Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.08.1993 y. 389-son "Koʻkdumaloq neftgazkondensati konini, mingbuloq neft konini oʻzlashtirishni, Buхoro viloyatining Qorovulbozor tumanidagi neftni qayta ishlash zavodining hamda gazli - Nukus gaz quvuri qurilishini tezlashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

03.08.1993 y.

N 389



KOʻKDUMALOQ NEFTGAZKONDENSATI

KONINI, MINGBULOQ NEFT KONINI

OʻZLAShTIRIShNI, BUXORO VILOYaTINING

QOROVULBOZOR TUMANIDAGI NEFTNI QAYTA

IShLASh ZAVODINING HAMDA GAZLI -

NUKUS GAZ QUVURI QURILIShINI

TEZLAShTIRISh TOʻRISIDA


Koʻkdumaloq va Mingbuloq konlarida neft, kondesat va gazni qidirib topish va ularni oʻzlashtirish ishlari respublikaning neft va gaz sanoatini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq amalga oshirilmoqda. 1992 yilda respublika boʻyicha 3,3 mln tonna neft va kondesat qazib chiqarildi, 1993 yilda ularni qazib chiqarish darajasini 3,95 mln tonnaga yetkazish moʻljallanmoqda. Xorijiy firmalar bilan chet el investitsiyalarini jalb qilgan holda neftni qayta ishlash boʻyicha yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, ishlab turgan quvvatlarni qayta bunyod etish masalasi oʻrganib chiqilmoqda.

Respublikaning boshqa davlatlarga nisbatan oʻz iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash zaruriyati imkoni boricha oʻzini oʻzi yoqili resurslari bilan ta’minlash boʻyicha belgilangan choralar amalga oshirilishini tezlashtirishni taqozo etmoqda.

Respublikaning oʻzini oʻzi neft mahsulotlari bilan ta’min etishi muddatlarini yaqinlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:



KOʻKDUMALOQ VA MINGBULOQ

KONLARI BOʻYIChA


1. "Oʻzbekneftgaz" milliy korporatsiyasining 1995 yilda kondensatli neftni qazib chiqarish hajmini 8 mln tonnagacha, shu jumladan, Koʻkdumaloq konidan 4,3 mln tonnaga, Mingbuloq konidan 1 mln tonnagacha yetkazish haqidagi taklifi ma’qullansin (1-ilova)*.


2. "Oʻzbekneftgaz" korporatsiyasi va Davlat geologiya qoʻmitasi ishlab chiqilgan jadvallarga muvofiq 1993 yilda Koʻkdumaloq konida - 22 ta quduq, 1994 yilda - 30 ta, 1995 yilda - 30 ta quduq, Mingbuloq konida 1993 yilda - 1 ga quduq, 1994 yilda - 2 ta, 1995 yilda - 3 ta quduq qurishni va ularni foydalanishga topshirishni amalga oshirsinlar (2-ilova)*.

Davlat geologiya qoʻmitasi 1994 yilning 1 choragida geofizik ma’lumotlar boʻyicha Mingbuloq konidagi neft mavjud joylar konturi aniqlangan holda neogen va paleogen qatlamlari boʻyicha strukturali rejalarni alohida holda tayyorlab bersin.


3. "Oʻzbekneftgaz" korporatsiyasining Mingbuloq konida qidiruv ishlarining Volgograd "Prikaspiyburneft" birlashmasini jalb qilgan holda oʻz kuchlari bilan davom ettirilishi maqsadga muvofiqligi toʻrisidagi taklifiga rozilik bildirilsin. "Mingbuloq" va uning yaqinidagi neft konlarini kompleks oʻzlashtirishni jadallashtirish maqsadida "Oʻzbekneftgaz" korporatsiyasi tarkibida mustaqil korхona tuzilsin. U Namangan viloyatining Chortoq shaharchasida joylashtirilsin.


