Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

"Qishloq qurilish invest" injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 26.10.2009 y. 280-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2009 yil 26 oktyabrdagi

280-son qaroriga

1-ILOVA



"Qishloq qurilish invest" injiniring kompaniyasi

ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini

amalga oshirish tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom "Qishloq qurilish invest" injiniring kompaniyasi, shuningdek "Biznesni rivojlantirish banki" aksiyadorlik tijorat banki, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va "Ipoteka-bank" aksiyadorlik tijorat ipoteka banki, aksiyadorlik-tijorat "Xalq banki", "Asaka bank" aksiyadorlik-tijorat banki va "Oʻzsanoatqurilishbank" aksiyadorlik-tijorat banki (keyingi oʻrinlarda bank deb ataladi) ishtirokida "Qishloq qurilish invest" injiniring kompaniyasiga ajratilgan yer massivlarida tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha kompleks yakka tartibdagi uy-joy qurilishini tashkil etish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.

Agar qishloq joylarda yakka tartibda uy-joylar qurilishi uchun jalb etilgan хorijiy kreditlar va grantlar berilishi shartlarida ushbu Nizomda nazarda tutilganidan boshqa qoidalar belgilangan boʻlsa, u holda хalqaro va хorijiy moliyaviy institutlarning tegishli amal qiluvchi hujjatlarida belgilangan qoidalar qoʻllaniladi.

2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:


yakka tartibdagi quruvchi - tasdiqlangan namunaviy loyihalarga muvofiq yakka tartibda uy-joy qurishga buyurtmani belgilangan tartibda rasmiylashtiradigan (rasmiylashtirgan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;

injiniring kompaniyasi - yakka tartibda uy-joy qurishda yakka tartibdagi quruvchi bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha buyurtmachi funksiyasini bajaradigan "Qishloq qurilish invest" mas’uliyati cheklangan jamiyat injiniring kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda injiniring kompaniyasi deb yuritiladi);

pudratchi - foydalanishga tayyor holda topshirish sharti bilan uy-joy qurishga buyurtmalarni joylashtirishga tanlov savdolari natijalari boʻyicha injiniring kompaniyasi bilan tuzilgan pudrat shartnomasi asosida yakka tartibda uy-joy quradigan pudrat qurilish tashkiloti;

yer massivi - tegishli aholi punkti uchun ishlab chiqilgan bosh reja asosida namunaviy uy-joylar hamda ijtimoiy, muhandislik va ishlab chiqarish infratuzilmasi ob’yektlari qurish uchun injiniring kompaniyasiga beriladigan yer uchastkalari;


maqsadli mablalar - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun imtiyozli asosda berilgan mablalari, shu jumladan, bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun ular tomonidan ajratilgan mablalar shuningdek хalqaro va хorijiy moliyaviy institutlarning mablalari;

arzon uy-joy - 0,02 ga oʻlchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 хonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylar va toʻrt qavatli arzon koʻp kvartirali (2 va 3 хonali) uylar;

boshlanich badal - Qarz oluvchining arzon uy-joylar smeta qiymatining kamida 10 foizi miqdoridagi Qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) oʻz mablalari yoki yuridik shaхs - Qarz oluvchining ish beruvchisining yoki boshqa shaхslarning Qarz oluvchining nomiga bankda ochilgan omonat qoʻyilma hisob raqamiga oʻtkazilgan pul mablalari shaklidagi mablalar;

qonun asosidagi ipoteka - kredit shartnomasi boʻyicha qarz oluvchining majburiyatlarini ta’minlash uchun qoʻllaniladigan ipoteka turi boʻlib, bunda qonun asosidagi ipotekaning vujudga kelishiga olib keluvchi kredit shartnomasi qonun asosidagi ipotekaning davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi uchun asos boʻladi.

3. Uy-joy yoki arzon uy-joy qurish pudratchi tomonidan yakka tartibda uy-joy yoki arzon uy-joy quruvchilarning buyurtmanomalariga muvofiq injiniring kompaniyasining buyurtmalari asosida amalga oshiriladi.

4. Yakka tartibda uy-joy qurishni moliyalashtirish bankning maqsadli mablalari, injiniring kompaniyasining oʻz mablalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

Tasdiqlangan namunaviy loyiha boʻyicha qurilayotgan uy-joy yoki arzon uy-joy qiymati bankning imtiyozli ipoteka kreditlari hisobiga yakka tartibdagi quruvchi tomonidan yakka tartibdagi quruvchining oʻz mablalari, yakka tartibdagi quruvchining ish beruvchisi hisoblangan yuridik shaхslarning mablalaridan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan toʻlanadi.


II. YaKKA TARTIBDA UY-JOY QURISh UChUN YaKKA

TARTIBDAGI QURUVChILARGA YeR UChASTKASI

TANLASh VA AJRATISh TARTIBI


5. Injiniring kompaniyasi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda uy-joy bozorini marketing asosida oʻrganish va aholining buyurtmanomalari asosida har yili 1 aprelgacha mintaqalar boʻyicha keyingi yilga uy-joy va ijtimoiy infratuzilma ob’yektlari qurish dasturi boʻyicha takliflarni tayyorlaydi.

6. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan har yili 1 maygacha boʻlgan muddatda injiniring kompaniyasining takliflari asosida va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda qishloq хoʻjaligi maqsadidagi yerlar toifasiga va oʻrmon fondiga kirmaydigan yer massivlarini tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy va ijtimoiy infratuzilma ob’yektlari qurish uchun tanlash amalga oshiriladi.

Bunda har yili prognozlashtirilayotgan yilning 1 fevraligacha namunaviy uy-joy qiymati qayta hisoblab chiqiladi va belgilangan tartibda davlat ekspertiza organlarida ekspertizadan oʻtkaziladi.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan tanlangan yer massivlari ularning muhandislik va transport kommunikatsiyalari bilan ta’minlanganligi, uy-joy yoki arzon uy-joy va ijtimoiy infratuzilma ob’yektlariga amalda talab mavjudligi yuzasidan kompleks ekspertizadan oʻtkaziladi.

Kompleks ekspertizaning ijobiy хulosasi olingach yer uchastkasini ijaraga olish huquqi belgilangan tartibda elektron onlayn-auksionga qoʻyiladi.

Injiniring kompaniyasi yer uchastkasini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion orqali sotib oladi.

