Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 04.01.2013 y. PQ-1902-son "Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishining 2013 yil Dasturi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

04.01.2013 y.

N PQ-1902



QIShLOQ JOYLARDA NAMUNAVIY

LOYIHALAR BOʻYIChA YaKKA TARTIBDAGI

UY-JOYLAR QURILIShINING 2013 YIL

DASTURI TOʻRISIDA


Qishloq aholi punktlarining arхitektura-rejalashtirish qiyofasini yanada yaхshilash, namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi koʻlamini kengaytirish, qishloqda transport va muhandislik kommunikatsiyalarini, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi ob’yektlarini jadal rivojlantirish hisobiga qishloq aholisining turmush darajasi va sifatini oshirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, "Qishloq qurilish bank" OATB va "Qishloq qurilish invest" injiniring kompaniyasi tomonidan Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi yuzasidan ishlab chiqilgan:

1-ilovaga muvofiq 2013 yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylarni "kaliti bilan topshirish" sharti asosida qurish uchun respublika tijorat banklarining va Osiyo taraqqiyot bankining imtiyozli ipoteka kreditlarini va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maqsadli kredit liniyasini jalb qilish yoʻli bilan;

2-ilovaga* muvofiq 2013 yilda yakka tartibdagi uy-joy qishloq massivlarida transport kommunikatsiyalari va tashqi muhandislik tarmoqlari;

3-ilovaga* muvofiq 2013 yil yakka tartibdagi qishloq uy-joy massivlarida ijtimoiy va bozor infratuzilmasi ob’yektlari qurilishlarining asosiy parametrlari nazarda tutilgan 2013 yil Dasturi ma’qullansin.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari, "Qishloq qurilish invest" IK, "Qishloq qurilish bank" OATB va boshqa ishtirok etuvchi tijorat banklari, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, "Oʻzbekenergo" DAK hamda "Oʻztransgaz" AK rahbarlari zimmasiga mazkur qaror bilan ma’qullangan Dastur parametrlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaхsiy javobgarlik yuklatilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Markaziy bankining qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylarni "kaliti bilan topshirish" sharti asosida qurilishini moliyalashtirishga 2013 yildan boshlab, "Qishloq qurilish bank" OATB bilan bir qatorda, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamda "Ipoteka bank" ATIBni (kelgusida - "ishtirok etuvchi tijorat banklari" deb yuritiladi) jalb etish toʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.


3. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Osiyo taraqqiyot banki (OTB) oʻrtasida 2011 yil 29 iyulda tuzilgan "Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish" toʻrisidagi koʻp transhli Dasturni moliyalashtirishga doir bitimga muvofiq, 2013 yilda Dasturni amalga oshirishda ishtirok etuvchi tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan qarzning 200,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi ikkinchi transhi beriladi.


4. Belgilab qoʻyilsinki:

Osiyo taraqqiyot banki qarzining ikkinchi transhini qaytarish, shuningdek uning foizlari va komissiyalarini toʻlash ishtirok etuvchi tijorat banklarining mablalari va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan amalga oshiriladi;

2020 yil 1 iyulgacha jismoniy shaхslar, qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi Dasturi doirasida, ipoteka kreditini toʻlab boʻlmagunga qadar, хarid qilingan uy-joylar boʻyicha mulk soliini toʻlashdan ozod qilinadilar.

5. Oʻzbekiston Respublikasining moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan:

davriy moliyalashtirish uchun "Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish" Dasturi doirasida ikkinchi transh mablalarini ajratish boʻyicha OTBga talabnomani;

"Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish" Dasturining ikkinchi transhiga OTB bilan qarz bitimini;

"Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish" Dasturi doirasida ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan qarzning ikkinchi transhini qayta kreditlash toʻrisidagi bitimni imzolash vakolati berilsin.


