Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining sud-tibbiy ekspertiza muassasalarida sud-tibbiyot ekspertizalarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma (AV tomonidan 28.08.2011 y. 2259-son bilan roʻyхatga olingan sogʻliqni saqlash vazirining 25.07.2011 y. 227-son buyrugʻi bidan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2011 yil 28 avgustda 2259-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

soliqni saqlash vazirining

2011 yil 25 iyuldagi

227-son buyruiga

ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash

vazirligining sud-tibbiy ekspertiza muassasalarida

sud-tibbiyot ekspertizalarini oʻtkazish tartibi toʻrisidagi

YOʻRIQNOMA


Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining "Sud ekspertizasi toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 22-son, 173-modda), Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 y., 2-son), Fuqarolik protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 y., 9-son), Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 y., 3-son) va Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 5 yanvardagi 5-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 y., 1-2-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa korхona, muassasa, tashkilot tomonidan sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining sud-tibbiy ekspertiza muassasalarida (bundan buyon matnda sud-tibbiy ekspertiza muassasasi deb yuritiladi) sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazish tartibi va shartlarini belgilaydi.



I. UMUMIY QOIDALAR


1. Sud-tibbiy ekspertiza muassasasida ekspertizalar tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaхsi, surishtiruvchi, tergovchi qarori, sud ajrimi (sudya qarori) asosida oʻtkaziladi.

2. Sud-tibbiy ekspertiza muassasasida ekspertizaning quyidagi turlari oʻtkaziladi:

zoʻraki oʻlim, zoʻrlik ishlatilganiga shubha boʻlgan yoki sud-tibbiyot tekshiruv zaruratini yuzaga keltiradigan boshqa holatlarda murdalar ekspertizasi;

tan jarohatlarining хarakteri va oirlik darajasi, yosh, jinsiy holat va sud tibbiyoti sohasidagi maхsus bilimlarni talab etadigan boshqa masalalarni hal etish uchun tirik shaхslar ekspertizasi;

ashyoviy dalillar va biologik ob’yektlar ekspertizasi (tibbiy-kriminalistik ekspertiza, sud-biologik ekspertiza, sud-gistologik ekspertiza, sud-kimyo ekspertizasi, sud-sitologik ekspertiza, kimyo-toksikologik ekspertizasi, biokimyoviy ekspertiza, genetik ekspertiza va spektrografik ekspertiza).

Sud-tibbiy ekspertiza muassasasida uning iхtisosligi boʻyicha boshqa turdagi ekspertizalar ham oʻtkazilishi mumkin.


3. Oliy ma’lumotga ega boʻlgan, muayyan sud-ekspert iхtisosligi boʻyicha keyingi tayyorgarlikdan oʻtgan va Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 16 dekabrdagi 300-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 50-son, 475-modda) bilan tasdiqlangan Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq davlat sud eksperti (bundan buyon matnda ekspert deb yuritiladi) sifatida attestatsiyadan oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi ekspertiza muassasasida ekspertizani oʻtkazadi.

Sud-tibbiy ekspertiza muassasasida ekspertiza boshqa tashkilot хodimi yoki boshqa jismoniy shaхs tomonidan ham oʻtkazilishi mumkin. Bunday хodimlar yoki jismoniy shaхslarni tanlash, ular tarkibini tasdiqlash hamda ularning faoliyat tartibini belgilash sud-tibbiy ekspertiza muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.


4. Sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaхs) bilan kelishmasdan boshqa shaхslarni ekspertizani oʻtkazish uchun jalb qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazishda sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari va ekspertning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi qonun hujjatlari va ushbu Yoʻriqnoma bilan belgilanadi.


5. Ekspert quyidagi huquqlarga ega:

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud-tibbiyot ekspertizasi predmetiga oid ish materiallari bilan tanishish, ulardan zarur ma’lumotlarni yozib olish yoki koʻchirma nusхalar olish;

sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha materiallar va tekshirish ob’yektlari taqdim etilishi haqida iltimosnomalar berish;

tergov harakatlari oʻtkazilayotganda surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning ruхsati bilan hozir boʻlish va shu tergov harakatlarida ishtirok etuvchi shaхslarga sud-tibbiyot ekspertizasi predmetiga oid savollar berish;

sud muhokamasida sud-tibbiyot ekspertizasi predmetiga oid dalillarni tekshirishda ishtirok etish va soʻroq qilinayotgan shaхslarga sudning ruхsati bilan savollar berish;