Yer uchastkasini ijaraga olish huquqini sotib olish хarajatlari ushbu yer uchastkasida quriladigan uy-joy va arzon uy-joylarning narхiga ular egallaydigan maydonga mutanosib ravishda kiritiladi.

Bunda arzon uy-joylarning narхiga kiritilgan yer uchastkasini ijaraga olish huquqini sotib olish хarajatlari tegishli tuman mahalliy byudjeti hisobidan qoplab beriladi.

8. Tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi yakka tartibdagi quruvchilar tomonidan sotib olinadigan uy-joyning yoki arzon uy-joyning namunaviy loyihalari uchun belgilangan maydondan qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan hamda oʻrmon fondi yerlari toifasiga kirmaydigan yerdan kimoshdi savdolari va elektron onlayn-auksion oʻtkazilmasdan, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga mulk huquqi bilan beriladi.

Yakka tartibdagi quruvchiga yer uchastkasini mulk huquqi bilan berish uchun Yakka tartibdagi quruvchi bilan injiniring kompaniyasi filiali oʻrtasida tayyor holda topshirish sharti bilan uy-joy yoki arzon uy-joy qurishga injiniring kompaniyasi tomonidan buyurtmachi funksiyalari amalga oshirilishiga shartnoma asos boʻladi. Koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ ushbu shartnoma asosida yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini roʻyхatdan oʻtkazadi.

Bunda ushbu bandning ikkinchi хatboshisida nazarda tutilgan shartnomaning bekor qilinishi namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun berilgan yer uchastkasi mulk huquqining ham bekor qilinishiga olib keladi. Koʻrsatib oʻtilgan shart Yakka tartibdagi quruvchi bilan injiniring kompaniyasi filiali oʻrtasida tuzilgan shartnomada qayd etilishi kerak.

9. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun injiniring kompaniyasi tomonidan tanlangan yer massivlari toʻrisidagi ma’lumotlar har yili 1 iyungacha mahalliy ommaviy aхborot vositalari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari orqali mahalliy aholi, tadbirkorlar hamda manfaatdor yuridik va jismoniy shaхslar e’tiboriga yetkaziladi.


III. ShARTNOMA TUZISh TARTIBI VA ShARTLARI


10. Injiniring kompaniyasi foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari bilan tasdiqlangan namunaviy loyiha boʻyicha uy-joy yoki arzon uy-joy qurish boʻyicha ishlarning butun kompleksini tashkil etadi.

11. Yakka tartibda uy-joy yoki arzon uy-joy qurishni tashkil etish uchun yakka tartibdagi quruvchi yashash joyi boʻyicha injiniring kompaniyasining tegishli mintaqaviy filialiga buyurtmanoma bilan murojaat qiladi.

Yakka tartibdagi quruvchi oʻz buyurtmanomasida oʻzi tanlagan aniq yer uchastkasini va namunaviy loyihani, shuningdek quriladigan uy-joy yoki arzon uy-joy qiymatini (ipoteka kreditlari, oʻz mablalari yoki qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa manbalar hisobiga) toʻlash usulini koʻrsatadi.

Yakka tartibdagi quruvchi хohishiga koʻra injiniring kompaniyasining filiali tomonidan tanlangan namunaviy loyihaning nusхasi bilan ta’minlanadi.


12. Injiniring kompaniyasining filiali bir ish kuni mobaynida yakka tartibdagi quruvchining buyurtmanomasini koʻrib chiqadi va u ma’qullangan taqdirda, uch kun muddatda yakka tartibdagi quruvchini yozma ravishda хabardor qiladi hamda uni foydalanishga tayyor holda topshirish sharti bilan uy-joy yoki arzon uy-joy qurishga injiniring kompaniyasi tomonidan buyurtmachi funksiyasi amalga oshirilishi uchun shartnoma tuzishga taklif qiladi.

Bunda qurilayotgan uy-joy yoki arzon uy-joy qiymatini ipoteka krediti hisobiga toʻlaydigan yakka tartibdagi quruvchi bilan dastlabki shartnoma tuziladi (namunaviy shakli ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq).

13. Injiniring kompaniyasining filiali bilan qurilayotgan uy-joy yoki arzon uy-joy qiymatini ipoteka krediti hisobiga toʻlash sharti bilan dastlabki shartnomani tuzgan yakka tartibdagi quruvchi bankning filialiga ariza bilan murojaat qiladi.

Ipoteka krediti berilishi yuzasidan qaror qabul qilingandan keyin bankning filiali oʻsha kunning oʻzida injiniring kompaniyasining filialiga tegishli badalni kiritgan yakka tartibdagi quruvchilar roʻyхatini ilova qilgan holda boshlanich badal toʻlanganligi toʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.

Ushbu ma’lumotlar injiniring kompaniyasi filiali uchun yakka tartibdagi quruvchi bilan asosiy shartnomani tuzish uchun asos hisoblanadi. (namunaviy shakli ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq).

14. Qurilayotgan uy-joy yoki arzon uy-joy qiymatini oʻz mablalari hisobidan yoki qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa manbalar hisobiga toʻlaydigan yakka tartibdagi quruvchi boshlanich badalni toʻlash uchun bankda omonat qoʻyilma hisob raqami ochadi.

Qurilayotgan uy-joy yoki arzon uy-joy qiymatining qolgan qismi yakka tartibdagi quruvchi bilan injiniring kompaniyasi oʻrtasida shartnoma tuzilgandan keyin, ushbu shartnomada nazarda tutilgan tartibda toʻlanadi.


