Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Sudyalarning malaka darajalari toʻgʻrisida Nizom (OʻzR OM 14.12.2000 y. 164-II-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisining

2000 yil 14 dekabrdagi

164-II-son qarori bilan

TASDIQLANGAN


Sudyalarning malaka darajalari toʻrisida

NIZOM

(Yangi tahriri)


1. "Sudlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi sudyalari uchun malaka darajalari joriy etish va berish tartibini belgilaydi.


2. Oltita malaka darajasi joriy etiladi:

Oliy malaka darajasi

Birinchi malaka darajasi

Ikkinchi malaka darajasi

Uchinchi malaka darajasi

Toʻrtinchi malaka darajasi

Beshinchi malaka darajasi.


3. Malaka darajalari quyidagicha beriladi:


a) sudlar sudyalariga:

Oliy malaka darajasi

Birinchi malaka darajasi

Ikkinchi malaka darajasi


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalariga;


Birinchi malaka darajasi

Ikkinchi malaka darajasi

Uchinchi malaka darajasi


Qoraqalpoiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy va ma’muriy sudlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi sudyalariga;


Uchinchi malaka darajasi

Toʻrtinchi malaka darajasi

Beshinchi malaka darajasi

fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari, tuman (shahar) ma’muriy sudlari, shuningdek hududiy harbiy sudlar sudyalariga.

4. Oliy malaka darajasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.

Boshqa malaka darajalari tegishli sudlar raislarining taqdimnomasiga binoan Sudyalarning oliy malaka hay’ati tomonidan beriladi.

Birinchi marotaba saylangan (tayinlangan) sudyalarga malaka darajalari ish faoliyatining birinchi uch oyi mobaynida beriladi.

5. Har bir malaka darajasida boʻlish muddatlari ijobiy malaka attestatsiyasi mavjud boʻlgan taqdirda quyidagicha belgilanadi:

beshinchi malaka darajasida - ikki yil

toʻrtinchi malaka darajasida - uch yil

uchinchi malaka darajasida - toʻrt yil

ikkinchi malaka darajasida - besh yil.

Birinchi malaka darajasida boʻlish muddati belgilanmaydi.

Yuqori malakali sudyalarga ish tajribalarini hisobga olib, egallab turgan lavozimi uchun nazarda tutilgan darajadan qat’i nazar, ketma-ketlikka rioya etmagan holda, lekin unga berilgan malaka darajasidan ikki darajadan  yuqori boʻlmagan malaka darajasi berilishiga yoʻl qoʻyiladi.


6. Sudyalar odil sudlovni amalga oshirish vaqtida qonuniylikni  qoʻpol buzgan taqdirda malaka darajasidan mahrum etilishi mumkin.

Malaka darajasidan mahrum etish shu malaka darajasini bergan mansabdor shaхs yoki organ tomonidan amalga oshiriladi.

7. Malaka darajasiga ega boʻlgan sudyalarning mansab maoshlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda qoʻshimcha haq tayinlanadi.


8. Sudyalarni malaka attestatsiyasidan oʻtkazish tartibi Sudyalarning malaka hay’atlari toʻrisidagi Nizom bilan belgilanadi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari toʻplami", 2001 y. 8-son