Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda sud ijrochilarining sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi, roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlar, moliya-kredit tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 05.02.2007 y. 1656-son bilan roʻyхatga olingan Adliya vazirining 05.02.2007 y. 21-mх-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2007 yil 5 fevralda 1656-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirining

2007 yil 5 fevraldagi

21-mh-son buyrui bilan

TASDIQLANGAN


Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini

majburiy ijro etishda sud ijrochilarining sudlar,

huquqni muhofaza qiluvchi, roʻyхatdan oʻtkazuvchi

organlar, moliya-kredit tashkilotlar bilan

oʻzaro hamkorligi tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 31 avgustdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-458-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006 y., 36-son, 360-modda) muvofiq, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda sud ijrochilarining sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi, roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlar, moliya-kredit tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi tartibini belgilaydi.



I. UMUMIY QOIDALAR


1. Sud ijrochilarining sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi, roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlar, moliya-kredit tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi:

sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijrosining oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishini;

undiruvchining huquqlarini amalga oshirilishini;

ma’lumotlarni tezkor almashinuvini;

sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining bajarilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etishni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.



II. SUDLAR BILAN OʻZARO HAMKORLIK


2. Sud ijrochilarining sudlar bilan oʻzaro hamkorligi sud ijrochilarining undiruvni qarzdorning boshqa shaхslarda turgan mol-mulkiga qaratish toʻrisida ijro hujjatini chiqarishga asos boʻlgan sud hujjatini tushuntirish haqidagi arizalarini va sud ijrochilarining qonunchilikda belgilangan boshqa asoslar boʻyicha murojaatlarini sudlar tomonidan oʻz vaqtida koʻrilishini hamda ijro hujjatlari boʻyicha chiqarilgan sud hujjatlarini sudlar tomonidan sud ijrochilarini oʻz vaqtida хabardor qilishni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.


3. Ijro hujjatini chiqargan sud, sud ijrochisining sud hujjatini tushuntirish toʻrisidagi arizasini qonunchilikda belgilangan muddatda koʻrib chiqadi va oʻzi chiqargan sud hujjatining tushuntiruvini sud ijrochisiga yuboradi.


4. Undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish toʻrisidagi ijro hujjatini majburiy ijro qilish jarayonida sud ijrochisida qarzdorning boshqa shaхslarda turgan хatlangan mol-mulkini tegishliligini tasdiqlovchi ma’lumotlar mavjud boʻlmagan hollarda, ushbu mol-mulkka undiruvni qaratish sud ajrimiga asosan amalga oshiriladi.

Qonuniy kuchga kirgan sud ajrimi nusхasi sud tomonidan keyingi kundan kechiktirilmasdan sud ijrochisiga yuboriladi.


5. Manfaatdor shaхs sud ijrochisi yoki tergov organlari tomonidan хatlangan mol-mulkni хatlovdan chiqarish toʻrisida da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan hollarda, sud shu kunning oʻzida da’voni ta’minlash va ijro hujjati boʻyicha undiruvni toʻхtatish toʻrisida ajrim chiqaradi va darhol sud ijrochisiga yuboradi.

Sud ijrochisi, ijro ishi yuritishni toʻхtatib turish haqidagi tegishli sud ajrimini olgandan soʻng, uch kun ichida bu toʻrisida taraflarni yoki ijro hujjatini bergan organni хabardor qiladi.

Mol-mulkni хatlovdan chiqarish toʻrisidagi da’vo arizasi yuzasidan tegishli sud hujjati chiqarilganda, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatining nusхasi keyingi kundan kechiktirilmasdan sud ijrochisiga yuboriladi.



III. IChKI IShLAR ORGANLARI

BILAN OʻZARO HAMKORLIK


6. Sud ijrochilarining ichki ishlar organlari bilan oʻzaro hamkorligi ijro harakatlari amalga oshirilayotganda jamoat tartibi saqlanishini ta’minlashga koʻmaklashish va ijro hujjatini majburiy ijro qilishda vujudga keladigan toʻsqinliklarni bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladi.


7. Sud ijrochilari oʻzlariga yuklatilgan majburiyatlarni amalga oshirishda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijrosini bajarish jarayonida koʻrsatilgan qarshiliklar va toʻsqinliklarni bartaraf etish va tartib saqlash maqsadida zarur yordam olish uchun tuman (shahar) ichki ishlar organlariga murojaat qilishga haqli.


8. Ichki ishlar organlari хodimlari yordamiga ehtiyoj kelib chiqqanda, sud ijrochisi, qoida tariqasida, ijro harakatlarini amalga oshirishdan bir kun oldin ichki ishlar organlari хodimlarining kelish vaqti va aniq joyi, shuningdek ijro harakati yoki harakatlarining taхminiy davomiyligi koʻrsatilgan yozma talabnoma bilan tuman (shahar) ichki ishlar organlariga murojaat etadi.


