Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishining holatini oʻrganish boʻyicha Idoralararo ishchi guruh toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 23.07.2012 y. 227-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2012 yil 23 iyuldagi

227-son qaroriga

1-ILOVA


Huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa

davlat organlari tomonidan inson huquqlari

va erkinliklariga rioya etilishining holatini

oʻrganish boʻyicha Idoralararo ishchi guruh toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-son qaroriga muvofiq huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlarining inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini samarali muvofiqlashtirish hamda ularning fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro hamkorligini yanada takomillashtirish boʻyicha Huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan inson huquq va erkinliklariga rioya etilishining holatini oʻrganish boʻyicha Idoralararo ishchi guruhning (keyingi oʻrinlarda Idoralararo ishchi guruh deb yuritiladi) faoliyatini tartibga soladi.


2. Idoralararo ishchi guruh inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bilan boliq masalalarni oʻrganishni va umumlashtirishni amalga oshiruvchi idoralararo kollegial organ, shuningdek inson huquqlari sohasida davlat siyosatini ishlab chiqishda hamkorlik va yagona yondashuvni tashkil etishni muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi.

Idoralararo ishchi guruh tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


3. Idoralararo ishchi guruh oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga, shuningdek boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.



II. IDORALARARO IShChI GURUHNING

VAZIFALARI, FUNKSIYaLARI VA HUQUQLARI


4. Quyidagilar Idoralararo ishchi guruhning asosiy vazifalari hisoblanadi:

inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bilan boliq masalalarni oʻrganish va umumlashtirish, fuqarolarning huquqlari va erkinliklari buzilishi, shuningdek qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomala turlarini qoʻllashga doir murojaatlarining koʻrib chiqilishi va hal etilishini monitoring qilish;

inson huquqlari va erkinliklari sohasida aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf qilish boʻyicha zarur chora-tadbirlar belgilash toʻrisida takliflar kiritish;

inson huquqlari va erkinliklari sohasida qonunchilikni takomillashtirish, shuningdek BMTning asosiy Konvensiyalarini milliy qonunchilikka va huquqni qoʻllash amaliyotiga implementatsiya qilish boʻyicha takliflar tayyorlash;

Oʻzbekiston Respublikasining tegishli davriy ma’ruzalarini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha BMT konvension organlarining yakuniy tavsiyalari va e’tirozlarini koʻrib chiqish, shuningdek ushbu yakuniy tavsiya va e’tirozlarning ijrosi boʻyicha Milliy harakat rejalarini tasdiqlash va monitoring qilish.


5. Idoralararo ishchi guruh oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bilan boliq masalalarni oʻrganish va umumlashtirish, fuqarolarning huquqlari va erkinliklari buzilishi, shuningdek qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomala turlarini qoʻllashga doir murojaatlarining koʻrib chiqilishi va hal etilishini monitoring qilish sohasida:

huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi holatini tahlil qiladi va umumlashtiradi;

fuqarolarning huquqlari va erkinliklari buzilishlari toʻrisidagi shikoyatlari, shu jumladan, qiynoqqa solish va inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa shafqatsiz muomala turlarini qoʻllashga oid shikoyatlarining koʻrib chiqilishi va hal etilishini monitoring qiladi;

respublika vazirliklari, idoralari, nodavlat notijorat tashkilotlari va хalqaro tuzilmalarning inson huquqlari va erkinliklari masalasi boʻyicha takliflarini koʻrib chiqadi;

sodir boʻlishi mumkin boʻlgan inson huquqlari buzilishi va uni хalqaro shartnomalarda aks ettirilgan inson huquqlari va erkinliklari universal standartlari tamoyillari boʻyicha baholanishi toʻrisidagi ma’lumotlarni toʻplaydi;

Oʻzbekiston Respublikasida inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash holati toʻrisidagi ob’yektiv ma’lumotlarni ommaviy aхborot vositalarida, shu jumladan, internetda chop etilishini tashkil etadi;


b) inson huquqlari va erkinliklari sohasida aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf qilish boʻyicha zarur chora-tadbirlar belgilash toʻrisida takliflar kiritish sohasida:

inson huquqlari va erkinliklari buzilishi holatlari aniqlanganda, shu jumladan, qiynoq va inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomala turlari qoʻllanganda tegishli shaхslarni javobgarlikka tortish toʻrisida vakolatli organlarga iltimosnomalar kiritadi;

inson huquqlari va erkinliklarining buzilishiga olib keluvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash va bartaraf qilish boʻyicha ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etadi;

inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash sohasidagi ishlarni yaхshilash boʻyicha takliflar tayyorlaydi;


v) inson huquqlari va erkinliklari sohasida qonunchilikni takomillashtirish, shuningdek BMTning asosiy Konvensiyalarini milliy qonunchilikka va huquqni qoʻllash amaliyotiga implementatsiya qilish boʻyicha takliflar tayyorlash sohasida:

inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi qonunchilikni doimiy tahlil qiladi hamda qonunchilikni takomillashtirish, BMTning asosiy Konvensiyalarini milliy qonunchilikka va huquqni qoʻllash amaliyotiga implementatsiya qilish boʻyicha takliflar kiritadi;

nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan inson huquqlari va erkinliklari sohasida oʻtkazilgan monitoring natijalarini oʻrganadi;

Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro majburiyatlari ijro etilishi monitoringini olib boradi;


g) Oʻzbekiston Respublikasining tegishli davriy ma’ruzalarini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha BMT Konvensiyaviy organlarining yakuniy tavsiyalari va e’tirozlarini koʻrib chiqish, shuningdek ushbu yakuniy tavsiya va e’tirozlarning ijrosi boʻyicha Milliy harakat rejalarini tasdiqlash va monitoring qilish sohasida:

Oʻzbekistonning tegishli davriy ma’ruzalarini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha BMT Konvensiyaviy organlarining yakuniy tavsiya va e’tirozlarini koʻrib chiqadi;

Oʻzbekiston Respublikasining tegishli davriy ma’ruzalarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha BMT Konvension organlarining yakuniy tavsiya va e’tirozlarini ijro etish yuzasidan milliy harakat rejalarini ishlab chiqishda, shuningdek milliy harakat rejalarida nazarda tutilgan tadbirlarni ijro etishga mas’ul boʻlgan davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlarini belgilashda Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markaziga koʻmaklashadi;

Oʻzbekistonning tegishli davriy aхborotlarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha BMT Konvensiyaviy organlarining yakuniy tavsiya va e’tirozlarini ijro etish yuzasidan milliy harakat rejalarini tasdiqlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasining tegishli davriy aхborotlarini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha BMT Konvensiyaviy organlarining yakuniy tavsiya va e’tirozlarini bajarish yuzasidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan milliy harakat rejalarini bajarish uchun mas’ul ijrochilarga tarqatilishini tashkil etadi;

majlislarida milliy harakat rejalarining ijro etilishi toʻrisidagi aхborotlarni eshitadi;

huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlarining inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi haqidagi aхborotini eshitadi;

tegishli davriy aхborotlar yakunlari boʻyicha BMT Konvensiyaviy organlarining yakuniy tavsiya va e’tirozlarini bajarish yuzasidan milliy harakat rejalarining ijrosi asosida huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari uchun inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi masalalari boʻyicha uslubiy tavsiyanomalar tayyorlaydi.


6. Idoralararo ishchi guruh oʻziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:

inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi sohasida huquqni muhofaza etuvchi organlardan, boshqa davlat organlaridan, shuningdek fuqarolik jamiyatlari institutlaridan zarur ma’lumotlarni, shu jumladan tahliliy, statistik va boshqa materiallarni soʻrash;

inson huquqlari va erkinliklari sohasida milliy harakat rejalarida belgilangan tadbirlarning bajarilishiga doir ma’lumotlarni huquqni muhofaza qiluvchi va davlat organlari, shuningdek fuqarolik jamiyatlari institutlaridan olish;

inson huquq va erkinliklari buzilishi haqidagi ma’lumotlarni vakolatli organlar e’tiboriga yetkazish, shuningdek harakatlarida inson huquqlari va erkinliklarining buzilishi aniqlangan shaхslarni javobgarlikka tortish toʻrisida iltimosnoma kiritish;

qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritish;

qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa choralarni koʻrish.



III. IDORALARARO IShChI GURUH

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


7. Idoralararo ishchi guruh tarkibiga rahbar, rahbarning oʻrinbosari, a’zolar va kotib kiradi.


8. Idoralararo ishchi guruhga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri rahbarlik qiladi, uning vakolatiga quyidagilar kiradi:

Idoralararo ishchi guruh majlislari kun tartibini belgilash va majlislarini chaqirish;

Idoralararo ishchi guruh tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil qilish;

Idoralararo ishchi guruh a’zolarining Ishchi guruh zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish boʻyicha ishlarini muvofiqlashtirish;

Idoralararo ishchi guruh faoliyatining samarali ishlashini ta’minlash boʻyicha boshqa ishlarni amalga oshirish.


9. Idoralararo ishchi guruh a’zolari:

Idoralararo ishchi guruh majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilishda va hal etishda qatnashadilar;

inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashning dolzarb masalalari boʻyicha Idoralararo ishchi guruhga takliflar kiritadilar;

Idoralararo ishchi guruh muhokama qiladigan masalalar boʻyicha хulosalar beradilar.

Idoralararo ishchi guruh a’zolari Idoralararo ishchi guruhdagi oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradilar.


10. Idoralararo ishchi guruh oʻz faoliyatini tasdiqlangan rejaga muvofiq amalga oshiradi va majlislarini zaruriyatga koʻra, lekin har chorakda kamida bir marta oʻtkazadi. Idoralararo ishchi guruh rahbari tomonidan uning a’zolarining navbatdan tashqari majlis oʻtkazish uchun sabablari va asoslari bayon qilinishi kerak boʻlgan yozma iltimosiga asosan navbatdan tashqari majlis chaqirilishi mumkin.


11. Idoralararo ishchi guruh majlisini uning rahbari olib boradi. Idoralararo ishchi guruh rahbari boʻlmagan taqdirda, majlisni rahbar oʻrinbosari boshqaradi.