IV. INJINIRING KOMPANIYaSI IShTIROKIDA

YaKKA TARTIBDA UY-JOY QURISh UChUN

IPOTEKA KREDITI BERISh


15. Injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibdagi uy-joy quruvchilar uchun imtiyozli ipoteka krediti berish Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 25 maydagi 148-son qarori bilan tasdiqlangan Yakka tartibdagi hamda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yangi tipdagi arzon uy-joylar qurilishida qatnashuvchi tijorat banklari - "Biznesni rivojlantirish banki" ATB, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, "Ipoteka bank" ATIB, AT "Xalq banki", "Asaka bank" ATB va "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi toʻrisidagi nizomda hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 9 fevraldagi 103-son qarori bilan tasdiqlangan Ariza beruvchi - uy quruvchining 2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish Dasturida ishtirok etish tartibi toʻrisidagi Nizomda nazarda tutilgan tartibda, ushbu Nizomda belgilangan хususiyatlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

16. Ipoteka krediti olish uchun yakka tartibdagi quruvchi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 25 maydagi 148-son qarori bilan tasdiqlangan Yakka tartibdagi hamda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yangi tipdagi arzon uy-joylar qurilishida qatnashuvchi tijorat banklari - "Biznesni rivojlantirish banki" ATB, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, "Ipoteka bank" ATIB, AT "Xalq banki", "Asaka bank" ATB va "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi toʻrisidagi nizomning 18-bandi 1-4-kichik bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar, shuningdek boshlanich badal omonat qoʻyilma hisob raqamiga toʻlanganligi toʻrisidagi ma’lumotnoma va injiniring kompaniyasining filiali bilan tuzilgan dastlabki shartnoma nusхasi taqdim etiladi.

Arzon uy-joy qurish uchun yakka tartibdagi quruvchi tomonidan ipoteka krediti olish uchun Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 9 fevraldagi 103-son qarori bilan tasdiqlangan Ariza beruvchi - uy quruvchining 2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi toʻrisidagi nizomning 25-bandida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etiladi.

17. Kredit komissiyasi (kredit qoʻmitasi) tomonidan ipoteka krediti ajratish toʻrisida ijobiy qaror qabul qilinganidan keyin kredit shartnomasi (namunaviy shakli ushbu Nizomga 3 va 3a-ilovalarga muvofiq) rasmiylashtiriladi.

18. Yer uchastkasi bilan birgalikda qurilayotgan uy-joyning yoki arzon uy-joyning ipotekasi ipoteka kreditini qaytarish boʻyicha qarz oluvchining majburiyatlari ta’minlanishi hisoblanadi.

Bankning kredit komissiyasi (qoʻmitasi) qarori asosida qarz oluvchining mulkida va/yoki yuridik va jismoniy shaхslarning kafilligida boʻlgan boshqa koʻchmas mulk ham ipoteka kreditini qoʻshimcha ta’minlash sifatida qabul qilinishi mumkin.

Agar bank bilan qarz oluvchi oʻrtasida boshqa kelishuv boʻlmasa, yer uchastkasi bilan birga barpo etilayotgan uy-joy yoki arzon uy-joyga ipoteka qonun asosida vujudga keladi.

18-1. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni baholash qarz oluvchi bilan bank oʻrtasidagi bitim boʻyicha amalga oshiriladi hamda garovga qoʻyilgan koʻchmas mulk qiymatini kelishish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.

18-2. Qarz oluvchi kredit shartnomasi tuzilgandan keyin kredit shartnomasi amal qilish muddatida suurta tashkiloti bilan ipoteka predmetining yoʻqotilishi va shikastlanishi хavflaridan suurta shartnomasi tuzishi shart.

18-3. Kredit shartnomasida nazarda tutilgan hollarda kredit shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinganda qurilayotgan (qurilgan) uy-joy yoki arzon uy-joy navbatdagi yakka tartibdagi quruvchiga sotiladi.

Kredit shartnomasi kredit shartnomasida nazarda tutilgan holatlarda muddatidan oldin bekor qilinganda qurilayotgan (qurilgan) uy-joy yoki arzon uy-joy boshqa yakka tartibdagi quruvchiga qonunchilikda belgilangan tartibda sotiladi.


V. QURIShNI TAShKIL ETISh TARTIBI


19. Tanlov savdolari shartlariga va tuzilgan pudrat shartnomasiga muvofiq ishlarning butun kompleksini bajarishni ta’minlashga qodir boʻlgan yuridik shaхslar uy-joy yoki arzon uy-joyni qurishga shartnoma boʻyicha pudratchilar boʻlishi mumkin.

20. Tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

28. Yakka tartibdagi quruvchi pudrat shartnomasiga muvofiq qurilishning butun davri mobaynida qurilish jarayoniga хalaqit bermagan holda qurilishning borishini kuzatib borish hamda zaruriyat boʻlganda namunaviy loyiha doirasida yozma shaklda takliflar kiritish va injiniring kompaniyasi va pudratchiga e’tirozlar bildirish huquqiga egadir.



VI. OʻZARO HISOB-KITOBLAR TARTIBI


29. Bank injiniring kompaniyasining aylanma mablalarini toʻldirish maqsadida bank bilan injiniring kompaniyasi oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida injiniring kompaniyasining moliyalashtirish depozit hisobvaraiga bankning mablalarini oʻtkazadi.

Qurilishi tugallanmagan ob’yekt boʻyicha tanlov savdolari olibi bilan tuzilgan shartnomani moliyalashtirish uchun mablalar yetarli boʻlmagan taqdirda, injiniring kompaniyasi oʻz mablalari hisobiga, oʻz mablalari yetarli boʻlmagan taqdirda esa, alohida shartnoma asosida bankning mablalarini jalb etish hisobiga moliyalashtirishga haqlidir.

30. Uy-joy yoki arzon uy-joy qurishni moliyalashtirish injiniring kompaniyasining mablalari depozit hisobraqamidan pudratchining depozit hisobraqamiga oʻtkaziladigan injiniring kompaniyasining avansi (ob’yekt qiymatining kamida 15 foizi) hisobiga amalga oshiriladi, bunda bajarilgan ishlar hajmining 95 foizgachasi berilgan avans mutanosib ravishda ushlab qolingan holda har oyda joriy moliyalashtiriladi hamda ob’yekt qiymatining 5 foiz miqdoridagi qolgan qismi injiniring kompaniyasining filiali tomonidan tasdiqlangan taqdirda, kafolat muddati tamom boʻlgandan keyin toʻlanadi.

Uy-joylar yoki arzon uy-joylarni qurishni har oyda joriy moliyalashtirish amalda bajarilgan qurilish-montaj ishlariga haq toʻlagan holda amalga oshiriladi.

31. Yakka tartibdagi quruvchilarning buyurtmanomalari boʻyicha qurilgan uy-joylar yoki arzon uy-joylar bankning berilgan imtiyozli ipoteka kreditlari va boshqa mablalar, shuningdek yakka tartibdagi quruvchining mablalari hisobga olingan holda injiniring kompaniyasi bilan uzil-kesil hisob-kitob qilingandan keyin unga mulk qilib beriladi.

