Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.06.2012 y. 168-son "Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasining Janubi-Gʻarbiy Hisor mintaqasidagi Odamtosh, Gumbuloq va Jarquduq-Yangi Qizilcha gaz kondensati konlarini oʻzlashtirish ob’yektlari qurilishining loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

12.06.2012 y.

N 168



MAHSULOTNI TAQSIMLASh

TOʻRISIDAGI BITIMNI AMALGA OShIRISh

DOIRASIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

JANUBI-ARBIY      HISOR      MINTAQASIDAGI

ODAMTOSh,    GUMBULOQ    VA    JARQUDUQ-YaNGI

QIZILChA     GAZ     KONDENSATI     KONLARINI

OʻZLAShTIRISh OB’YeKTLARI QURILIShINING

LOYIHA   HUJJATLARINI   IShLAB ChIQISh,

KELIShISh     VA     TASDIQLASh     TARTIBI

TOʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR

KIRITISh HAQIDA



Gazni qayta ishlash joyini oʻzgartirishni nazarda tutuvchi ulanishga hamda investitsiyalarning oʻz vaqtida tushishi uchun zarur tashkiliy tadbirlarni amalga oshirishga doir teхnik shartlarning oʻzgarishi munosabati bilan Mahsulotni taqsimlash toʻrisidagi bitimni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasining Janubi-arbiy Hisor mintaqasidagi Odamtosh, Gumbuloq va Jarquduq-Yangi Qizilcha gaz kondensati konlarini oʻzlashtirish ishlarini jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 6 noyabrdagi 292-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotni taqsimlash toʻrisidagi bitimni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasining Janubi-arbiy Hisor mintaqasidagi Odamtosh, Gumbuloq va Jarquduq-Yangi Qizilcha gaz kondensati konlarini oʻzlashtirish ob’yektlari qurilishining loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari .I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              Sh. Mirziyoyev





Vazirlar Mahkamasining

2012 yil 12 iyundagi

168-son qaroriga

ILOVA



Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 6 noyabrdagi 292-son

qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotni taqsimlash toʻrisidagi

bitimni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasining

Janubi-arbiy Hisor mintaqasidagi Odamtosh, Gumbuloq

va  Jarquduq-Yangi  Qizilcha  gaz  kondensati  konlarini

oʻzlashtirish     ob’yektlari     qurilishining     loyiha

hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash

tartibi toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. 3 va 10-bandlardagi "pudratchisini" soʻzi "pudratchisini (pudratchilarini)" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. 9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"9. Ish loyihasining tasdiqlanadigan qismi tasdiqlangunga qadar buyurtmachi ish hujjatlarini ishlab chiqishga, asosiy teхnologik asbob-uskunalarni yetkazib berish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirishga kirishadi, tanlov asosida qurilish pudratchisi (pudratchilari) tanlovini amalga oshiradi. Ish loyihasining tasdiqlangan tasdiqlanadigan qismi oʻzlashtirish ob’yektlarini qurish yuzasidan kontraktlar tuzish uchun asos hisoblanadi".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 23-24-son, 262-modda