Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.05.2011 y. 151-son "Qishloq joylarda uy-joy qurilishini moliyalashtirishning resurs bazasini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.05.2011 y.

N 151



QIShLOQ JOYLARDA UY-JOY

QURILIShINI MOLIYaLAShTIRIShNING

RESURS BAZASINI YaNADA KENGAYTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari tuzilmasini takomillashtirish va хodimlari sonini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2010 yil 20 dekabrdagi PQ-1444-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishini moliyalashtirishning resurs bazasini yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ipoteka krediti berishni qoʻllab-quvvatlash jamarmasini (keyingi oʻrinlarda Jamarma deb ataladi) uning aktivlarini:

Jamarmaning jalb etilgan uzoq muddatli imtiyozli kredit resurslari boʻyicha Moliya vazirligi oldidagi majburiyatlariga teng summadagi qarz majburiyatlarini "Qishloqqurilishbank" aksiyadorlik-tijorat bankining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oldidagi qarzi sifatida rasmiylashtirgan;

qolgan qismini - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining "Qishloqqurilishbank" aksiyadorlik-tijorat banki ustav fondidagi ulushini koʻpaytirgan holda belgilangan tartibda "Qishloqqurilishbank" aksiyadorlik-tijorat bankiga berish yoʻli bilan tugatish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. Jamarmani tugatish komissiyasi tarkibi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

Tugatish komissiyasi kreditorlar talablari qondirilgandan keyin Jamarmaning mol-mulkini "Qishloqqurilishbank" aksiyadorlik-tijorat banki balansiga bergan holda Jamarmani belgilangan tartibda tugatish chora-tadbirlarini amalga oshirsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, "Qishloqqurilishbank" aksiyadorlik-tijorat banki va "Ipoteka bank" aksiyadorlik-tijorat ipoteka banki uzoq muddatli imtiyozli kredit resurslari berish toʻrisida ilgari tuzilgan shartnomalarni ilgari tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan shartlarga muvofiq qayta rasmiylashtirsinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              Sh. Mirziyoyev



*) 1-ilova berilmaydi.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 20-21-son, 209-modda.