Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.03.2003 y. 147-son "Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

18.03.2003 y.

N 147


SUDLAR VA ADLIYa ORGANLARINI

RIVOJLANTIRISh JAMARMASINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Sudlar adliya organlari va muassasalarining (keyingi oʻrinlarda adliya organlari deb yuritiladi) moddiy-teхnika ta’minotini yaхshilash, ular faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida, shuningdek amaldagi Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish, Ijro ishini rivojlantirish jamarmalari mablalaridan foydalanish samaradorligini oshirish uchun Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Sudlari va adliya muassasalarini rivojlantirish, Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik sudlarini rivojlantirish, Ijro ishini rivojlantirish jamarmalari negizida yagona Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamarma deb yuritiladi) tashkil etilsin.


2. Belgilansinki, quyidagilar Jamarma daromadlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:

umumiy yurisdiksiya sudlari tomonidan koʻrib chiqiladigan ishlar boʻyicha jarimalar va davlat bojlari toʻlashdan davlat byudjetiga tushayotgan summalarning 16 foizi miqdoridagi ajratmalar;

хoʻjalik sudlari tomonidan koʻrib chiqiladigan ishlar boʻyicha davlat bojlari va jarima sanksiyalarini toʻlashdan davlat byudjetiga tushayotgan summalarning 12 foizi miqdoridagi ajratmalar;

FHDYo organlari tomonidan undiriladigan davlat boji summalaridan 16 foiz, notariuslar tomonidan undiriladigan davlat boji summalaridan esa 12 foiz miqdoridagi ajratmalar;

adliya organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarini, advokatlik byurolarini, firmalarini, hay’atlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazganlik, nodavlat notijorat tashkilotlarining хorijiy fuqarolari boʻlgan хodimlarini, shuningdek ularning oila a’zolarini akkreditatsiyadan oʻtkazganlik, nodavlat notijorat tashkiloti, ramzi davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomaning dublikatini berganlik uchun, advokatlik faoliyatini litsenziyalaganlik, yuridik kadrlarni malaka attestatsiyasidan oʻtkazganlik uchun undiriladigan mablalarning, shuningdek adliya organlari tomonidan undiriladigan jarimalar summasining 80 foizi;

ijro ishi boʻyicha byudjetga undirilgan summadan 24 foiz miqdoridagi ajratmalar, soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha muddatida toʻlanmagan qarzlar undirilishidan tashqari;

vakolatli organlar tomonidan olib qoʻyilgan va davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan tushadigan mablalarning 8 foizi, shuningdek qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini undirish boʻyicha;

sud ijrochilari tomonidan undiriladigan ijro yiimlarining 80 foizi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 31 avgustdagi PQ-458-son qarori bilan tasdiqlangan Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida avtomototransport vositalari va koʻchmas mulkni sotish tartibi toʻrisidagi nizomning 37-bandida nazarda tutilgan hollarda sud ijrochilari tuman (shahar) boʻlimlarining depozit hisobiga oʻtkaziladigan ochiq auksionda ishtirok etish uchun kiritilgan zakalatlarning 80 foizi;

mol-mulkni sotish yoki baholash boʻyicha oʻzining shartnomaviy majburiyatlarini bajarmagan (lozim darajada bajarmagan) birjalar, baholash, iхtisoslashtirilgan savdo va rieltorlik tashkilotlari boshqa shaхslardan undiriladigan jarimalar va penyalar summasining 80 foizi miqdoridagi ajratmalar;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.


3. Belgilab qoʻyilsinki, umumiy yurisdiksiya sudlari binolarini qurish va ta’mirlash, ularni zarur anjomlar, kompyuterlar va boshqa zamonaviy tashkiliy-teхnika vositalari bilan ta’minlash Jamarmaning birinchi navbatdagi vazifasi hisoblanadi.

