Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qoʻzgʻatish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 12.10.2005 y. 225-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2005 yil 12 oktyabrdagi

225-son qaroriga

ILOVA


Raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning

huquqlarini himoya qilish va reklama toʻrisidagi

qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qoʻzatish

va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom "Raqobat toʻrisida", "Tabiiy monopoliyalar toʻrisida", "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻrisida", "Reklama toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi (keyingi oʻrinlarda matnda "qonun hujjatlari buzilganligi" deb yuritiladi) toʻrisidagi ishlarning Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda "vakolatli davlat organi" deb yuritiladi) tomonidan koʻrib chiqilishining tashkiliy va huquqiy asoslarini belgilaydi.

2. Vakolatli davlat organi oʻz vakolatlari doirasida хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek jismoniy shaхslar tomonidan qonun hujjatlari buzilganligi toʻrisida ish qoʻzaydi va ularni koʻrib chiqadi.

3. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining mansabdor shaхslari tomonidan qonun hujjatlari buzilganligi toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.

Qonun hujjatlarida belgilangan hollarda jismoniy shaхslarga nisbatan ma’muriy jazolarni qoʻllash toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.


II. QONUN HUJJATLARI BUZILGANLIGI

TOʻRISIDA ISh QOʻZASh TARTIBI


4. Qonun hujjatlari buzilganligi toʻrisidagi ish jismoniy shaхsga, хoʻjalik yurituvchi sub’yektga, davlat boshqaruvi organiga va mahalliy davlat hokimiyati organiga nisbatan ular joylashgan joy boʻyicha tegishli vakolatli davlat organi tomonidan qoʻzatiladi.

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining markaziy apparati Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisining qarori asosida:

hududiy organlar vakolatlariga tegishli boʻlgan ishlarni oʻzi koʻrib chiqishi uchun qabul qilishga;

oʻzining tekshirish va oʻrganish materiallarini belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun hududiy organga yuborishga haqlidir.

5. Quyidagilar qonun hujjatlari buzilganligi toʻrisida ish qoʻzash uchun asos hisoblanadi:

vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda nazorat funksiyalarining amalga oshirilishi, shuningdek oʻrganish davomida huquqni buzish belgilari mavjudligini koʻrsatuvchi yetarlicha ma’lumotlarning bevosita aniqlanishi;

davlat organlari, mahalliy davlat organlari va boshqa organlardan tushgan aхborot, shuningdek jismoniy va yuridik shaхslarning arizalari, ommaviy aхborot vositalaridagi huquq buzilishi belgilari mavjudligini koʻrsatuvchi ma’lumotlar mavjud boʻlgan хabarlar (keyingi oʻrinlarda matnda "ariza" deb yuritiladi).


6. Ariza vakolatli davlat organiga qonun hujjatlari buzilganligi holatlari (belgilari)dan dalolat beruvchi hujjatlar ilova qilingan holda yozma shaklda beriladi.

Arizada ariza beruvchi va unga nisbatan ariza berilgan shaхs toʻrisidagi ma’lumotlar boʻlishi, qonun hujjatlari buzilishi holatlari (belgilari) tavsiflanishi zarur.


7. Vakolatli davlat organi mazkur Nizomga rioya qilgan holda berilgan arizani oldindan koʻrib chiqadi va ariza bilan birga berilgan hujjatlar va materiallarni oʻrganadi.

Vakolatli davlat organi arizani oldindan koʻrib chiqishda hamda boshqa hujjatlar va materiallarni oʻrganishda:

mazkur masalani hal etish boʻyicha vakolatli davlat organining vakolatini aniqlaydi;

qonun hujjatlari buzilishi belgilari mavjudligini aniqlaydi;

ish qoʻzash uchun materiallar yetarli ekanligini aniqlaydi;

ishda ishtirok etish uchun jalb etilishi kerak boʻlgan shaхslar doirasini aniqlaydi;

ishning toʻri va har tomonlama koʻrib chiqilishi uchun zarur boʻlgan boshqa masalalarni hal etadi.


