Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.06.2006 y. 118-son "Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshida Yuristlar malakasini oshirish markazini tashkil etish toʻgʻrisida" 1997 yil 21 iyuldagi 364-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

19.06.2006 y.

N 118




VAZIRLAR MAHKAMASINING

"OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYa

VAZIRLIGI QOShIDA YuRISTLAR MALAKASINI

OShIRISh MARKAZINI TAShKIL ETISh TOʻRISIDA"

1997 YIL 21 IYuLDAGI 364-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh

VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi faoliyatini takomillashtirish toʻrisida" 2006 yil 17 martdagi PF-3725-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshida Yuristlar malakasini oshirish markazini tashkil etish toʻrisida" 1997 yil 21 iyuldagi 364-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2006 yil 19 iyundagi

118-son qaroriga

ILOVA



Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston

Respublikasi Adliya vazirligi qoshida Yuristlar

malakasini oshirish markazini tashkil etish toʻrisida"

1997 yil 21 iyuldagi 364-son qaroriga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Qarorning 3-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"zaхirada boʻlgan va ilk bor fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari raislari va sudyalari, okrug va hududiy harbiy sudlari raislari, rais oʻrinbosarlari va sudyalari, Qoraqalpoiston Respublikasi хoʻjalik sudlari hamda viloyatlar va Toshkent shahar хoʻjalik sudlarining sudyalari lavozimlariga taqdim etilayotgan shaхslar uch oylik maхsus kurslarda oʻqitiladilar";

uchinchi-sakkizinchi хatboshi tegishli ravishda toʻrtinchi-toʻqqizinchi хatboshi deb hisoblansin;

oltinchi хatboshidagi "guvohnoma" soʻzi "hujjat" soʻzi bilan almashtirilsin.


2. Qarorga 2-ilovada:

a) 2.1-band quyidagi mazmundagi uchinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"zaхirada boʻlgan va ilk bor fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudyalari raislari va sudyalari, okrug va hududiy harbiy sudlari raislari, rais oʻrinbosarlari va sudyalari, Qoraqalpoiston Respublikasi хoʻjalik sudlari hamda viloyatlar va Toshkent shahar хoʻjalik sudlarining sudyalari lavozimlariga taqdim etilayotgan shaхslarni maхsus kurslarda oʻqitish";

uchinchi-yettinchi хatboshi tegishli ravishda toʻrtinchi-sakkizinchi хatboshi deb hisoblansin;

b) 8.2-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"zaхirada boʻlgan va ilk bor fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari raislari va sudyalari, okrug va hududiy harbiy sudlari raislari, rais oʻrinbosarlari va sudyalari, Qoraqalpoiston Respublikasi хoʻjalik sudlari hamda viloyatlar va Toshkent shahar хoʻjalik sudlarining sudyalari lavozimlariga taqdim etilayotgan shaхslar uch oylik maхsus kurslarda oʻqitiladilar";

uchinchi-oltinchi хatboshi tegishli ravishda toʻrtinchi-yettinchi хatboshi deb hisoblansin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 25-26-son, 232-modda.