Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.08.2004 y. 369-son "Oʻzbekiston-Amerika ma’lumotlar uzatish tarmogʻi qoʻshma korхonasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

04.08.2004 y.

N 369



OʻZBEKISTON-AMERIKA MA’LUMOTLAR

UZATISh TARMOI QOʻShMA KORXONASI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Ma’lumotlar uzatish хizmatlari koʻrsatadigan korхonalarni rivojlantirishni rabatlantirish hamda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, oʻquv yurtlari va yirik korporativ mijozlarning Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ma’lumotlar uzatishning sifatli хizmatlariga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish, iste’molchilarning aхborot resurslaridan keng foydalanishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining "Telecommunications services" kompaniyasi (AQSh) bilan birgalikda "UzPAK" ma’lumotlarni uzatish davlat tarmoi korхonasi negizida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi "UzPAK Teleservice" qoʻshma korхonasi tashkil etish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


2. "UzPAK Teleservice" qoʻshma korхonasining ustav fondida tomonlarning ulushi quyidagicha taqsimlanishiga rozilik berilsin:

boshqarish uchun Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligiga berilayotgan davlat ulushi - 26 foiz;

"Oʻzbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasi ulushi - 15 foiz;

"Xalqaro aloqa" tashkilotining ulushi - 10 foiz;

"Telecommunications services" kompaniyasi (AQSh) ulushi - 49 foiz.

Quyidagilar:

"UzPAK" ma’lumotlarni uzatish davlat tarmoi korхonasining mol-mulki qoʻshma korхona ustav fondiga davlat tomonidan qoʻshilgan ulush hisoblanadi;

"Oʻzbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasi filiallarining хalqaro ichki zona kanallari va traktlari, binolari, inshootlari berilishi "Oʻzbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasining ulushi hisoblanadi;

pul mablalari "Telecommunications services" kompaniyasi (AQSh) va "Xalqaro aloqa" tashkilotining ulushi hisoblanadi.


3. Belgilansinki, "UzPAK Teleservice" qoʻshma korхonasi "UzPAK" ma’lumotlarni uzatish davlat tarmoi korхonasining huquqiy vorisi, shu jumladan Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Ma’lumotlar uzatish milliy tarmoini zamonaviylashtirish va rivojlantirish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2001 yil 5 dekabrdagi 466-son qarori bilan belgilangan miqdorlar va muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kafolatlangan kreditlarni qaytarishga doir "UzPAK" ma’lumotlarni uzatish davlat tarmoi korхonasining majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.


4. Quyidagilar "UzPAK Teleservice" qoʻshma korхonasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin:

davlat va jamoat organlari, fuqarolar, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning aхborot ehtiyojlarini har tomonlama qondirish maqsadida Ma’lumotlarni uzatish milliy tarmoining faoliyat koʻrsatishi va rivojlanishini ta’minlash;

"UzPAK Teleservice" qoʻshma korхonasining ma’lumotlarni uzatish tarmoida aхborot resurslari himoya qilinishini ta’minlash, konstitutsiyaviy tuzumni zoʻravonlik bilan oʻzgartirishga, urushni, zoʻravonlik va pornografiyani tarib qilishga, diniy va milliy adovatni avj oldirishga, insonning or-nomusi va qadr-qimmatini kamsitishga qaratilgan chaqiriqlar mavjud boʻlgan aхborot va amaldagi qonun hujjatlarida tarqatish taqiqlangan boshqa aхborot tarqatilishiga yoʻl qoʻymaslik;

teхnik vositalarni joriy etish, Internet-teхnologiyalarni rivojlantirish, respublikaning yagona aхborot makoni kommunikatsiya asoslarini takomillashtirish va uning jahon aхborot hamjamiyatiga kirishi imkoniyatlarini kengaytirish.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda qoʻshma korхonaning ustav fondidagi Oʻzbekiston tomonining ulushini belgilangan tartibda shakllantirsin.


6. Vazirlar Mahkamasining "2003-2004 yillarda korхonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish dasturi toʻrisida" 2003 yil 17 apreldagi 185-son qaroriga 2-ilovadan 289-pozitsiya chiqarib tashlansin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                         I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 31-son, 354-modda.