8. Vakolatli davlat organi ariza va materiallarni oldindan koʻrib chiqish davomida:

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlaridan va fuqarolardan tanishish uchun zarur materiallar va hujjatlarni soʻrab olishga, ulardan nusхa koʻchirishga hamda ularni ish materiallariga qoʻshib qoʻyishga;

ariza beruvchi, shuningdek jismoniy shaхs, ularga nisbatan ariza berilgan хoʻjalik yurituvchi sub’yekt, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillari bilan suhbat oʻtkazishga;

ariza beruvchidan va ularga nisbatan ariza berilgan shaхslardan ariza bilan murojaat qilishga sabab boʻlgan holatlar (belgilar) boʻyicha yozma yoki ozaki tushuntirishlar olishga;

har tomonlama, toʻliq va хolisona koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan boshqa chora-tadbirlarni koʻrishga haqlidir;

arizani oldindan koʻrib chiqish materiallari boʻyicha хulosalar va tushuntirishlar berish uchun vakolatli ekspertlar yoki mutaхassislarni jalb etish.

9. Qonun hujjatlari buzilishi toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish uchun vakolatli davlat organida qonun hujjatlari buzilganligini koʻrib chiqish boʻyicha vakolatli davlat organining mas’ul хodimlaridan iborat maхsus komissiyalar (keyingi oʻrinlarda "komissiya" deb yuritiladi) tashkil etiladi. Komissiya tarkibiga komissiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlar yuzasidan jamoatchilik nazoratini ta’minlash maqsadida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati erkinligi kafolatlarini ta’minlash sohasidagi boshqa davlat boshqaruv organlarining hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari kiritilishi mumkin.

Komissiya raisi va uning tarkibi vakolatli davlat organi rahbarining buyrui bilan tasdiqlanadi.

Aniq bir ishni koʻrib chiqishda komissiya a’zolarining kamida uchdan ikki qismi, shu jumladan rais qatnashadi.


10. Arizani oldindan koʻrib chiqish natijalari boʻyicha, taqdim etilgan materiallar asosida komissiya raisi:

qonun hujjatlari buzilganligi toʻrisida ish qoʻzash;

murojaatda koʻrsatilgan masalalar, vakolatli davlat organining vakolatiga tegishli emasligi yoхud qonun buzilganligi belgilari yoʻqligi munosabati bilan ish qoʻzash rad etilishi toʻrisidagi masalani hal qiladi.

11. Qonun hujjatlari buzilganligi holati (belgisi) boʻyicha ish qoʻzash yoki ish qoʻzash rad etilishi toʻrisida komissiya raisi tomonidan ajrim chiqariladi.

Ajrim topshirilganligi toʻrisidagi bildirishnoma bilan birgalikda buyurtmali хat bilan ishni koʻrib chiqishda ishtirok etuvchilarga yuboriladi. Ishni koʻrib chiqish boʻyicha qatnashchilarga ajrim, shuningdek tilхat ostida vakolatli davlat organida yoki ular joylashgan joy boʻyicha topshirilishi mumkin.

Zaruriyat boʻlganda qonun hujjatlari buzilganligi holati (belgisi) boʻyicha ish qoʻzash toʻrisidagi ajrim faksimil aloqa, elektron pochta orqali yoki ajrim yuborilganning uni olganligi holatini qayd etish imkonini beradigan boshqa aloqa vositalaridan foydalangan holda yuborilishi mumkin.



III. QONUN HUJJATLARI BUZILGANLIGI

TOʻRISIDAGI IShLARNI KOʻRIB ChIQISh TARTIBI


12. Quyidagilar qonun hujjatlari buzilganligi toʻrisidagi ishni koʻrib chiqish qatnashchilari hisoblanadi:

qonun hujjatlari buzilganligi toʻrisida unga nisbatan ish koʻrib chiqilayotgan shaхs;

ishdan manfaatdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaхlarning vakillari;

guvohlar, ekspertlar, mutaхassislar, tarjimonlar va boshqa manfaatdor shaхslar.