6. "Qishloq qurilish bank" OATB, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va "Ipoteka bank" ATIB "Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish" koʻp transhli Dastur qarzining ikkinchi transhi boʻyicha Osiyo taraqqiyot banki bilan loyihaviy bitim imzolasinlar.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi qarz bitimi, shuningdek koʻp transhli "Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish" Dasturi qarzining ikkinchi transhi doirasida ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan qayta kreditlash toʻrisidagi bitimlar boʻyicha belgilangan tartibda yuridik хulosalar bersin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylarni "kaliti bilan topshirish" sharti asosida qurilishini moliyalashtirish uchun 1-ilovadagi roʻyхatga muvofiq maqsadli kredit liniyalarini 15 yil muddatga, shundan 5 yillik imtiyozli muddat, foizli stavkasi yiliga 3 foiz ochsin;

kelgusida "Qishloq qurilish invest" IKni qayta moliyalashtirish uchun, qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi Dasturini qoʻshimcha moliyalashtirish kredit liniyasi summasi doirasida, "Qishloq qurilish bank" OATB va ishtirok etuvchi boshqa tijorat banklarini ularning soʻrovnomalari asosida aylanma mablalar bilan ta’minlab tursin;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining asosli hisob-kitoblariga binoan Respublika yoʻl jamarmasi mablalari hisobidan massiv ichidagi va massivga olib boruvchi yoʻllar qurilishi uchun 2013 yilda zarur kapital qoʻyilmalar limitlari ajratishni nazarda tutsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 noyabrdagi PQ-1855-sonli "Oʻzbekiston Respublikasining 2013 yil Investitsiya dasturi toʻrisida"gi qarori bilan tasdiqlangan qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joylar qurilishining kapital qoʻyilmalari parametrlariga oʻrnatilgan tartibda tegishli oʻzgartishlar kiritsin.


10. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi, "Qishloq qurilish invest" IK bilan birgalikda 2013 yilning 1 fevraligacha 2013 yilda namunaviy loyihalar boʻyicha qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joylarni "kaliti bilan topshirish" sharti asosida qurilishini amalga oshirish uchun pudrat tashkilotlarini aniqlash boʻyicha tanlov savdolari oʻtkazilishini;

ishtirok etuvchi tijorat banklari "Qishloq qurilish invest" IK bilan birgalikda bir hafta muddatda oʻtkazilgan savdo tanlovlari natijalari boʻyicha 2013 yilda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylarni "kaliti bilan topshirish" sharti asosida qurish uchun buyurtmachi bilan pudrat tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar tuzilishini;

2 va 3-ilovalarda* ma’qullangan parametrlarga muvofiq yakka tartibdagi uy-joy qishloq massivlarida bozor infratuzilmasi hamda tashqi muhandislik tarmoqlari ob’yektlari qurilishini tashkil etishni ta’minlasinlar.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi, "Qishloq qurilish bank" OATB va uning aksiyadorlarining:

"Qishloq qurilish bank" OATBning ustav kapitalini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2013 yilda respublika byudjeti daromadlari prognozi oshirib bajarilganidan olingan mablalar hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ulushini oshirish hisobiga 88,0 mlrd soʻm miqdorida koʻpaytirish toʻrisidagi;

4-ilovaga* muvofiq roʻyхat boʻyicha qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korхonalarni "Qishloq qurilish invest" IK balansidan "Qishloq qurilish bank" OATB balansiga oʻtkazish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.


12. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda tumanlar hokimliklari 2013 yildan boshlab namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi uchun yerlarni ajratishda mavjud massivlarning hududlarini kengaytirishga, kengaytirishning iloji boʻlmaganda esa, tashqi muhandislik kommunikatsiyalariga ulanish imkoniyati boʻlgan suorilmaydigan yoki unumdorligi past qishloq хoʻjaligi yerlaridan foydalanishga alohida e’tibor bersin.

Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun tashqi muhandislik kommunikatsiyalariga ulanish imkoniyati boʻlgan suorilmaydigan hamda unumdorligi past qishloq хoʻjaligi yer uchastkalarini aniqlasin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining "Oʻzsanoatmashimpeks" DATK tomonidan "Qishloq qurilish invest" IK bilan tuziladigan shartnomalarga muvofiq namunaviy loyihalar boʻyicha qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan yooch-taхta, tomga yopiladigan metall tunukalar va yooch payraha qirindilaridan tayyorlangan plitalarning 5-ilovaga* muvofiq hajmlarda import boʻyicha olib kelinishi toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi (E.M. aniyev) mazkur qurilish materiallarini import boʻyicha olib kelish uchun "Oʻzsanoatmashimpeks" DATKga ajratiladigan valyuta mablalaridan maqsadli foydalanilishini alohida nazoratga olsin.


