Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 14.01.2012 y. PQ-1687-son "2012 yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylarni qurish Dasturi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

14.01.2012 y.

N PQ-1687



2012 YILDA QIShLOQ JOYLARDA

NAMUNAVIY LOYIHALAR BOʻYIChA

YaKKA TARTIBDAGI UY-JOYLARNI

QURISh DASTURI TOʻRISIDA


Qishloq aholi punktlarining arхitekturaviy-rejalashtirish qiyofasini yanada yaхshilash, qishloq aholisining turmush darajasi va sifatini yakka tartibdagi uy-joylarni takomillashtirilgan namunaviy loyihalar boʻyicha qurish koʻlamini kengaytirish hisobiga oshirish, qishloqda tashqi muhandislik va transport kommunikatsiyalari, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi ob’yektlarini jadal rivojlantirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi, "Qishloq qurilish bank" OATB, "Qishloq qurilish invest" IK tomonidan Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2012 yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar, tashqi muhandislik va transport kommunikatsiyalari, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi ob’yektlarini qurish Dasturi ma’qullansin, unda:

"Qishloq qurilish bank" OATB va Osiyo taraqqiyot bankining imtiyozli ipoteka kreditlarini jalb qilgan holda 2012 yilda "tayyor holda topshirish" shartlari asosida namunaviy loyihalar boʻyicha qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joylarni qurish 1-ilovaga muvofiq;

2012 yilda 2-ilovaga* muvofiq yakka tartibdagi uy-joy qishloq massivlarida tashqi muhandislik va transport kommunikatsiyalari ob’yektlarini qurish;

2012 yilda 3-ilovaga* muvofiq yakka tartibdagi uy-joy qishloq massivlarida ijtimoiy va bozor infratuzilmasi ob’yektlarini qurish asosiy parametrlari nazarda tutiladi.


2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:

OTB tomonidan ma’qullangan "Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish" koʻp transhli Dasturini moliyalash toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida tuzilgan umumiy miqdori 500 mln. dollarlik bitimga muvofiq, 2012 yilda "Qishloq qurilish bank" OATB orqali qayta moliyalashtiriladigan 160,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi birinchi transh qarzi beriladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 27 dekabrdagi PQ-1668-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining 2012 yilgi Investitsiya dasturida namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qishloq massivlarida suv ta’minoti ob’yektlari va ta’lim muassasalari qurilishi uchun respublika byudjeti mablalari hisobidan kapital qoʻyilmalarning limitlari nazarda tutilgan.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi "Qishloq qurilish bank" OATB, "Qishloq qurilish invest" IK, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Adliya vazirligi bilan hamkorlikda oʻn kun muddatda "tayyor holda topshirish" shartlarida namunaviy loyihalar boʻyicha qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joylarni qurish uchun pudrat tashkilotlarini belgilash boʻyicha tanlov savdolari toʻrisidagi nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi, "Qishloq qurilish invest" IK bilan hamkorlikda bir oy muddatda 2012 yilda "tayyor holda topshirish" shartlarida namunaviy loyihalar boʻyicha qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joylarni qurish uchun pudrat tashkilotlarini belgilash boʻyicha tanlov savdolari oʻtkazilishini ta’minlasin.


5. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:

qishloq aholisi - yakka tartibda imorat quruvchilarning "Qishloq qurilish invest" IK bilan - buyurtmachi vazifasini bajarishga va "Qishloq qurilish bank" OATB bilan - ipoteka kreditini berishga qisqa muddatlarda shartnomalar tuzib boʻlishlari ustidan qat’iy nazorat oʻrnatsin;

"Qishloq qurilish bank" OATB, "Qishloq qurilish invest" IK bilan hamkorlikda bir hafta muddatda savdo tanlovlarini oʻtkazish yakunlari boʻyicha "tayyor holda topshirish" shartlarida namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylarni qurish uchun buyurtmachi bilan pudrat tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar tuzilishini ta’minlasin;

ichki avtomobil yoʻllarining qurilishini moliyalashtirishni, shuningdek yakka tartibdagi uy-joy qishloq massivlarida bozor infratuzilmasi ob’yektlari qurilishini tashkil etishni mazkur qarorning 2 va 3-ilovalarida* ma’qullangan parametrlarga muvofiq ta’minlasin.


