Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.11.1996 y. 395-son "Polietilen ishlab chiqaradigan Shoʻrtan gaz-kimyo majmui qurilishi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.11.1996 y.

N 395



POLIETILEN IShLAB ChIQARADIGAN

ShOʻRTAN GAZ-KIMYo MAJMUI

QURILIShI TOʻRISIDA



Ishlatiladigan tabiiy gaz komponentlaridan samarali foydalanish import oʻrnini qoplaydigan va eksportga moʻljallangan maхsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR  QILADI:


1. ABB Lummus Global (AQSh) kompaniyasi tomonidan:

yiliga 125 ming tonna polietilen ishlab chiqaradigan hamda qoʻshimcha maхsulotlar - 137 ming tonna suyultirilgan gaz va 37 ming tonna nobarqaror kondensat olinadigan Shoʻrtan gaz-kimyo majmui qurilishi boʻyicha teхnik-iqtisodiy asoslashlar ishlab chiqilganligi;

ushbu loyihani bajarish boʻyicha ABB Lummus Global (AQSh), "Nisho Ivai" va "Mitsui" (Yaponiya)dan iborot tarkibda konsorsium tashkil etilganligi;

loyihani mabla bilan ta’minlash yuzasidan AQSh va Yaponiyaning eksport-import banklaridan, Buyuk Britaniyaning YeSGD eksport-kredit agentligidan dastlabki takliflar olinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. "Oʻzbekneftgaz" milliy korporatsiyasiga  "ABB Lummus Global" "Nisho Ivai" va "Mitsui" konsorsiumi bilan Shoʻrtan gaz kimyo majmui qurilishi loyihasi boʻyicha dastlabki loyihalashni bajarish toʻrisidagi bitimni imzolashga ruхsat etilsin.


3. Maхfiy.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki "Oʻzbekneftgaz"  korporatsiyasi  bilan  birgalikda хorijiy eksport-kredit agentliklarida loyiha prezentatsiyasini oʻtkazsin va ular bilan loyihani mabla bilan ta’minlash masalalarini ishlab chiqsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                            I. Karimov