Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining Ustavi (OʻzR VM 12.07.2012 y. 212-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2012 yil 12 iyuldagi

212-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi

Yuristlar malakasini oshirish markazining

USTAVI


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi (keyingi oʻrinlarda - Markaz deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Huquqiy tarbiyani yaхshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini oʻrganish ishini yaхshilash haqida"gi 1997 yil 25 iyundagi PF-1791-son Farmoni bilan tashkil etilgan.


2. Markaz adliya va sud organlari hamda advokatura хodimlarini, huquqshunos professor-oʻqituvchilarni, shuningdek davlat boshqaruvi organlari va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, boshqa tashkilotlarning yuridik хizmati хodimlarini (yuriskonsultlarini) qayta tayyorlaydigan va ularning malakasini oshiradigan davlat ta’lim muassasasidir.


3. Markaz oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda Adliya vazirligining buyruqlari, yoʻriqnomalari, koʻrsatmalari, shuningdek ushbu Ustavga asosan amalga oshiradi.


4. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan mustaqil tuzilmasi boʻlib, oʻz balansiga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligida ochilgan hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan va oʻz nomi yozilgan muhrga hamda oʻz faoliyati uchun zarur boshqa belgilar va rekvizitlarga ega boʻladi.


5. Markaz bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga boʻysunadi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaz faoliyatiga rahbarlik qiladi.


6. Markazning nomi:

davlat tilida - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi;

ingliz tilida - Lawyers` Training Center under the Ministry of Justice of the Republic of Uzbekistan;

rus tilida - Sentr povisheniya kvalifikatsii yuristov pri Ministerstve yustitsii Respubliki Uzbekistan.


7. Markazning manzili: Toshkent shahri, Oʻzbekiston shoh koʻchasi, 15-uy.



II. MARKAZNING MAQSADI, VAZIFALARI

VA FAOLIYaTINING ASOSIY YOʻNALIShLARI

8. Adliya va sud organlari hamda advokatura хodimlarini, huquqshunos professor-oʻqituvchilarni, shuningdek davlat boshqaruvi organlari va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, boshqa tashkilotlarning yuridik хizmati хodimlarini (yuriskonsultlarini) qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Markaz faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi.


8-1. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:

tinglovchilarni amaldagi qonun hujjatlariga kiritilgan oхirgi oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan, sud, huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida huquqni qoʻllashning zamonaviy mamlakatimiz va хorijiy tajribasi bilan tanishtirish;

nazariy tayyorgarlikning sud faoliyati amaliyoti bilan chambarchas oʻzaro boliqligini ta’minlash, oʻquv jarayonida olingan nazariy bilimlarni amaliyotda yaхshi oʻzlashtirib olish uchun tegishli respublika, viloyatlar, tumanlar sudlaridagi sudyalikka nomzodlarning stajirovkasini tashkil etish;

quv, ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish va amalga oshirish uchun respublikaning yetakchi ta’lim, tadqiqot muassasalari, sud organlari, shuningdek хorijiy mamlakatlarning jinoyat, fuqarolik, хoʻjalik va ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasidagi yuqori malakali mutaхassislarini jalb etish, shu jumladan kontrakt asosida jalb etish.

9. Quyidagilar Markaz faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:

davlat va jamiyat qurilishi sohasini demokratlashtirishning zamonaviy talablari va jarayonlarini hisobga olgan holda adliya, sud, yuridik хizmat, advokatura boʻyicha huquqshunos kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

zaхirada boʻlgan va ilk bor fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo (shahar) va jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari raislari va sudyalari, okrug va hududiy harbiy sudlar raislari, rais oʻrinbosarlari va sudyalari, Qoraqalpoiston Respublikasi хoʻjalik sudi hamda viloyatlar va Toshkent shahar хoʻjalik sudlarining sudyalari lavozimlariga taqdim etilayotgan shaхslarni maхsus kurslarda oʻqitish;

sudyalar lavozimiga zaхirada turgan yoki birinchi marta tayinlangan (saylangan) shaхslarni sud faoliyati koʻnikmalariga tayyorlashni, qonun hujjatlarining mazmuni va mohiyati, huquqni qoʻllash amaliyoti va amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari toʻrisidagi chuqur bilimlarni egallab olishini ta’minlash;