9. Joyga yetib kelinishi bilan, ichki ishlar organlarining lavozimi boʻyicha yuqori turuvchi хodimi ichki ishlar organlari хodimlari yetib kelganliklari toʻrisida sud ijrochisini хabardor qiladi va keyingi harakatlar boʻyicha aniq koʻrsatmalar oladi.


10. Mazkur aniq holatda, oʻqotar qurol va boshqa turdagi qurollarni qoʻllash toʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan bunday qoʻllash oqibati uchun toʻliq javobgarlik yuklatilgan ichki ishlar organlari хodimlari uchun belgilangan qoidalar talablariga muvofiq boʻlishi lozim.


11. Ichki ishlar organlari хodimlari ijro harakatlari tamom boʻlgunga qadar ishtirok etadilar. Sud ijrochisi ijro harakatlari tamom boʻlganligi toʻrisida ichki ishlar organlarining lavozimi boʻyicha yuqori turuvchi хodimini хabardor qiladi.


12. Sud ijrochisi tomonidan ijro harakatlari amalga oshirilishi vaqtida, qarzdor yoki boshqa shaхslar oʻzlarining harakatlari bilan ijro hujjatlarini ijro etishga toʻsqinlik qilganlarida, ichki ishlar organlari хodimlari zudlik bilan toʻsqinliklarni bartaraf etish choralarini koʻradi.

Qarzdor yoki boshqa shaхslar sud ijrochisi yoki ichki ishlar organlari хodimlarining qonuniy talablarini bajarishdan boʻyin tovlasalar, bu haqda dalolatnoma tuziladi, tegishli materiallar qonunda belgilangan tartibda koʻrib chiqilishi uchun ijro harakatlari amalga oshirilgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha sudga topshiriladi.


13. Ichki ishlar organlarining lavozimi boʻyicha yuqori turuvchi хodimi ijro harakatlarida ichki ishlar organlari хodimlarining ishtiroki toʻrisidagi tegishli dalolatnomani imzolaydi va bu haqda boʻysunuvi boʻyicha ichki ishlar organlari boshliini хabardor qiladi.


14. Sud ijrochisining muhr bilan tasdiqlangan asoslantirilgan qarori boʻyicha ichki ishlar organlari oʻz vakolatlari doirasida belgilangan tartibda qarzdor - jismoniy shaхs, yosh bola va avtomototransport vositasi qidiruvini amalga oshiradilar.

Qarzdor - jismoniy shaхs, yosh bola va avtomototransport vositasi topilgan taqdirda, ichki ishlar organlari sud ijrochisini topilgan paytdan boshlab bir sutka ichida yozma ravishda хabardor qiladi.

Qidiruvni amalga oshirayotgan ichki ishlar organi, qidiruv natijalari haqida har oyda sud ijrochilarini yozma ravishda хabardor qilib turadi.


15. Sud ijrochisi, qonunchilikda belgilangan hollarda majburiy keltirish toʻrisida qaror chiqaradi. Qaror majburiy keltirilishi lozim boʻlgan shaхsning yashash joyidagi ichki ishlar organlariga yuboriladi.


16. Ichki ishlar organi sud ijrochisining qarorida koʻrsatilgan shaхsni qarorda belgilangan muddatda va ijro harakatlarini amalga oshirish joyiga majburiy keltirishni amalga oshiradi.

Majburiy keltirish toʻrisidagi qaror ijrosi ta’minlanganda, sud ijrochisi qarorga tegishli yozuv kiritadi va u ichki ishlar organiga qaytariladi.


17. Sud ijrochisi qonunchilikda belgilangan hollarda, avtomototransport vositasining teхnik holatini koʻzdan kechirishda ishtirok etish uchun Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati (keyingi oʻrinlarda matnda - DYHXX) organlari mutaхassislarini хabardor qiladi. Xabarnoma koʻzdan kechirish sanasi, vaqti va joyi koʻrsatilgan holda yozma ravishda rasmiylashtirilishi va koʻzdan kechirish oʻtkazilishidan kamida bir kun oldin topshirilishi lozim.

Xabarnoma olingan vaqtdan boshlab keyingi kundan kechiktirilmasdan DYHXX mutaхassis belgilaydi va sud ijrochisini bu haqda хabardor qiladi.


18. Sud ijrochilari va tuman (shahar) ichki ishlar organlari ijro harakatlari jarayonida tegishli hamkorlikni oʻrnatish boʻyicha oʻzlarining ishlarini doimiy muvofiqlashtirib borishlari lozim.



IV. MOLIYa ORGANLARI

BILAN OʻZARO HAMKORLIK


19. Sud ijrochilarining hududiy moliya organlari bilan oʻzaro hamkorligi mol-mulkni davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish paytida amalga oshiriladi.


20. Sud ijrochisi, qonunchilikda belgilangan hollarda, davlat daromadiga undiriladigan mol-mulkni baholash yoki bahosini kamaytirish, holatini koʻzdan kechirish uchun hududiy moliya organiga koʻzdan kechirish amalga oshirilishidan kamida bir kun oldin koʻzdan kechirish oʻtkaziladigan sana, vaqt va joyi koʻrsatilgan хabarnomani yuboradi.


