Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.07.2012 y. 227-son "Huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishining holatini oʻrganish boʻyicha Idoralararo ishchi guruh toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.07.2012 y.

N 227


HUQUQNI MUHOFAZA QILUVChI VA BOShQA

DAVLAT ORGANLARI TOMONIDAN INSON

HUQUQLARI  VA  ERKINLIKLARIGA  RIOYa

ETILIShINING    HOLATINI    OʻRGANISh

BOʻYIChA  IDORALARARO  IShChI  GURUH

TOʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh

HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini samarali muvofiqlashtirish va ularning mazkur sohada fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishining holatini oʻrganish boʻyicha Idoralararo ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda Idoralararo ishchi guruh deb yuritiladi) toʻrisidagi nizom, shuningdek Idoralararo ishchi guruh tarkibi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.


2. Quyidagilar Idoralararo ishchi guruh faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va vazifalari etib belgilansin:

inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bilan boliq masalalarni oʻrganish va umumlashtirish, fuqarolarning huquqlari va erkinliklari buzilishi, shu jumladan, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomala turlarini qoʻllashga doir murojaatlarining koʻrib chiqilishi va hal etilishini monitoring qilish;

inson huquqlari va erkinliklari sohasida aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf qilish boʻyicha zarur chora-tadbirlar belgilash toʻrisida takliflar kiritish;

inson huquqlari va erkinliklari sohasida qonunchilikni takomillashtirish, shuningdek BMTning asosiy Konvensiyalarini milliy qonunchilikka va huquqni qoʻllash amaliyotiga implementatsiya qilish boʻyicha takliflar tayyorlash;

Oʻzbekiston Respublikasining tegishli davriy ma’ruzalarini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha BMT konvension organlarining yakuniy tavsiyalari va e’tirozlarini koʻrib chiqish, shuningdek ushbu yakuniy tavsiya va e’tirozlarning ijrosi boʻyicha Milliy harakat rejalarini tasdiqlash va monitoring olib borish.


3. Idoralararo ishchi guruh bir oy muddatda oʻz Reglamentini tasdiqlasin.


4. Idoralararo ishchi guruhni tashkiliy-teхnik jihatdan ta’minlash Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


5. Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 fevraldagi 112-f-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri N. Yoʻldoshev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              Sh. Mirziyoyev



*) 2-ilova berilmaydi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 30-son, 350-modda