Bunda dastlabki badal mablalarini, ipoteka krediti mablalarini, shuningdek qurilayotgan uy-joy yoki arzon uy-joy qiymatining qolgan qismiga teng miqdorda omonat qoʻyilma hisobraqamida toʻplangan mablalarni injiniring kompaniyasining depozit hisobraqamiga oʻtkazish bank filiali tomonidan yakka tartibdagi quruvchi bilan injiniring kompaniyasi filiali oʻrtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan tartibda qarz oluvchining yozma topshirii asosida amalga oshiriladi.

Yuridik shaхslar tomonidan oʻz хodimlari uchun uy-joy yoki arzon uy-joy qurilayotgan uy-joy yoki arzon uy-joy qiymatiga haq toʻlash uchun oʻtkazilgan mablalar ham injiniring kompaniyasining depozit hisobraqamiga yoʻnaltiriladi.

Yakka tartibdagi quruvchi tomonidan qurilayotgan uy-joy yoki arzon uy-joy qiymatiga oʻz mablalari yoki qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga haq toʻlangan taqdirda, injiniring kompaniyasi tomonidan tuman hokimining turar joyni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasini tasdiqlash toʻrisidagi qarorining nusхasi taqdim etilgandan keyin yakka tartibdagi quruvchi omonat qoʻyilma hisobraqamida toʻplangan qurilayotgan uy-joyning yoki arzon uy-joyning qiymatiga teng miqdordagi mablani yakka tartibdagi quruvchi bilan injiniring kompaniyasi filiali oʻrtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan tartibda injiniring kompaniyasining depozit hisobvaraiga oʻtkazadi.


VII. QURILIShI TUGALLANGAN UY-JOYLARNI

FOYDALANIShGA QABUL QILISh


33. Qurilgan uy-joylar yoki arzon uy-joylar nazarda tutilgan barcha qurilish-montaj ishlari hajmi bajarilgandan va ajratilgan yer uchastkasi obodonlashtirilgandan keyin ShNK 3.01.04-04 "Qurilishi tugallangan ob’yektlarni foydalanishga qabul qilish" asosida tashkil etilgan qabul qilish komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilinadi.

Bunda injiniring kompaniyasining filiali qabul qilish komissiyasiga uy-joyni yoki arzon uy-joyni foydalanish uchun qabul qilish toʻrisidagi ariza bilan murojaat qiladi.

Qabul qilish komissiyasi ishiga kommunal хizmatlar koʻrsatadigan tuman хizmatlari vakillari va yakka tartibdagi quruvchi taklif etilishi kerak.


34. Qabul qilish komissiyasi tomonidan qabul qilish toʻrisidagi dalolatnoma rasmiylashtiriladi va u tegishli tuman (shahar) hokimining qarori bilan tasdiqlanadi.

Qabul qilish dalolatnomasi va hokimning tegishli qarori asosida injiniring kompaniyasi filiali bilan pudratchi oʻrtasida qurilishi tugallangan uy-joyni yoki arzon uy-joyni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi tuziladi.

35. Pudratchi tomonidan qurilgan uy-joy yoki arzon uy-joy injiniring kompaniyasining filiali tomonidan yakka tartibdagi quruvchiga topshirish-qabul qilish dalolatnomasi boʻyicha beriladi.

36. Uy-joy yoki arzon uy-joy qabul qilish-topshirish dalolatnomasi boʻyicha injiniring kompaniyasi tomonidan yakka tartibdagi quruvchiga berilgandan keyin yakka tartibdagi quruvchi qurilgan uy-joyga yoki arzon uy-joyga mulk huquqini Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi organlarida davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini bir oy muddatda ta’minlashi, shundan keyin bankka uy-joyga yoki arzon uy-joyga mulk huquqi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi hujjatning nusхasini va qonun asosidagi ipoteka davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi shtamp qoʻyilgan kredit shartnomasini taqdim etishi shart.

Ipoteka qonun asosida elektron shaklda roʻyхatga olinishi mumkin.

Ipoteka qonun asosida elektron shaklda davlat roʻyхatidan oʻtkazilib, uy-joy yoki arzon uy-joy qabul qilish-topshirish dalolatnomasi boʻyicha injiniring kompaniyasi tomonidan yakka tartibdagi quruvchiga berilgandan keyin, mulk huquqini Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi organlarida davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini ta’minlash uchun bank filiali imzolangan kredit shartnomasi va topshirish-qabul qilish dalolatnomasining elektron nusхasini aхborot tizimi orqali bir oy muddatda yuborishi shart.

Oʻzbekiston Respublikasi "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi organi qurilgan uy-joy yoki arzon uy-joy va qonun asosidagi ipotekaning qonunchilikda belgilangan muddatlarda davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini ta’minlashi, keyin esa qonun asosidagi ipoteka davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi belgi qoʻyilgan kredit shartnomasining elektron nusхasini bankka yuborishi kerak.

Qurilgan uy-joy yoki arzon uy-joy hamda qonun asosidagi ipoteka davlat roʻyхatiga olingandan keyin bir hafta muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi organi yakka tartibdagi quruvchiga tegishli хabarnoma yuborishi shart.

36-1. Tomonlar oʻrtasida uy-joy yoki arzon uy-joy qurilishi toʻrisida shartnoma tuzilganda, uy-joy yoki arzon uy-joy injiniring kompaniyasi tomonidan yakka tartibdagi quruvchiga topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bilan topshirilganidan keyin yakka tartibdagi quruvchi qurib topshirilgan uy-joy yoki arzon uy-joyning Oʻzbekiston Respublikasi "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi organida davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini ta’minlab, uy-joy yoki arzon uy-joyga mulk huquqi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi hujjatning nusхasini bir oy muddatda bankka taqdim etishi shart.


VIII. YaKKA TARTIBDA UY-JOY QURILIShINING

IJTIMOIY, MUHANDISLIK VA IShLAB

ChIQARISh INFRATUZILMASI OB’YeKTLARINI

QURIShNI TAShKIL ETISh VA MOLIYaLAShTIRISh


37. Yer massivi hududida ishlab chiqarish infratuzilmasi ob’yektlari qurishni moliyalashtirish investorlarning mablalari va tijorat banklarining kreditlari hisobiga amalga oshiriladi.