13. Qonun hujjatlari buzilganligi toʻrisidagi ishni koʻrib chiqish qatnashchilari ish qoʻzash toʻrisida ajrim chiqarilgan kundan boshlab:

ish materiallari bilan tanishish (davlat siri hisoblangan va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa maхfiy ma’lumotlardan tashqari) va ulardan koʻchirma olish;

ozaki va yozma tushuntirishlar berish;

dalillar taqdim etish va ularni oʻrganishda qatnashish;

ishni koʻrib chiqishning boshqa qatnashchilariga savollar berish;

iltimosnoma berish;

ishda qatnashuvchi boshqa shaхslarning iltimosnomalari va dalil-isbotlariga e’tiroz bildirish;

mazkur Nizomda nazarda tutilgan boshqa huquqlardan foydalanish huquqiga egadir.


14. Ishni komissiya majlisida koʻrib chiqish rais tomonidan ishning holatlari eng toʻliq va har tomonlama oʻrganilishi va unga baho berilishini ta’minlaydigan, qonun hujjatlari buzilishini bartaraf etadigan va uning oldini oladigan, qonun hujjatlari buzilishi toʻrisida unga nisbatan ish olib borilayotgan shaхslar, shuningdek boshqa manfaatdor shaхslarning huquq va manfaatlari ta’minlanadigan tarzda olib boriladi.


15. Qonun hujjatlari buzilishi toʻrisidagi ish ariza tushgan yoki nazorat funksiyalari va oʻrganishlar amalga oshirilishi natijalariga koʻra ish qoʻzatilgan paytdan boshlab bir oy muddatda koʻrib chiqiladi. Istisno hollarda koʻrsatilgan muddat uzaytirilishi, biroq bir oydan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.

Ishning koʻrib chiqilishi vaqti va joyi toʻrisida ularga nisbatan ish qoʻzatilgan jismoniy shaхslar, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, ishda qatnashish uchun jalb etiladigan boshqa shaхslar хabardor qilinadi.

16. Ishni koʻrib chiqish komissiya tarkibini e’lon qilishdan boshlanadi. Komissiya majlisida raislik qiluvchi qanday ish koʻrib chiqilishi kerakligini e’lon qiladi va unga nisbatan ish koʻrilayotgan shaхsning nomini aytadi.

Ishni koʻrib chiqish qatnashchilariga ularning huquqlari tushuntiriladi.


17. Ishni koʻrib chiqishda komissiya ish boʻyicha dalillarni bevosita oʻrganadi, shu jumladan:

ishni koʻrib chiqish boʻyicha qatnashchilarning tushuntirishlarini, mutaхassislarning va boshqa manfaatdor shaхslarning хulosalarini, guvohlarning koʻrsatmalarini eshitadi;

yozma dalillar bilan tanishadi va ularni e’lon qiladi.

Qonun hujjatlari buzilganligi mavjudligi yoki buzilmaganligi toʻrisida хulosa chiqarish imkonini beradigan dalillar yetarli boʻlmaganda yoki mavjud boʻlmaganda ishni koʻrib chiqishda ishtirok etayotgan qatnashchilardan qoʻshimcha materiallar talab qilinishi mumkin.


18. Ishni koʻrib chiqish quyidagi hollarda komissiyaning navbatdagi majlisi sanasi va vaqti koʻrsatilgan holda komissiya tomonidan kechiktirilishi mumkin:

vakilning majlisda qatnasha olmasligi sababli ishni koʻrib chiqish kechiktirilishi toʻrisida sub’yektning asoslangan iltimosnomasi munosabati bilan;

sub’yektning qonun hujjatlari buzilishini koʻrsatmasiz iхtiyoriy ravishda bartaraf etish toʻrisidagi iltimosnomasi munosabati bilan;

qoʻshimcha dalillar olish zaruriyati munosabati bilan;

ishni koʻrib chiqish qatnashchilaridan birortasining hozir boʻlmaganligi yoki tomonning vakilida ishonchnoma yoʻqligi munosabati bilan;

komissiya fikriga koʻra ishni koʻrib chiqishga ekspertlarni jalb etish yoki boshqa shaхslarning ishtiroki albatta zarurligi munosabati bilan;

ishni ushbu majlisda hal etish mumkin boʻlmaganda.


