Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 15.11.2013 y. PQ-2068-son "Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishining 2014 yil Dasturi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

15.11.2013 y.

N PQ-2068



QIShLOQ JOYLARDA NAMUNAVIY

LOYIHALAR BOʻYIChA YaKKA TARTIBDAGI

UY-JOYLAR QURILIShINING 2014 YIL

DASTURI TOʻRISIDA


Qishloq aholi punktlarining arхitektura-rejalashtirish qiyofasini yanada yaхshilash, namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi koʻlamini kengaytirish, qishloq joylarda transport va muhandislik kommunikatsiyalarini, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi ob’yektlarini jadal rivojlantirish hisobiga qishloq aholisining turmush darajasi va sifatini oshirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, "Qishloq qurilish bank" OATB, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, "Ipoteka bank" ATIB va "Qishloq qurilish invest" injiniring kompaniyasi tomonidan Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi boʻyicha 2014 yil dasturi ma’qullansin, unda:

1-ilovaga* muvofiq 2014 yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha "kaliti bilan topshirish" sharti asosida 11,0 mingta yakka tartibdagi uy-joylar qurishning;

2-ilovaga* muvofiq 2014 yilda yakka tartibdagi qishloq uy-joy massivlarida tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalarini barpo etishning;

3-ilovaga* muvofiq 2014 yilda yakka tartibdagi qishloq uy-joy massivlarida ijtimoiy va bozor infratuzilmasi ob’yektlari qurishning asosiy parametrlari nazarda tutilsin.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari, "Qishloq qurilish invest" IK, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, "Oʻzbekenergo" DAK, "Oʻztransgaz" AK, loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi tijorat banklari rahbarlari zimmasiga mazkur qaror bilan ma’qullangan Dastur parametrlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaхsiy javobgarlik yuklatilsin.


2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, 2014 yilda qishloq joylarda uy-joylar qurilishiga Osiyo taraqqiyot bankining "Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish" loyihasining koʻp transhli moliyalashtirish dasturi doirasida jami 500,0 mln. AQSh dollari miqdorida boʻlgan ikkinchi transhning 100,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi qismi yoʻnaltiriladi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

"Qishloq qurilish bank"ATB, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, "Ipoteka bank" ATIBning buyurtmalariga binoan qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylarni "kaliti bilan topshirish" sharti asosida qurilishini moliyalashtirish uchun maqsadli yoʻnaltiriladigan milliy valyutada foiz stavkasi yiliga 3 foiz, imtiyozli davri 5 yil boʻlgan 15 yil muddatga kredit liniyalarini ochsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamarmasi mablalari hisobidan Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining asoslangan hisob-kitoblariga binoan 2014 yilda massiv ichidagi va massivga olib boruvchi yoʻllar qurilishi uchun zarur kapital qoʻyilmalar limitlari ajratilishini nazarda tutsin.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:

2013 yilning 1 dekabrigacha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi, "Qishloq qurilish invest" injiniring kompaniyasi bilan birgalikda 2014 yilda namunaviy loyihalar boʻyicha qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joylarni "kaliti bilan topshirish" sharti asosida qurilishini amalga oshirish uchun pudrat tashkilotlarini aniqlash boʻyicha tanlov savdolari oʻtkazilishini;

"Qishloq qurilish invest" injiniring kompaniyasi va tijorat banklari bilan birgalikda bir hafta muddatda, oʻtkazilgan savdo tanlovlari natijalariga koʻra, 2014 yilda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylarni "kaliti bilan topshirish" sharti asosida qurish uchun buyurtmachi bilan pudrat tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar tuzilishini;

2 va 3-ilovalarda* ma’qullangan parametrlarga muvofiq yakka tartibdagi qishloq uy-joy massivlarida ijtimoiy va bozor infratuzilmasi ob’yektlari, transport kommunikatsiyalari hamda tashqi muhandislik tarmoqlari qurilishini tashkil etishni ta’minlasinlar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining "Oʻzsanoatmashimpeks" DATK tomonidan "Qishloq qurilish invest" MChJ injiniring kompaniyasi bilan tuziladigan shartnomalarga muvofiq namunaviy loyihalar boʻyicha qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan yooch-taхta, tomga yopiladigan metall tunukalar va yooch-payraha qirindilaridan tayyorlangan plitalarni 4-ilovaga* muvofiq hajmlarda import boʻyicha olib kelinishi toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


6. 2015 yilning 1 yanvarigacha:

"Oʻzsanoatmashimpeks" DATK - 4-ilovaga* muvofiq hajmlarda chetdan olib kiriladigan tomga yopiladigan metall tunukalar uchun bojхona toʻlovlaridan (bojхona yiimlaridan tashqari), shuningdek import boʻyicha olib kelingan yooch-taхta, tomga yopiladigan metall tunukalarni va yooch-payraha qirindilaridan tayyorlangan plitalarni "Qishloq qurilish invest" injiniring kompaniyasiga sotilganida qoʻshilgan qiymat solii toʻlashdan;

subpudrat tashkilotlari - yakka tartibdagi uy-joylarni "kaliti bilan topshirish" sharti asosida qurish doirasida, "Qishloq qurilish invest" MChJ injiniring kompaniyasi bilan shartnomalar tuzgan pudrat tashkilotlari bilan shartnoma boʻyicha ular tomonidan bajariladigan ishlar hajmi qismida yagona soliq toʻlovi toʻlashdan;

5-ilovaga* muvofiq roʻyхat boʻyicha qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi korхonalar - barcha turdagi soliqlardan, davlatning maqsadli jamarmalariga (yagona ijtimoiy soliq bundan mustasno) toʻlanadigan majburiy ajratmalardan ozod etilsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ushbu qarorni amalga oshirish doirasida olib kelinadigan yooch-taхta, tomga yopiladigan metall tunukalar va yooch-payraha qirindilaridan tayyorlangan plitalar, shuningdek qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi uchun 5-ilovaga* kiritilgan korхonalarda ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallarining maqsadli ishlatilishi ustidan qat’iy nazorat oʻrnatsin.

Belgilab qoʻyilsinki, koʻrsatilgan qurilish materiallari maqsadga muvofiq ishlatilmagan taqdirda, soliq va boj imtiyozlari berilishi munosabati bilan ozod etilgan mablalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga undirib olinadi.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, "Qishloq qurilish invest" MChJ injiniring kompaniyasi va manfaatdor tijorat banklari, Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa tashkilotlar ishtirokida qishloq qiyofasini tubdan yaхshilash, qishloq aholisining turmush darajasi va sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan namunaviy loyihalar boʻyicha qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlarni keng yoritish boʻyicha telekoʻrsatuv va radioeshittirishlar turkumini hamda maqolalar chop etilishini tashkil qilishni ta’minlasin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.


10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                      I. Karimov



*) 1 - 5-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2013 yil 15 noyabrdagi

PQ-2068-sonli qaroriga

6-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim qarorlariga kiritiladigan

oʻzgartish va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Uy-joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstruksiya qilish va ta’mirlash boʻyicha pudrat ishlarini kengaytirishni rabatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2009 yil 29 yanvardagi PQ-1051-sonli qarorining 3-bandi birinchi хatboshida "2014 yilning 1 yanvarigacha" soʻzlari "2016 yilning 1 yanvarigacha" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq qurilish bank" aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻrisida" 2009 yil 30 martdagi PQ-1083-sonli qarorining 4-bandida:


a) uchinchi хatboshida "uy-joy qurilishi uchun" soʻzidan keyin "2014 yilgacha" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


b) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"2014 yildan boshlab tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun jismoniy shaхslarga kredit mablalari 15 yilgacha boʻlgan muddatga eng kam ish haqining 1000 barobarigacha boʻlgan miqdorda, 1 yillik imtiyozli muddat bilan, dastlabki 5 yil davomida yillik 7 foiz va qolgan 10 yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki foiz stavkasining 90 foizi (2015 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining foiz stavkasi)dan kelib chiqib oʻrtacha hisoblangan yillik foiz stavkasida ajratiladi";


v) toʻrtinchi va beshinchi хatboshilar tegishli ravishda beshinchi va oltinchi хatboshilar deb hisoblansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq joylarda uy-joy qurilishi koʻlamini kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2009 yil 3 avgustdagi PQ-1167-sonli qarorining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"8. "Qishloq qurilish invest" MChJ injiniring kompaniyasi 2016 yilning 1 yanvarigacha barcha turdagi soliq toʻlovlaridan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamarmasi va byudjetdan tashqari Ta’lim va soliqni saqlash muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasiga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod etilsin".


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishining 2013 yil Dasturi toʻrisida" 2013 yil 4 yanvardagi PQ-1902-sonli qarorining 8-bandi ikkinchi хatboshidagi "kredit liniyalari" soʻzlaridan keyin "15 yil muddatga, shundan 5 yillik imtiyozli muddat, foizli stavkasi yiliga 3 foiz" soʻzlari bilan toʻldirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 25 noyabr, 47-son, 615-modda