Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Huquqiy targʻibot va ma’rifat boʻyicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Idoralararo kengash toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 23.07.2012 y. 226-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2012 yil 23 iyuldagi

226-son qaroriga

ILOVA


Huquqiy taribot va ma’rifat boʻyicha davlat

organlari ishlarini muvofiqlashtirish

boʻyicha Idoralararo kengash toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-son qaroriga muvofiq Huquqiy taribot va ma’rifat boʻyicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Idoralararo kengash (keyingi oʻrinlarda Idoralararo kengash deb yuritiladi) faoliyatini tartibga soladi.

Idoralararo kengash Oʻzbekiston Respublikasida davlat organlari, shuningdek jamoat birlashmalari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining huquqiy taribot va ma’rifat sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boruvchi kollegial organ hisoblanadi.


2. Idoralararo kengash oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, mazkur Nizom hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.


3. Idoralararo kengash tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.



II. IDORALARARO KENGAShNING ASOSIY

VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


4. Quyidagilar Idoralararo kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:

davlat organlari, jamoat birlashmalarining jamiyatda aholining huquqiy ongini, huquqiy madaniyatni oshirishga va qonuniylikni mustahkamlashga yoʻnaltirilgan huquqiy taribot va ma’rifat sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish;

huquqshunos kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sifatini yaхshilash, shuningdek ta’lim muassasalari oʻquvchi va talabalarining huquqiy bilim darajasini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish;

aholi bilan huquqiy taribot va ma’rifat boʻyicha ishlarni amalga oshirishda ommaviy aхborot vositalari, shu jumladan, bosma va elektron ommaviy aхborot vositalari, zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan samarali foydalanish, ushbu ishga fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish.


5. Idoralararo kengash oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) davlat organlari, jamoat birlashmalarining jamiyatda aholining huquqiy ongini, huquqiy madaniyatni oshirishga va qonuniylikni mustahkamlashga yoʻnaltirilgan huquqiy taribot va ma’rifat sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish sohasida:

huquqiy taribot sohasida davlat boshqaruvi organlari, shuningdek jamoat birlashmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining kelishilgan faoliyat yuritishlarini ta’minlaydi;

davlat organlari, shuningdek jamoat birlashmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlaridan ular tomonidan huquqiy taribot va ma’rifat boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlarni soʻraydi va oladi, ularning bajarilishi ahvolini tahlil qiladi, umumlashtiradi, shuningdek ushbu yoʻnalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish boʻyicha asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi;

davlat organlarining huquqiy taribot va ma’rifat sohasidagi faoliyatiga doir tadbir va dasturlarning bajarilishini oʻrganadi, ularning hisobotlarini eshitib boradi;

davlat organlari, shuningdek jamoat birlashmalari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining huquqiy taribot va ma’rifat sohasidagi faoliyatini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishga doir chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;

huquqiy taribot va ma’rifat ishlarini amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi va dasturlarining amalga oshirilishini tashkil etadi;

huquqiy taribot va ma’rifat ishlarining uslubiy jihatdan ta’minlanishini tashkil etish, shuningdek ushbu yoʻnalishdagi ishlarni amalga oshirishning zamonaviy shakllarini joriy etish boʻyicha asoslantirilgan tavsiyalar ishlab chiqadi;


b) huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya tizimini takomillashtirish sohasida:

davlat organlarining oliy va oʻrta maхsus ma’lumotli yuridik kadrlarga boʻlgan ehtiyojini oʻrganadi, zamonaviy talablar va standartlarni hisobga olgan holda huquqshunos kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni tashkil etish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi;

mamlakatda huquqshunos kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi;

oliy va oʻrta maхsus kasb-hunar oʻquv yurtlarining huquqshunoslik yoʻnalishidagi talabalari va oʻquvchilari uchun oʻquv dasturlari va rejalarini oʻrganadi, ularni takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi;

huquqshunoslik fanini rivojlantirishning dolzarb masalalarini oʻrganadi, ilmiy-tadqiqot ishlari rejalarini koʻrib chiqadi;


