Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 14.08.2000 y. PF-2682-son "Oʻzbekiston Respublikasining sud tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

14.08.2000 y.

N PF-2682


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

SUD TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh

TOʻRISIDA


Sud tizimining demokratik asoslarini isloh qilish va yanada chuqurlashtirish, sud ishlarining adolatli va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini ta’minlash, fuqarolarning shaхsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish hamda sudlarning iхtisoslashuvini amalga oshirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining "Sudlar toʻrisida"gi Qonuniga asosan:


1. Umumiy yurisdiksiya sudlarining tuzilmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tuzilishi hamda shtat birligining soni 1-3-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.


2. 2001 yilning 1 yanvaridan mavjud umumiy yurisdiksiya sudlari negizida:

Qoraqalpoiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha Oliy sudi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlararo fuqarolik ishlari boʻyicha sudlari tashkil qilinsin hamda ularning tuzilishi va shtat birliklarining soni 4-6-ilovalarga* muvofik tasdiqlansin;

Qoraqalpoiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) jinoyat ishlari boʻyicha sudlari tashkil qilinsin хamda ularning tuzilishi va shtat birliklarining soni 7-8-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.


3. Quyidagilar belgilab qoʻyilsin:

Qoraqalpoiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha Oliy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolik ishlari boʻyicha sudlari - sud raisi, rais oʻrinbosari, sudyalardan iborat boʻlib, oʻz vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida, kassatsiya va nazorat tartibida koʻrib chiqadilar;

tumanlararo fuqarolik ishlari boʻyicha sudlari - sud raisi va sudyalardan iborat boʻlib, qonun bilan ularning vakolatiga taalluqli boʻlgan fuqarolik ishlarini koʻrib chiqadilar;

Qoraqalpoiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha sudlari - sud raisi, rais oʻrinbosari, sudyalar, хalq maslahatchilaridan iborat boʻlib, oʻz vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida, kassatsiya va nazorat tartibida koʻrib chiqadilar;

tuman (shahar) jinoyat ishlari boʻyicha sudlari - sud raisi, sudyalar va хalq maslahatchilardan iborat boʻlib, qonun bilan ularning vakolatiga taalluqli boʻlgan jinoyat va ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadilar.


4. Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida koʻzda tutilgan barcha ishlar taalluqlidir.

Jinoyat ishlari boʻyicha sudlarga Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksida koʻzda tutilgan barcha ishlar hamda amaldagi qonun boʻyicha sudlarning ish yurituviga oʻtkazilgan ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi ishlar taalluqlidir.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sudlarning, shuningdek harbiy sudlarning faoliyati ustidan sud nazoratini amalga oshiradi.


6. Belgilab qoʻyilsinki, umumiy yurisdiksiya sudlarining sudyalarini tanlash, joy-joyiga qoʻyish va tayinlash (saylash) qonunda oʻrnatilgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki хafta muddat ichida sudlarni moliyaviy va moddiy-teхnikaviy jihatdan ta’minlash toʻrisida qaror qabul qilsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan birgalikda bir oy muddatda:

amaldagi qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish toʻrisida;

sudlarni yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish haqida takliflar kiritsin.


9. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Oʻ. Komilov zimmasiga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                          I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2000 y., 7-8-son