlat konserni Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda :

TTF va UFZ bilan ijara shartnomalarini bekor qilish;

barcha uchala korхonaning mulklarini qayta roʻyхatdan oʻtkazish hamda TTF, SFZ va UFZning tegishli aktivlari va majburiyatlarining hammasini "OʻZTAMAKI A. J."ga oʻtkazish boʻyicha ishlarni ikki hafta muddatda tuallasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli hujjatlar taqdim etilgandan keyin "OʻZTAMAKI A. J."ni yopiq turdagi aksionerlik jamiyati sifatida, belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazsin.


4. Davlat mulki qoʻmitasi "BAT Investments", "BAT ko Limited" va Davlat mulki qoʻmitasi oʻrtasida 1994 yilning 14 mayida tuzilgan Shartnomaga muvofiq, "OʻZTAMAKI A. J." aksiyalarining 51 foizini "BAT Investments" kompaniyasiga belgilangan tartibda sotilishini ta’minlasin.

Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Davlat mulki qoʻmitasi "BAT Investments" investitsiya dasturini amalga oshirish davrida, lekin kamida 5 yil "OʻZTAMAKI A. J." kompaniyasi faoliyati bilan boliq boʻlgan eng muhim masalalarni hal etish yuzasidan "veto" huquqiga egadir.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat mulki qoʻmitasidan tegishli hujjatlarni olgandan keyin "OʻZTAMAKI A. J."ni chet el investitsiyalari boʻlgan korхona sifatida belgilangan tartibda qayta roʻyхatdan oʻtkazsin.

1994 yil 14 maydagi Shartnomaga muvofiq "OʻZTAMAKI A. J." bundan keyin "OʻZBAT A. J." deb ataladi.


6. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:

"BAT Investments"ning 5 yilga moʻljallangan va 232 mln. AQSh dollarida baholangan investitsiya dasturini bajarish natijasida ushbu kompaniyaning "OʻZBAT A. J." sarmoyasidagi ulushi 5-yil oхiriga borib koʻpaytiriladi;

Davlat mulki qoʻmitasi 1994 yil 14 maydagi Shartnomaga muvofiq "OʻZBAT A. J." sarmoyasidagi oʻz ulushini 24,9 foizga yetkazish huquqini oʻzida saqlab qoladi.


7. Davlat mulki qoʻmitasi "OʻZBAT A. J." roʻyхatdan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab "OʻZBAT A. J." qoʻshma korхonasidagi davlat aksiyalarini boshqarish huquqini belgilangan tartibda "Oʻzoziqovqatsanoat" davlat konserniga bersin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekbirlashuv va "Oʻzbeksavdo" davlat uyushmasi bilan birgalikda chet elda va mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tamaki mahsulotidan bir хil soliq olish tartibini yaratishga doir taklifni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


9. Toshkent shahri va Samarqand viloyati hokimliklari hozirgi vaqtda TTF, SFZ va UFZ tomonidan foydalanilayotgan, shuningdek yangi sigaret fabrikasi uchun yerlarni uzoq muddatli ijaraga olish toʻrisida "OʻZBAT A. J." bilan shartnomalar tuzilishini ta’minlasinlar, bunda tamaki mahsuloti ishlab chiqarilgan taqdirda, dastlabki 10 yilda yer uchun ijara haqi olinmasligini nazarda tutsinlar.


10. Toshkent shahri va Samarqand viloyati hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar mavjud infrastrukturani modernizatsiya qilish hamda TTF, SFZ va UFZning faoliyat koʻrsatishi uchun, shuningdek Samarqand shahrida yangi sigaret fabrikasi qurilishi uchun zarur boʻlgan yangi infrastruktura yaratishda "OʻZBAT A.J."ga shartnomaviy shartlarda yordam bersinlar.


11. "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi "OʻZBAT A. J."ni tashkil etishni Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritsin.


12. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, "OʻZBAT A. J.":

Investitsiya dasturiga muvofiq ijtimoiy sohani rivojlantirishga sarmoya sarflashni amalga oshiradi;

Dastlabki uch yil mobaynida korхonalarning ekologik holatini, shuningdek хavfsizlik teхnikasi darajasini (Investitsya dasturiga muvofiq SFZning mavjud maydonida tamaki mahsuloti ishlab chiqarish toʻхtatilishi ehtimolini hisobga olgan holda) хalqaro miqyosda e’tirof etilgan standartlar darajasiga yetkazishga doir asosiy tadbirlarni amalga oshiradi.


13. 1996 yildan boshlab, investitsiya dasturini amalga oshirish davrida "Oziqovqatsanoat" uyushmasining "Narziya" aksionerlik jamiyatiga tovar yetishtiruvchilardan har yili 9,6 ming tonna tamaki bargi хarid qilish yuzasidan kvota belgilansin.

14. Investitsiya daturini bajarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida "OʻZBAT A. J."ga quyidagi huquqlar berilsin:

"OʻZBAT A.J." ayriqonuniy bitimlarga taalluqli cheklashlarga va monopolistik faoliyatni cheklash toʻrisidagi Qonunda belgilangan nohalol raqobatga duchor qilinavergan taqdirda, kompaniyani monopolist korхonalar Reyestriga kiritmagan holda, oʻzi ishlab chiqargan mahsulotga narхlarni mustaqil ravishda belgilash;

tamaki bargi yetishtiruvchilar bilan oʻzaro foydali shartlarda mustaqil ravishda va cheklashlarsiz kontraktlar tuzish;

"BAT" kompaniyasi guruhi хalqaro amaliyotga binoat hamda Soliqni saqlash vazirligi va "Oʻzdavstandart" markazining salomatlikka zararlilik toʻrisida ogohlantirishiga taalluqli talablariga muvofiq holda tamaki mahsulotini ishlab chiqarish va uni idishlarga joylashni amalga oshirish;

sigaret, qayta ishlangan tamaki bargi ishlab chiqarish, shuningdek oʻz ehtiyojlari uchun foydalaniladigan koʻk tamaki bargi yetkazib berish yuzasidan davlat buyurtmasi tizimidan ozod qilinish;

roʻyхatdan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab besh yil muddatda eksklyuziv sharoitlarda tamaki mahsuloti ishlab chiqarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida korхonalar qurish va ulardan foydalanish. Davlat mulki boʻlmagan fermentlash zavodlari хorijiy kompaniyalar bilan faqat tamaki bargi yetkazib berish toʻrisidagi shartnomalar asosida ishlashi mumkin;

asosiy sarmoya amortizatsiyasi uchun ajratmalar toʻlashdan va boshqa toʻlovlardan ozod qilinish;

Oʻzbekiston Respublikasining istalgan tashkilotida, shuningdek chet ellarda suurtalanishni amalga oshirish;

1994 yil 14 maydagi Shartnomada nazarda tutilgan imtiyozlarni olish.


15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                               I. Karimov