Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasining Janubi-Gʻarbiy Xisor mintaqasidagi Odamtosh, Gumbuloq va Jarquduq - Yangi Qizilcha gaz kondensati konlarini oʻzlashtirish ob’yektlari qurilishining loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 06.11.2009 y. 292-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2009 yil 6 noyabrdagi

292-son qaroriga

ILOVA



Mahsulotni taqsimlash toʻrisidagi

bitimni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston

Respublikasining Janubi-arbiy Hisor mintaqasidagi

Odamtosh, Gumbuloq va Jarquduq - Yangi Qizilcha gaz

kondensati  konlarini  oʻzlashtirish  ob’yektlari

qurilishining   loyiha    hujjatlarini    ishlab

chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Janubi-arbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi bilan "Soyuzneftgaz Vostok Limited" kompaniyasi oʻrtasida Mahsulotni taqsimlash toʻrisidagi bitimni (keyingi oʻrinlarda Bitim deb yuritiladi) amalga oshirish doirasida amalga oshiriladigan Oʻzbekiston Respublikasining Janubi-arbiy Hisor mintaqasidagi Odamtosh, Gumbuloq va Jarquduq - Yangi Qizilcha konlarini oʻzlashtirish ob’yektlari qurilishining loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibini belgilaydi.

Ushbu Nizom Bitimni amalga oshirish doirasida oʻzlashtiriladigan boshqa konlarga tatbiq etilmaydi.


2. Ushbu Nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


buyurtmachi - "Lukoyl Oʻzbekiston Opereyting Kompani" mas’uliyati cheklangan jamiyati;


ob’yektni loyihalashtirish topshirii - Odamtosh, Gumbuloq va Jarquduq - Yangi Qizilcha gaz kondensati konlarini oʻzlashtirish ob’yektlari qurilishining ish loyihasini ishlab chiqishga qoʻyiladigan asosiy birlamchi talablarni oʻz ichiga olgan hujjat;


mahalliy loyihalar - tashqi infratuzilma ob’yektlari qurilishi uchun bajariladigan toʻliq hajmdagi ish loyihalari;


ish loyihasi - cheklangan qiymatli va ish hujjatlari bilan birga asosiy teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar bilan tasdiqlanadigan qismdan iborat boʻlgan loyiha hujjatlari;


ish hujjatlari - ayrim binolar va inshootlarga ish chizmalari turkumi, qurilishni amalga oshirish uchun yetarli hajmdagi ish turlari;


vakolatli organ - Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi;


boshqaruvchi qoʻmita - Bitimga muvofiq yuqori boshqaruv organi;


ish loyihasining tasdiqlanadigan qismi - prinsipial yechimlarni ta’minlash, qurilishning dastlabki (boshlanich) qiymatini aniqlash va qarorning tasdiqlanadigan qismi qabul qilinishi asosida ish hujjatlarini ishlab chiqish uchun yetarli hajmdagi loyiha hujjatlari toʻplami.


3. Buyurtmachi loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga va asosiy teхnologik asbob-uskunalarni yetkazib berishga tanlov doirasida loyihalovchi tashkilotga qurilish pudratchisini (pudratchilarini) tanlash boʻyicha tanlov savdolari oʻtkazish uchun zarur boʻlgan tanlov hujjatlarining teхnik qismini ishlab chiqishni buyurtma qilishi mumkin.

4. Ish loyihasi buyurtmachi tomonidan ishlab chiqilgan, ushbu Nizomning II boʻlimiga muvofiq kelishilgan va tasdiqlangan ob’yektni loyihalashtirishga topshiriq asosida ishlab chiqiladi.



II. LOYIHALAShTIRIShGA TOPShIRIQNI

KELIShISh VA TASDIQLASh


5. Buyurtmachi tomonidan ishlab chiqilgan ob’yektni loyihalashtirish topshirii "Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasi, Vakolatli organ va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasida kelishilishi kerak.

Ob’yektni loyihalashtirishga topshiriqni kelishish bir vaqtning oʻzida ushbu bandda koʻrsatilgan kelishuvchi organga taqdim etilgan paytdan boshlab ikki hafta muddatda amalga oshiriladi.


6. Ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan kelishuv mavjud boʻlgan taqdirda, ob’yektni loyihalashtirish topshirii Bitimda belgilangan tartibda Boshqaruvchi qoʻmita tomonidan tasdiqlanadi.



III. ISh LOYIHASINI IShLAB ChIQISh,

KELIShISh VA TASDIQLASh


7. Oʻzbekiston Respublikasining Janubi-arbiy Hisor mintaqasidagi Odamtosh, Gumbuloq va Jarquduq - Yangi Qizilcha gaz kondensati konlarini oʻzlashtirish ob’yektlari qurishga ish loyihasi quyidagi bosqichlarda ishlab chiqiladi:

ish loyihasining tasdiqlanadigan qismi;

ish hujjatlari.


8. Mahalliy loyihalarni ham oʻz ichiga oladigan ish loyihasining tasdiqlanadigan qismi ishlab chiqilishi tugallangandan keyin buyurtmachi davlat ekspertizasi organlariga tasdiqlanadigan qismni belgilangan tartibda taqdim etadi. Davlat ekspertizasining ijobiy хulosasi mavjud boʻlgan taqdirda ish loyihasining tasdiqlanadigan qismi Boshqaruvchi qoʻmita tomonidan tasdiqlanadi.


9. Ish loyihasining tasdiqlanadigan qismi tasdiqlangunga qadar buyurtmachi ish hujjatlarini ishlab chiqishga, asosiy teхnologik asbob-uskunalarni yetkazib berish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirishga kirishadi, tanlov asosida qurilish pudratchisi (pudratchilari) tanlovini amalga oshiradi. Ish loyihasining tasdiqlangan tasdiqlanadigan qismi oʻzlashtirish ob’yektlarini qurish yuzasidan kontraktlar tuzish uchun asos hisoblanadi.

10. Buyurtmachi tugallangan ish hujjatlari (shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasida ekspertizadan oʻtgan aniqlashtirilgan yima smeta hisob-kitobi), shuningdek qurilish pudratchisini (pudratchilarini) tanlash boʻyicha tanlov savdolari natijalari boʻyicha aniqlashtirilgan qurilish qiymati asosida Boshqaruvchi qoʻmitaning tasdiqlashi uchun ish loyihasini taqdim etadi.

11. Ish loyihasi Bitimda belgilangan tartibda Boshqaruvchi qoʻmita tomonidan tasdiqlanadi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 46-son, 497-modda.