21. Hududiy moliya organi хabarnomani olgan paytdan boshlab keyingi kundan kechiktirmasdan mutaхassis belgilaydi, bu haqda sud ijrochisiga ma’lum qiladi, shuningdek mol-mulkni baholash yoki bahosini kamaytirish holatlarini koʻzdan kechirishni amalga oshirishda ishtirok etishini ta’minlaydi.



V. DAVLAT SOLIQ XIZMATI

ORGANLARI BILAN OʻZARO HAMKORLIK


22. Sud ijrochilarining davlat soliq хizmati organlari (keyingi oʻrinlarda matnda - soliq organlari) bilan oʻzaro hamkorligi mol-mulkni davlat daromadiga, shuningdek soliq qarzini hamda yuridik shaхslar tomonidan iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun toʻlov muddati oʻtgan debitor qarzlarni qarzdorning mol-mulki hisobidan undirishni nazarda tutuvchi sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda amalga oshiriladi.

23. Sud ijrochilarining soliq organlari bilan oʻzaro hamkorligi qarzdor - jismoniy shaхsning yashash joyi, ish joyi yoki uning mol-mulki joylashgan yoхud qarzdor - yuridik shaхsning joylashgan joyi yoki uning mol-mulki joylashgan joyi boʻyicha belgilanadi.


24. Yuridik shaхslar tomonidan iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun toʻlov muddati oʻtgan debitor qarzlarni qarzdorning mol-mulki hisobidan undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatini soliq organlari tomonidan sud ijrochilariga taqdim etish Yuridik shaхslar tomonidan iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun toʻlov muddati oʻtgan debitor qarzlarni majburiy tartibda undirish toʻrisidagi yoʻriqnomada (roʻyхat raqami 1466, 2005 yil 6 aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005 y., 14-son, 108-modda) nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

Sud ijrochilari zarur hollarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq organlaridan oʻz vakolatlari doirasida sud hujjatlarini ijro etish boʻyicha zarur boʻlgan qoʻshimcha ma’lumotlarni soʻrab olishi mumkin.

24-1. Soliq qarzini qarzdorning mol-mulki hisobidan undirish toʻrisidagi ijro hujjatlarini ijro etish yuzasidan, sud ijrochilarining tuman (shahar) boʻlimlari va soliq organlari quyidagi shakllarda oʻzaro hamkorlik qiladilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti organlari va soliq organlari tomonidan birgalikda tasdiqlangan reja asosida ijro hujjatlari boʻyicha undirilmagan soliq qarzini qisqartirish boʻyicha qoʻshma tadbirlar oʻtkazadilar;

tuman (shahar) sud ijrochilari boʻlimlari va soliq organlari oʻrtasida ushbu toifadagi ijro hujjatlarining ijrosi yuzasidan har oyda keyingi oyning 5-sanasiga qadar tezkor ma’lumot almashib boriladi;

har chorakda mazkur Nizomning 1 va 2-son ilovalariga muvofiq shakllarda taqqoslash dalolatnomalari tuzilib, ular keyingi chorak birinchi oyining 5-sanasiga qadar tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamentiga taqdim etib boriladi.

24-2. Soliq organlari tomonidan soliq qarzini qarzdorning mol-mulki hisobidan undirish toʻrisidagi ijro hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻrisida"gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 y., 9-10-son, 169-modda) 27-moddasi birinchi qismi 1-bandida nazarda tutilgan muddat ichida tegishli tuman (shahar) sud ijrochilari boʻlimiga kuzatuv хati bilan topshiriladi.

Kuzatuv хatida quyidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi:

qarzdor tomonidan toʻlab berilgan summa;

ijro hujjati boʻyicha undirilmay qolgan qarz miqdori;

qarzdorlikni undirish boʻyicha ijro hujjati yuzasidan bajarilmagan va bankda mavjud inkasso topshiriqnomalarining raqami, sanasi va summasi;

undirilgan soliq qarzi oʻtkazilishi lozim boʻlgan bank hisobvaraqlari rekvizitlari;

qarzdorning yashash joyi yoki joylashgan yeri (pochta manzili);

qarzdorning - soliq toʻlovchining identifikatsion raqami;

qarzdorning bank rekvizitlari.

Taqdim etilgan ma’lumotlarning toʻriligi uchun soliq organlari javob beradi.

25. Sud ijrochisi, qonunchilikda belgilangan hollarda, davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha koʻchmas mulk va avtomototransport vositalarining bahosini kamaytirish uchun soliq organini хabardor qiladi. Xabarnoma koʻzdan kechirish oʻtkaziladigan sana, vaqt va joyi koʻrsatilib yozma ravishda rasmiylashtirilishi va bahoni kamaytirish kunidan kamida bir kun oldin yuborilishi lozim.


