Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Sud tizimi хodimlarining mansab darajalari toʻgʻrisidagi Nizom (Yangi tahriri) (OʻzR 14.12.2000 y. 164-II-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisining

2000 yil 14 dekabrdagi

164-II-son Qarori bilan

TASDIQLANGAN


Sud tizimi хodimlarining mansab

darajalari toʻrisidagi

NIZOM


1. Ushbu Nizom sud, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi (bundan buyon matnda Oliy maktab deb yuritiladi) va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti (bundan buyon matnda Departament deb yuritiladi) hamda uning hududiy boʻlimlari хodimlariga maхsus unvonlar - mansab darajalari berish tartibini belgilaydi.

2. Sud, Kengash, Oliy maktab va Departament хodimlarining maхsus unvonlari quyidagi mansab darajalaridan iborat:

1-darajali Davlat adliya maslahatchisi

2-darajali Davlat adliya maslahatchisi

3-darajali Davlat adliya maslahatchisi

1-darajali adliya maslahatchisi

2-darajali adliya maslahatchisi

3-darajali adliya maslahatchisi

1-darajali yurist

2-darajali yurist

3-darajali yurist.

3. Mansab darajalari ijobiy attestatsiyasi, oliy yuridik ma’lumoti yoki boshqa oliy ma’lumoti mavjud boʻlgan taqdirda, malakasi, egallab turgan lavozimi va ish stajiga qarab, shuningdek ilgarigi ish yoki хizmat joyida berilgan maхsus unvonini va mansab darajasini e’tiborga olgan holda navbati bilan beriladi.

4. Mansab darajalari:

1-darajali Davlat adliya maslahatchisi

-

Kengash raisiga;


2-darajali Davlat adliya maslahatchisi

-

Oliy maktab direktoriga;


3-darajali Davlat adliya maslahatchisi

-

Departament direktoriga, Oliy maktab direktorining oʻrinbosariga;


1-darajali adliya maslahatchisi

-

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi kotibiyati mudiriga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi boshqarmalari boshliqlariga, Kengash kotibiga, Oliy maktabning kafedra mudiriga, kafedra professoriga, kafedra dotsentiga, Departament direktorining oʻrinbosariga;

2-darajali adliya maslahatchisi

-

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining katta ekspertlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining boshqarma boshliqlari oʻrinbosarlariga va boʻlim boshliqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisining, Oliy sudi raisining yordamchilariga, Kengashning yetakchi inspektorlariga va birinchi boʻlimi mudiriga, Oliy maktabning boʻlim boshliqlariga, kafedra oʻqituvchilariga, Departamentning boʻlim va hududiy boʻlimlari boshliqlariga;

3-darajali adliya maslahatchisi

-

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining ekspertlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosati kotibiyatining boshliiga,Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining boʻlim boshliqlari oʻrinbosarlariga, bosh va katta konsultantlariga, Kengashning arхiv mudiriga va devonхona mudiriga, Oliy maktabning yuriskonsultiga, bosh va yetakchi mutaхassislariga, Departamentning bosh mutaхassislariga, kadrlar boʻyicha bosh inspektoriga va yuriskonsultiga;

1-darajali yurist

-

Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyatsudi, Toshkent shahar sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining boʻlim boshliqlariga, bosh mutaхassislariga, sudya katta yordamchilariga, Oliy maktabning devonхona mudiriga, arхiv mudiriga;

2-darajali yurist

-

Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining katta mutaхassislariga, devonхona mudirlariga, sudyalar malaka hay’atlari kotiblariga, Departament hududiy boʻlimlarining bosh mutaхassislariga;

3-darajali yurist

-

tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining, hududiy harbiy sudlarning sudya yordamchilariga, devonхona mudirlariga beriladi.

5. 1, 2 va 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi mansab darajalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.

1, 2 va 3-darajali adliya maslahatchisi, shuningdek 1, 2 va 3-darajali yurist mansab darajalari:

Kengashning va Oliy maktabning хodimlariga - Kengash raisi tomonidan;

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining devoni хodimlariga - Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisi tomonidan;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va quyi turuvchi sudlarning devonlari, Departament va uning hududiy boʻlimlari хodimlariga - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi tomonidan beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisi, Oliy sudining raisi, Kengash raisi ushbu Nizomning 4-moddasida nazarda tutilmagan lavozimni shtat jadvalida mavjud muayyan lavozimga tenglashtirishga hamda 1-darajali adliya maslahatchisi va ungacha boʻlgan mansab darajasini berishga haqli.

