Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi 06.10.2010 y. 14-son "Tabiiy monopoliya sub’yektlarining Davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori (AV tomonidan 11.10.2010 y. 2147-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

11.10.2010 y.

N 2147




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MONOPOLIYaDAN ChIQARISh VA RAQOBATNI

RIVOJLANTIRISh DAVLAT QOʻMITASI

06.10.2010 y.

N 14


QARORI


Tabiiy monopoliya sub’yektlarining

Davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi

toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida


(2010 yil 21 oktyabrdan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasining "Tabiiy monopoliyalar toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 y., 9-son, 212-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi 374-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 2-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi QAROR QILADI:

1. Tabiiy monopoliya sub’yektlarining Davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining 2009 yil 23 fevraldagi 7-son "Tabiiy monopoliya sub’yektlarining Davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 1930, 2009 yil 30 mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2009 y., 14-son, 166-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.



Rais                                                                                         J. Ismailov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 40-41-son, 357-modda.