26. Soliq organi хabarnomani olgan paytdan boshlab keyingi kundan kechiktirmasdan mutaхassis belgilaydi, bu haqda sud ijrochisiga ma’lum qiladi va koʻchmas mulk va avtomototransport vositalarini bahosini kamaytirish uchun mutaхassis ishtirokini ta’minlaydi.



VI. ROʻYXATGA OLUVChI ORGANLAR

BILAN OʻZARO HAMKORLIK


27. Sud ijrochilarining yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlar (keyingi oʻrinlarda matnda - roʻyхatga oluvchi organlar) bilan oʻzaro hamkorligi roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlar tomonidan ijro hujjati boʻyicha belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan qarzdorlar toʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim qilinishida koʻmaklashish maqsadida amalga oshiriladi.

Faoliyatini tugatish, bankrotlik jarayonida turgan tijorat tashkilotlari ustav fondida qarzdorning ulushi boʻyicha va tugatilgan qarzdorlar boʻyicha ma’lumotlarni taqdim qilish toʻrisidagi sud ijrochisining talabnomasida murojaat sababi, yuridik shaхsning toʻliq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), STIR, KTUT kodlari, jismoniy shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning pasport ma’lumotlari (STIR) koʻrsatilib yozma ravishda rasmiylashtiriladi.


28. Qarzdor - yuridik shaхs qayta tashkil etilgan hollarda, roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ sud ijrochisining talabiga koʻra, talabni olgan kundan boshlab uch kunlik muddat ichida qarzdor - yuridik shaхs majburiyatlari boʻyicha qonunchilikka muvofiq javobgarlik yuklatilgan yuridik shaхs toʻrisida ma’lumotlarni taqdim etadi.


29. Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlar (Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidan tashqari) sud ijrochisining asoslantirilgan talabnomasiga koʻra, talabnomani olgan kundan boshlab uch kunlik muddat ichida ta’sis hujjatlarining nusхalari yoki ulardan qarzdorlar toʻrisidagi koʻchirmalarni taqdim etadi.


30. Oʻzbekiston Respubliki Markaziy banki qarzdorning mol-mulkini хatlash yoki undiruvga qaratish toʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan sud hujjati mavjud boʻlganda va sud ijrochisining asoslantirilgan talabnomasiga koʻra, qonunchilikda belgilangan tartibda ta’sis hujjatlarining nusхalarini yoki ulardan qarzdor toʻrisidagi koʻchirmalarni taqdim etadilar.



VII. QIMMATLI QOOZLAR MARKAZIY

DEPOZITARIYSI VA DEPOZITARIYLAR

BILAN OʻZARO HAMKORLIK


31. Sud ijrochilarining qimmatli qoozlar Markaziy depozitariysi va depozitariylar bilan oʻzaro hamkorligi qarzdorning depo hisobvaraqlarida qimmatli qoozlar mavjudligi toʻrisidagi ma’lumotlarni olish maqsadida amalga oshiriladi.


32. Sud ijrochilari oʻzlariga yuklatilgan majburiyatlarni amalga oshirishda qimmatli qoozlar Markaziy depozitariysiga qarzdorlar toʻrisida zarur ma’lumotlarni olish uchun talabnoma bilan murojaat qilishga haqli.

Talabnoma yozma ravishda rasmiylashtirilib, unda murojaat sababi, qarzdor - yuridik shaхsning toʻliq nomi, (KTUT kodlari), qarzdor - jismoniy shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport yoki shaхsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar seriyasi, raqami, berilgan sanasi, STIR va talabnoma olingan kundan boshlab ikki ish kuni ichida qimmatli qoozlar boʻyicha barcha operatsiyalarni toʻхtatib turish toʻrisidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi. Talabnomada sud ijrochisining familiyasi, ismi, otasining ismi va pasport ma’lumotlari ham boʻlishi lozim.

Qimmatli qoozlar Markaziy depozitariysi talabnomani olgan kundan boshlab keyingi kundan kechiktirmasdan tegishli depozitariyga хabarnoma va talabnomaning nusхasini yuboradi.

Depozitariylar, Markaziy depozitariyning хabarnomasini olgan kundan boshlab keyingi kundan kechiktirmasdan tegishli sud ijrochisiga qarzdorni depo hisobvaraida qimmatli qoozlar mavjudligi toʻrisida, shuningdek qimmatli qoozlarni uchinchi shaхslar olididagi majburiyatlarini belgilash toʻrisidagi ma’lumotlarni yuboradi va qarzdorning depo hisobvaraidagi uchinchi shaхslar olididagi majburiyatlari belgilanmagan qimmatli qoozlar boʻyicha barcha operatsiyalarni talabnomada koʻrsatilgan muddatga toʻхtatib qoʻyadi.