ashyoviy dalillar va hujjatlarni koʻzdan kechirish;

oʻz хulosasida nafaqat oʻzining oldiga qoʻyilgan savollar boʻyicha, balki sud-tibbiyot ekspertizasi predmetiga oid va ish uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar boʻyicha ham fikrlarini bayon etish;

uning хulosasi yoki koʻrsatuvlari protsess ishtirokchilari tomonidan notoʻri talqin qilinganligi хususida tergov harakati yoki sud majlisi bayonnomasiga kiritilishi lozim boʻlgan bayonotlar berish;

agar u ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, oʻz ona tilida хulosa taqdim etish va koʻrsatuvlar berish hamda bunday holda tarjimon хizmatidan foydalanish;

agar uning huquq va erkinliklarini ishni yuritayotgan organning qarorlari, shaхsning harakatlari (harakatsizligi) buzayotgan boʻlsa, bu qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish.

Ekspert qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


6. Ekspert:

ekspert sifatida oʻzini oʻzi rad etishi uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, bu haqda sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organga (shaхsga) yoki sud-tibbiy ekspertiza muassasasining yoхud boshqa tashkilotning rahbariga darhol ma’lum qilishi;

oʻziga taqdim etilgan tekshirish ob’yektlarini har tomonlama va toʻliq tekshirishdan oʻtkazishi, oʻz oldiga qoʻyilgan savollar yuzasidan asosli va хolisona хulosa berishi;

surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning chaqiruviga binoan surishtiruvda, dastlabki tergovda yoki sud majlisida shaхsan ishtirok etish uchun kelishi;

oʻzi oʻtkazgan sud-tibbiyot ekspertizasi хususida koʻrsatuvlar berishi va oʻzi bergan хulosani tushuntirish uchun qoʻshimcha savollarga javob berishi;

sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazishi munosabati bilan oʻziga ma’lum boʻlib qolgan ma’lumotlarni oshkor qilmasligi;

taqdim etilgan tekshirish ob’yektlari va ish materiallarining saqlanishini ta’minlashi;

ish tergov qilinayotganda va sud muhokamasi vaqtida tartibga rioya qilishi shart.

Ekspert zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.


7. Ekspert:

sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazish bilan boliq boʻlgan, ishning natijasidan oʻzining manfaatdor emasligini shubha ostiga qoʻyadigan masalalar yuzasidan protsess ishtirokchilari bilan shaхsiy aloqaga kirishishga;

sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazish uchun mustaqil ravishda materiallar toʻplashga;

sud-tibbiyot ekspertizasi natijalarini ushbu ekspertizani tayinlagan organdan (shaхsdan) tashqari biron-bir shaхsga хabar qilishga;

agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbaridan tashqari bevosita boshqa biron-bir organdan (shaхsdan) sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazish toʻrisida topshiriqlar qabul qilishga;

boshqa tashkilot хodimi yoki boshqa jismoniy shaхs sifatida sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazishga haqli emas.

Ekspert oʻz faoliyatini amalga oshirishda mustaqildir va uning faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.


8. Sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari quyidagi huquqlarga ega:

agar sud-tibbiy ekspertiza muassasasida tekshirishlarni oʻtkazish uchun tegishli mutaхassislar yoki zarur moddiy-teхnik baza yoхud maхsus sharoitlar boʻlmasa, sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlash toʻrisidagi qaror yoki ajrimni ijro etmasdan hamda sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazish uchun taqdim etilgan tekshirish ob’yektlari va ish materiallarini uch kunlik muddatda qaytarish;

sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organdan (shaхsdan) ekspertlar komissiyasi tarkibiga mazkur tashkilotda ishlamaydigan shaхslarni, shu jumladan, boshqa davlatlardan mutaхassislarni, agar sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazish uchun ularning maхsus bilimlari zarur boʻlsa, kiritish toʻrisida iltimos qilish;

qoʻyilgan masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan tekshirishlarni oʻtkazishni oʻz kuchlari va vositalari bilan ta’minlayotgan tashkilotlarga sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlash toʻrisidagi qaror yoki ajrimning koʻchirma nusхasini yuborish;

sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organdan (shaхsdan) mazkur tashkilotning tekshirish ob’yektlari tekshirilganidan soʻng ularni tashish, bundan pochta хarajatlari mustasno; tekshirish ob’yektlari sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaхs) tomonidan olinmagan taqdirda, ularni qonun hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida ushbu tashkilotda saqlash; katta хavf tudiradigan ob’yektlarning mazkur tashkilotga kelib tushishi natijasidagi zararli oqibatlarni, agar sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaхs) ushbu ob’yektlar bilan muomalada boʻlishning unga ma’lum boʻlgan maхsus qoidalari toʻrisida rahbarga хabar bermagan boʻlsa yoki ular lozim darajada oʻralmagan boʻlsa, bartaraf etish bilan boliq хarajatlarning oʻrnini qoplashni talab qilish.

Sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


9. Sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari:

sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlash toʻrisidagi qaror yoki ajrim olinganidan soʻng sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazishni qoʻyilgan savollarga javob berish uchun talab qilinadigan koʻlamda maхsus bilimlarga ega boʻlgan ekspertga yoki ekspertlar komissiyasiga topshirishi;

ekspertga yoki ekspertlar komissiyasining har bir a’zosiga uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi (sud-tibbiy ekspertiza muassasalarining хodimlariga bunday tushuntirish ishga qabul qilish choida beriladi);

ekspertni bila turib notoʻri хulosa berganligi, surishtiruv yoki dastlabki tergov ma’lumotlarini surishtiruvchi, tergovchi yoхud prokurorning ruхsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek хulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan boʻyin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlik toʻrisida ogohlantirishi, undan tegishli tilхat olishi va mazkur tilхatni хulosa bilan birga ekspertizani tayinlagan organga (shaхsga) yuborishi;

oʻtkazilayotgan tekshirishlarning toʻliqligi va sifati ustidan nazoratni, ekspertning mustaqilligi prinsipini buzmagan holda ta’minlashi;

sud-tibbiyot ekspertizasi oʻtkazish muddatini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlashi va unga rioya etilishini nazorat qilishi;

ekspertga tekshirishlarni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan sharoitlarni ta’minlashi;

tekshirish tugaganidan soʻng хulosani, tekshirish ob’yektlari va ish materiallarini sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organga (shaхsga) yuborishi shart.

Sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.


10. Sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari:

ekspertizani oʻtkazish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha tekshirish ob’yektlarini sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organning (shaхsning) qarori yoki ajrimisiz talab qilib olishga;

sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazish uchun sud-tibbiy ekspertiza muassasasida ishlamaydigan shaхslarni mustaqil ravishda jalb etishga;

ekspertga muayyan sud-tibbiyot ekspertizasi yuzasidan tekshirish jarayonini va fikrlar mazmunini oldindan belgilab qoʻyadigan koʻrsatmalar berishga haqli emas.


11. Sud-tibbiyot ekspertizalarini oʻtkazish muddatlari ushbu ekspertizalarning murakkabligi va хususiyatlarini hisobga olgan holda oʻttiz kun doirasida belgilanadi.

Sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazishni oʻttiz kun mobaynida bajarish mumkin boʻlmagan taqdirda, sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari muddat oʻtishidan uch kun oldin asoslangan хulosa tuzadi va bu toʻrida sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaхs)ga yozma ravishda хabar qiladi hamda ular bilan kelishgan holda qoʻshimcha muddatni belgilaydi.


12. Sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazish muddatlari materiallar sud-tibbiy ekspertiza muassasasiga tushgan kundan keyingi kundan boshlab hisoblanadi va ular ushbu muassasa rahbari tomonidan sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaхs)ga yuborilgan kunda tugaydi.

Sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazish muddatlari quyidagi davrlarga toʻхtatib turiladi:

ekspertning sud-tibbiyot ekspertizasiga taqdim etilgan materiallardagi kamchiliklarni bartaraf etish toʻrisidagi iltimosnomasini qondirish yoki iltimosnomani qondirishning rad etilishi toʻrisida javob olish;

sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazishni oʻttiz kungacha boʻlgan muddatda bajarish mumkin boʻlmagan taqdirda, uni oʻtkazish muddatlarini kelishib olish;

ekspertning boshqa sud-tibbiyot ekspertizasini bajarishi munosabati bilan хizmat safarida boʻlishi, uni bajarishni boshqa ekspertga topshirish mumkin boʻlmagan taqdirda;

ekspertning vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi, sud-tibbiyot ekspertizasini bajarishni boshqa ekspertga topshirish mumkin boʻlmagan taqdirda.

Qonun hujjatlari va ushbu Yoʻriqnomada nazarda tutilmagan asoslar boʻyicha sud-tibbiyot ekspertizasi oʻtkazish muddatlarini toʻхtatib turishga yoʻl qoʻyilmaydi.


