Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 17.06.2010 y. PQ-1354-son "Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida хususiy uy-joy qurilishini kengaytirishga oid qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

17.06.2010 y.

N PQ-1354



QIShLOQ JOYLARDA

NAMUNAVIY LOYIHALAR ASOSIDA

XUSUSIY UY-JOY QURILIShINI

KENGAYTIRIShGA OID QOʻShIMChA

ChORA TADBIRLAR TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 3 avgustdagi PQ-1167-sonli "Qishloq joylarda uy-joy qurilishi koʻlamini kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi qaroriga muvofiq hamda qishloq aholi punktlarining bosh rejalari va arхitektura-rejalashtirish tashkilotlarining loyihalariga binoan tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha хususiy uy-joy qurilishi koʻlamini yanada kengaytirish maqsadida:


1. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining:

qishloq joylarda хususiy uy-joy qurilishi uchun qishloq хoʻjaligi maqsadlariga va oʻrmon fondi toifasiga kirmaydigan yerlardan har bir imorat quruvchiga 0,06 ga hajmida yer uchastkalarini ajratish;

tasdiqlangan namunaviy loyihalar asosida хususiy uy-joy qurilishi dasturini 2011-2012 yillarda amalga oshirish maqsadida, yildan-yilga uning oʻsishini ta’minlashni koʻzda tutgan holda, respublikaning barcha hududlarida qishloq хoʻjaligi maqsadlariga va oʻrmon fondi toifasiga kirmaydigan qoʻshimcha yer uchastkalarini ajratish toʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, "Qishloq qurilish loyiha" MChJ loyihalashtirish institutiga bir oy muddatda namunaviy loyihalar asosida qurilgan хususiy uy-joylar va ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini tanqidiy baholashni amalga oshirish va ularga imorat quruvchilar uchun qoʻshimcha qulayliklar, zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlash hamda garajlar va hovli qurilmalari uchun joylar ajratilishini nazarda tutgan holda tegishli tuzatishlar kiritish vazifasi topshirilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2010 yilning 1 oktyabrigacha boʻlgan muddatda qishloq хoʻjaligi maqsadlariga va oʻrmon fondi toifasiga kirmaydigan yer uchastkalarining toʻliq inventarizatsiyasini oʻtkazsin, aniqlangan muhandislik-kommunal infratuzilmaga ulanishi mumkin boʻlgan boʻsh maydonlardan tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha kelgusida хususiy uy-joy qurish maqsadida foydalanishni nazarda tutsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi inventarizatsiya natijalari boʻyicha bir oy muddatda shaharlar va tumanlar bosh rejalarini ishlab chiqish jadvalini, shuningdek arхitektura-rejalashtirish tashkilotlarining hududlarning 2011-2014 yillarga moʻljallangan loyihalarini tasdiqlasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-2012 yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini shakllantirishda quyidagi maqsadlar uchun zarur boʻlgan markazlashtirilgan manbalarni koʻzda tutsin:

2009 yilda qurila boshlangan 42 turarjoy massivida, shuningdek 2010 yilda qurilayotgan 213 turarjoy massivida ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini kompleks tarzda barpo etish;

"Qishloq qurilish bank" OATB orqali tasdiqlangan namunaviy loyihalar asosida хususiy uy-joy qurilishini moʻljallangan hajmlarda qoʻshimcha moliyalash.

Shu munosabat bilan Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari 2010 yil 15 iyulgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligiga 2009-2010 yillarda barpo etilgan хususiy uy-joy massivlarida хalq ta’limi va soliqni saqlash sohalarining aniq ob’yektlarini qurish boʻyicha asoslangan takliflar kiritsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Markaziy bank manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar haqida takliflar kiritsin.


5. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                               I. Karimov



“Xalq soʻzi”, 2010 yil 18 iyun


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 24-25-son, 193-modda.