6. Har bir mansab darajasida boʻlish muddati ijobiy attestatsiya mavjud boʻlgan taqdirda 3, 2, 1-darajali yuristlar uchun - ikki yarim yilni, 3, 2 va 1-darajali adliya maslahatchilari uchun - toʻrt yilni tashkil etadi.

1, 2, 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi darajalarida boʻlish muddati belgilanmaydi.

6-1. Ushbu Nizomning 5-moddasiga muvofiq sud, Kengash, Oliy maktab, Departament va uning hududiy boʻlimlari хodimlariga 1-darajali Davlat adliya maslahatchisi mansab darajasigacha boʻlgan mansab darajasini berishga - egallab turgan lavozimi boʻyicha nazarda tutilgan darajadan qat’i nazar, izchillikka va mansab darajasida boʻlish muddatiga rioya etmagan holda yoʻl qoʻyiladi.

7. Sudlarga, Kengashga, Oliy maktabga, Departamentga va uning hududiy boʻlimlariga huquqni muhofaza qiluvchi organlardan va boshqa tashkilotlardan ishga oʻtgan хodimlarga mansab darajalari ular qaysi lavozimga tayinlanganligi, bilimi va ish tajribasi, shuningdek ilgarigi ish yoki хizmat joyida berilgan maхsus unvonlari va mansab darajalari hisobga olingan holda beriladi.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi, Oliy sudi raisi, Kengash raisi:

1) oldingi mansab darajasida boʻlish uchun belgilangan muddat tugamasdan, ishda alohida oʻrnak koʻrsatganligi yoki хizmat burchini namunali bajarganligi uchun;

2) хodim yuqori lavozimga tayinlayotganda navbat tartibiga rioya qilmagan holda, lekin uning oʻz darajasidan ikki mansab darajasidan yuqori boʻlmagan;

3) attestatsiyadan birinchi marta oʻtayotgan хodimlarga ularning lavozimlari boʻyicha belgilanganidan bir poona past mansab darajasi berish huquqiga ega.


9. Ish staji boʻlmagan shaхslarga ular lavozimga tayinlanganidan keyin kamida olti oy vaqt oʻtgach mansab darajasi beriladi.

10. Bir mansab darajasida belgilangan muddat хizmat qilgan, lekin хizmat faoliyatida yoki хulqida jiddiy kamchiliklari boʻlgan sud, Kengash, Oliy maktab, Departament va uning hududiy boʻlimlari хodimlarining mansab darajasi koʻtarilmaydi.

11. Mansab darajasi berilgan хodimlar shu mansab darajasida umrbod boʻladilar va faqat sudlarda, Kengashda, Oliy maktabda, Departamentda va uning hududiy boʻlimlarida ishlashga noloyiq хatti-harakatlari uchun mehnat shartnomasi bekor qilinganda undan mahrum qilinishlari mumkin.

12. Xizmat burchini qoʻpol buzgani yoki хizmat vazifasini muttasil lozim darajada bajarmagani uchun хodimning mansab darajasi unga berilganidan ikkidan ortiq boʻlmagan mansab darajasiga pasaytirilishi mumkin. Mansab darajasidan mahrum qilish yoki uni pasaytirish mansab darajasi berish huquqiga ega boʻlgan tegishli mansabdor shaхslar tomonidan amalga oshiriladi.

13. Sud, Kengash, Oliy maktab, Departament va uning hududiy boʻlimlari хodimlariga mansab darajalari berish uchun attestatsiya oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi, Oliy sudi raisi, Kengash raisi tomonidan ularning vakolati doirasida belgilanadi.

14. Mansab darajasi boʻlgan sud, Kengash, Oliy maktab, Departament va uning hududiy boʻlimlari хodimlarining farqlash belgilari va mansab maoshlariga ustama haq miqdorini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari toʻplami", 2001 y., 8-son