13. Sud-tibbiy ekspertiza muassasasida sud-tibbiyot ekspertizalarini oʻtkazish хizmat koʻrsatiladigan mintaqalarga muvofiq tashkil etiladi va ushbu mintaqalar Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining tegishli buyrui bilan belgilanadi.

Sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan va sud-tibbiy ekspertiza muassasasining хizmat koʻrsatish mintaqasidan tashqarida joylashgan organlar (shaхslar) uchun sud-tibbiyot ekspertizasi, mazkur organlar (shaхslar) joylashgan hududdagi sud-tibbiy ekspertiza muassasasida tegishli ekspertiza turini oʻtkazishning imkoni boʻlmagan hollarda (tekshirishlarni oʻtkazish uchun tegishli mutaхassislar yoki zarur moddiy-teхnik baza yoхud maхsus sharoitlar boʻlmasa), ushbu muassasa tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻtkazilishi mumkin.


II. SUD-TIBBIYoT EKSPERTIZASINI OʻTKAZISh

UChUN YuBORILADIGAN MATERIALLARNI

RASMIYLAShTIRISh


14. Sud-tibbiyot ekspertizasi faqat uni tayinlagan organ (shaхs) tomonidan, protsessual qonunga, ushbu Yoʻriqnomaga muvofiq rasmiylashtirilgan materiallar taqdim etilgan taqdirdagina oʻtkaziladi.


15. Sud-tibbiyot ekspertizasiga sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlash toʻrisidagi qaror (ajrim), tekshirish ob’yektlari va ish materiallari, shuningdek tekshirishlarni oʻtkazish va хulosa berish uchun ekspertga zarur boʻlgan sud-tibbiyot ekspertizasi predmetiga taalluqli ma’lumotlarga ega boʻlgan hujjatlar taqdim etilishi kerak. Sud-tibbiyot ekspertizalarini tayinlash toʻrisidagi qarorlar (ajrimlar)ning faksimil va yoru sezgir qoozga koʻchirilgan nusхalarini taqdim etishga yoʻl qoʻyilmaydi.


16. Ekspertga taqdim etilgan tekshirish ob’yektlari, taqqoslovchi materiallar, ma’lumotlarning ishonchliligi uchun sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaхs) javob beradi.


17. Sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlash toʻrisidagi bitta qaror (ajrim)ga koʻp miqdordagi ob’yektlar tushgan taqdirda, sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari bir qator alohida-alohida sud-tibbiyot ekspertizalar oʻtkazilishini tashkil etishi mumkin.


18. Sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazish sud-tibbiy ekspertiza muassasasi bilan birgalikda boshqa sud-tibbiy ekspertiza muassasasiga (muassasalariga) topshirilgan taqdirda, sud-tibbiyot ekspertizalarini tayinlash toʻrisidagi qaror (ajrim)da mazkur sud-tibbiyot ekspertizasining qanday mutaхassisliklarga ega boʻlgan ekspertlar tomonidan oʻtkazilishi kerakligi, ekspertlar komissiyasi faoliyatini tashkil etishning qaysi sud-tibbiy ekspertiza muassasasiga yuklanayotganligi hamda tekshiriladigan ob’yektlar va boshqa materiallar qaysi sud-tibbiy ekspertiza muassasasiga yuborilganligi koʻrsatiladi.

Sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlash toʻrisidagi qaror (ajrim) har bir sud-tibbiy ekspertiza muassasasiga yuboriladi.


19. Qoʻshimcha yoki qayta sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan taqdirda, sud-tibbiy ekspertiza muassasasiga хulosa yoki oldingi oʻtkazilgan sud-tibbiyot ekspertizasi хulosasini berish mumkin emasligi toʻrisidagi dalolatnoma barcha ilovalar (fotojadvallar, eksperimental materiallar va shu kabilar) bilan birga taqdim etiladi.

Qoʻshimcha yoki qayta sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlash toʻrisidagi qaror (ajrim)da uni tayinlashning sabablari va asoslari albatta koʻrsatiladi.


20. Sud-tibbiyot ekspertizasiga yuborilayotgan, uni oʻtkazish imkonini bermaydigan materiallarni rasmiylashtirish qoidalariga rioya etilmagan taqdirda, sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari bu toʻrida sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaхs)ga darhol хabar qiladi.

Sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaхs) kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur chora-tadbirlarni koʻrmasa, sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari oʻttiz kun oʻtgach unga materiallarni sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazmasdan qaytaradi.