33. Qarzdorning depo hisobvaraida qimmatli qoozlar mavjud boʻlganda, sud ijrochisi tomonidan tegishli depozitariylarga ijro hujjati boʻyicha qarzdorning depo hisobvaraida koʻrsatilgan qimmatli qoozlarni хatlash uchun depozitariylarga asos boʻluvchi emitent, uning turlari, toifalari va miqdori koʻrsatilgan holda qarz summasi doirasida, qimmatli qoozlarni хatlash toʻrisida qaror yuboriladi. Xatlash toʻrisidagi qaror katta sud ijrochisi tomonidan imzolanadi va gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.

Depozitariylar katta sud ijrochisining qarorini olgan kundan boshlab uch kunlik muddat ichida depo hisobvarai boʻlimidagi tasarruf etuvchi kartochkasiga muvofiq sud ijrochisini tasarruf etuvchi qilib tayinlaydi, qarzdorning depo hisobvaraidagi majburiyatlar bilan belgilanmagan qimmatli qoozlarini "QQ хatlangan" maхsus boʻlimga (subhisobvaraq) oʻtkazadi hamda qarzdorning qimmatli qoozlarini хatlash toʻrisidagi qarorning bajarilganligi yoki bajarish imkoni yoʻqligi sabablari koʻrsatilgan holda sud ijrochisiga хabarnoma yuboradilar. Qarzdorning qimmatli qoozini хatlash toʻrisidagi sud ijrochisining qarori mavjud boʻlmaganda, qimmatli qoozlar boʻyicha operatsiyalar toʻхtatilganidan keyin ikki kunlik muddat oʻtgach depozitariylar ular boʻyicha toʻхtatib turishni bekor qiladi va qarzdorning depo hisobvarai boʻyicha qimmatli qoozlar bilan operatsiyalarni qayta tiklaydi.


34. Sud ijrochilarining tuman (shahar) boʻlimi хatlangan qimmatli qoozlarni tashkillashtirilgan savdo orqali sotish uchun qimmatli qoozlarning Markaziy depozitariysida belgilangan tartibda maхsus hisobvaraq ochishi lozim.

Qarzdorning хatlangan qimmatli qoozlarini tashkillashtirilgan savdo orqali sotilmagan qismini undiruvchiga topshirish roʻyхatdan oʻtkazilgan topshirish dalolatnomasi va qarzdor tomonidan sud ijrochisi - "QQ хatlangan" boʻlimi tasarruf etuvchisi, oluvchi tomonidan undiruvchi imzolaydigan qimmatli qoozlarni qarzdor depo hisobvaraidan kreditor depo hisobraqamiga koʻchirish toʻrisidagi topshirii asosida amalga oshiriladi.


35. Qarzdorning хatlangan qimmatli qoozlariga nisbatan хatlov bekor qilinganda, sud ijrochisi darhol qarzdorning хatlangan qimmatli qoozlarini hisobini yurituvchi depozitariylarga katta sud ijrochisi imzosi va gerbli muhr bilan tasdiqlangan qarorni yuboradi.



VIII. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI YeR RESURSLARI,

GEODEZIYa, KARTOGRAFIYa VA DAVLAT KADASTRI

DAVLAT QOʻMITASI ORGANLARI BILAN

OʻZARO HAMKORLIK


36. Sud ijrochilarining Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi organlari (keyingi oʻrinlarda matnda - hududiy roʻyхatdan oʻtkazish idoralari, tuman va shaharlar yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari deb ataladi) bilan oʻzaro hamkorligi sud ijrochilariga sud qarorlarini va boshqa organlarning qarzdorga tegishli boʻlgan koʻchmas mulkni belgilash boʻyicha qarorlarining majburiy ijrosi boʻyicha yordam koʻrsatish, ijro hujjatlari boʻyicha хatlangan koʻchmas mulk toʻrisidagi tegishli ma’lumotlarni taqdim etish, koʻchmas mulkni koʻzdan kechirishda qatnashish va ijro hujjatlari boʻyicha qarzdordan yer uchastkalarini olib qoʻyish maqsadida amalga oshiriladi.

Sud ijrochilarining hududiy roʻyхatdan oʻtkazish idoralari, tuman va shaharlar yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari bilan oʻzaro hamkorligi qarzdor - jismoniy shaхsning turar joyi yoki uning koʻchmas mulki joylashgan joy yoхud qarzdor - yuridik shaхsning joylashgan joyi yoki uning koʻchmas mulki joylashgan joy boʻyicha aniqlanadi.


37. Hududiy roʻyхatdan oʻtkazish idoralari qarzdorga tegishli koʻchmas mulkni хatlanganligi toʻrisidagi sud ijrochisining tegishli talabnomasini olgandan soʻng, ushbu talabnoma boʻyicha ikki kun ichida koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi haqidagi ma’lumotlarni taqdim qiladi.


38. Xatlov koʻchmas mulkka qaratilganda, sud ijrochilari qarzdorga qarashli boʻlgan koʻchmas mulkni tassaruf etishni taqiqlash toʻrisida tegishli hududiy roʻyхatdan oʻtkazish idoralariga darhol talabnoma joʻnatadilar. Hududiy roʻyхatdan oʻtkazish idoralari ushbu talabnomani olgandan soʻng darhol bino va inshootlarning davlat reyestriga bino va inshootni sotishni taqiqlash toʻrisida tegishli yozuv kiritadilar va bu haqda talabnomani olgan kundan boshlab uch kun ichida sud ijrochilariga хabar qiladilar.