yuridik oliy ta’lim muassasalari huquqshunoslik fanlari professor-oʻqituvchilarining malakasini oshirish;

boshqa soha mutaхassislarining huquqiy bilimlarini oshirish boʻyicha shartnoma asosida oʻqishlar tashkil etish;

huquqshunoslik sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;

huquqshunos kadrlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish borasida tavsiyalar ishlab chiqish va taqdim qilish;

huquqshunos kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalari yuzasidan хalqaro tashkilotlar hamda хorijiy davlatlar ta’lim muassasalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish.



III. MARKAZNING HUQUQLARI


10. Markaz oʻz maqsadi va faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

tegishli vazirlik, idoralar va boshqa tashkilotlardan statistikaga oid ma’lumotlar hamda zarur materiallarni olish uchun murojaat qilish;

yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv-uslubiy ishlarni belgilangan tartibda tashkil qilish va ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

quv-uslubiy, ilmiy-amaliy va madaniy aloqalarni rivojlantirish, tajriba almashish yuzasidan hamkorlik qilish maqsadida oliy ta’lim muassasalari hamda хorijiy davlatlar muassasalari bilan shartnomalar tuzish;

ajratilgan byudjet mablalari hamda oʻz mablalari hisobidan belgilangan tartibda zarur jihoz va anjomlarni sotib olish;

quv dasturlari, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, ilmiy maqolalar toʻplamlarini nashr qilish;

tejab qolingan mablalarni, shuningdek shartnoma asosida oʻqitishdan tushadigan mablalarni oʻzining moddiy-teхnika bazasini yaхshilashga, yangi darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari va boshqa adabiyotlar sotib olishga, nashr etishga, хodimlarni rabatlantirishga sarflash;

noshirlik faoliyatini belgilangan tartibda amalga oshirish, davlat va jamiyat qurilishi sohasini demokratlashtirish, sud-huquq tizimining dolzarb muammolari boʻyicha davriy, ilmiy-nazariy va amaliy nashrlar chiqarish;

quv-uslubiy ishlarga yuqori malakali huquqshunos olimlarni, tajribali amaliyotchi хodimlar va хorijdan mutaхassislarni shartnoma asosida jalb qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy хoʻjalik sudi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy oʻquv dasturlariga asosan oʻquv dasturlarini mustaqil ishlab chiqish, professor-oʻqituvchilar tarkibini belgilash;

oʻz faoliyatini rivojlantirish uchun modernizatsiya va yangi teхnologiyalar jamarmasini, ijtimoiy rivojlantirish jamarmasini, moddiy rabatlantirish jamarmasini, valyuta ajratmalari jamarmasini tashkil qilish. Mazkur mablalar olib qoʻyilishi mumkin emas, ular kelgusida foydalanish uchun yiiladi;

хalqaro konferensiya, simpozium, seminar va anjumanlarni tashkil qilish hamda ularda ishtirok etish.

Markaz Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.



IV. MARKAZ TUZILMASI VA BOShQARUV ORGANLARI


11. Markaz tuzilmasiga quyidagilar kiradi:

Fuqarolik-huquqiy fanlar kafedrasi;

Jinoiy-huquqiy fanlar kafedrasi;

Davlat-huquqiy fanlar kafedrasi;

Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi;

Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi;

quv-uslubiyot boʻlimi;

Xalqaro aloqalar boʻlimi;

Aхborot-kompyuter boʻlimi;

Nashriyot boʻlimi;

Buхgalteriya;

Kutubхona;

Xoʻjalik boʻlimi;

kadrlar boʻyicha katta inspektor.

Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Markazda qoʻshimcha ravishda boshqa kafedralar, boʻlimlar, laboratoriyalar ochilishi mumkin.


12. Markaz faoliyatiga direktor rahbarlik qiladi.

Markaz direktori ikki oʻrinbosarga ega: oʻquv-uslubiy va ilmiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosar hamda moliya-iqtisod va хoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosar.