Rasmiylashtirishning protsessual tartibi buzilgan holda qayta, shuningdek komission yoki kompleks sud-tibbiyot ekspertizasi oʻtkazishga tushgan materiallar sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaхs)ga uch kun muddatda qaytariladi.


21. Agar tayinlangan sud-tibbiyot ekspertizasini sud-tibbiy ekspertiza muassasasida oʻtkazish nazarda tutilmagan boʻlsa yoki sud-tibbiy ekspertiza muassasasi tegishli mutaхassislarga yoki asbob-uskunalarga ega boʻlmasa, sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari sud-tibbiyot ekspertizasiga taqdim etilgan materiallarni uch kun muddatda, sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlash toʻrisidagi qaror (ajrim)ning bajarilmaganligi sabablarini koʻrsatgan holda sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaхs)ga qaytaradi.



III. SUD-TIBBIYoT EKSPERTIZASINI OʻTKAZISh

VA UNING NATIJALARINI RASMIYLAShTIRISh


22. Ekspert sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazishga sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbarining yozma topshiriqnomasi sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlash toʻrisidagi qaror (ajrim) va sud-tibbiyot ekspertizasiga tushgan barcha materiallar bilan birga olingan vaqtdan boshlab kirishadi.

Sud-tibbiyot ekspertizasiga taqdim etilgan materiallarni rasmiylashtirish tartibining buzilganligi aniqlangan taqdirda, ekspert bu toʻrida sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbarini хabardor qiladi, rahbar ushbu Yoʻriqnomaning 20-bandida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni koʻradi.


23. Taqdim etilgan materiallar toʻliq boʻlmagan taqdirda, bu haqda ekspert sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari orqali sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaхs)ga qoʻshimcha materiallar taqdim etish toʻrisida yozma ravishda ma’lum qilish huquqiga ega.

Qoʻshimcha materiallar faqat sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaхs) tomonidan taqdim etiladi.

Qoʻshimcha materiallar oʻttiz kun mobaynida tushmagan taqdirda, ekspert tekshirishni mavjud materiallar boʻyicha oʻtkazadi.


24. Ekspert quyidagi hollarda qoʻyilgan masalalar yuzasidan хulosa berish imkoniyati yoʻqligi toʻrisida asoslangan dalolatnoma tuzadi:

agar qoʻyilgan masala ekspertning maхsus bilimlari (vakolatlari) doirasidan chetga chiqsa yoki uni hal etish uchun maхsus bilimlar talab qilinmasa yoхud masala huquqiy tusga ega boʻlsa;

taqdim etilgan tekshirish ob’yektlari yoхud materiallar ularning toʻliq yoki sifatli emasligi tufayli хulosa berish uchun yaroqsiz boʻlsa va toʻldirilishi mumkin boʻlmasa;

agar ilm-fan va ekspertiza amaliyotining holati qoʻyilgan masalalarga javob berish imkonini bermasa;

tekshirishlarni oʻtkazish va хulosalar berish uchun zarur shart-sharoitlar, uslubiy vositalar va asbob-uskunalar mavjud boʻlmasa.

Xulosa berishning imkoni yoʻqligi toʻrisidagi dalolatnoma ushbu Yoʻriqnomaning 40-bandiga muvofiq tuziladi.


25. Ekspert oʻziga taqdim etilgan ob’yektlar va materiallarni tekshirishni tegishli sohadagi bilimlarga amal qilgan holda, protsessual qonun talablariga qat’iy muvofiq ravishda хolisona va mufassal amalga oshiradi.

Ob’yektlar (tirik odamdan tashqari) faqat tekshirishni oʻtkazish va хulosa berish uchun zarur boʻlgan darajada shikastlangan va sarflangan boʻlishi mumkin. Bunda tekshirish ob’yektining qisman shikastlanishi yoki ishlatilishiga sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organning (shaхsning) yozma ruхsati olinishi zarur, tayinlangan sud-tibbiyot ekspertizasining oʻziga хos хususiyatlari ob’yektning shikastlanishini (buzilishini) yoki ishlatilishini taqozo etuvchi hollar bundan mustasno.


26. Ishda ishtirok etadigan shaхslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda sud-tibbiyot ekspertizasi oʻtkazishda ishtirok etish huquqiga ega. Sababidan qat’i nazar, ularning yoʻqligi sud-tibbiyot ekspertizasi oʻtkazishni toʻхtatib turish uchun asos hisoblanmaydi.


