Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.11.2003 y. 496-son "Oʻzbekiston Respublikasida chetdan keltiriladigan va respublikaning oʻzida ishlab chiqariladigan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.11.2003 y.

N 496



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ChETDAN

KELTIRILADIGAN  VA  RESPUBLIKANING

OʻZIDA   IShLAB   ChIQARILADIGAN   TAMAKI

MAHSULOTLARI VA SPIRTLI IChIMLIKLARGA

AKSIZ   MARKALARINI   QOʻLLASh   TARTIBI

TOʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Respublikaning oʻzida ishlab chiqariladigan (chetdan keltiriladigan)tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarga aksiz markalari uchun hisob-kitoblarni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 14 avgustdagi 285-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996 y., 8-son, 24-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chetdan keltiriladigan va respublikaning oʻzida ishlab chiqariladigan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻrisidagi Nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojхona qoʻmitasi oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           Oʻ. Sultonov






Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 11 noyabrdagi

496-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasida chetdan

keltiriladigan va respublikaning oʻzida ishlab

chiqariladigan tamaki mahsulotlari va spirtli

ichimliklarga aksiz markalarini qoʻllash tartibi

toʻrisidagi nizomga kiritiladigan oʻzgartirishlar


1. 8-bandda:

ikkinchi хat boshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Ishlab chiqaruvchilar va importchilar tomonidan aksiz markalarining nominal qiymati boʻyicha sotib olish uchun pul mablalari "Davlat belgisi" davlat-ishlab chiqarish birlashmasi Bosma fabrikasining tegishli bank hisob raqamiga oʻtkaziladi";

uchinchi хat boshi chiqarib tashlansin.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2003 y., N 11, 112-modda.