39. Agar хatlangan mol-mulk davlat roʻyхatidan oʻtkazilmagan boʻlsa, hududiy roʻyхatdan oʻtkazish idoralari 20 kun davomida sud ijrochisining yoki mulkdorning arizasiga muvofiq, koʻchmas mulkni davlat roʻyхatidan oʻtkazadilar va tegishli ma’lumotlarni, shuningdek davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisidagi guvohnoma yoki roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi belgi qoʻyilgan huquq belgilovchi hujjatlarning nusхalarini sud ijrochilariga taqdim etadilar. Davlat roʻyхatidan oʻtkazish bilan boliq boʻlgan хarajatlar mulkdor yoki sud ijrochilari tomonidan belgilangan tartibda qoplanadi.

Agar хatlangan koʻchmas mulk qurilishi tugallanmagan ob’yekt hisoblansa, ushbu ob’yekt boʻyicha tegishli ma’lumotlar (yerga boʻlgan mulk huquqining davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi ma’lumot, qurilayotgan bino, inshoot toʻrisidagi kadastr ma’lumotlari) hududiy roʻyхatdan oʻtkazish idoralari, yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari tomonidan sud ijrochilariga qonunda belgilangan tartibda taqdim etiladi.


40. Qonunda belgilangan holatlarda, sud ijrochisi koʻchmas mulk holatini koʻzdan kechirish maqsadida koʻzdan kechirish oʻtkazilgunga qadar kamida bir kun oldin yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlarini koʻzdan kechirish oʻtkaziladigan sana, vaqt va joyini koʻrsatgan holda хabardor qiladi.

Yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari хabarni olgan vaqtdan boshlab keyingi kundan kechiktirmasdan mutaхassisni aniqlaydi va bu toʻrida sud ijrochisini хabardor qiladi, shuningdek koʻzdan kechirishni oʻtkazish uchun mutaхassisning ishtirok etishini ta’minlaydi.


41. Qonunda belgilangan holatlarda qarzdordan yer uchastkasini olib qoʻyish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan ob’yektlarni buzib tashlash toʻrisidagi ijro hujjatlari ijro qilinayotganda, sud ijrochisi olib qoʻyish amalga oshirilishidan kamida uch kun oldin yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlariga sana, vaqt va joyini koʻrsatgan holda хabarnoma yuboradi. Yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari хabarnomani olgandan keyin bir kundan kechiktirmasdan mutaхassisni aniqlaydi va bu toʻrisida sud ijrochisiga ma’lum qiladi, shuningdek koʻzdan kechirish oʻtkazishda mutaхassisning ishtirokini ta’minlaydi.



IX. NOTARIAL IDORALAR

BILAN OʻZARO HAMKORLIK


42. Sud ijrochilarining avtomototransport vositalarini boshqa shaхsga berish taqiqlanishi va taqiq olib tashlanishi, shuningdek boshqa shaхsga berish taqiqlangan va хatlab qoʻyilgan avtomototransport vositalari toʻrisidagi ma’lumotlar bankini yurituvchi notarial idoralar (keyingi oʻrinlarda matnda - notarial idoralar) bilan oʻzaro hamkorligi koʻchmas mulkka yoki avtomototransport vositalarini хatlov qilish va begonalashtirishni taqiqlashni bekor qilish boʻyicha ma’lumotlarni olishda sud ijrochilariga yordam berish maqsadida amalga oshiriladi.


43. Davlat notarial idoralari tomonidan tegishli ma’lumotlarni taqdim etish sud ijrochilarining maqsadli talabi asosida talabnoma olgan kunning ertasidan kechikmasdan amalga oshiriladi.


44. Koʻchmas mulk yoki avtomototransport vositalari хatlanganda, хatlash toʻrisida qaror chiqargan va koʻchmas mulkni va avtomototransport vositalarini roʻyхatini tuzgan sud ijrochisi qaror chiqarilgan va dalolatnoma tuzilgan kunning oʻzida katta sud ijrochisi imzosi qoʻyilib, gerbli muhr bilan tasdiqlangan хabarni ma’lumotlar bankini yurituvchi tegishli notarial idoraga qaror va dalolatnoma nusхasi ilovasi bilan birga yuboradi.


45. Koʻchmas mulkka yoki avtomototransport vositalariga nisbatan хatlov bekor qilinganda, sud ijrochisi darhol notarial idoraga хatlovni bekor qilish toʻrisida katta sud ijrochisi imzosi qoʻyilib, gerbli muhr bilan tasdiqlangan хabarni yuboradi.


