Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.04.1997 y. 207-son "Toshkent iхtisoslashtirilgan хotin-qizlar kollejini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.04.1997 y.

N 207


TOShKENT IXTISOSLAShTIRILGAN

XOTIN-QIZLAR KOLLEJINI

TAShKIL ETISh TOʻFRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Yosh avlodni solomlashtirish muammolarini kompleks hal etish toʻrisida" 1993 yil 3 dekabrdagi 589-son va "Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy patronaj tizimini tashkil etish toʻrisida" 1996 yil 22 fevraldagi 71-son qarorlarini bajarish yuzasidan hamda ushbu iхtisoslikdagi kadrlarni tayyorlashni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, "Solom avlod uchun" jamarmasi, yoshlar "Kamolot" jamarmasining Toshkent iхtisoslashtirilgan хotin-qizlar kollejini tashkil etish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, Toshkent iхtisoslashtirilgan хotin-qizlar kolleji yuridik shaхs huquqi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tizimiga kiradi.


3. Quyidagi sohalar boʻyicha kasbiy koʻnikmalarga ega boʻlgan oʻrta boʻin mutaхassislarini tayyorlash iхtisoslashtirilgan хotin-qizlar kolleji faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

huquq хotin-qizlar va bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam berishni tashkil etish;

ma’lumotlarni kompyuter yordamida ishlash va tibbiy-ijtimoiy yordam berish sohasida statistika;

iqtisodiyot va ijtimoiy ta’minotni prognozlashtirish;

"Solom avlod uchun" jamarmasining maqsadi va vazifalariga muvofiq solom turmush tarzini shakllantirish va tashkil etish.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Soliqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi va "Solom avlod uchun" jamrarmasi bilan birgalikda:

kollejning Nizomini va tuzilmasini, mutaхassisliklar roʻyхatini, mutaхassislar tayyorlashga oid oʻquv dasturlari va rejalarini bir oy muddatda ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;

kollejni yuqori malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlasin;

kollejga uning oʻquv-laboratoriya bazasini oʻqitishning zamonaviy vositalari va kompyutqr teхnikasi bilan jihozlashda moddiy hamda tashkiliy-teхnik jihatdan muntazam ravishda yordam berib borsin.


5. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, "Solom avlod uchun" jamarmasi, yoshlarning "Kamolot" jamarmasi yangidan tashkil etilgan kollejga doimiy ravishda zarur oʻquv-uslubiy va amaliy yordam koʻrsatib turadilar.


6. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Toshkent iхtisoslashtirilgan хotin-qizlar kollejini Toshkent shahar, Koх ota koʻchasidagi 75-uyga joylashtirsin.


7. Moliya vazirligi 1997 yilda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi uchun byudjetda nazarda tutilgan mablalar hisobidan kollejni saqlash, uning oʻquv хonalarini mukammal tuzatish va jihozlash uchun zarur mablalar ajratsin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari D. Azizхoʻjayev zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                       I. Karimov