Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.12.2012 y. 341-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida "Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida" 2012 yil 7 martdagi 65-son qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

04.12.2012 y.

N 341



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING "ChAKANA

SAVDO VA UMUMIY OVQATLANISh SOHASIDA

"ALKOGOL VA TAMAKI MAHSULOTLARINING

TARQATILIShI HAMDA ISTE’MOL QILINIShINI

ChEKLASh TOʻRISIDA"GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

QONUNINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI

HAQIDA" 2012 YIL 7 MARTDAGI 65-SON QARORIGA

OʻZGARTIRISh KIRITISh TOʻRISIDA



Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qiluvchi tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻshimcha shart-sharoitlar bilan ta’minlash maqsadida, "Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash toʻrisida" 2011 yil 5 oktyabrdagi OʻRQ-302-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablarini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida "Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida" 2012 yil 7 martdagi 65-son qarorining 5-bandidagi "kechi bilan 2012 yil 5 oktyabrgacha" soʻzlari "kechi bilan 2013 yil 1 aprelgacha" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 48-49-son, 541-modda