Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.04.2012 y. 124-son "Yosh oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.04.2012 y.

N 124



YoSh OILALARNI IJTIMOIY

QOʻLLAB-QUVVATLAShGA DOIR

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR

TOʻRISIDA


Qayd etilsinki, respublikada oila institutini rivojlantirishga, shu jumladan, yosh oilalarni qonunchilik, iqtisodiy va ijtimoiy choralar bilan qoʻllab-quvvatlashga katta e’tibor berilmoqda.

Ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda, birinchi navbatda yosh oilalarning oʻz turar joyiga ega boʻlishida amaliy yordam koʻrsatish uchun ularga imtiyozli ipoteka kreditlari berish tizimi joriy etildi, shuningdek yakka tartibda uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va uy-joy yoki koʻp kvartirali uydan kvartira sotib olish uchun ipoteka krediti oluvchi yosh oilalar a’zolarining daromadlariga soliq imtiyozlari berildi. Keyingi uch yilda ipoteka kreditlari berish hisobiga yosh oilalar uchun umumiy summasi 355,4 mlrd. soʻmlik 9 360 ta kvartira qurildi.

Qishloq joylarda Davlat byudjeti va Osiyo taraqqiyot bankining mablalari hisobiga moliyalashtiriladigan namunaviy loyihalar boʻyicha qishloqda uy-joy ipoteka qurilishi dasturlari doirasida aholining, birinchi navbatda yosh oilalarning uy-joy sharoitlari yaхshilanmoqda.

Shu bilan birgalikda shaharlar, tumanlar va shahar posyolkalarida yashovchi yosh oilalar uchun uy-joy qurilishi dasturini kengaytirish, uy-joy qurish va maishiy turmushni tashkil etishda yosh oilalar uchun shart-sharoitlar yaratish talab etiladi.

Yosh oilalar hayotining qulay maishiy sharoitlari yaratilishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, qimmat boʻlmagan uy-joyga ega boʻlishni yanada kengaytirish, shuningdek "Mustahkam oila yili" Davlat dasturini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi tomonidan Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2012-2013 yillarda shaharlar, tuman markazlari va shahar posyolkalarida koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.


2. Belgilansinki:

yangi koʻp kvartirali uylar qurish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy loyihalar boʻyicha, foydalanilmayotgan va qurilishi tugallanmagan koʻp kvartirali uylarni rekonstruksiya qilish esa - aniq ob’yektlarga biriktirilgan va "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan yakka tartibdagi loyihalar boʻyicha amalga oshiriladi;

yangi qurilishni moliyalashtirish, mavjud foydalanilmayotgan va qurilishi tugallanmagan koʻp kvartirali uylarni rekonstruksiya qilish, keyinchalik koʻrsatib oʻtilgan uylardagi kvartiralarni ehtiyojmand yosh oilalarga ipoteka krediti berish shartlarida sotgan holda, tijorat banklarining oʻz mablalari hisobiga amalga oshiriladi;

Dasturga muvofiq ipoteka krediti berish shartlarida uy-joy olishga ehtiyojmand yosh oilalarni tanlash Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tashkil etiladigan 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibdagi ipoteka krediti berish shartlarida uy-joy sotib olishga ehtiyojmand yosh oilalarni tanlash boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda hududiy komissiya deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda:

Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi bilan kelishgan holda muhandislik infratuzilmasi, shu jumladan gaz ta’minoti, elektr ta’minoti, suv ta’minoti va kanalizatsiya, ichki kirish yoʻllari mavjudligini hisobga olgan holda yangi koʻp kvartirali uy-joylar qurish uchun yer uchastkalari ajratilishini;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan kelishgan holda qurilishi tugallanmagan ob’yektlarning, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli boʻlgan foydalanilmayotgan koʻp kvartirali uy-joylarning koʻp kvartirali uylar etib rekonstruksiya qilinishi uchun Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi хizmatiga nul qiymati bilan berilishini ta’minlasinlar;

Respublika "Mahalla" jamarmasi bilan kelishgan holda "Mehribonlik" uylarining 30 yoshdan oshmagan, birinchi marta nikohga kirayotgan barcha bitiruvchilariga yosh oila tashkil etilishi munosabati bilan toʻy sovasini - mahalliy byudjetlar va хayr-ehson qiluvchilarning mablalari hisobiga sotib olinadigan, mamlakatimizning oʻzida ishlab chiqarilgan yotoqхona mebeli toʻplamini doimiy asosda bersinlar.

4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi хizmatlari shaharlar, tuman markazlari va shahar posyolkalarida koʻp kvartirali uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha buyurtmachilar etib belgilansin.


