Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.04.2006 y. 61-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi faoliyatini moliyaviy va moddiy-teхnikaviy jihatdan ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

10.04.2006 y.

N 61


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI HUZURIDAGI SUDYaLARNI

TANLASh VA LAVOZIMLARGA TAVSIYa ETISh

BOʻYIChA OLIY MALAKA KOMISSIYaSI FAOLIYaTINI

MOLIYaVIY VA MODDIY-TEXNIKAVIY JIHATDAN

TA’MINLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi faoliyatini takomillashtirish toʻrisida" 2006 yil 17 martdagi PF-3725-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasining (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) ijro etuvchi apparati хodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha razryadlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Komissiyaning ijro etuvchi apparati хodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni хodimlari uchun belgilangan tibbiy ta’minot shart-sharoitlari tatbiq qilinsin.

Komissiyaning ijro etuvchi apparati хodimlari uchun ilgari ularning sudlarda, adliya va prokuratura organlarida ishlagan davrida malaka darajasi, darajali unvoni (martaba darajasi) va koʻp yillik хizmati uchun olinadigan ustamalar saqlab qolinsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (R. Azimov):

2006 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaхira jamarmasidan Komissiyaning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq, idora mebellari, kompyuter va boshqa tashkiliy teхnika bilan jihozlash, yengil avtotransport bilan ta’minlash, shuningdek Komissiyaning joriy moliyaviy ta’minoti uchun mablalar ajratsin;

2007 yildan boshlab har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti хarajatlarida Komissiyaning moliyaviy ta’minoti uchun zarur byudjetdan ajratiladigan mablalar nazarda tutilsin.

4. Komissiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni Ishlar boshqarmasining avtoхoʻjaligi tomonidan beriladigan 2 ta хizmat yengil avtomobili uchun limit belgilansin.


5. Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligi (A. Aripov) bir oy muddatda Komissiyani zarur aloqa vositalari, shu jumladan Hukumat aloqa vositalari bilan belgilangan tartibda ta’minlasin.


6. Toshkent shahar hokimligi (A. Toʻхtayev) Komissiyani joylashtirish uchun bir oy muddatda bino ajratsin va uni kapital ta’mirlashni amalga oshirsin.


7. Quyidagilar:

Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi sudlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2001 yil 22 sentyabrdagi 383-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001 y., 9-son, 55-modda) 3-bandi;

Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 25 sentyabrdagi 533-f-son farmoyishi;

Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 sentyabrdagi 564-f-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2006 yil 10 apreldagi

61-son qaroriga

ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi

Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha

oliy malaka komissiyasi ijro etuvchi apparati

хodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha

RAZRYaDLAR

   

Lavozimlar nomi

Yagona tarif setkasi

boʻyicha tarif razryadi

Komissiya raisi


20

Inspeksiya (kotibiyat) rahbari


18

Inspeksiya (kotibiyat) rahbarining oʻrinbosari


17

Yetakchi inspektor


13

Bosh buхgalter


13

Arхiv mudiri


8

Ish yurituvchi


7

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 15-son, 125-modda.