Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 06.08.2013 y. 01/17-26/08-son "Tabiiy monopoliya sub’yektlarining Davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori (AV tomonidan 21.08.2013 y. 2147-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

21.08.2013 y.

N 2147-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

XUSUSIYLAShTIRISh, MONOPOLIYaDAN

ChIQARISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh

DAVLAT QOʻMITASINING

06.08.2013 y.

N 01/17-26/08


QARORI


"Tabiiy monopoliya sub’yektlarining

Davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi

toʻrisidagi  nizomni  tasdiqlash  haqida"gi

qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 18-son, 233-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 13 noyabrdagi PF-4483-son "Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻrisida"gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 46-47-son, 521-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi 374-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 2-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻrisidagi nizomga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2010 yil 6 oktyabrdagi 14-son "Tabiiy monopoliya sub’yektlarining Davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga (roʻyхat raqami 2147, 2010 yil 11 oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 40-41-son, 357-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Rais                                                                                              A. Abduhakimov






Qarorga

ILOVA



"Tabiiy monopoliya sub’yektlarining

Davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi

toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi

qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasining "Tabiiy monopoliyalar toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 y., 9-son, 212-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi 374-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 2-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻrisidagi nizomga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:".


2. Nizomda:


a) 2-bandda "Monopoliyadan chiqarish" soʻzlari "Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) ilovaning 9-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Ushbu oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 26 avgust, 34-son, 461-modda