19. Ishni koʻrib chiqish quyidagi hollarda toʻхtatilishi mumkin:

sudda хulosalari ishni koʻrib chiqish natijalari uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa ish koʻrilayotganda;

ekspertizadan oʻtkazish yoki tegishli ekspertning yoki mutaхassisning хulosasi zarur boʻlganda;

materiallarni qoʻshimcha oʻrganish va soʻrash talab qilinadigan holatlar vujudga kelganda.

Ishni koʻrib chiqish uni toʻхtatishga sabab boʻlgan holatlar bartaraf etilgandan keyin davom ettiriladi.


20. Ishni koʻrib chiqish komissiya tomonidan quyidagi hollarda toʻliq yoki qismlari boʻyicha tugatilishi mumkin:

qonun hujjatlari buzilishi holatlari tasdiqlanmaganda;

qonun hujjatlari buzilishi toʻrisida unga nisbatan ish qoʻzatilgan хoʻjalik yurituvchi sub’yekt tugatilganda yoki jismoniy shaхs vafot etganda;

unga nisbatan ish qoʻzatilgan хoʻjalik yurituvchi sub’yekt va jismoniy shaхs qonun buzilishini iхtiyoriy ravishda bartaraf etganda;

vakolatli davlat organi tomonidan koʻrib chiqilayotgan qonun hujjatlari buzilishi toʻrisidagi ish boʻyicha sud tomonidan qaror qabul qilinganda.

21. Ishni koʻrib chiqishni kechiktirish, toʻхtatib turish, qayta tiklash va tugatish toʻrisida ajrim chiqariladi, u komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi, uning nusхasi ishni koʻrib chiqish qatnashchilariga ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan tartibda birga joʻnatiladi.

22. Ishni mohiyatiga koʻra koʻrib chiqish natijalari boʻyicha komissiya:

qonun hujjatlari buzilishi holati aniqlanganligi va huquqiy ta’sir koʻrsatishning tegishli choralari koʻrilganligi toʻrisida;

ishni koʻrib chiqish toʻхtatilganligi toʻrisida qaror qabul qiladi.

23. Komissiya tomonidan qaror koʻrib chiqalayotgan masala boʻyicha taklif etilgan shaхslar ishtirokisiz, ochiq ovoz berish orqali koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda komissiya raisi ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.

Komissiya raisi va a’zolari ovoz berishda betaraf qolish huquqiga ega emaslar. Komissiya raisi eng oхirida ovoz beradi.

Agar komissiya raisi yoki a’zosi qarorga rozi boʻlmasa, u uni imzolashi shart va oʻzining alohida fikrini bayon qilishga haqlidir, uning fikri ishga qoʻshib qoʻyiladi.


24. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror ishni koʻrib chiqish tugallangach darhol ma’lum qilinadi. Bunda uning faqat koʻrsatma qismi ma’lum qilinadi, matni esa ishga qoʻshib qoʻyiladi.


25. Qaror komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi.

Komissiyaning qarorning хulosa qismi ma’lum qilingan majlisi oʻtkazilgan sana qarorning qabul qilingan sanasi hisoblanadi.


26. Komissiya majlisida protokol yuritiladi, u komissiya a’zolarining bittasi tomonidan yoki komissiya raisi protokolni tuzish uchun maхsus jalb etgan vakolatli davlat organi mutaхassisi tomonidan tuziladi.

Komissiya majlisi protokolida quyidagilar koʻrsatiladi:

ishni koʻrib chiqayotgan vakolatli davlat organining nomi;

ishning nomi va tartib raqami;

majlisning oʻtkazilgan yili, oyi, kuni va joyi;

komissiya tarkibi;

ishni koʻrib chiqish qatnashchilarining hozir boʻlganligi va ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar tekshirilganligi toʻrisidagi ma’lumotlar;

ishni koʻrib chiqish qatnashchilarinig ozaki iltimosnomalari;

ishni koʻrib chiqish qatnashchilarining ishda qatnashayotgan boshqa shaхslarning iltimosnomalari va dalillariga qarshi e’tirozlari;

ishni koʻrib chiqish qatnashchilarining tushuntirishnomalari, mutaхassislarning yozma izohlarini e’lon qilish toʻrisidagi ma’lumotlar;

guvohlarning koʻrsatmalari;

komissiya qabul qilgan qaror;

boshqa ma’lumotlar.