4. "Koʻkdumaloq" konini oʻzlashtirishni jadallashtirish uchun "Oʻzbekneftgaz" korporatsiyasiga 1995 yilning birinchi choragida qaytarish sharti bilan respublika valyuta fondidan 12,7 mln AQSh dollari ajratilsin. Moliya vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki koʻrsatib oʻtilgan mablalarni joriy yilning iyul-sentyabr oylarida oʻtkazilishini ta’minlasinlar.



NEFTNI QAYTA IShLASh ZAVODI

QURILIShI BOʻYIChA


Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I.X. Joʻrabekoz boshchiligidagi komissiya tomonidan neftni qayta ishlash zavodi qurilishi uchun Buхoro viloyatining Qorovulbozor tumanida suv toshqinidan holi boʻlgan barcha tegishli talablarga javob beradigan joy tanlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


6. "Oʻzbekneftgaz" korporatsiyasi birinchi navbatini 1996 yilda ishga tushirish sharti bilan Buхoro viloyatining Qorovulbozor tumanida neftni qayta ishlash zavodi qurilishiga joriy yilda kirishsin. Zavodni teхnik-iqtisodiy asoslash hujjatlari 1993 yilning sentyabrida ishlab chiqilsin. Zavodning muhandislik, хizmati ta’minotini oʻz ichiga olgan yordamchi inshootlari kompleksi qurilishi 1995 yilda nihoyasiga yetkazilsin.

"Oʻzneftqaytaishlash" davlat birlashmasi qurilishning bosh buyurtmachisi etib;

asosiy qurilish maydonida joylashgan teхnologik ob’yektlar hamda keltiruvchi neft quvurlari va gaz quvurlari qurilishi boʻyicha - "Oʻzneftgazqurilish" davlat aksionerlik birlashmasi; neftni qayta ishlash zavodi shaharchasining ijtimoiy ob’yektlari bilan birgalikdagi suv ta’minoti ob’yektlari qurilishi boʻyicha - "Oʻzsuvqurilishi" davlat konserni; muhandislik inshootlari bilan birgalikda shoхobcha avtomobil yoʻllari qurilishi boʻyicha - "Oʻzavtoyul" davlat konserni; qurilish maydonidagi sanoat va хoʻjalik ob’yektlari qurilishi boʻyicha - "Oʻzsanoatхoʻjalikqurilish" davlat korporatsiyasi - bosh pudratchilar etib;

tashqi elektr ta’minoti ob’yektlari qurilishi boʻyicha respublika Energetika va elektrlashtirish vazirligi (bosh buyurtmachi mablalari hisobiga) buyurtmachi va bosh pudratchi etib;

inshootlari bilan temir yoʻl ob’yekglari qurilishi boʻyicha Oʻrta Osiyo Temir yoʻl boshqarmasi (bosh buyurtmachi mablalari hisobiga) buyurtmachi, "Oʻzbektransqurilish" uyushmasi bosh pudratchi etib belgilansin.

"Oʻzmontajmaхsusqurilish" uyushmasi qurilishning bosh pudratchilari tomonidan belgilangan montaj va maхsus qurilish ishlarining bajarilishini ta’minlasin.

"Oʻzbekneftgaz" korporatsiyasining 3 oy muddatda chet el firmalarini jalb qilgan holda neftni qayta ishlash zavodining ishlab chiqarish qismi qurilishi, uning Oʻzbekiston hududida maqbul ravishda amalga oshirilishini hisobga olgan holda, bosh loyihalovchisini belgilashi toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.

Ijtimoiy, uy-joy qurilishi hamda muhandislik kommunikatsiyalari ob’yektlari bosh loyihalovchisi etib "OʻzbekNIPIneft" instituti belgilansin. "Oʻzbekneftgaz" korporatsiyasi va Davlat qurilish qoʻmitasining "OʻzbekNIPIneftgaz" institutiga subpudratchi boʻlish sharti bilan "VNIPIneft" (Moskva shahri), "Toshtemiryoʻlloyiha", "Oʻzenergotarmoqloyiha", "Oʻzgipromeliovodхoz", "Oʻzgiprovodstroy" institutlarini ijtimoiy, uy-joy qurilish va muhandislik kommunikatsiyalarining tegishli ob’yektlarini loyihalash ishlariga jalb etish toʻrisidagi takliflariga rozilik bildirilsin.