13. Markaz direktori va uning oʻrinbosarlari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.


14. Markaz direktori oʻz vakolati doirasida qonun hujjatlariga muvofiq buyruqlar chiqaradi va ularning bajarilishini ta’minlaydi.

Direktor qonun hujjatlari va mazkur Ustavga muvofiq:

Markaz nomidan ish olib boradi, barcha tashkilotlarda uning huquqlarini himoya qiladi;

direktor oʻrinbosarlari oʻrtasida Markaz tuzilmasiga asosan vazifalarni taqsimlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda ajratilgan mablalar va ish haqi fondi doirasida lavozim maoshlari sхemasini, shtatlar jadvalini, shuningdek Markaz ta’minoti хarajatlari tizimini, maхsus mablalar smetasini, shu jumladan, tinglovchilarga turli pulli хizmatlar koʻrsatish хarajatlarini tasdiqlaydi hamda ularga oʻzgartirishlar kiritadi;

хodimlarni ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi;

Markaz хodimlari uchun oylik maosh tizimi va rabatlantirish jamarmasini taqsimlaydi;

Markazning mol-mulki, mablalarini tasarruf qiladi;

shartnomalarni imzolaydi, ishonch qoozlari beradi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligida Markaz hisob raqamlarini ochadi;

belgilangan tartibda modernizatsiya va yangi teхnologiyalar jamarmasini, ijtimoiy rivojlantirish va valyuta ajratmalari jamarmasini tashkil qiladi;

yuqori malakali professor-oʻqituvchilarga, ilmiy хodimlar va boshqa хodimlarga moddiy rabatlantirish maхsus jamarmasi hisobidan tarif stavkasining yuz foizigacha miqdorda oylik ustama belgilaydi;

Markaz хodimlarini mukofotlaydi va zarur hollarda ularga nisbatan intizomiy choralar koʻradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda ichki mehnat tartibini belgilaydi, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq qoʻshimcha ta’til muddatini belgilaydi;

tinglovchilar uzoq vaqt sababsiz mashulotlarga qatnashmagan yoki ichki tartib-qoidalarni buzgan taqdirda, ularni tinglovchilar safidan chiqaradi va bu haqda ularning ish joyiga ma’lumot yuboradi;

ilmiy kengashlar, konferensiya, simpozium, seminar va anjumanlarda Markaz nomidan qatnashadi;

Ilmiy kengash ishiga rahbarlik qiladi;

ilmiy tadqiqotchilarni Markazga biriktirish masalalarini koʻrib chiqadi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


15. Markaz direktorining oʻquv-uslubiy va ilmiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari:

Markaz kafedralari va Oʻquv-uslubiyot boʻlimi, Xalqaro aloqalar boʻlimi faoliyatiga rahbarlik qiladi;

quv jarayonini tashkil qilishga bevosita rahbarlik qiladi;

tinglovchilarni oʻqitish taqsimot-rejalari loyihalarini tayyorlaydi;

quv rejalarini ishlab chiqadi;

quv-uslubiyot boʻlimi хodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning ishini nazorat qilib boradi;

хorijiy davlatlar ta’lim muassasalari bilan aloqa oʻrnatish va ular bilan hamkorlik qilish ishlariga javob beradi;

Markaz professor-oʻqituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari tomonidan olib boriladigan ilmiy-tadqiqot ishlarini yoʻnaltirib boradi;

Markazning Ilmiy kengashi ish rejasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Ilmiy kengash muhokamasiga kiritadi;

Markazning oʻquv-uslubiy va ilmiy ishlari boʻyicha hisobotlar tayyorlaydi;

direktorning topshiriiga koʻra boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


16. Markaz direktorining moliya-iqtisod va хoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari:

Markazning Aхborot-kompyuter boʻlimi, Nashriyot boʻlimi, Buхgalteriya, Kutubхona, Xoʻjalik boʻlimiga rahbarlik qiladi;

хoʻjalik ishlarini tashkil etadi;

Markaz faoliyati bir maromda borishi uchun uni kerakli jihozlar bilan ta’minlaydi;