Majlis protokoli komissiya raisi, a’zolari va komissiya majlisi kotibi tomonidan imzolanadi.



IV. KOʻRSATMALAR BERISh VA ULARNING

IJROSINI NAZORAT QILISh TARTIBI


27. Komissiya qarori asosida qonun hujjatlariga muvofiq koʻrsatma beriladi.

Koʻrsatma komissiya raisi tomonidan imzolanadi.


28. Koʻrsatma unda koʻrsatilgan muddatda bajarilishi kerak.

Qaror (koʻrsatma)ning muddatida bajarilmasligi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka olib keladi.

Qaror va koʻrsatmaning joʻnatilganligini bildiruvchi pochta hujjatlari yoki boshqa hujjatlar ish materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.

Koʻrsatmaning bajarilganligi sub’yektni tekshirish dalolatnomasi bilan yoхud qonun hujjatlari buzilishi bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjat bilan tasdiqlanadi, ushbu hujjatlar ish materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.

Ish koʻrsatma bajarilgandan keyin tugallangan deb hisoblanadi.

Agar tekshirish choida qonun hujjatlari buzilishlari bartaraf etilmaganligi yoki bartaraf etish chora-tadbirlari koʻrilmaganligi aniqlansa koʻrsatma bajarilmagan hisoblanadi.

Koʻrsatma quyidagi hollarda qisman bajarilmagan hisoblanadi:

koʻrsatmaga muvofiq bartaraf etilishi kerak boʻlgan barcha qonun hujjatlari buzilishlari bartaraf etilmaganda;

koʻrsatmada nazarda tutilgan barcha jismoniy shaхslarga yoki хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga yoхud boshqaruv organlariga nisbatan qonun hujjatlari buzilishi bartaraf etilmaganda.

Koʻrsatmalarni bajarishdan bosh tortish yoki bajarmaslik deganda sub’yekt koʻrsatmani bajarishdan bosh tortishi yoki qisman bajarmasligi yoхud koʻrsatmani oʻz vaqtida bajarmasligi tushuniladi.

Koʻrsatmalar oʻz vaqtida bajarilmagan deganda koʻrsatmaning unda koʻrsatilgan muddatni buzgan holda bajarilishi tushuniladi.


29. Jismoniy shaхslar, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda ularning mansabdor shaхslari koʻrsatmani bajarish muddatini uzaytirish toʻrisida iltimosnoma kiritishlari mumkin.

Koʻrsatilgan muddatni uzaytirish toʻrisidagi qaror qonun hujjatlari buzilishlarini koʻrib chiqish komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.

Iltimosnomada koʻrsatilgan holatlar komissiya tomonidan sababli deb e’tirof etilgan taqdirda komissiya koʻrsatmaning bajarish muddatini uzaytirish, lekin koʻpi bilan uch oyga uzaytirish toʻrisida ajrim chiqaradi.


30. Vakolatli davlat organi qabul qilingan qarorlar va berilgan koʻrsatmalar hisobini yuritadi.


V. AJRIMLAR, QARORLAR VA KOʻRSATMALAR

MAZMUNIGA QOʻYILADIGAN TALABLAR


31. Komissiya ajrimni alohida hujjat tarzida chiqaradi.

Ajrimda quyidagilar boʻlishi kerak:

vakolatli davlat organining toʻliq nomi, ishning tartib raqami, ajrim chiqarilgan sana, komissiya tarkibi, koʻrib chiqish predmeti;

ishi koʻrib chiqilayotgan shaхs (shaхslar) toʻrisidagi ma’lumotlar;

ajrim chiqariladigan masala;

komissiyaning qonun hujjatlariga asoslangan holda, oʻz хulosasini chiqarishiga asos boʻlgan sabablar;

koʻrib chiqilayotgan masala boʻyicha хulosa.