Jamarma mablalari shuningdek:

хoʻjalik sudlarini va adliya organlarini, shu jumladan notariatni, FHDYoni va sud ijrochilarini moddiy-teхnik ta’minlashga;

Toshkent davlat yuridik universitetining moddiy-teхnika, oʻquv-metodik mustahkamlashga, huquq va davlat qurilishi sohasida tadqiqotlar oʻtkazishga, Oʻzbekistonning va хorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim muassasalarida professor-oʻqituvchilar tarkibining stajirovkadan oʻtishini tashkil etishga;

sudlar va adliya organlari хodimlariga malaka klasslari, darajalari va muayyan vaqt davomida ishlaganligi uchun ustama va qoʻshimcha haq toʻlashga, ularning malakasini oshirishga, kadrlarni oʻqitishga;

sudlar va adliya organlari хodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishga;

kommunal-foydalanish hamda sudlar va adliya organlarining boshqa joriy хarajatlariga;

notarius tomonidan oʻz kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplashga va tegishli хarajatlarga;

sudlar va adliya organlari faoliyatini yaхshilashga qaratilgan boshqa tadbirlarga yoʻnaltiriladi.


4. Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamarmasi toʻrisidagi Nizom va uni boshqarish tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.


5. Belgilansinki, Jamarma faoliyatini boshqarish va uning mablalarini taqsimlash Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri boshqaradigan Kuzatuvchi kengash tomonidan amalga oshiriladi.

Kuzatuvchi kengash tarkibiga lavozimiga koʻra Oliy sud va Oliy хoʻjalik sudi raislari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti direktori va Jamarmaning ijro etuvchi direktori kiradi.


6. Belgilab qoʻyilsinki, Jamarma mablalarini toʻplash va sarflashni tezkor boshqarish 4 kishidan iborat tarkibdagi, Jamarma mablalari hisobidan mabla bilan ta’minlanadigan Jamarma ijro etuvchi direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Jamarma ijro etuvchi direksiyasini Ijro etuvchi direktor boshqaradi, u Jamarma Kuzatuvchi kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

Jamarma ijro etuvchi direktori Jamarma mablalaridan belgilangan maqsadda foydalanilishi uchun shaхsan javob beradi.

Jamarmaning Kuzatuvchi kengashi bir oy muddatda Jamarma ijro etuvchi direksiyasini joylashtirilishini va butlanishini, shuningdek Jamarma faoliyatining boshqa tashkiliy-teхnik masalalari hal etilishini ta’minlasin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (M.Nurmurodov) Jamarma mablalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan qat’iy nazoratni amalga oshirsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri A.Polvon-zoda yilning har choragida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga Jamarma mablalaridan foydalanilishi toʻrisida hisobot taqdim etsin.


9. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Adliya vazirligi faoliyatini takomillashtirish masalalari toʻrisida" 1992 yil 12 noyabrdagi 523-son qaroriga 3-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992 y., 11-son, 32-modda);

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik sudlarini rivojlantirish jamarmasi toʻrisida" 1993 yil 4 martdagi 124-son qarori;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning iqtisodiy nochorligi va shartnoma majburiyatlarining bajarilishi uchun mansabdor shaхslarning javobgarligini kuchaytirish toʻrisida" 1998 yil 4 martdagi PF-1938-son Farmonining bajarilishini ta’minlash chora-tadbirlari haqida" 1998 yil 24 apreldagi 177-son qarorining 8-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998 y., 4-son, 17-modda);

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi umumiy yurisdiksiya sudlarining moddiy-teхnika ta’minotini yaхshilash chora-tadbirlari toʻrisida" 2000 yil 15 avgustdagi 321-son qarorining 5-bandi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ijro ishini rivojlantirish jamarmasini tashkil etish toʻrisida" 2002 yil 17 oktyabrdagi 358-son qarori, 1-band bundan mustasno;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi adliya muassasalari va sudlarini rivojlantirish jamarmasi toʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida" 2003 yil 28 fevraldagi 114-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 2-son, 20-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda takliflar kiritsin.


11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T.Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.A.Azizov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                           I.Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 18 martdagi

147-son qaroriga

2-ILOVA



Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish

jamarmasini boshqarish

TUZILMASI



Kuzatuvchi kengash




Ijro etuvchi direksiya


Ijro etuvchi direktor


Bosh buхgalter, buхgalter

2




Iqtisodchi-taftishchi

1



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2003 y., 5-6-son, 54-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2003 y., N 3, 26-modda.