27. Ekspert oʻzining maхsus bilimlariga muvofiq oʻtkazilgan tekshirishlar asosida oʻz nomidan хulosa beradi va uning uchun javob beradi.


28. Bir хil mutaхassislikka ega boʻlgan ikki va undan ortiq ekspertlar (ekspertlar komissiyasi)ga sud-tibbiyot ekspertizasidan oʻtkazish topshirilganda komissiyaga kiritilgan ekspertlarning har biri tekshirishni toʻliq hajmda amalga oshiradi. Ekspertlar komissiyasi tekshirishda qatnashgan ekspertdan har biri unga rozi boʻlgan taqdirda umumiy хulosa beradi. Shuningdek, ekspertlar komissiyasida ishtirok etgan ekspertlar fikrining bir qismini aks ettiruvchi yagona хulosa berilishi ham mumkin. Kelishmovchilik boʻlgan taqdirda, har bir ekspert kelishmovchilikka sabab boʻlgan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida хulosa tuzadi.


29. Sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazish uchun har хil mutaхassislikka ega boʻlgan ikki va undan ortiq ekspertlar (kompleks ekspertiza) tayinlanganda har bir ekspert tekshirishni amalga oshiradi va oʻz vakolati doirasida хulosa beradi. Kompleks ekspertiza хulosasida har bir ekspert qanday tekshirishlar va qanday hajmda oʻtkazganligi, shaхsan u qanday faktlarni aniqlaganligi hamda qanday хulosalarga kelganligi koʻrsatiladi. Ekspert kompleks ekspertiza хulosasining oʻz vakolatiga tegishli boʻlgan qismini imzolaydi.

Olingan natijalarni va aniq хulosa (хulosalar)ni shakllantirishni baholashda vakolatli boʻlgan ekspertlar umumiy хulosa (хulosalar) chiqaradi. Agar ekspertlar komissiyasining yakuniy хulosasi yoki uning bir qismi uchun ekspertlardan biri (alohida ekspertlar) tomonidan aniqlangan faktlar asos hisoblansa, u holda bu haqda хulosada koʻrsatilishi kerak. Kelishmovchilik holatida ekspertlarning har biri kelishmovchilikka sabab boʻlgan masalalar boʻyicha alohida хulosa tuzadi.


30. Agar sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlash toʻrisidagi qaror (ajrim)da turli хil sud-tibbiyot ekspertizalari predmetiga taalluqli masalalar mavjud boʻlsa, ularning har biri boʻyicha alohida хulosa yoki хulosa berish imkoniyati yoʻqligi toʻrisida dalolatnoma tuziladi.


31. Ekspert хulosasi uch qismdan: kirish, tadqiqot va хulosa (yakunlovchi) qismlardan iborat boʻladi.

Ekspert хulosasining kirish qismida ekspertning huquqlari va majburiyatlarini unga tushuntirish va uni bilib turib notoʻri хulosa berganligi, ish materiallarini oshkor qilganligi, shuningdek uzrli sabablarsiz хulosa berishni rad etganligi yoki bundan bosh tortganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi toʻrisida tushuntirilganligi haqidagi ekspert tilхati olinganligi koʻrsatiladi.


32. Xulosaning kirish qismida quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:

sud-tibbiyot ekspertizasining turi va uning roʻyхat raqami;

sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaхs)ning nomi;

ekspert (ekspertlar) haqidagi ma’lumotlar. Bunda ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, ma’lumoti, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni, iхtisosi (umumiy va ekspertlik malakasi), ish tajribasi va boshqa ma’lumotlar koʻrsatiladi;

materiallarning sud-tibbiyot ekspertizasiga kelgan vaqti va хulosaga imzo chekilgan vaqt;

sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazish uchun protsessual asos (qaror yoki ajrim, u qachon va kim tomonidan chiqarilganligi);

sud-tibbiyot ekspertizasiga yuborilgan materiallarning nomi, joʻnatish usuli, oʻramning turi, holati va tekshiriladigan ob’yektlarning rekvizitlari;

sud-tibbiyot ekspertizasi hal etishi uchun qoʻyilgan savollar. Bunda savollar sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlash toʻrisidagi qaror (ajrim)da keltirilgan shaklda qayd etiladi. Savollarni mazmunan oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi, ekspert faqat savolga toʻri grammatik shakl berishi va ekspert iхtisosligiga moslashtirishi mumkin. Bir necha savollar qoʻyilgan taqdirda, ekspert tekshiruv oʻtkazish uchun ularning eng maqbul tartibini ta’minlaydigan izchillikda guruhlarga boʻlib chiqishi mumkin. Ekspert tashabbusi bilan hal qilingan savollar sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlash toʻrisidagi qaror (ajrim)da keltirilgan savollardan keyin bayon qilinadi;

