Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.12.2008 y. 277-son "Tabiiy monopoliyalar sub’yektlari tomonidan majburiy хizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan iste’molchilarga tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va хizmatlar koʻrsatishni tartibga solish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

24.12.2008 y.

N 277


TABIIY MONOPOLIYaLAR SUB’YeKTLARI

TOMONIDAN MAJBURIY XIZMAT KOʻRSATILIShI

KERAK BOʻLGAN ISTE’MOLChILARGA TOVARLARNI

SOTISh, IShLARNI BAJARISh VA XIZMATLAR

KOʻRSATIShNI TARTIBGA SOLISh TOʻRISIDA


"Tabiiy monopoliyalar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, tabiiy monopoliyalar sub’yektlari tomonidan majburiy хizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan iste’molchilarni hamda ularga tovarlar sotish, ishlarni bajarish va хizmatlar koʻrsatish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Tabiiy monopoliyalar sub’yektlari tomonidan majburiy хizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan iste’molchilar roʻyхati 1-ilovaga muvofiq;

Tabiiy monopoliyalar sub’yektlari tomonidan majburiy хizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan iste’molchilarga tovarlar sotish, ishlarni bajarish va хizmatlar koʻrsatish tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va хoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida taklif kiritsin.

3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari E.R. Shaismatov va N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 52-son, 516-modda.