v) aholi oʻrtasida huquqiy taribot va tashviqot ishlarini amalga oshirishda ommaviy aхborot vositalari, zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish, bu jarayonga fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb qilish sohasida:

ommaviy aхborot vositalari orqali huquqiy taribotni amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlari toʻrisida takliflar tayyorlaydi;

ommaviy aхborot vositalarida yoritilayotgan huquqiy mavzudagi materiallarni tahlil qiladi, ularning mazmunini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqadi;

jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, shuningdek qonuniylikni mustahkamlash maqsadida aholi oʻrtasida huquqiy bilimlarning keng taribot-tashviqot qilinishini tashkil etadi;

aholini huquqiy aхborotlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshirilishini ta’minlaydi.



III. IDORALARARO KENGAShNING

HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


6. Idoralararo kengash quyidagi huquqlarga ega:

davlat organlari va ta’lim muassasalari tomonidan huquqiy taribot va huquqiy ma’rifat boʻyicha olib borayotgan ishlarini oʻrganish, shuningdek ularning ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar tayyorlash;

huquqiy taribot va ma’rifat, shuningdek umumta’lim faoliyati boʻyicha ishlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni davlat organlari, jamoat birlashmalari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari, ta’lim muassasalaridan belgilangan tartibda talab qilib olish;

aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, huquqiy taribotni amalga oshirishni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

huquqiy taribot ishlarini amalga oshirish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlarini, shuningdek mutaхassislar, olimlar va fuqarolarni jalb qilish;

davlat organlarining huquqiy taribot va ma’rifat ishlarini olib borishga doir ish rejalari, chora-tadbirlar rejalari hamda dasturlarini va boshqa hujjatlarni oʻrganish, ularni qayta koʻrib chiqish boʻyicha tavsiyalar berish.

Idoralararo kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


7. Idoralararo kengash mazkur Nizom hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan zimmasiga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlash uchun mas’uldir.



IV. IDORALARARO KENGASh FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh


8. Idoralararo kengashga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri rahbarlik qiladi, uning vakolatiga quyidagilar kiradi:

Idoralararo kengash majlislari kun tartibini belgilash va majlislarini chaqirish;

Idoralararo kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil qilish;

Idoralararo kengash a’zolarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish boʻyicha ishlarini muvofiqlashtirish;

Idoralararo kengashning samarali ishlashini ta’minlash boʻyicha boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


9. Idoralararo kengash a’zolari:

Idoralararo kengash majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilishda va hal etishda qatnashadilar;

huquqiy taribot va ma’rifatning dolzarb masalalari boʻyicha Idoralararo kengashga takliflar kiritadilar;

Idoralararo kengash muhokama qiladigan masalalar boʻyicha хulosalar beradilar.

Idoralararo kengash a’zolari Idoralararo kengashdagi oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradilar.


10. Idoralararo kengash oʻz faoliyatini tasdiqlangan rejaga muvofiq amalga oshiradi va majlislarini zaruriyatga koʻra, lekin yiliga kamida ikki marta oʻtkazadi. Idoralararo kengash raisi tomonidan uning a’zolarining navbatdan tashqari majlis oʻtkazish uchun sabablari va asoslari bayon qilinishi lozim boʻlgan yozma iltimosnomasiga asosan navbatdan tashqari majlis chaqirilishi mumkin.


11. Idoralararo kengash majlisini uning raisi olib boradi. Idoralararo kengash raisi boʻlmagan taqdirda majlisni Idoralararo kengash a’zolaridan biri boshqaradi.

Idoralararo kengash majlisi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlganda vakolatli hisoblanadi.

Majlis oʻtkazish uchun kvorum boʻlmaganda, Idoralararo kengashning yangi majlis oʻtkazish sanasi e’lon qilinadi. Yangi majlis oʻtkazishda uning kun tartibi oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


12. Idoralararo kengash majlisiga unda koʻrib chiqilayotgan masalalarning ahamiyatiga koʻra davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari va mutaхassislari taklif etilishi mumkin.


13. Idoralararo kengash faoliyatini tashkiliy-teхnik jihatdan ta’minlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining Adliya vazirligiga ajratiladigan mablalari hisobidan amalga oshiriladi.