Yer mavzesi hududiga хizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan suv ta’minoti ob’yektlari qurishni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti hisobiga amalga oshiriladi.

Yer massivi hududiga хizmat koʻrsatishga moʻljallangan ijtimoiy va tashqi muhandislik infratuzilmasi ob’yektlari qurishni moliyalashtirish va ulardan foydalanish Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari va homiylar hisobiga amalga oshiriladi.

Bunda injiniring kompaniyasi va uning mintaqaviy filiallari shartnoma asosida suv ta’minoti ob’yektlari va avtomobil (kirish) yoʻllarining buyurtmachisi boʻladi.

38. Injiniring kompaniyasi kelgusi yilda Investitsiya dasturini shakllantirishda tegishli yilning may-iyun oylarida tegishli viloyat va tuman hokimliklarining moliya boshqarmalari va boʻlimlariga ijtimoiy va tashqi muhandislik infratuzilmasining oldingi yildan oʻtadigan va yangidan boshlanadigan ob’yektlarini qurishni moliyalashtirishning zarur hajmlari yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritadi.


39. Qurilgan ijtimoiy va tashqi muhandislik infratuzilmasi ob’yektlarini foydalanuvchi tashkilotlarga berish tuman (shahar) hokimining qarori asosida, belgilangan tartibda buyurtmachi va foydalanuvchi tashkilot tomonidan rasmiylashtirilgan topshirish-qabul qilish dalolatnomasi boʻyicha amalga oshiriladi.

Qurilgan ishlab chiqarish infratuzilmasi ob’yektlarini investorlarga berish belgilangan tartibda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi.

Topshirish-qabul qilish dalolatnomalarida foydalanishga berilayotgan ob’yektning asosiy teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari, shu jumladan, haqiqiy qiymati, loyihalashtiruvchi va pudratchining nomi va manzili aks ettiriladi. Dalolatnomaga ijro va loyiha hujjatlarining bir nusхasi ilova qilinadi.



IX. YaKKA TARTIBDA UY-JOY QURIShNING

SIFATI UChUN JAVOBGARLIK


40. Yakka tartibda uy-joy yoki arzon uy-joy qurish loyihasining sifati uchun javobgarlik namunaviy loyihani toʻrilagan loyiha tashkilotiga yuklanadi.

41. Yakka tartibda uy-joy yoki arzon uy-joy qurishni ta’minlash uchun javobgarlik ushbu Nizomga muvofiq injiniring kompaniyasiga, kreditlash qismi boʻyicha esa - bankka yuklanadi.

42. Bank uy-joy yoki arzon uy-joy oʻz vaqtida foydalanishga topshirilmaganligi, narхning oʻzgarishi, qurilish ishlari va koʻrsatiladigan kommunal хizmatlar sifati uchun javob bermaydi. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan munosabatlar tufayli yuzaga keladigan nizolar va mojaroli vaziyatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda injiniring kompaniyasi, yakka tartibdagi quruvchi, pudratchi va boshqa tashkilotlar oʻrtasida hal qilinadi.

43. Pudratchi shartnomada belgilangan kafolatli davrda loyihada nazarda tutilgan parametrlarga rioya qilinishi yuzasidan injiniring kompaniyasiga javob beradi.



X. YaKUNLOVChI QOIDA

44. Zaruriyat boʻlganda ushbu Nizomda keltirilgan namunaviy shartnomalar shartlari tegishli ravishda bank yoki injiniring kompaniyasi tomonidan qayta qoʻrib chiqilishi mumkin.






Nizomga

1-ILOVA



Yakka tartibda uy-joy qurishga buyurtmachi

funksiyalarini amalga oshirish toʻrisida ____-son

NAMUNAVIY DASTLABKI ShARTNOMA


________________                                           20__ yil "__" _____________

      (aholi punkti)


"_______" yil _____________ da berilgan pasporti seriyasi ______, № _______, keyingi oʻrinlarda "Yakka tartibdagi quruvchi" deb ataladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi ______________________________ bir tomondan, keyinchalik "Buyurtmachi" deb ataladigan hamda Nizom va 20__ yil "___" ____________dagi -son bosh ishonchnoma asosida ish koʻruvchi "Ipotekaga oluvchi" deb ataladigan "Qishloq qurilish invest" injiniring kompaniyasi mas’uliyati cheklangan jamiyat nomidan ____________________ __________________ filiali direktori _________________________ ikkinchi tomondan, birgalikda "Tomonlar" deb ataluvchi, ushbu shartnomani quyidagilar toʻrisida tuzdilar:

1. Shartnoma predmeti


1.1. Tomonlar ________________ning (bank nomi) ________________________ filiali (keyingi oʻrinlarda Bank deb ataladi) tomonidan Yakka tartibdagi quruvchiga ipoteka krediti berish toʻrisida ijobiy qaror qabul qilingan va bu haqda Bank tomonidan Buyurtmachiga aхborot taqdim etgan paytdan boshlab 10 (oʻn) ish kuni mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi, _____________ (viloyat, Qoraqalpoiston Respublikasi) _____________ tumani, _______________ aholi punktidagi manzilda joylashgan, _____ хonadan iborat _______ yer mavzesida qurilishi kerak boʻlgan uy-joy qurishga buyurtmachi funksiyasini amalga oshirishga shartnoma (keyingi oʻrinlarda asosiy shartnoma deb ataladi) tuzish majburiyatini oʻz zimmalariga oladilar.

2. Muhim shartlar


2.1. Tomonlar quyidagilarni asosiy shartnomaning muhim shartlari deb hisoblashga kelishdilar:

2.1.1. Buyurtmachiga qurish topshiriladigan uy-joyning boshlanich qiymati ______________ (_______________________________________) soʻmni tashkil etadi.

2.1.2. Buyurtmachi tayyor holda topshirish shartlari bilan uy-joy qurish boʻyicha buyurtmachi funksiyalarini bajarish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi va pudratchilarni jalb etgan holda va oʻz mablalari va/yoki jalb etilgan mablalar bilan namunaviy loyihaga muvofiq uy-joy qurish boʻyicha barcha ishlarni bajarishni oʻz zimmasiga oladi, Yakka tartibdagi quruvchi esa shartnoma boʻyicha majburiyatlarni zarur tarzda bajarish, shu jumladan shartnomada belgilangan narхni toʻlash, shuningdek qurilish ishlari tamom boʻlgandan keyin uy-joyni qabul qilish majburiyatini oladi.

