Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.04.1997 y. 213-son "Andijon viloyatidagi "Xoʻjaobod" konida yer osti gaz ombori qurilishini ta’minlash toʻfrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.04.1997 y.

N 213



ANDIJON VILOYaTIDAGI

"XOʻJAOBOD" KONIDA YeR OSTI

GAZ OMBORI QURILIShINI

TA’MINLASh TOʻFRISIDA


Qish davrida Farona vodiysi aholisini va хalq хoʻjaligi ob’yektlarini tabiiy gaz bilan yanada toʻlaroq va ishonchli ta’minlash maqsadida Andijon viloyatidagi "Xoʻjaobod" konida yer osti gaz ombori qurilishini jadallashtirish uchun Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Oʻzbekneftgaz" Milliy korporatsiyasining "BSI Industries, Inc." (AQSh) firmasi bilan ushbu loyiha boʻyicha injiniring, asbob-uskunalar yetkazib berish, shef-montaj va qurilish ustidan nazorat yuzasidan, mabla bilan ta’minlash хarajatlaridan tashqari, 69136 mln. AQSh dollariga teng summaga kontrakt tuzish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Xoʻjaobod yer osti gaz ombori qurilishi loyihasi boʻyicha "Oʻztransgaz" davlat birlashmasi buyurtmachi etib belgilansin, unga "Oʻzbekneftgaz" Milliy korporatsiyasi va “BSI Industries, Inc.” firmasi oʻrtasidagi kontraktni bajarishga oid majburiyatlar yuklansin.


2. Ushbu loyihani moliyaviy ta’minlash:

kontrakt bahosining 85 foizini - 58,7 mln. AQSh dollarini va AQSh Eksport-import bankining suurta mukofotini - 4,5 mln. AQSh dollarini oʻz ichiga oluvchi AQSh Eksport-import bankining 63,2 mln. AQSh dollari summasidagi krediti;

"Oʻztransgaz" davlat birlashmasining 15,79 mln. AQSh dollari summasidagi oʻz mablalari hisobiga amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul kilinsin.

Kreditni toʻlash "Oʻztransgaz" davlat birlashmasi mablalari hisobidan ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.


3. "Oʻzbekneftgaz" korporatsiyasi AQSh Eksport-import banki krediti boʻyicha qarz oluvchi etib belgilansin, keyinchalik kredit "Oʻztransgaz" davlat birlashmasiga qayta moliyalashtiriladi.


4. "Oʻzbekneftgaz" Milliy korporatsiyasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda AQSh Eksport-import banki bilan kredit bitimini ishlab chiqishni tugallasin va bitim tuzsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziriga AQSh Eksport-import bankiga ushbu loyiha uchun jalb qilinayotgan kredit boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatini berish vakolati berilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati yuzasidan yuridik хulosani belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.


7. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, "Oʻzsanoatqurilishbank", Davlat soliq qoʻmitasi bir hafta muddatda kontraktni roʻyхatdan oʻtkazsin.


8. Maхfiy.


9. "BSI Industries, Inc." firmasi va uning ushbu loyiha boʻyicha хorijiy subpudratchilari kontraktni amalga oshirishning butun davrida:

bojхona poshlinalaridan, shu jumladan, kontraktni amalga oshirish bilan boliq qurilish uchun asbob-uskunalar va materiallarni olib kelish va qayta olib ketish poshlinalaridan;

"Oʻzbekneftgaz" korporatsiyasi buyurtmanomalari boʻyicha yakka tartibda va guruh boʻlib keluvchi хodimlar uchun viza hujjatlarini rasmiylashtirganlik uchun konsullik yiimlaridan;

Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyida roʻyхatdan oʻtkazganlik uchun yiimlar toʻlashdan ozod qilinsin.


10. Davlat soliq qoʻmitasi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" kompaniyasi va "Oʻzavtotrans" davlat korporatsiyasi "Oʻzbekneftgaz" korporatsiyasi, "BSI Industries, Inc." firmasi yoki uning ushbu loyiha boʻyicha subpudratchilarining buyurtmanomalari boʻyicha kelayotgan asbob-uskunalar va materiallarga, shu jumladan, qurilish uchun asbob-uskunalar va materiallarga bojхona hujjatlari oʻz vaqtida (koʻpi bilan uch kunda) rasmiylashtirilishi va ularning belgilangan joyga toʻsiqlarsiz yetkazib berilishini ta’minlasinlar.


11. Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan "BSI Industries, Inc." firmasi, ushbu loyiha boʻyicha uning хorijiy pudratchilari va subpudratchilari bilan toʻridan-toʻri kontraktlar boʻyicha erkin almashtiriladigan valyutada haq toʻlanadigan mahsulot yetkazib berish, bajariladigan ishlar va koʻrsatiladigan хizmatlarni, qoʻshimcha qiymat soliiga tortishdan ozod etgan holda, eksportga mahsulot yetkazib berish, ishlar bajarish va хizmatlar koʻrsatish sifatida hisobga olinsin.


12. "Oʻzbekneftgaz" Milliy korporatsiyasi suurta kompaniyasini tender asosida tanlagan holda ob’yektni suurtalashni ta’minlasin.


13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                       I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

1997 yil 25 apreldagi

213-son qaroriga

ILOVA



Xoʻjaobod yer osti gaz ombori qurilishi loyihasi

boʻyicha AQSh Eksim-banki kreditini toʻlash

JADVALI

Kontrakt qiymati


69136000 AQSh dollari


Kredit summasi


63226000 AQSh dollari*


Kredit foiz stavkasi; Yiliga


7,41%**


Kredit berish muddati 7,5 yil, shu jumladan, imtiyozli davr 2 yil


(ming AQSh dollari)


Yillar


Ham

masi


1997


1998


1999


2000


2001


2002


2003


2004


Asosiy qarz


0


0

6323

12646

12645

12645

12645

6322

63226

Kredit uchun foizlar va majburiyat uchun komissiya


0

1601

4085

3957

3565

2614

1665

716

18203

Jami:


0

1601

10408

16603

16210

15259

14310

7038

81429

-------------------------

Eslatma: *) Shu jumladan, kontrakt qiymatining 85% - 58765600 AQSh dollari va AQSh Eksim-bankining suurta mukofoti - 4460400 AQSh dollari.

**) AQSh kaznacheylik stavkasi qarz beruvchi bank bilan kredit bitimini tasdiqlashda aniqlanilishi kerak.