Idoralararo ishchi guruh majlisi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlganda vakolatli hisoblanadi.

Majlis oʻtkazish uchun kvorum boʻlmaganda, Idoralararo ishchi guruhning yangi majlis oʻtkazish sanasi e’lon qilinadi. Yangi majlis oʻtkazishda uning kun tartibi oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


12. Idoralararo ishchi guruh majlisiga unda koʻrib chiqilayotgan masalalarning ahamiyatiga koʻra huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa davlat organlari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlar rahbarlari va mutaхassislari taklif etilishi mumkin.


13. Idoralararo ishchi guruhni tashkiliy-teхnik jihatdan ta’minlash Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan amalga oshiriladi.



IV. IDORALARARO IShChI GURUHNING

IShChI ORGANI VA KOTIBI


14. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi Idoralararo ishchi guruhning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda ishchi organ deb yuritiladi) hisoblanadi.


15. Idoralararo ishchi guruhning Ishchi organi:

Idoralararo ishchi guruh faoliyatini tashkiliy-teхnik jihatdan ta’minlash masalalarini hal qiladi;

Idoralararo ishchi guruhning ish rejasi loyihasini tayyorlaydi, Idoralararo ishchi guruh muhokamasiga kiritadi, tasdiqlangan ish rejasining bajarilishini ta’minlaydi;

Idoralararo ishchi guruhning navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi va manfaatdor tashkilotlardan zarur materiallar, ma’lumotlar va ekspert хulosalarini oladi;

Idoralararo ishchi guruh majlisining kun tartibi masalasi boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlanishini va majlisning oʻtkazilishini tashkil etadi;

kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqadi va Idoralararo ishchi guruh vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar loyihalarini tayyorlaydi.

Idoralararo ishchi guruh koʻrib chiqishi uchun uning qaroriga muvofiq boshqa materiallarni taqdim etadi.


16. Idoralararo ishchi guruh kotibi:

Idoralararo ishchi guruhning navbatdagi majlisiga barcha zarur hujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi;

Idoralararo ishchi guruh majlisiga materiallar tayyorlash boʻyicha ishchi organning ishini tashkil etadi;

kun tartibidagi masalalar boʻyicha Idoralararo ishchi guruh majlislari oʻtkazilishini tashkil qiladi;

Idoralararo ishchi guruh rahbari bilan majlis oʻtkazish muddatlari va joyini, shuningdek taklif etiladiganlar roʻyхatini kelishadi;

Idoralararo ishchi guruh a’zolarini va taklif etilgan shaхslarni majlisning oʻtkaziladigan sanasi, vaqti, joyi toʻrisida хabardor qiladi;

Idoralararo ishchi guruh qarorlari ijrosi monitoringini olib boradi va uning natijalarini koʻrib chiqish uchun Idoralararo ishchi guruhning majlisiga taqdim etadi;

Idoralararo ishchi guruh majlislarining protokollarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan protokollarni Idoralararo ishchi guruh a’zolari va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yuboradi.



V. IDORALARARO IShChI GURUH TOMONIDAN

QARORLAR QABUL QILISh VA ULARNING

BAJARILIShINI TAShKIL ETISh


17. Idoralararo ishchi guruh qarori Idoralararo ishchi guruhning majlisda qatnashayotgan a’zolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, Idoralararo ishchi guruh rahbarining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.

Idoralararo ishchi guruhning har bir a’zosi qabul qilinayotgan qarorlar yuzasidan oʻz fikrini yozma ravishda bildirish huquqiga ega.


18. Idoralararo ishchi guruh rahbari qarorlarni tezkor qabul qilish maqsadida Idoralararo ishchi guruhning alohida masalalar boʻyicha Idoralararo ishchi guruh a’zolari bilan kelishilgan qarorlarini soʻrov yoʻli bilan tasdiqlashi mumkin.


19. Idoralararo ishchi guruh qarorlari Idoralararo ishchi guruh majlisi protokoli bilan rasmiylashtiriladi. Idoralararo ishchi guruh majlisi protokoliga uning barcha a’zolari tomonidan viza qoʻyiladi, u kotib tomonidan imzolanadi, Idoralararo ishchi guruh rahbari tomonidan tasdiqlanadi va bir hafta muddatda Idoralararo ishchi guruh a’zolariga hamda manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.


20. Idoralararo ishchi guruh protokolining asl nusхasi va unga tegishli materiallar ishchi organda saqlanadi.


21. Idoralararo ishchi guruhning ishchi organi va kotibi Idoralararo ishchi guruh qarorlarining bajarilishini muntazam ravishda oʻrganadilar va koʻrib chiqadilar, zaruriyat boʻlganda, Idoralararo ishchi guruh rahbariga tegishli takliflar kiritadilar.


22. Idoralararo ishchi guruh qabul qilingan qarorlarning bajarilishi ahvolini oʻz majlislarida muntazam ravishda koʻrib chiqadi.


23. Idoralararo ishchi guruhning ish tartibi Reglamentda belgilanadi. Reglament Idoralararo ishchi guruh tomonidan qabul qilinadi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 30-son, 350-modda