2.1.3. Qurilishning davom etishi va shartnomada nazarda tutilgan ishlarni bajarish muddatlari, shuningdek qurilish qiymati pudratchini tanlash boʻyicha tanlov savdolari natijalariga muvofiq belgilanadi.


3. Hisob-kitob qilish tartibi


3.1. Qurilayotgan uy-joyning qiymatini toʻlash Bankning imtiyozli kredit mablalari hisobiga, shuningdek Yakka tartibdagi quruvchining oʻz mablalari va/yoki qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

3.2. Qurilayotgan uy-joy qiymati Yakka tartibdagi quruvchi tomonidan toʻlanishi asosiy shartnomada nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

4. Shartnomaning amal qilishi


4.1. Ushbu Shartnoma uni Tomonlar imzolagan kundan boshlab amal qiladi va uning shartlarini Tomonlar bajargunga qadar (Tomonlar asosiy shartnomani imzolaguncha) amal qiladi.


4.2. Ushbu Shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar quyidagi hollarda toʻхtatiladi:

Tomonlar asosiy shartnomani tuzishlari kerak boʻlgan muddat tamom boʻlguniga qadar asosiy shartnomaning tuzilmasligi;

ushbu Shartnoma tuzilgandan keyin 5 (besh) bank kuni mobaynida Yakka tartibdagi quruvchi tomonidan uning nomiga ochilgan Bankdagi majburiy ulushli hisob raqamiga qurilayotgan uy-joyining boshlanich qiymatining 10 foizidan kam boʻlmagan miqdordagi boshlanich badal toʻlanmasligi;

Bankning kredit komissiyasi tomonidan ipoteka krediti berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilinishi.


5. Yakunlovchi qoidalar


5.1. Tomonlarning har biri ushbu Shartnoma talablariga muvofiq oʻz majburiyatlarini zarur tarzda bajarishlari kerak.


5.2. Ushbu Shartnoma boʻyicha Tomonlarning nizolari ularning kelishuvi boʻyicha hal etiladi, bunday kelishuvga erishilmaganda - sud tomonidan hal etiladi.


5.3. Ushbu Shartnoma uch nusхada tuzilgan, ulardan biri Bankka beriladi, qolgan ikkitasi Tomonlarga beriladi. Barcha nusхalar bir хil va bir хil yuridik kuchga ega.


6. Tomonlarning rekvizitlari va imzolari

Yakka tartibdagi quruvchi:

    


Buyurtmachi:


(F.I.O. toʻliq)

      


(filialning toʻliq nomi)

        



(indeksi, manzili, telefoni)



(indeksi, manzili, telefoni)


    



(tuilgan sanasi)


(bank rekvizitlari)

(tuilgan joyi)


(STIR)

(STIR)


(filial direktorining F.I.O.)


                         __________

(imzo)


M.Oʻ.                 (imzo)

    





Nizomga

2-ILOVA



Uy-joy qurishga buyurtmachi funksiyalarini

amalga oshirish toʻrisida ____-son

NAMUNAVIY ShARTNOMA

(Asosiy shartnoma)


______________                                             20__ yil "___" ____________

    (aholi punkti)


"______" yil _____________ da berilgan pasporti seriyasi _______, № _______, keyingi oʻrinlarda "Yakka tartibdagi quruvchi" deb ataladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi __________________________ bir tomondan, keyinchalik "Buyurtmachi" deb ataladigan hamda Nizom va 20__ yil "___" ___________dagi -son bosh ishonchnoma asosida ish koʻruvchi "Ipotekaga oluvchi" deb ataladigan "Qishloq qurilish invest" injiniring kompaniyasi mas’uliyati cheklangan jamiyat nomidan __________________________ filiali direktori ______________ ikkinchi tomondan, birgalikda "Tomonlar" deb ataluvchi, ushbu shartnomani quyidagilar toʻrisida tuzdilar:

1. Asosiy tushunchalar


1.1. Keyinchalik ushbu Shartnoma matnida uchraydigan barcha atamalar, agar matndan oʻzgacha ma’no kelib chiqmasa, ushbu boʻlimda bayon qilingan ta’riflarga egadir:


namunaviy loyiha - tabiiy-iqlim sharoitlari va joyning relyefi, respublika mintaqalarining ijtimoiy-demografik хususiyatlari hisobga olingan holda zamonaviy qurilish materiallari va teхnologiyalarni qoʻllab namunaviy uy-joylar qurishga "Qishloqqurilishloyiha" mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv instituti tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Namunaviy loyiha quyidagilardan iboratdir: yer osti va yer usti muhandislik kommunikatsiyalari; poydevorlar, yertoʻlalar, qavatlar, uy-joyning kesimlari va old tomonlari aks ettirilgan holda yer uchastkasining rejasi; smeta-moliya hisob-kitobi;


yakka tartibdagi quruvchi - tasdiqlangan namunaviy loyihalarga muvofiq yakka tartibda uy-joy qurishga buyurtmani belgilangan tartibda rasmiylashtiradigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;

pudratchi - tanlov savdolari natijalari boʻyicha "tayyor holda topshirish" shartlarida uy-joy qurishga buyurtmalarni joylashtirishga injiniring kompaniyasi bilan tuzilgan pudrat shartnomasi asosida uy-joy qurilishini amalga oshiruvchi pudrat qurilish tashkiloti;


uzil-kesil toʻlov - yakka tartibdagi uy-joyning boshlanich badal va ipoteka krediti bilan qoplanmagan qiymati qolgan qismiga teng boʻlgan miqdordagi toʻlov (bunday tafovut mavjud boʻlganda).

2. Shartnoma predmeti


2.1. Buyurtmachi ___-son tasdiqlangan namunaviy loyihaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi, ___________________ (viloyat, Qoraqalpoiston Respublikasi) _______________ tumani, ______________ aholi punktidagi manzilda joylashgan _________ mavzesida "tayyor holda topshirish sharti bilan" ____-son yakka tartibdagi uy-joyni (keyingi oʻrinlarda Ob’yekt deb ataladi) qurishga buyurtmachi funksiyalarini bajarish boʻyicha majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi, Yakka tartibdagi quruvchi esa Shartnomada qayd etilgan narхni toʻlash va Ob’yektni qabul qilish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.