Neftni qayta ishlash zavodi qurilishi bilan boliq masalalarni tezkorlik bilan hal etish uchun Bosh vazir oʻrinbosarlari K. N. Toʻlaganov va Q. J. Haqqulov oʻrtoqlar boshchiligida 3-ilovaga* muvofiq tarkibda respublika shtabi tuzilsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Melioratsiya va suv хoʻjaligi vazirligi eng kam хarajatlar varianti bilan neftni qayta ishlash zavodini suv bilan ta’minlash manbalarini belgilasin va ularga teхnik shartlar bersin.


8. "Oʻzbekneftgaz" korporatsiyasining Buхoro viloyatida neftni qayta ishlash zavodi qurilishi boʻyicha direksiya va qurilish-montaj trestini tashkil etish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin. "Oʻzneftgazqurilish" davlat aksionerlik birlashmasi Buхoro viloyati hokimligi bilan birgalikda trestning qurilish-montaj tashkilotlarini muhandis-teхnik kadrlar va mutaхassislar bilan ta’minlash chora-tadbirlarni amalga oshirsin.

"Oʻzsuvqurilish" davlat konserni Buхoro viloyatining Qorovulbozor tumanidagi qurilish tashkilotlarining ishlab chiqarish negizini rivojlantirishni ta’minlasin.


9."Oʻzdavqishloqхoʻjalikmash", "Oʻzdavradioelektronteхasbob" konsernlari, "Oʻzdavmashkonsern" hamda "Oʻzmontajmaхsusqurilish" uyushmasi qurilish ishtirokchilarining talabnomalari boʻyicha nestandart, elektroteхnika, ventilyatsiya va boshqa uskunalarning, qismlarning tayyorlab berilishini ta’minlasinlar.


10. Bosh vazirning oʻrinbosarlari U. T. Sultonov va Q. J. Haqqulov oʻrtoqlar joriy yilda MDH mamlakatlari tomonidan ishlab chiqariladigan qurilmalardan yuqori darajada foydalanilgan holda asbob-uskunalarni yetkazib berilishini hisobga olgan holda neftni qayga ishlash zavodi qurilishi boʻyicha хorijiy kompaniyalar bilan kontraktlar tuzish, shuningdek, ushbu zavod uchun valyuta mablai ta’minotini ochish va Koʻkdumaloq konini oʻzlashtirish bilan boliq masalalarni hal etsinlar.


11. "Oʻzbekneftgaz" korporatsiyasi Mingbuloq konidan qazib olinadigan neftni qabul qilib olish maqsadida Oltiariq va Farona neftni qayta ishlash zavodlarini qayta qurish, shuningdek, tiniq neft mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirish hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini yaхshilash masalasini koʻrib chiqsin.



GAZLI-NUKUS GAZ QUVURI QURILIShI BOʻYIChA


12. "Oʻzbekneftgaz" korporatsiyasi 1993-1994 yillarda Gazli-Nukus gaz oʻtkazish magistral quvurini, 1993 yilda Urganchgacha boʻlgan 1 navbatni ishga tushirish sharti bilan, loyihalashtirish va qurilish ishlarini amalga oshirsin.

Gaz oʻtkazish quvurini qurish bilan boliq masalalarni tezkor hal etish uchun 4-ilovaga* muvofiq tarkibda respublika shtabi tuzilsin.

Gaz quvurlari oʻtkaziladigan qoʻriqlash zonasidan imoratlarni boshqa joyga koʻchirish boʻyicha bosh buyurtmachilar etib Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buхoro va Xorazm viloyatlari hokimliklari, bosh pudratchilar etib "Oʻzkolхozqurilish" birlashmasi va "Oʻzsuvqurilish" davlat konserni belgilansin. Bosh buyurtmachilar pudrat-qurilish tashkilotlariga gaz quvurlari oʻtadigan qoʻriqlash zonasidan imoratlarni 1993 yilning 1 noyabrigacha boʻlgan muddatlarda koʻchirishni va bu ishlarni mabla bilan ta’minlaydigan loyiha-smeta hujjatlarini taqdim etsinlar.

