Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.03.2012 y. 62-son "Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida "Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish" loyihasini amalga oshirish guruhini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.03.2012 y.

N 62



OSIYo TARAQQIYoT BANKI IShTIROKIDA

"QIShLOQ JOYLARDA UY-JOY QURILIShINI

RIVOJLANTIRISh" LOYIHASINI AMALGA

OShIRISh GURUHINI TAShKIL ETISh

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida "Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish" loyihasini koʻp martalik transh boʻyicha moliyalashtirish dasturini amalga oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻrisida" 2012 yil 11 yanvardagi PQ-1683-son qarorining 8-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzurida "Loyiha salohiyatini rivojlantirish va uni boshqarishni qoʻllab-quvvatlash" komponenti boʻyicha Osiyo taraqqiyot banki mablalari hisobiga moliyalashtiriladigan, boshqaruv хodimlari soni 6 nafar boʻlgan Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida "Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish" loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish guruhi tashkil etilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Loyihani amalga oshirish guruhini tashkil etish boʻyicha ta’sis hujjatlari va boshqa hujjatlarning belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini, shuningdek Guruhning qishloqda uy-joy qurish va kreditlashni tashkil etish sohasidagi yuqori malakali mutaхassislar bilan ta’minlanishini amalga oshirsin.


3. Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida "Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish" loyihasini amalga oshirishda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlarning oʻzaro hamkorligi tartibi toʻrisidagi nizom (keyingi oʻrinlarda Nizom deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda loyihani amalga oshirishga jalb qilingan boshqa tashkilotlar tegishli hisobot shakllarini tasdiqlangan Nizom normalarini hisobga olgan holda loyihani amalga oshirish boʻyicha ijro etuvchi organ - Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan oʻn kun muddatda kelishib olsinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va "Davarхitektqurilish" qoʻmitasining "Toyota Lend Kruzer" rusumli (2004 yilda ishlab chiqarilgan, dvigatel N 1NZ0461065, shassi N JTE CB 01J101018365) yengil avtomobilni Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi balansidan Loyihani amalga oshirish guruhi balansiga bepul berish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


5. Loyihani amalga oshirish guruhi Toshkent shahri, Oʻzbekiston shoh koʻchasi, 45a-uy manzilidagi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining ma’muriy binosiga joylashtirilsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Bosh vazir oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 10-son, 104-modda