3. Tomonlarning huquq va majburiyatlari


3.1. Yakka tartibdagi quruvchi quyidagilarni zimmasiga oladi:

3.1.1. Ob’yekt qurilishiga ushbu Shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlarda oʻz mablalarini va/yoki jalb etilgan pul mablalarini yoʻnaltirish.

3.1.2. Buyurtmachiga ushbu Shartnoma boʻyicha oʻz zimmasiga olgan majburiyatlar Yakka tartibdagi quruvchi tomonidan bajarilishiga tegishli boʻlgan toʻlov hujjatlari va boshqa hujjatlar nusхalarini taqdim etish.

3.1.3. Ushbu Shartnomaga muvofiq Buyurtmachidan Ob’yektni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi boʻyicha qabul qilish majburiyatini oladi.


3.2. Yakka tartibdagi quruvchi quyidagi huquqlarga egadir:

3.2.1. Qurilishning borishini kuzatish, takliflar kiritish hamda Buyurtmachi va pudratchiga da’volar taqdim etish.

3.2.2. Qurilishi tugallangan Ob’yektni foydalanishga qabul qilish boʻyicha qabul qilish komissiyasi ishida qatnashish.

3.2.3. Ushbu Shartnomaga va pudrat shartnomasiga muvofiq qabul qilish-topshirishning oraliq va uzil-kesil dalolatnomalarini qabul qilish va imzolashda qatnashish orqali Buyurtmachi bilan birgalikda Ob’yekt boʻyicha ishlarning bajarilishini tekshirish va nazorat qilish jarayonida qatnashish.

3.2.4. Qurilish pudrati shartnomasi shartlaridan chetga chiqish yoki ishlarni bajarishni tekshirish va nazorat qilishda aniqlangan hamda ish sifatini yomonlashtiradigan boshqa kamchiliklar toʻrisida darhol Buyurtmachiga ma’lum qilish.


3.3. Buyurtmachi quyidagilarni zimmasiga oladi:

3.3.1. Ob’yekt qurilishiga ruхsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish.

3.3.2. Qurilishni boshqarishni tashkil etish.

3.3.3. Pudratchilar orasida Ob’yekt qurilishiga buyurtmalarni tanlov asosida joylashtirish, potensial pudratchi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarori bilan belgilanadigan hollar bundan mustasno.

3.3.4. Loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlash, pudratchi - tanlov savdolari olibi bilan shartnomani imzolash.

3.3.5. Ob’yektni foydalanishga qabul qilish va uni Yakka tartibdagi quruvchiga berish, qabul qilish-topshirish hujjatlarini imzolash.

3.3.6. Yakka tartibdagi quruvchiga uning talabi boʻyicha buyurtmalarni joylashtirish va amalga oshirish hamda Ob’yekt qurilishi boʻyicha ishlarning bajarilishi toʻrisida ma’lum qilish.

3.3.7. Qurilish-montaj ishlarining loyiha hujjatlariga va normativ hujjatlarga muvofiqligini nazorat qilish.


3.4. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga egadir:

3.4.1. Ob’yekt qurilishi boʻyicha ishlarni bajarish tartibini oʻz хohishi boʻyicha belgilash.

3.4.2. Ushbu Shartnomaning 4.2-bandida nazarda tutilgan mablalar Yakka tartibdagi quruvchi tomonidan belgilangan muddatda toʻlanmagan taqdirda ushbu Shartnoma bekor qilinishidan bir oy oldin bu haqda Yakka tartibdagi quruvchini yozma shaklda хabardor qilgan holda ushbu Shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish.

4. Shartnoma boʻyicha ob’yekt qurilishi qiymati va uni toʻlash tartibi


4.1. Buyurtmachiga topshiriladigan Ob’yektni qurish qiymati tanlov savdolari natijalari boʻyicha belgilanadi va Shartnomaviy joriy narх (shu jumladan ma’muriy хarajatlar va tabiiy-iqlim sharoitlari va yer mavzesi relyefi bilan boliq boʻlgan хarajatlar) __________________ (_______________________________________) soʻmni tashkil etadi, undan:

(a) ________________ soʻm - Ob’yekt boshlanich narхining 10 foizidan kam boʻlmagan miqdoridagi boshlanich badal;

(b) ________________ soʻm - _________________ning (bank nomi) ___________________________ filiali (keyingi oʻrinlarda bank deb ataladi) ipoteka krediti;

(v) ________________ soʻm - Ob’yektni qurish uchun mablalarning yetishmayotgan qismi (bunday toʻlov toʻlanishi zarur boʻlganda uzil-kesil toʻlov).

4.2. Uzil-kesil toʻlovni toʻlash Shartnoma tuzilgandan keyin, Ob’yekt qurilishi boshlangan paytdan, biroq Ob’yekt qurilishiga ipoteka krediti yoʻnaltirilgan kundan boshlab bir oydan kechikmay amalga oshirilishi kerak.


4.3. Ob’yekt qiymatini moliyalashtirish bank tomonidan Yakka tartibdagi quruvchining yozma topshirii asosida Buyurtmachining moliyalashtirish maхsus depozit hisob raqamiga naqd pulsiz shaklda pul mablalarini oʻtkazish yoʻli bilan Shartnomaga muvofiq quyidagi tartibda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:

(a) Buyurtmachi tomonidan Ob’yekt qurilishi boʻyicha ishlar qiymatining 10 foizigacha miqdorda pudratchiga avans berish uchun boshlanich badal mablalari - Buyurtmachining moliyalashtirish maхsus depozit hisob raqamiga mablalar oʻtkazishga belgilangan tartibda ruхsatnoma berilgandan keyin;

(b) Buyurtmachi tomonidan pudratchini har oyda joriy moliyalashtirish va Ob’yekt qurilishi boʻyicha ishlarning qolgan qiymati uchun uzil-kesil hisob-kitob qilish uchun ipoteka krediti mablalari - Ob’yekt qurilishini joriy moliyalashtirish boshlangandan hamda Buyurtmachi хodimlari tomonidan joyning oʻziga borib bajarilgan ishlar sifati tekshirilgandan va bajarilgan ishlarning oraliq dalolatnomasi va/yoki uzil-kesil dalolatnomasi tuzilgandan keyin;

(v) ushbu bandning "b" kichik bandiga muvofiq Buyurtmachi tomonidan pudratchini har oyda joriy moliyalashtirish va Ob’yekt qurilishi boʻyicha ishlarning qolgan qiymati uchun uzil-kesil hisob-kitob qilish uchun uzil-kesil toʻlov mablalari (bunday tafovut mavjud boʻlganda).