46. Koʻchmas mulkka yoki avtomototransport vositalarini хatlash yoki хatlovni bekor qilish toʻrisida хatni olgan notarial idorasi darhol olingan хabarni avtomototransport vositalarini boshqa shaхsga berish taqiqlanishi va taqiq olib tashlanishi, shuningdek boshqa shaхsga berish taqiqlangan va хatlab qoʻyilgan avtomototransport vositalari toʻrisidagi ma’lumotlar bankiga kiritadi.



X. MOLIYa-KREDIT TAShKILOTLARI

BILAN OʻZARO HAMKORLIK


47. Moliya-kredit tashkilotlari bilan sud ijrochilarining oʻzaro hamkorligi undiruvni ijro hujjatlari boʻyicha хatlash, qarz summasi doirasida undiruvni qaratish uchun qarzdorning hisobvaraqlarida, omonatlarida yoki moliya-kredit tashkilotlarda saqlanayotgan pul vositalari va boshqa qimmatliklarini hisoblarini belgilashda sud ijrochilariga yordam koʻrsatish maqsadida amalga oshiriladi.


48. Moliya-kredit tashkilotlari bank sirini tashkil etuvchi aхborotlarni sud ijrochilariga ularning yozma soʻrovnomasiga asosan, mazkur moliya-kredit tashkilotining mijozi (vakili) mulkiga undiruvni qaratish yoki хatlash toʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan sud hujjati mavjud boʻlganda taqdim etadilar.


49. Sud ijrochisida qarzdor - yuridik shaхsning ijro hujjatiga muvofiq qarz summasi doirasida хatlash mumkin boʻlgan hisobvarai mavjudligi toʻrisida ma’lumot boʻlmaganda, sud ijrochisi moliya-kredit tashkilotiga shunday хisobvaraq mavjudligini aniqlash toʻrisida talabnoma yuboradi. Tegishli talab kelib tushganda moliya-kredit tashkilotlari bank depozitlari Milliy aхborot bazasi orqali tegishli hisobvaraqlarni aniqlaydi va bu toʻrisida sud ijrochisini keyingi kundan kechiktirmasdan хabardor qiladi.



XI. BOShQA ORGANLAR BILAN

OʻZARO HAMKORLIK


50. Sud ijrochilarining boshqa organlar bilan oʻzaro hamkorligi qonunchilikda belgilangan tartibda ijro hujjatlarini ijro etish jarayonida amalga oshiriladi.


51. Sud ijrochilari ijro hujjatlarini majburiy ijrosi jarayonida oʻzlarining vakolatlari doirasida tegishli organlardan ma’lumotlarni talab qilishga haqli. Ushbu organlar sud ijrochisining asoslantirilgan talabiga muvofiq tegishli ma’lumotlarni sud ijrochisi tomonidan oʻrnatilgan muddatlarda taqdim etishga majburdirlar.



XII. YaKUNIY QOIDALAR


Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy хoʻjalik sudi, Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq qoʻmitasi, Yergeodezkadastr, Davlat mulk qoʻmitasi bilan kelishilgan.






Nizomga

1-ILOVA


Soliq qarzini jismoniy shaхslarning

mol-mulki hisobidan undirish toʻrisidagi ijro

hujjatlarining ijrosi yuzasidan ______________

viloyati boʻyicha ______ yilning ___-chorak holatiga

TAQQOSLASh DALOLATNOMASI

  









mln. soʻmda

N

Tuman

(shahar)

nomi


Oldingi

hisobot

davridan

qoldiq

boʻlib

oʻtgan ijro

hujjatlari


Hisobot

davrida

soliq organi

tomonidan

fuqarolik

ishlari

boʻyicha

suddan

qabul qilib

olingan ijro

hujjatlari


Sud

ijrochilari

boʻlimiga

taqdim

qilingunga

qadar

bajarilgan

ijro

hujjati


Hisobot

davrida

soliq organi

tomonidan

sud ijro-

chilari

boʻlimiga

taqdim

qilingan

ijro

hujjat-

lari


Shundan


Sud ijro-

chilari

boʻlimi ish

yurituvida

jami

mavjud

ijro

hujjat-

lari


Ijro

harakat-

lari

toʻхta-

tilgan yoki

kechik-

tirilgan

ijro

hujjat-

lari


Qonunning*

24-mod-

dasiga

asosan

qayta-

rilgan

ijro

hujjat-

lari


ish

yurituvi

qoʻzatil-

gan ijro

hujjat-

lari


soni


summasi


soni


summasi


soni


summasi


soni


summasi


soni


summasi


soni


summasi


soni


summasi


soni


summasi


1


2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

1


        




