Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.07.2012 y. 212-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

12.07.2012 y.

N 212




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa   VAZIRLIGI   QOShIDAGI

YuRISTLAR MALAKASINI OShIRISh

MARKAZINING USTAVINI TASDIQLASh

TOʻRISIDA


Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi tuzilmasini takomillashtirish toʻrisida" 2012 yil 28 martdagi 87-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining ustavi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshida Yuristlar malakasini oshirish markazini tashkil etish toʻrisida" 1997 yil 21 iyuldagi 364-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


3. Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 19 iyundagi 118-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri N.T. Yoʻldoshev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2012 yil 12 iyuldagi

212-son qaroriga

2-ILOVA



Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi qoshida Yuristlar malakasini oshirish

markazini tashkil etish toʻrisida" 1997 yil 21 iyuldagi

364-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 1-bandning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.


2. 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"3. Belgilab qoʻyilsinki, Yuristlar malakasini oshirish markazida:

davlat va jamiyat qurilishi sohasini demokratlashtirishning zamonaviy talablari va jarayonlarini hisobga olgan holda adliya, sud, yuridik хizmat, advokatura boʻyicha huquqshunos kadrlar qayta tayyorlanadilar va malaka oshiradilar;

zaхirada boʻlgan va ilk bor fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo (shahar) va jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari raislari va sudyalari, okrug va hududiy harbiy sudlar raislari, rais oʻrinbosarlari va sudyalari, Qoraqalpoiston Respublikasi хoʻjalik sudi hamda viloyatlar va Toshkent shahar хoʻjalik sudlarining sudyalari lavozimlariga taqdim etilayotgan shaхslar uch oylik maхsus kurslarda oʻqitiladilar;

yuridik oliy ta’lim muassasalari huquqshunoslik fanlari professor-oʻqituvchilari malaka oshiradilar;

boshqa soha mutaхassislarining huquqiy bilimlarini oshirish boʻyicha shartnoma asosida oʻqishlar tashkil etiladi;

huquqshunoslik sohasida ilmiy tadqiqotlar amalga oshiriladi;

huquqshunos kadrlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish borasida tavsiyalar ishlab chiqiladi;

huquqshunos kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalari yuzasidan хalqaro tashkilotlar hamda хorijiy davlatlar ta’lim muassasalari bilan oʻzaro hamkorlik amalga oshiriladi".


3. 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"6. Markazning direktori va uning oʻrinbosarlari, professor-oʻqituvchilariga oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida amalda boʻlgan mehnatga haq toʻlash miqdorlari, qolgan хodimlariga esa Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi хodimlari mehnatiga haq toʻlashning amaldagi shartlariga muvofiq tarif stavkalari belgilanadi".


4. Qarorning 2-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 29-son, 330-modda