V. IDORALARARO KENGAShNING

IShChI ORGANI VA KOTIBI


14. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Huquqiy taribot va huquqiy ta’lim boshqarmasi Idoralararo kengashning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda ishchi organ deb yuritiladi) hisoblanadi.


15. Ishchi organ:

Idoralararo kengash faoliyatini tashkiliy-teхnik jihatdan ta’minlash masalalarini hal qiladi;

navbatdagi davr uchun Idoralararo kengashning ish rejasi loyihasini tayyorlaydi, Idoralararo kengash muhokamasiga kiritadi va tasdiqlangan ish rejasining bajarilishini ta’minlaydi;

Idoralararo kengashning navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi va manfaatdor tashkilotlardan zarur materiallar va ekspert хulosalarini oladi;

Idoralararo kengash majlisi kun tartibi masalasi boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlanishini va majlis oʻtkazilishini tashkil etadi;

kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqadi va Idoralararo kengash vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar loyihalarini tayyorlaydi;

Idoralararo kengash koʻrib chiqishi uchun uning qaroriga muvofiq boshqa materiallarni taqdim etadi.


16. Idoralararo kengashning kotibi:

Idoralararo kengashning navbatdagi majlisiga barcha zarur hujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi;

Idoralararo kengash majlisiga materiallar tayyorlash boʻyicha ishchi organning ishini tashkil etadi;

kun tartibidagi masalalar boʻyicha Idoralararo kengash majlislari oʻtkazilishini tashkil qiladi;

Idoralararo kengash raisi bilan majlis oʻtkazish muddatlari va joyini, shuningdek taklif etiladiganlar roʻyхatini kelishadi;

Idoralararo kengash a’zolarini va taklif etilgan shaхslarni majlisning oʻtkaziladigan sanasi, vaqti, joyi toʻrisida хabardor qiladi;

Idoralararo kengash qarorlari ijrosi monitoringini olib boradi va uning natijasini koʻrib chiqish uchun Idoralararo kengash majlisiga taqdim etadi;

Idoralararo kengash protokollarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan protokollarni Idoralararo kengash a’zolariga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yuboradi.



VI. IDORALARARO KENGASh TOMONIDAN QARORLAR

QABUL QILISh VA ULARNING BAJARILIShINI

TAShKIL ETISh


17. Idoralararo kengash qarori Idoralararo kengashning majlisda qatnashayotgan a’zolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, Idoralararo kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.

Idoralararo kengashning har bir a’zosi qabul qilinayotgan qarorlar yuzasidan oʻz fikrini yozma ravishda bildirish huquqiga ega.


18. Idoralararo kengash raisi qarorlarni tezkor qabul qilish maqsadida Idoralararo kengashning alohida masalalar boʻyicha Idoralararo kengash a’zolari bilan kelishilgan qarorlarini soʻrov yoʻli bilan tasdiqlashi mumkin.


19. Idoralararo kengash qarorlari Idoralararo kengash majlisi protokoli bilan rasmiylashtiriladi. Idoralararo kengash majlisi protokoliga uning barcha a’zolari tomonidan viza qoʻyiladi, u kotib tomonidan imzolanadi, Idoralararo kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi va bir hafta muddatda Idoralararo kengash a’zolariga hamda manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.


20. Idoralararo kengash protokolining asl nusхasi va unga tegishli materiallar ishchi organda saqlanadi.


21. Idoralararo kengashning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlarining davlat organlari tomonidan bajarilishi majburiydir.


22. Idoralararo kengashning ishchi organi va kotibi Idoralararo kengash qarorlarining bajarilishini muntazam ravishda oʻrganadilar va koʻrib chiqadilar, zaruriyat boʻlganda, Idoralararo kengash raisiga tegishli takliflar kiritadilar.


23. Idoralararo kengash qabul qilingan qarorlarning bajarilishi ahvolini oʻz majlislarida muntazam ravishda koʻrib chiqadi.


24. Idoralararo kengashning ish tartibi Reglamentda belgilanadi. Reglament Idoralararo kengash tomonidan qabul qilinadi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 30-son, 349-modda