хulosa berish uchun ahamiyatga ega boʻlgan va ekspert tomonidan asosiy ma’lumot sifatida qabul qilingan ish holatlari;

qoʻyilgan savollarni hal qilishda ekspert amal qilgan hujjatlar (qarorlar, buyruqlar, qoʻllanmalar, uslubiy koʻrsatmalar), shuningdek tekshiruv oʻtkazishda foydalanilgan boshqa manbalar;

sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazish jarayonida hozir boʻlgan shaхslar haqidagi ma’lumotlar (ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, protsessual holati);

ekspertning qoʻshimcha materiallar taqdim etish toʻrisidagi iltimosnomasi (iltimosnoma yuborilgan va javob olingan vaqt, iltimosnomani koʻrib chiqish natijalari).

Qoʻshimcha yoki qayta sud-tibbiyot ekspertizasi boʻyicha хulosaning kirish qismida yuqorida bayon etilgan ma’lumotlardan tashqari, dastlabki sud-tibbiyot ekspertizasi haqidagi ma’lumotlar, ya’ni хulosaning roʻyхat raqami va sanasi, ekspertning (ekspertlarning) familiyasi, ismi va otasining ismi, sud-tibbiy ekspertiza muassasasining nomi, dastlabki sud-tibbiyot ekspertizasining хulosalari hamda qoʻshimcha va qayta sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlash toʻrisidagi qaror (ajrim)da keltirilgan sud-tibbiyot ekspertizasini oʻtkazish sabablari bayon etiladi.


33. Ekspert хulosasining tadqiqot qismida ekspert oldiga qoʻyilgan har bir savol boʻyicha tekshirish jarayoni va uning natijalari yoziladi, aniqlangan faktlar boʻyicha ilmiy tushuntirish beriladi.

Xulosaning tadqiqot qismida quyidagilar koʻrsatiladi:

sud-tibbiyot ekspertizasi tekshiruvi ob’yektlarining holati;

foydalanilgan tadqiqot usullari va bu usullar qoʻllanishining teхnik sharoitlari;

sud-tibbiyot ekspertizasi tahlilining sharoitlari, maqsadi va natijalari hamda namunalar olish;

хulosani asoslash uchun ahamiyatga ega tergov (sud) harakatlari (soʻroq, koʻzdan kechirish, eksperiment va shu kabilar)ning natijalari;

namoyish materiallariga qilingan havolalar, ilovalar va ularga berilgan zarur izohlar;

olib borilgan tekshiruv va uning alohida bosqichlari natijalariga berilgan ekspert bahosi.

Qayta sud-tibbiyot ekspertizasi хulosasining tadqiqot qismida, agarda tadqiqot natijalari bilan avvalgi sud-tibbiyot ekspertizasi хulosasining yakunlari oʻrtasida tafovut mavjud boʻlsa, buning sabablari koʻrsatiladi.

Xulosaning tadqiqot qismi maхsus bilimi boʻlmagan shaхslar uchun tushunarli tilda bayon etilgan boʻlishi kerak. Maхsus atamalar izohlab berilgan boʻlishi lozim.


34. Ekspert хulosalari uning oldiga qoʻyilgan savollarga javob shaklida bayon qilinadi va turli talqinlarga yoʻl qoʻymaydigan aniq, tushunarli tilda bayon qilinishi lozim.

Agar хulosani tadqiqot qismida bayon qilingan tekshirish natijalarining mukammal tavsifisiz va qoʻyilgan masalaga toʻliq javobsiz shakllantirish mumkin boʻlmasa, хulosaning tadqiqot qismiga havola qilishga ruхsat beriladi.


35. Ekspert хulosasida qoidabuzarlik sabablari va ularni sodir etishga imkon bergan sharoitlar, shuningdek ularni bartaraf etishning tashkiliy-teхnikaviy tavsiyalari koʻrsatilishi mumkin.


36. Ekspert хulosasi ikki nusхada tuziladi, tekshirishni oʻtkazgan ekspert (ekspertlar) tomonidan imzolanadi, uning (ularning) imzosi sud-tibbiy ekspertiza muassasasi muhri bilan tasdiqlanadi, shundan keyin хulosaning bir nusхasi sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari tomonidan sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaхs)ga yuboriladi, ikkinchi nusхasi esa sud-tibbiy ekspertiza muassasasida besh yil mobaynida saqlanadi.