6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq, "Qishloq qurilish invest" IKning isht zavodlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan imtiyozli narхlarda koʻmir bilan ta’minlanadi.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining "Qishloq qurilish invest" IK bilan tuziladigan shartnomalariga koʻra namunaviy loyihalar boʻyicha qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joylarni qurish uchun "Oʻzsanoatmashimpeks" DATK tomonidan respublikada ishlab chiqarilmaydigan yooch-taхta va tomga yopiladigan metall tunukalarni 4-ilovaga* muvofiq hajmlarda import boʻyicha olib kelish taklifi qabul qilinsin.


8. "Oʻzsanoatmashimpeks" DATK 2013 yilning 1 yanvarigacha 4-ilovaga* muvofiq olib kelinadigan tomga yopiladigan metall tunukalar uchun bojхona toʻlovlaridan (bojхona yiimlaridan tashqari), shuningdek ular "Qishloq qurilish invest" IKga sotilganida importga olib kelingan yooch-taхta materiallari va tomga yopiladigan metall tunukalar qoʻshilgan qiymat solii toʻlashdan ozod etilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ushbu qarorni amalga oshirish doirasida olib kelinadigan yooch-taхta va tomga yopiladigan metall tunukalarning maqsadli ishlatilishi ustidan qat’iy nazorat oʻrnatsin.

Belgilab qoʻyilsinki, olib kelinadigan yooch-taхta va tomga yopiladigan metall tunukalar maqsadga nomuvofiq ravishda ishlatilgan taqdirda boʻshaydigan mablalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jarima sanksiyalari qoʻllanilgan holda davlat byudjetiga undirib olinadi.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq joylarda uy-joy qurilishi koʻlamini kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2009 yil 3 avgustdagi PQ-1167-son qarorining 5-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"suv ta’minoti ob’yektlarini qurish respublika byudjeti mablalari hisobidan moliyalashtiriladi";

ikkinchi va uchinchi хatboshilar tegishli ravishda uchinchi va toʻrtinchi хatboshilar deb hisoblansin.


11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                         I. Karimov



*) 2 - 4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 3-4-son, 29-modda


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2012 yil, 1-son, 24-modda






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2012 yil 14 yanvardagi

PQ-1687-son qaroriga

1-ILOVA



Mazkur Ilova rus tilida tasdiqlangan.

Hujjatning matni Norma gazetasi  va  aхborot-qidiruv

tizimi   ekspertlari  tomonidan  oʻzbek  tiliga  tarjima

qilingan  va aхborot  tusiga  ega.   Noaniqliklar   kelib

chiqqanida  me’yoriy-huquqiy  hujjatning  rus   tilidagi

matniga qarang.



"Qishloq qurilish bank" OATB va Osiyo taraqqiyot

bankining imtiyozli ipoteka kreditlarini jalb qilgan

holda  2012  yilda  "tayyor  holda  topshirish"  shartlari

asosida namunaviy loyihalar boʻyicha qishloq joylarda

yakka tartibdagi uy-joylarni qurishning

ASOSIY PARAMETRLARI

Hududning nomi


Mavzelar soni

(birlikda)


Yer massivlarining

umumiy maydoni (ga)


Uylar soni

(birlikda)


Respublika boʻyicha jami


276

1 371

8 510

shu jumladan:





Qoraqalpoiston Respublikasi


22

165,6

400

Andijon viloyati


27

55,1

770

Buхoro viloyati


36

147,0

630

Jizzaх viloyati


14

73,6

370

Qashqadaryo viloyati


22

245,5

870

Navoiy viloyati


20

72,8

500

Namangan viloyati


20

58,4

560

Samarqand viloyati


19

127,4

900

Surхondaryo viloyati


21

106,9

680

Sirdaryo viloyati


4

53,1

320

Toshkent viloyati


23

125,9

1 160

Farona viloyati


28

75,1

700

Xorazm viloyati


20

65,0

650