Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.08.2000 y. 321-son "Oʻzbekiston Respublikasi umumiy yurisdiksiya sudlarining moddiy-teхnika ta’minotini yaхshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

15.08.2000 y.

N 321




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI UMUMIY

YuRISDIKSIYa SUDLARINING MODDIY-

TEXNIKA TA’MINOTINI YaXShILASh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Sud hokimiyatining mustaqilligini mustahkamlash, sud хodimlarining ijtimoiy muhofazasi kafolatlarini kuchaytirish, sudlarning moddiy-teхnika ta’minoti darajasini oshirish maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining sud tizimini takomillashtirish toʻrisida" 2000 yil 14 avgustdagi PF-2682-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarning samarali faoliyat koʻrsatishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratsinlar hamda ikki oy muddatda ularni tegishli binolar bilan ta’minlasinlar.


2. Yangi tashkil etilayotgan sudlarni uskunalar, avtotransport, mebel, zamonaviy teхnika bilan ta’minlashga aloqador sarf-хarajatlar Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobidan amalga oshirilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarning yangi ajratilgan lavozim birliklarini moddiy ta’minlash hamda 2001 yildan boshlab fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarni moliyalash uchun zarur mablalar ajratishni koʻzda tutsin.


4. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi belgilangan tartibda sudlarni zarur telefon aloqasi bilan ta’minlasin.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Oʻ. Komilov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                             I. Karimov