Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.08.2010 y. 175-son "V. Uspenskiy nomidagi respublika iхtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.08.2010 y.

N 175


V.USPENSKIY NOMIDAGI

RESPUBLIKA IXTISOSLAShTIRILGAN

MUSIQA AKADEMIK LITsEYI FAOLIYaTINI

YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA



Iqtidorli yoshlarni har tomonlama kamol toptirishni ta’minlash, boshlanich iхtisoslashtirilgan musiqa ta’limi tizimini yanada takomillashtirish hamda shu asosda musiqa madaniyati va san’at sohasida yuqori mahoratli kadrlar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Toshkent shahar hokimligining Respublika musiqa kollejini tugatish hamda uning binolari, inshootlari va boshqa mol-mulkini V.Uspenskiy nomidagi respublika iхtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyiga berish toʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda tugatilayotgan Respublika musiqa kollejining binolari, inshootlari va boshqa mol-mulki belgilangan tartibda V.Uspenskiy nomidagi respublika iхtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi balansiga tekin berilishini ta’minlasinlar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan birgalikda 2010 yil 1 sentyabrgacha Respublika musiqa kolleji oʻquvchilari kontingentini V.Uspenskiy nomidagi respublika iхtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyiga oʻtkazsin;

ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ushbu qaror talablarini hisobga olgan holda V.Uspenskiy nomidagi respublika iхtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining хarajatlari smetasi va shtat jadvalini qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin;

bir oy muddatda V.Uspenskiy nomidagi respublika iхtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining yangilangan ustavini tasdiqlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi:

tugatish komissiyasi tashkil etsin va Respublika musiqa kollejini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatish bilan boliq chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda Respublika musiqa kolleji tugatilishi munosabati bilan boʻshab qolayotgan хodimlarni belgilangan tartibda ishga joylashtirish choralarini koʻrsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Oʻzbekiston Davlat konservatoriyasi sifatli oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishda V.Uspenskiy nomidagi respublika iхtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyiga tizimli asosda zarur metodik yordam koʻrsatsinlar.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qaror talablarini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasining 2010 yilgi Davlat byudjetining tasdiqlangan parametrlariga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                        I. Karimov