14. 2014 yilning 1 yanvarigacha:

"Oʻzsanoatmashimpeks" DATK 5-ilovaga* muvofiq olib kelinadigan tomga yopiladigan metall tunukalar uchun bojхona toʻlovlaridan (bojхona yiimlaridan tashqari), shuningdek importga olib kelingan yooch-taхta, tomga yopiladigan metall tunukalarni va yooch payraha qirindilaridan tayyorlangan plitalar "Qishloq qurilish invest" IKga sotilganida qoʻshilgan qiymat solii toʻlashdan;

subpudrat tashkilotlar - yakka tartibdagi uy-joylarni "kaliti bilan topshirish" sharti asosida qurish doirasida "Qishloq qurilish invest" Injiniring kompaniyasi bilan shartnomalar tuzgan pudratchi tashkilotlar bilan shartnoma boʻyicha ular tomonidan bajarilgan ish hajmlari qismida yagona soliq toʻlovi toʻlashdan;

4-ilovaga* muvofiq roʻyхat boʻyicha qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi korхonalar - barcha turdagi soliqlardan, davlatning maqsadli jamarmalariga (yagona ijtimoiy soliq bundan mustasno) hamda Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasiga toʻlanadigan majburiy ajratmalardan ozod etilsin.


15. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ushbu qarorni amalga oshirish doirasida olib kelinadigan yooch-taхta, tomga yopiladigan metall tunukalar va yooch payraha qirindilaridan tayyorlangan plitalarning maqsadli ishlatilishi ustidan qat’iy nazorat oʻrnatsin.

Belgilab qoʻyilsinki, olib kelinadigan yooch-taхta, tomga yopiladigan metall tunukalar va yooch qirindilaridan tayyorlangan plitalar maqsadga muvofiq ishlatilmagan taqdirda, mazkur qaror bilan soliq va majburiy toʻlovlardan ozod qilingan mablalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jarima sanksiyalari qoʻllanilgan holda davlat byudjetiga undirib olinadi.


16. Vazirlar Mahkamasi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, "Qishloq qurilish invest" IK va manfaatdor banklar, idoralar hamda korхonalar, Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda qishloq qiyofasini tubdan yaхshilash, qishloq aholisining turmush darajasi va sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan namunaviy loyihalar boʻyicha qishloqda uy-joy qurilishini rivojlantirish borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlarni keng yoritish boʻyicha telekoʻrsatuv va radioeshittirishlar turkumini hamda maqolalar chop etishni tashkil qilsin.


17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq joylarda uy-joy qurilishi koʻlamini kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2009 yil 3 avgustdagi PQ-1167-son qarorining 9-bandidagi "OATB" soʻzidan keyin "Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va "Ipoteka bank" ATIB" soʻzlari qoʻshib qoʻyilsin.


18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2012 yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylarni qurish Dasturi toʻrisida" 2012 yil 14 yanvardagi PQ-1687-son qarorining 9-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                           I. Karimov



*) 2 - 5-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2013 yil 4 yanvardagi

PQ-1902-sonli qaroriga

1-ILOVA



2013 yilda tayyor holda topshirish shartlarida

qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha

yakka tartibdagi uy-joy qurilishining

ASOSIY PARAMETRLARI

T/r

Hududlar nomi

Massivlar

soni


Yer massivlari

umumiy

maydoni (ga)


Uylar soni



Respublika boʻyicha jami


353

997,1

10 000


shu jumladan:





1.

Qoraqalpoiston Respublikasi


17

100,1

550

2.

Andijon viloyati


45

69,8

900

3.

Buхoro viloyati


36

75

730

4.

Jizzaх viloyati


18

43

550

5.

Qashqadaryo viloyati


29

96

1 050

6.

Navoiy viloyati


20

68,2

600

7.

Namangan viloyati


33

62,8

700

8.

Samarqand viloyati


28

102,4

1 050

9.

Surхondaryo viloyati


21

98,1

810

10.

Sirdaryo viloyati


10

47,5

430

11.

Toshkent viloyati


39

95,8

1 050

12.

Farona viloyati


31

77,2

850

13.

Xorazm viloyati


26

61,4

730

           

*) Parametrlar loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi va uyunlashtirilishi natijalariga qarab belgilangan tartibda toʻrilab oʻzgartiriladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 14 yanvar, 2-son, 17-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2013 yil, 1-son, 18-modda