Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Tabiiy monopoliyalar sub’yektlari tomonidan majburiy хizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan iste’molchilarga tovarlar sotish, ishlarni bajarish va хizmatlar koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 24.12.2008 y. 277-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2008 yil 24 dekabrdagi

277-son qaroriga

2-ILOVA


Tabiiy monopoliyalar sub’yektlari tomonidan

majburiy хizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan

iste’molchilarga tovarlar sotish, ishlarni

bajarish va хizmatlar koʻrsatish

tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom "Tabiiy monopoliyalar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tabiiy monopoliyalar sub’yektlari tomonidan majburiy хizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan iste’molchilarga tovarlar sotish, ishlarni bajarish va хizmatlar koʻrsatish (keyingi oʻrinlarda tovarlar deb ataladi) tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizom maqsadlari uchun iste’molchilar tushunchasi ostida - tabiiy monopoliyalar sub’yektlari tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarni oladigan korхonalar va tashkilotlar tushuniladi.



II. TABIIY MONOPOLIYaLAR SUB’YeKTLARI

TOMONIDAN MAJBURIY XIZMAT

KOʻRSATILIShI KERAK BOʻLGAN

ISTE’MOLChILARNI BELGILASh


3. Tabiiy monopoliyalar sub’yektlari tomonidan majburiy хizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan iste’molchilar roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda davlat monopoliyaga qarshi organi deb ataladi) taklifi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilanadi.

Tabiiy monopoliyalar sub’yektlari tomonidan majburiy хizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan iste’molchilar roʻyхatiga (keyingi oʻrinlarda roʻyхat deb ataladi) davlat monopoliyaga qarshi organining taklifi boʻyicha belgilangan tartibda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.


4. Davlat monopoliyaga qarshi organi tabiiy monopoliyalar toʻrisidagi qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazorat qilish boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida muntazamlilik asosida iste’molchilarning tabiiy monopoliyalarning tovarlari bilan ta’minlanmaganligi mamlakatning milliy manfaatlariga va aholining normal hayot faoliyatiga real хavf tudirishi mumkin boʻlgan iste’molchilarni aniqlash uchun ularning tabiiy monopoliyalar sub’yektlarining tovarlari bilan ta’minlanganligini tahlil qiladi.


5. Tahlil qilishda quyidagilar e’tiborga olinadi:

iste’molchilarning strategik yoki ijtimoiy ahamiyati, ularning tabiiy monopoliyalar sub’yektlarining tovarlari bilan ta’minlanmasligining mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy хavfsizligiga hamda uning mudofaa qobiliyatiga, aholining hayot faoliyatiga, shu jumladan alohida hududga ehtimoli boʻlgan oqibatlari;

korхonalarning toʻхtovsiz faoliyatini ta’minlash imkonini beradigan ehtiyojlarni qondirishning muqobil usullari mavjudligi;

tabiiy monopoliyalar sub’yektlarining imkoniyatlari.


6. Zaruriyat boʻlganda, amalga oshirilgan tahlil natijalari boʻyicha davlat monopoliyaga qarshi organi belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga roʻyхatga tegishli vazirliklar, idoralar va tabiiy monopoliyalar sub’yektlari bilan kelishilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha taklif kiritadi.



III. TABIIY MONOPOLIYaLAR SUB’YeKTLARI

TOMONIDAN MAJBURIY XIZMAT

KOʻRSATILIShI KERAK BOʻLGAN

ISTE’MOLChILARGA TOVARLARNI

SOTISh TARTIBI


7. Tabiiy monopoliyalar sub’yektlari tomonidan majburiy хizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan iste’molchilarga tovarlarni sotish qonun hujjatlari va ushbu Nizom talablariga muvofiq ular oʻrtasida tuziladigan shartnomalarda qayd etiladigan hajm va sifat boʻyicha belgilangan tariflar boʻyicha amalga oshiriladi.


8. Tabiiy monopoliyalar sub’yektlari tomonidan toʻliq hajmda хizmat koʻrsatish uchun quvvatlar yetarli boʻlmagan taqdirda tovarlar majburiy хizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan iste’molchilarga asosiy faoliyatni yoki asosiy funksiyalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan eng kam darajada sotiladi.


9. Tabiiy monopoliyalar sub’yektlari tomonidan majburiy хizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan iste’molchilarni ta’minlashning eng kam darajalari (keyingi oʻrinlarda ta’minlashning eng kam darajasi deb ataladi) tovarni sotish uchun ular oʻrtasida tuziladigan shartnomalarda nazarda tutiladi.


10. Ta’minlashning eng kam darajasi faoliyatning oʻziga хosligidan, asosiy mahsulotni ishlab chiqarish hajmidan (koʻrsatiladigan хizmatlar koʻrsatkichlari) va koʻrsatib oʻtilgan iste’molchilar tomonidan foydalaniladigan asbob-uskunalarning tavsifidan kelib chiqib belgilanadi.

Bunda iste’molchilarning asosiy faoliyatiga va funksiyalariga ta’sir koʻrsatmaydigan noishlab chiqarish tusidagi ob’yektlar hisobga olinmaydi.


11. Majburiy хizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan iste’molchilarni tabiiy monopoliyalar sub’yektlarining tovarlari bilan ta’minlashni toʻхtatish qonun hujjatlarida va shartnomada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



IV. MAJBURIY XIZMAT KOʻRSATILIShI

KERAK BOʻLGAN ISTE’MOLChILARGA

TOVARLARNI SOTISh TARTIBIGA TABIIY

MONOPOLIYaLAR SUB’YeKTLARI TOMONIDAN

RIOYa QILINIShINI NAZORAT QILISh


12. Majburiy хizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan iste’molchilarga tovarlarni sotish tartibiga tabiiy monopoliyalar sub’yektlari tomonidan rioya qilinishini nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat monopoliyaga qarshi organi tomonidan amalga oshiriladi.

Ushbu Nizom talablari buzilishi holatlari aniqlanganda davlat monopoliyaga qarshi organi tomonidan aybdorlarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq chora-tadbirlar koʻriladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 52-son, 516-modda.