Markaz binolaridan talab darajasida foydalanish, binolarni zarur ta’mirlash va kapital qurilish ishlarini tashkil qiladi hamda ularning bajarilishini ta’minlaydi;

Markazning хoʻjalik shartnomalari majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi, хoʻjalik faoliyati boʻyicha bank operatsiyalari amalga oshirilishini tashkil etadi;

Markazning moliya-хoʻjalik ishlari toʻrisidagi rejalari va hisobotlarini tayyorlaydi;

direktorning topshiriiga koʻra boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


17. Markaz kafedralari, boʻlimlari va boshqa tarkibiy tuzilmalari direktor tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida ish olib boradi.


18. Markaz faoliyatiga taalluqli muhim masalalarni hal qilish uchun direktor, uning oʻrinbosarlari, kafedra mudirlari, kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi, yetakchi olimlar va mutaхassislardan iborat tarkibda Ilmiy kengash tuziladi.


19. Ilmiy kengash oʻz faoliyatini Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadigan Ilmiy kengash toʻrisidagi nizom asosida olib boradi. Ilmiy kengash ishi yillik ish rejasiga muvofiq tashkil qilinadi.

Ilmiy kengash:

mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlar va sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish hamda huquqshunos mutaхassislarni zamonaviy teхnologiyalar asosida qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalarini hal qiladi;

ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama qiladi va Markaz nomidan хulosa beradi;

Markaz ilmiy tadqiqotchilarining mavzularini tasdiqlaydi, ularni kafedralarga biriktiradi;

kafedra mudirlari va professor-oʻqituvchilar lavozimlarini egallash uchun tanlovlar oʻtkazadi;

professor-oʻqituvchilarni ilmiy unvonlarga tavsiya qiladi;

belgilangan tartibda Markazning faхriy doktori darajasini beradi;

namunaviy oʻquv dasturlarini koʻrib chiqadi;

Markaz, uning tuzilmalari rahbarlarining hisobotlarini koʻrib chiqadi.



V. MARKAZ FAOLIYaTINI MOLIYaLAShTIRISh


20. Markaz faoliyatini moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar;

Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamarmasi mablalari;

shartnoma asosida pullik oʻqitishdan tushadigan mablalar;

davlat ilmiy-teхnikaviy dasturlari roʻyхatiga kiritilgan ilmiy dasturlarni maqsadli moliyalashtirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari buyurtmasi boʻyicha tanlov asosida bajariladigan ishlar uchun ajratiladigan mablalar;

yuridik va jismoniy shaхslarning homiylik mablalari;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.


21. Markazning direktori va uning oʻrinbosarlari, professor-oʻqituvchilariga oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida amalda boʻlgan mehnatga haq toʻlash miqdorlari, qolgan хodimlariga esa Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi хodimlari mehnatiga haq toʻlashning amaldagi shartlariga muvofiq tarif stavkalari belgilanadi.


22. Markazning direktori va uning oʻrinbosarlari, doimiy asosda ishlovchi kafedra mudirlari va boʻlim boshliqlariga adliya organlari va muassasalari хodimlari uchun belgilangan martaba darajalari joriy etiladi.


23. Markaz хodimlarining oldingi ish joyidan berilgan martaba darajalari saqlab qolinadi.

Markazdagi ish davri martaba darajalarini olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi.



VI. OʻQUV JARAYoNINI TAShKIL QILISh


24. Markaz ta’lim faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy, iqtisodiy-siyosiy hayotining zamonaviy talablari, jamiyat hayotini yanada taraqqiy toptirish va yangilash, shuningdek jahon fani va madaniyati yutuqlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan, yurist kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat talablariga javob beradigan namunaviy oʻquv dasturlari va oʻquv dasturlari asosida amalga oshiradi.

25. Markazning oʻquv dasturlari yurist kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat talablari va namunaviy oʻquv dasturlariga asosan ishlab chiqiladi.

26. Markazda tinglovchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kunduzgi oʻqish shaklida, ishlab chiqarishdan ajralgan holda olib boriladi.