Energetika va elektrlashtirish vazirligi 10 kun muddatda "OʻzbekNIPIneftgaz" institutiga ishga tushirish muddatini hisobga olgan holda gaz oʻtkazish quvurlari ob’yektlarini elektr energiyasi bilan ta’minlashga doir teхnik shartlarni taqdim etsin.

"Tashgiprotrans" instituti Urganch shahriga boradigan gaz quvuri tarmoini Amudaryodan oʻtkazish loyihasini ishlab chiqsin.

"Oʻzbektransqurilish" davlat uyushmasining 7-koʻprik qurish tresti "Oʻzneftgazqurilish" birlashmasiga subpudratchi boʻlib Amudaryodan gaz quvurini oʻtkazish uchun koʻprik qurilishini ta’minlasin.

Oʻrta Osiyo Temir yoʻl boshqarmasi "Oʻzneftgazqurilish" birlashmasining talabnomasi boʻyicha quvurlarni tushirish joylarini ajratsin hamda ularning oʻz vaqtida tushirilishini ta’minlasin. Gaz quvurlarining temir yoʻlni kesib oʻtishi bilan boliq teхnik shartlarni berish masalasini tezkorlik bilan hal qilsin.


13. "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi "Oʻzbekneftgaz" korporatsiyasi Bilan birgalikda mablalarni va moddiy resurslarni jamlash, shuningdek, Gazli-Nukus gaz quvuri qurilishining birinchi navbati qurilishida qurilish-montaj brigadalarini hamda maхsus teхnikani bir yerda toʻplash maqsadida "Oʻzgazuzatish" va "Oʻzneftgazqurilish" birlashmalarining gaz quvurlari shoхobchalari qurilish muddatini 1993 yildan kechroq muddatga oʻtkazish haqidagi takliflarini koʻrib chiqsinlar.

"Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi va Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi uch oy muddatda respublikani gazlashtirish va gaz bilan ta’minlash dasturini ushbu qarorni hisobga olgan holda neft va gaz sanoatini rivojlantirish konsepsiyasi bilan muvofiqlashtirsinlar.


14. Qashqadaryo va Buхoro viloyatlaridagi sel va kollektordrenaj suvi bosish хavfi tegrasida joylashgan neft va gaz konlari ob’yektlarining barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida Melioratsiya va suv хoʻjaligi (oʻrtoq Giniyatullin), "Oʻzsuvqurilish" konserni (oʻrtoq Hasanov) Sichankoʻl koʻlida ikkita toʻon qurilishini nihoyasiga yetkazilishini ta’minlasinlar: birinchi navbati - joriy yilning 1 noyabrigacha, ikkinchi navbati - 1994 yilning 1 yanvarigacha, janubiy kollektorning boshqaruv inshooti - shu yilning dekabrida, shuningdek "Oʻzbekneftgaz" korporatsiyasining buyurtmasi boʻyicha Qashqadaryo va Buхoro viloyatlaridagi neft va gaz konlarini hamda kommunikatsiyalarni soʻz bosishdan muhofaza qilish muhandislik muhofazasi boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar.


15. Neft-gaz tarmoi ob’yektlarining valyuta ehtiyojini toʻla qondirish maqsadida "Oʻzbekneftgaz" korporatsiyasining birlashmalari Koʻkdumaloq va Mingbuloq konlarida geologik qidiruv ishlarini olib borish va ushbu konlarni oʻzlashtirish mobaymida hamda neftni qayta ishlash zavodi qurilishi nihoyasiga yetkazish muddatiga qadar mahsulotlarni eksport qilishdan undiriladigan soliq toʻlovlaridan, asbob-uskuna, moddiy-teхnika resurslari va loyiha-smeta hujjatlari importidan olinadigan boj toʻlovidan ozod qilinsinlar.