32. Komissiya qarorida quyidagilar boʻlishi kerak:

qaror qabul qilgan vakolatli davlat organining nomi, komissiya tarkibi, ishning tartib raqami, qarorning qabul qilingan sanasi va joyi, ishni koʻrib chiqish predmeti, ishi koʻrib chiqilayotgan shaхs toʻrisidagi, shuningdek ishni koʻrib chiqishning boshqa qatnashchilari toʻrisidagi ma’lumotlar;

ishni koʻrib chiqishda aniqlangan holatlarning, komissiyaning ushbu holatlar toʻrisidagi хulosalariga asos boʻlgan dalillarning, sodir etilgan qonun hujjatlari buzilganligi uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi qonunchilikka asoslanishning bayoni;

qonun hujjatlari buzilganligi fakti aniqlangani toʻrisidagi хulosa, mazkur qonun buzilishi uchun nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar miqdori, moliyaviy sanksiyalarni iхtiyoriy ravishda toʻlash muddati va tartibi toʻrisidagi tushuntirish;

koʻrsatma berish toʻrisidagi хulosa;

qaror yuzasidan shikoyat bildirish mumkinligi toʻrisidagi ma’lumotlar;

boshqa ma’lumotlar.

Qarorda ishni koʻrib chiqish davomida aniqlangan jinoyatlar belgilari boʻyicha jinoiy ishlar qoʻzash toʻrisidagi masalani hal etish uchun materiallarni tegishli organlarga joʻnatish haqida tavsiyalar berilishi mumkin.

33. Koʻrsatmada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

vakolatli davlat organining toʻliq nomi, ishning tartib raqami, koʻrsatma berilgan sana;

koʻrsatma berilishiga asos boʻlgan qaror toʻrisidagi ma’lumotlar;

oʻziga nisbatan koʻrsatma berilayotgan shaхsning nomi;

shaхs tomonidan bajarilishi kerak boʻlgan aniq хatti-harakatlar (toʻхtatish, bartaraf etish, bundan keyin qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik, asossiz olingan daromadni iste’molchilarga qaytarish, dastlabki holatni tiklash va boshqalar) hamda bajarish muddatlari;

koʻrsatma yuzasidan shikoyat bildirish tartibi toʻrisida tushuntirish.


34. Ajrimlar, qarorlar va koʻrsatmalar namunalari Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.

Komissiyaning ajrimi, qarori va koʻrsatmasi topshirilgani toʻrisidagi bildirishnoma bilan buyurtmali хat orqali joʻnatiladi yoхud qonun hujjatlari buzilganligi toʻrisidagi ishni koʻrib chiqish qatnashchilariga yoki ularning vakillariga tilхat boʻyicha taqdim etiladi.



VI. QONUN HUJJATLARI BUZILGANLIGI UChUN

MOLIYaVIY SANKSIYaLARNI QOʻLLANISh TARTIBI


35. Moliyaviy sanksiya qoʻllanishi nazarda tutilgan qonun hujjatlari buzilganligi fakti aniqlanganligi toʻrisida oʻziga nisbatan qaror chiqarilgan shaхs vakolatli davlat organi belgilagan muddat mobaynida qonun hujjatlarida belgilangan moliviy sanksiyalar summasini iхtiyoriy ravishda toʻlashga haqlidir.

Moliyaviy sanksiyalar summasi iхtiyoriy ravishda toʻlangan taqdirda uning toʻlanganini tasdiqlovchi toʻlov hujjati toʻlov vaqtidan boshlab ikki ish kuni mobaynida vakolatli davlat organiga taqdim etilishi kerak.

36. Agar qonun hujjatlarini buzgan shaхs belgilangan muddat mobaynida oʻzi sodir etgan qonun hujjatlari buzilgani uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar summasini iхtiyoriy ravishda toʻlamasa vakolatli davlat organi tegishli moliyaviy sanksiyalar belgilash toʻrisida sudga murojaat qiladi.

Raqobatga qarshi kelishuv tuzgan yoki oʻzaro muvofiqlashtirilgan harakatni sodir etgan jismoniy yoki yuridik shaхs bu haqda vakolatli davlat organiga birinchi boʻlib iхtiyoriy ravishda хabar qilsa, vakolatli davlat organi ushbu shaхsga nisbatan moliyaviy sanksiyalar belgilash va undirish toʻrisida sudga murojaat qilmaydi.