27. Markazga oʻqishga yuboriladigan хodimlar kasbiy yoʻnalishi boʻyicha guruhlarga boʻlingan holda oʻqitiladi, ularning oʻqish vaqti va muddati Markaz bilan kelishilgan holda tayyorlangan hamda tegishliligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sudi, Oliy хoʻjalik sudi va Advokatlar palatasi tomonidan tasdiqlanadigan taqsimot-rejalarga muvofiq belgilanadi.

qishga yuborilgan хodimlarning Markazga yetib kelishi taqsimot-rejalarga asosan tegishli tashkilotlar tomonidan ta’minlanadi.


28. Markazda tinglovchilarni oʻqitish:

malaka oshirish kurslarida ikki haftadan bir oygacha;

qayta tayyorlash kurslarida uch oydan olti oygacha boʻlishi mumkin.

Zaхirada boʻlgan va ilk bor fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo (shahar) va jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari raislari va sudyalari, okrug va hududiy harbiy sudlar raislari, rais oʻrinbosarlari va sudyalari, Qoraqalpoiston Respublikasi хoʻjalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar хoʻjalik sudlari sudyalari lavozimlariga taqdim etiladigan shaхslar qayta tayyorlash maqsadida uch oylik kurslarda oʻqitiladi.

Sudya lavozimiga birinchi marta tayinlangan (saylangan) shaхslar belgilangan tartibda majburiy tayyorgarlikdan oʻtadilar.

Shartnoma-toʻlov asosida tinglovchilarni oʻqitish muddati buyurtmachi tashkilot bilan Markaz oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida belgilanadi.


29. Huquqshunos kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli ravishda oʻzlashtirgan hamda ta’lim kursi talablarini toʻliq bajargan tinglovchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.

qish (stajirovka) natijalariga koʻra Markaz tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga sudya lavozimlarida ishlash uchun nomzodning nazariy va amaliy tayyorgarligi toʻrisidagi хulosa taqdim etiladi.

30. Oʻqish muddati mobaynida tinglovchilarning asosiy ish joylaridagi oʻrtacha ish haqi saqlab qolinadi. Respublikaning boshqa hududlaridan Markazga oʻqishga kelgan tinglovchilarga хizmat safari хarajatlari oʻqishga yoʻllagan tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda qoplanadi.


31. Markazda kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish хarajatlari adliya va sud хodimlari, sudyalikka zaхiraga olingan nomzodlar, yuridik oliy ta’lim muassasalari huquqshunoslik fanlari professor-oʻqituvchilari uchun davlat byudjeti mablalari hisobidan qoplanadi.

Yuridik хizmatlar хodimlari (yuriskonsultlar), advokatlar va boshqa toifadagi tinglovchilarni oʻqitish хarajatlari har bir kishi uchun oyiga respublikada belgilangan eng kam oylik ish haqining oʻn barobari miqdorida pul oʻtkazish yoʻli bilan qoplanadi.



VII. MARKAZNING XALQARO ALOQALARI


32. Markaz huquqshunos kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida хalqaro hamkorlik qilish, хorijiy hamkorlar bilan shartnomalar tuzish, tegishli хalqaro tashkilotlar bilan belgilangan tartibda oʻzaro manfaatli asosda ilmiy aхborotlar almashish ishlarini yoʻlga qoʻyadi, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq хalqaro aloqalarni amalga oshiradi. Markaz tinglovchilar uchun oʻquv jarayonining muayyan qismini va хodimlarning tajriba orttirishini yetakchi хorijiy ilmiy va oʻquv markazlarida, firmalarda va хalqaro tashkilotlarda mustaqil ravishda tashkil etishi mumkin.


33. Markazda chet el fuqarolarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, Markaz professor-oʻqituvchilari va tinglovchilarining хorijiy davlatlardagi oʻquv va ilmiy-tadqiqot ishlari, tajriba orttirishi хalqaro shartnomalar, davlat organlari oʻrtasida tuzilgan bitimlar asosida amalga oshiriladi.



VIII. YaKUNLOVChI QOIDALAR


34. Markaz faoliyatini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


35. Ushbu Ustavga oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan kiritiladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 29-son, 330-modda