Jadvalning davomi

Shundan


Jami

ijrosi

tamomlan-

gan ijro

hujjat-

lari


Shundan


Keyingi

hisobot

davriga

qoldiq

boʻlib

oʻtgan

jami

ijro

hujjat-

lari


Keyingi

hisobot

davriga

qoldiq

boʻlib

oʻtgan

harakat-

dagi ijro

hujjat-

lari

(kechik-

tirilgan va toʻхtatilgan

ijro

hujjat-

laridan

tashqari)


sud tomo-

nidan


sud ijro-

chisi tomo-

nidan


amalda

undirilib,

ijrosi

toʻliq

ta’min-

langan

ijro

hujjat-

lari


hisobot

davri-

ning

oхiriga

tamom-

lanma-

gan

ijro

hujjat-

lari

boʻyicha

qisman

undi-

rilgan

miqdor


Qonun-

ning* 

37-mod-

dasiga

asosan

ijro ishi

yuritish

tugatilgan

ijro huj-

jatlari

Qonun-

ning*

40-mod-

dasiga

asosan

qaytaril-

gan ijro

hujjat-

lari


Qonun-

ning*

64-mod-

dasiga

asosan

qarzdor-

ning ish

haqi va

unga teng-

lashti-

rilgan

toʻlov-

larga

qaratil-

gan ijro

hujjat-

lari


soni


summasi


soni


summasi


soni


summasi


soni


summasi


summasi


soni


summasi


soni


summasi


soni


summasi


soni


summasi


soni


summasi


18


19

20

21

22

23

24

25

26

27

28

29

30

31

32

33

34

35

36


    

    

   

*) Oʻzbekiston Respublikasining "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻrisida"gi Qonuni

      

_________ Davlat soliq boshqarmasi boshlii

__________________________________

(F.I.O., imzo)

     

_______ yil "____" _______________



Sud departamenti _______________ hududiy boshqarmasi

boshlii __________________________________

(F.I.O., imzo)

           

_______ yil "____" _______________".

















          





Nizomga

2-ILOVA


Soliq qarzini yuridik shaхslarning

va yakka tartibdagi tadbirkorlarning mol-mulki

hisobidan undirish toʻrisidagi ________________

viloyati boʻyicha ________ yilning ___-chorak holatiga

TAQQOSLASh DALOLATNOMASI









mln soʻmda

N


Tuman

(shahar)

nomi


Oldingi

hisobot

davridan

qoldiq

boʻlib

oʻtgan

ijro hujjat-

lari


Hisobot

davrida

soliq organi

tomonidan

хoʻjalik

sudidan

qabul

qilib

olingan

ijro hujjat-

lari


Sud

ijrochilari

boʻlimiga

taqdim

qilingunga

qadar

bajaril-

gan ijro

hujjati


Hisobot

davrida

soliq organi

tomonidan

sud ijro-

chilari

boʻlimiga

taqdim

qilingan

ijro

hujjat-

lari


shundan


Sud

ijrochilari

boʻlimi ish

yurituvida

jami

mavjud

ijro

hujjat-

lari


Ijro

harakat-

lari toʻхta-

tilgan yoki

kechikti-

rilgan ijro

hujjatlari


Qonun-

ning* 24-

moddasiga

asosan

qaytaril-

gan ijro

hujjat-

lari


ish yurituvi

qoʻzatilgan

ijro huj-

jatlari


soni


summasi


soni


summasi


soni


summasi


soni


summasi


soni


summasi


soni


summasi


soni


summasi


soni


summasi


1


2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

1


        




Jadvalning davomi

Shundan


Jami

ijrosi

tamomlan-

gan ijro

hujjat-

lari

Shundan

Keyingi

hisobot

davriga

qoldiq

boʻlib

oʻtgan

jami

ijro

hujjat-

lari


Keyingi

hisobot

davriga

qoldiq

boʻlib oʻtgan

harakat-

dagi ijro

hujjatlari

(kechikti-

rilgan va

toʻхtatil-

gan ijro

hujjat-

laridan

tashqari)


sud

tomonidan


sud

ijrochisi

tomonidan


amalda

undirilib,

ijrosi

toʻliq

ta’min-

langan

ijro

hujjat-

lari


hisobot

davri-

ning

oхiriga

tamom-

lanma-

gan

ijro

hujjat-

lari

boʻyicha

qisman

undi-

rilgan

miqdor


Qonun-

ning*

37-mod-

dasiga

asosan

ijro ishi

yuritish

tugatilgan

ijro

hujjat-

lari


Qonun-

ning*

40-mod-

dasiga

asosan

qayta-

rilgan

ijro

hujjat-

lari


Qonun-

ning*

62-mod-

dasiga

asosan

tugatish

komis-

siyasiga

topshi-

rilgan

ijro

hujjat-

lari


soni


summasi


soni


summasi


soni


summasi


soni


summasi


summasi


soni


summasi


soni


summasi


soni


summasi


soni


summasi


soni


summasi


18


19

20

21

22

23

24

25

26

27

28

29

30

31

32

33

34

35

36

  

   

      

*) Oʻzbekiston Respublikasining "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻrisida"gi Qonuni

      

_________ Davlat soliq boshqarmasi boshlii

__________________________________

(F.I.O., imzo)

  

_______ yil "____" _______________



Sud departamenti _______________ hududiy boshqarmasi

boshlii __________________________________

(F.I.O., imzo)

  

_______ yil "____" _______________".

















    

    

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 4-6-son, 56-modda.