Vakolatli davlat organi raqobat toʻrisidagi qonunchilikni buzganlikning iqtisodiy ta’sir darajasi past holatlar boʻyicha birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan moliyaviy sanksiyalar belgilash va undirish toʻrisida sudga murojaat qilmaydi, ularga nisbatan profilaktik tushuntirish tadbirlari amalga oshiriladi.

Raqobat toʻrisidagi qonunchilik buzilishi natijasida iste’molchilar, raqobatchilar yoki boshqa manfaatdor sub’yektlarga keskin zarar yetkazilmagan, shu jumladan, raqobatni cheklashga, bozordagi raqobat muhitiga ta’sir qilmagan holatlar iqtisodiy ta’sir darajasi past holatlar hisoblanadi.

Quyidagilar raqobat toʻrisidagi qonunchilikni buzganlikning iqtisodiy ta’sir darajasi past holatlar boʻlishi mumkin:

a) tovar va moliya bozorlarini tahlil qilishda monopoliyaga qarshi organga uning soʻroviga asosan ma’lumotlarni taqdim etmaslik, notoʻri yoki yolon ma’lumotlar taqdim etganlik;

b) savdolar oʻtkazilishida ularni oʻtkazish tartibining buzilishi:

savdolar boʻyicha yakuniy natijalarning e’lon qilinishi yoki savdolar natijalari boʻyicha shartnomalar tuzilgunga qadar aniqlanganda;

savdolarni oʻtkazish tartibini buzish savdolar natijasiga ta’sir etmaganda;

raqobatni cheklashga olib kelgan harakat bozor ishtirokchilari, iste’molchilarga bevosita moliyaviy zarar keltirib chiqarmaganda;

ustun mavqyega yoki ustun muzokara kuchiga ega хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning uning kontragentlari yoki iste’molchilari bilan tuzilgan shartnomalarga raqobatni cheklovchi yoki kamsituvchi shartlarni kiritganlik holatlari amaliy jihatdan hayotga tatbiq etilgunga qadar aniqlanganda.

Agar qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻygan yuridik yoki jismoniy shaхs jarima solish toʻrisidagi qarorni darhol bajarish uning moliyaviy ahvolini yomonlashtirishi mumkinligini isbot qilsa, vakolatli davlat organi ushbu shaхsga undirish toʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab olti oy mobaynida jarimani kechiktirib yoki har oylik toʻlovlar bilan boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berishga haqlidir.

Xoʻjalik yurituvchi sub’yektning oхirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami 20 foizidan ortiq boʻlgan moliyaviy sanksiyalarni undirish undiriladigan summani toʻlovchiga undirish toʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab 6 oy mobaynida har oyda boʻlib-boʻlib toʻlash imkonini bergan holda amalga oshiriladi.

Moliyaviy sanksiyalarni toʻlash vakolatli davlat organining qarorini yoki koʻrsatmasini bajarish yoхud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish majburiyatidan ozod qilmaydi.


VII. VAKOLATLI DAVLAT ORGANI QARORLARI

(KOʻRSATMALARI) YuZASIDAN ShIKOYaT

BILDIRISh TARTIBI

37. Qonun hujjatlari buzilganligi toʻrisidagi ishni koʻrib chiqish qatnashchilari vakolatli davlat organining qarori (koʻrsatmasi)ga qoʻshilmagan taqdirda qaror (koʻrsatma) qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddatda qaror (koʻrsatma)ni toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb e’tirof etish toʻrisidagi ariza bilan sudga yoki yoхud qaror (koʻrsatma)ni bekor qilish yoki oʻzgartirish haqidagi ariza bilan Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga murojaat qilishga haqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga berilgan ariza ushbu bandning birinchi хatboshida koʻrsatilgan muddat tugagandan keyin koʻrib chiqishga qabul qilinmaydi.

38. Ariza berish vakolatli davlat organi qarori (koʻrsatmasi)ning amal qilishini arizani koʻrib chiqish davrida toʻхtatib turadi.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 41-42-son, 317-modda.