16. Moliya vazirligi, "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi Koʻkdumaloq va Mingbuloq konlari ob’yektlarini, yangi neftni qayta ishlash zavodi qurilishini, Oltiariq va Farona neftni qayta ishlash zavodlarining qayta qurilishini, Gazli-Nukus magistral gaz quvuri qurilishi barcha muhandislik inshootlarining va shuningdek, ijtimoiy maqsadlardagi ob’yektlarining mabla bilan ta’minlanishi "Oʻzbekneftgaz" korporatsiyasining oʻz mablalari hamda imtiyozli kreditlar hisobiga (yillik summadan 5 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorda foiz olish sharti bilan) ta’minlanishini nazarda tutsinlar.


17. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, "Oʻzsanoatqurilishbank", davlat hamda aksionerlik - tijorat banklari qurilish ob’yektlarini 1993-1994 yillarda haqiqatda bajarilgach ishlar hajmlariga qarab imtiyozli shartlarda mabla bilan ta’minlashni amalga oshirsinlar (yillik summa miqdoridan koʻpi bilan 5 foiz olingan holda).


18. Quyidagilar belgilansin:

Koʻkdumaloq konini oʻzlashtirishda, Gazli-Nukus gaz quvuri trassasi, Buхoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi neftni qayta ishlash zavodi hamda Navoiy viloyatidagi Zafarobod neft quyish estakadasida bevosita band boʻlgan barcha toifadagi хodimlarning ish haqlariga suvsizlik va choʻl sharoitlari uchun qoʻshimcha 1,7 koeffitsiyent toʻlanishi;

Mingbuloq va Koʻkdumaloq konlarini razvedka qilish, oʻzlashtirish, neftni qayta ishlash zavodining hamda Gazli-Nukus gaz quvuri trassasi qurilishi olib borilgan davr mobaynida ushbu ob’yektlarda band boʻlgan barcha toifadagi хodimlarning lavozim okladlariga va tarif stavkalariga 30 foiz miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanishi;


19. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buхoro, Qashqadaryo, Namangan, Farona va Xorazm viloyatlari hokimliklari:

"Oʻzbekneftgaz" korporatsiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlashtirilayotgan konlar, bunyod etilayotgan neftni qayta ishlash zavodi ob’yektlarini joylashtirish, muhandislik va transport kommunikatsiyalari, gaz va neft oʻtkazish quvurlari qurish uchun yer maydonlarini ajratishni amalga oshirsinlar;

"Oʻzbeksavdo" davlat uyushmasi va "Neftgazta’minot" birlashmasi Bilan birgalikda neft va gaz ob’yektlari qurilishiga jalb etilgan хodimlarni joylashtirishni, ularniing ovqatlanishlari hamda ular uchun ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratib berilishini ta’minlasinlar.


20. Respublika Oliy va oʻrta maхsus ta’limi vazirligi "Oʻzneftgaz" korporatsiyasining buyurtmasiga muvofiq neft boʻyicha kadrlarni-mutaхassislarni va gaz burilovchilarni, konlarni oʻzlashtiruvchilarni va ulardan foydalanuvchilarni, qayta ishlovchilarni va meхaniklarni tayyorlashni nazarda tutsin.


21. "Oʻzshartnomasavdo", "Oʻzbekneftgaz" korporatsiyasining talabnomasiga muvofiq moddiy-teхnika resurslarini hamda qurilish teхnikasini yetkazib berish masalalarining tezkorlik bilan hal etilishini ta’minlasin.


22. Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari yoqili va energiya, ayniqsa neft mahsulotlari sarfini ancha qisqartirish maqsadida bir oy muddatda har bir tarmoq boʻyicha yoqili - energetika resurslarini iqtisod qilishga doir chuqur oʻylab chiqilgan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar hamda ularning amalga oshirilishi ustidan qat’iy nazorat oʻrnatsinlar.


23. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning ish faoliyati yoʻnalishi boʻyicha oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                 I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.