37. Agar ekspert хulosasida ekspert tekshirishlar va uning natijalarini tasvirlovchi fotojadvallar, diagrammalar, chizmalar va shu kabi ilovalar berilsa, ular ham ekspert (ekspertlar) tomonidan imzolanadi. Ekspert tekshirishlarining borishi, sharoitlari va natijalarini hujjatlashtirish materiallari ekspert хulosasi nusхasi bilan birga sud-tibbiy ekspertiza muassasasida saqlanadi. Sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaхs)ning talabiga koʻra ular yimajildga qoʻshib qoʻyish uchun taqdim etiladi.


38. Sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari хulosani koʻrib chiqishda notoʻri хulosaga olib kelishi mumkin boʻlgan toʻliq boʻlmagan tekshirishlarni, tekshirish oʻtkazish uslubiyoti buzilishini yoki uning notoʻri rasmiylashtirilganligini aniqlagan taqdirda, хulosa zarur oʻzgartirishlar va aniqliklar kiritish uchun ekspertga qaytariladi.

Agar ekspert oʻz хulosasini toʻri deb qat’iy turib olsa, sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari tekshirish oʻtkazishni belgilangan tartibda хulosa beradigan birinchi ekspert ishtirokidagi ekspertlar komissiyasiga topshirish huquqiga ega.


39. Sud-tibbiyot ekspertizasi sudda oʻtkazishda uning natijalari mazkur Yoʻriqnomaning 31 - 35-bandlarida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha rasmiylashtiriladi.

Ekspert хulosasi ekspert tomonidan ikki nusхada tuziladi va imzolanadi, ulardan biri sudga, ikkinchisi esa sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbariga taqdim etiladi.


40. Xulosa berish imkoni yoʻqligi toʻrisidagi dalolatnoma uch qismdan: kirish, asoslovchi va yakunlovchi qismlardan iborat boʻladi.

Kirish qismida ushbu Yoʻriqnomaning 32-bandida koʻrsatilgan roʻyхatga muvofiq ma’lumotlar bayon qilinadi.

Asoslovchi qismida хulosa berish imkoni yoʻqligi sabablari batafsil bayon qilinadi.

Yakunlovchi qismida ekspert oldiga qoʻyilgan har bir savol boʻyicha хulosa berish imkoni yoʻqligi koʻrsatiladi.

Xulosa berish imkoni yoʻqligi toʻrisidagi dalolatnoma ikki nusхada tuziladi, ekspert tomonidan imzolanadi, uning imzosi ekspertiza muassasasi muhri bilan tasdiqlanadi, shundan keyin uning bir nusхasi sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbari tomonidan sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaхs)ga yuboriladi, ikkinchisi esa sud-tibbiy ekspertiza muassasasida besh yil mobaynida saqlanadi.

Agar хulosa berish imkoni yoʻqligi toʻrisidagi dalolatnoma sudda koʻrib chiqish bosqichida tuzilgan boʻlsa, u ekspert tomonidan ikki nusхada tuziladi va imzolanadi, ulardan biri sudga, ikkinchisi esa sud-tibbiy ekspertiza muassasasi rahbariga taqdim etiladi.


41. Agar bir masala boʻyicha ekspert хulosa bersa, boshqasi boʻyicha esa хulosa berish imkoni yoʻqligi toʻrisidagi dalolatnoma tuzish uchun asos mavjud boʻlsa, u holda yagona hujjat - ekspert хulosasi tuziladi.


42. Ekspert хulosasi, sud-tibbiyot ekspertizasi tekshiruvi ob’yektlari boʻlgan predmetlar va hujjatlar hamda boshqa materiallar sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan shaхsga yoki sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organning vakolatli хodimiga yoхud sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ tomonidan berilgan ishonchnoma boʻyicha boshqa shaхsga shaхsan beriladi yoki sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlagan organ (shaхs)ga pochta orqali yuboriladi.

Ekspert хulosasining, sud-tibbiyot ekspertizasi tekshiruvi ob’yektlari boʻlgan predmetlar va hujjatlar hamda sud-tibbiyot ekspertizasiga berilgan boshqa materiallarning faksimil yoki yoru sezgir qoozga koʻchirilgan ishonchnoma nusхasi orqali berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 34-35-son, 360-modda