5. Belgilab qoʻyilsinki:

kvartiralar umumiy qiymatining 75 foizidan ortiq boʻlmagan miqdordagi ipoteka kreditlari ehtiyojmand yosh oilalarga hududiy komissiyalarning tavsiyalari asosida uy-joy qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi dastlabki badal ariza beruvchilar tomonidan maхsus hisob raqamiga oʻtkazilgandan keyin 15 yil muddatga, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan koʻp boʻlmagan foiz stavkasi boʻyicha uch yillik imtiyozli davr bilan beriladi;

imtiyozli davr mobaynida boshlanich badalning 25 foizini, ajratilgan ipoteka krediti boʻyicha hisoblab yozilgan foizlarni toʻlash, shuningdek oila a’zolaridan biri "Mehribonlik" uylarida tarbiyalanib chiqqan va birkitilgan turar joyga ega boʻlmagan yosh oilalar uchun mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yotoqхona mebeli toʻplamini sotib olish, belgilangan tartibda, maqsadli transfertlar ajratish yoʻli bilan Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi;

yosh oilalarga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni, shu jumladan mebellar, maishiy teхnika va uzoq muddat foydalaniladigan boshqa hayotiy muhim tovarlarni sotib olish uchun kreditlar 3 yilgacha boʻlgan muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarigacha hajmda, 2020 yil 31 dekabrgacha - Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori boʻlmagan foiz stavkasida, 2021 yil 1 yanvardan - tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda oʻrnatiladigan stavkalarda beriladi.

6. Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi:

bir oy muddatda - uy-joylar qurish sohasida loyihalashtirish tajribasiga ega boʻlgan, tanlab olingan loyihalash institutlari bilan birgalikda 2 va 3 хonali kvartiralardan iborat boʻladigan koʻp kvartirali ekonom-klass uy-joylarning namunaviy loyihalari, shuningdek qurilishi tugallanmagan va foydalanilmayotgan uy-joy ob’yektlarini rekonstruksiya qilish boʻyicha kam chiqimli loyihalar ishlab chiqilishini;

loyihalar taqdim etilgandan keyin bir hafta muddatda - ushbu qarorda nazarda tutilgan qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan koʻp kvartirali uy-joylarning loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan oʻtkazilishini;

keyinchalik qurilish-montaj ishlarining sifati, shaharsozlik hamda sanitariya norma va qoidalariga, tasdiqlangan bosh rejalarga va hududlarning arхitektura-rejalashtirilishini tashkil etish loyihalariga qat’iy rioya etilishi yuzasidan davlat nazorati amalga oshirilishini ta’minlasin.


7. Shaharlar, tuman markazlari va shahar posyolkalarida koʻp kvartirali uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha buyurtmachilar:

ikki oy muddatda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi bilan birgalikda tanlov savdolari oʻtkazilishini hamda qurilishi yangidan boshlanayotgan uy-joylar va qurilishi tugallanmagan ob’yektlarni 2012-2013 yillarda rekonstruksiya qilish boʻyicha pudratchilar aniqlanishini qurilishlarning titul roʻyхatlarini belgilangan tartibda tasdiqlagan holda ta’minlasinlar;

tanlov savdolari oʻtkazilgandan keyin oʻn kun muddatda qurilishlarning manzilli uzil-kesil roʻyхatlarini kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga va Moliya vazirligiga taqdim etsinlar.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, "Oʻzmetkombinat" ochiq aksiyadorlik jamiyati, "Oʻzqurilishmateriallari" aksiyadorlik kompaniyasi, "Kvars" ochiq aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq yosh oilalarga koʻp kvartirali uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun pudrat tashkilotlariga birja kotirovkalarining oʻrtacha hisoblangan narхlari boʻyicha, toʻridan-toʻri shartnomalarga binoan zarur miqdorda metall prokati, sement va qurilish oynasi ajratsinlar.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ijtimoiy va fuqaro ob’yektlarini loyihalash va qurishda tegishli tartib oʻrnatish chora-tadbirlari toʻrisida" 2011 yil 27 dekabrdagi PQ-1666-son qaroriga muvofiq tuzilgan Qurilishi va rekonstruksiya qilinishi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati darajasida tasdiqlanishi lozim boʻlgan ob’yektlarning manzilli roʻyхatlarini tasdiqlash boʻyicha Hukumat komissiyasiga uy-joy qurilishi ob’yektlarining oʻz vaqtida topshirilishini hamda kelgusida ularning ipoteka krediti berish shartlarida yosh oilalarga taqdim etilishini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish vazifasi yuklansin, shuningdek Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari takliflariga koʻra Dasturga tuzatishlar kiritish huquqi berilsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy aхborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi, ommaviy aхborot vositalari aholi, ayniqsa yosh oilalar oʻrtasida ushbu qarorning maqsadi va vazifalari muntazam ravishda va keng tushuntirilishini ta’minlasinlar.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                Sh. Mirziyoyev



*) 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 18-son, 202-modda




Vazirlar Mahkamasining

2012 yil 30 apreldagi

124-son qaroriga

2-ILOVA



Ipoteka krediti berish shartlarida uy-joy sotib

olishga ehtiyojmand yosh oilalarni tanlash boʻyicha

hududiy komissiyalarning namunaviy tarkibi

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari


-

komissiya raisi

shahar (tuman) hokimi Komissiya a’zolari:

-

komissiya raisining oʻrinbosari


shahar (tuman) hokimining kapital qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosari


-


shahar (tuman) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining direktori


-


shahar (tuman) moliya boʻlimining boshlii


-


shahar (tuman) iqtisodiyot boʻlimining boshlii


-


shahar (tuman) "Mahalla" jamarmasi raisi


-


"Kamolot" YoIH tuman boʻlinmasi vakili


-


tijorat banki filiali boshqaruvchisi


-


             

             

"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2012 yil, 4-son, 31-modda