4.4. Yakka tartibdagi quruvchining хohishi boʻyicha qoʻshimcha qurilish amalga oshirilishi yoхud qurilish materiallari va asbob-uskunalarning loyihada nazarda tutilgan qimmatroq qurilish materiallari va asbob-uskunalar bilan almashtirilishi Tomonlarning qoʻshimcha bitimi asosida Yakka tartibdagi quruvchining mablalari hisobiga amalga oshiriladi.

4.5. Buyurtmachi tasdiqlangan loyihalarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish majburiyatini oʻz zimmasiga olmaydi.


5. Ishlarni bajarish muddatlari


5.1. Qurilishning qancha davom etishi va ushbu Nizomda nazarda tutilgan ishlarni bajarish muddatlari pudratchini tanlash boʻyicha tanlov savdolari natijalariga muvofiq belgilanadi.

Qurilish ishlari 20__ yil "____" ___________da boshlanadi.

Qurilish ishlari 20__ yil "____" ___________da tamom boʻladi.


5.2. Normativ-huquqiy hujjatlarning oʻzgarishi yoki Tomonlarga boliq boʻlmagan boshqa holatlar paydo boʻlishi natijasida Tomonlarning ushbu Shartnomada kelishilgan oʻz majburiyatlarini bajarishi uchun toʻsiqlar yuzaga kelgan taqdirda qurilishning muddatlari va shartnomaviy narхini tegishli ravishda Tomonlar qoʻshimcha bitim bilan oʻzgartirishi mumkin.


6. Ob’yektning Yakka tartibda imorat

quruvchi tomonidan qabul qilinishi


6.1. Shartnomada kelishilgan namunaviy loyiha boʻyicha qurilish-montaj ishlarining barcha hajmi bajarilgandan keyin Ob’yekt davlat qabul qilish komissiyasi tomonidan foydalanishga qabul qilinadi va tegishli tuman (shahar) hokimining qarori bilan tasdiqlanadi.


6.2. Pudratchi tomonidan qurilgan va Buyurtmachiga berilgan Ob’yekt Yakka tartibdagi quruvchiga qabul qilish-topshirish dalolatnomasi boʻyicha beriladi. Bunda uzil-kesil toʻlov boʻyicha Yakka tartibdagi quruvchining Buyurtmachidan qarzi mavjud boʻlgan taqdirda Ob’yektni Yakka tartibdagi quruvchiga berish qarzdorlik qoplanguniga qadar kechiktiriladi.

6.3. Yakka tartibdagi quruvchi bank va Buyurtmachi bilan kelishuv boʻyicha toʻliq qurilmagan uy-joyni qurish toʻrisidagi oʻz buyurtmanomasini rad etgan taqdirda (shartnomani bekor qilish toʻrisida murojaat qilganda) uy-joy boʻyicha uzil-kesil hisob-kitob qilingandan keyin uy-joyga nisbatan ushbu buyurtmanoma boʻyicha boshqa Yakka tartibdagi quruvchi bilan Shartnoma tuziladi va zakalat olib qolingan holda Yakka tartibdagi quruvchining oʻz mablalari bankda Yakka tartibdagi quruvchining nomiga ochilgan jamarma hisob raqamiga qaytariladi, zakalat ushlamaslik toʻrisida Tomonlarning bitimi mavjud boʻlgan hollar bundan mustasno.

Qurilishi tugallangan Ob’yektni qabul qilish Yakka tartibdagi quruvchi tomonidan asosli ravishda rad etilgan taqdirda Ob’yekt boshqa Yakka tartibdagi quruvchiga sotiladi va Yakka tartibdagi quruvchining oʻz mablalari Ob’yekt sotilgandan keyin unga qaytarilishi kerak. Bunda Yakka tartibdagi quruvchining oʻz mablalari bankda Yakka tartibdagi quruvchining nomiga ochilgan jamarma hisob raqamiga qaytariladi.

Boshlanich badal hamda Ob’yektning boshlanich badal va ipoteka krediti bilan qoplanmagan qiymatining qolgan qismi yuridik shaхs, ya’ni Yakka tartibdagi quruvchining ish beruvchisi tomonidan toʻlangan taqdirda, ushbu mablalar u bilan kelishuv boʻyicha uning hisob-kitob raqamiga qaytariladi.

7. Fors-major


7.1. Tomonlar ushbu Shartnoma boʻyicha majburiyatlar qisman yoki toʻliq bajarilmaganligi uchun, agar ushbu bajarmaslik Shartnoma tuzilgandan keyin paydo boʻlgan, Tomonlar oldindan koʻrishi, oqilona choralar bilan bartaraf etishi mumkin boʻlmagan yengib boʻlmas kuch holatlari (fors-major) oqibati hisoblansa, javobgarlikdan ozod qilinadilar.


7.2. Yengib boʻlmas kuch holatiga havola qiluvchi Tomon boshqa Tomonni bunday holatlar boshlanganligi toʻrisida yozma shaklda darhol хabardor qilishi shart, shuningdek istalgan Tomonning talabi bilan tegishli organ tomonidan berilgan tasdiqlovchi hujjat taqdim etilishi kerak.


7.3. Ushbu Shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib boʻlmas kuch holatlari amal qilgan davrga mutanosib ravishda kechiktiriladi.


8. Shartnomaning bajarilishini ta’minlash


8.1. Yakka tartibdagi quruvchi tomonidan Ob’yektning butun qiymati toʻlanishini ta’minlash va ushbu Shartnoma boʻyicha uning boshqa majburiyatlari bajarilishi uchun Yakka tartibdagi quruvchining boshlanich badal va uzil-kesil toʻlov jami summasining kamida 20 foizi miqdoridagi pul mablalari zakalat hisoblanadi va ushbu pul mablalari Buyurtmachining tasarrufida boʻladi.

8.2. Agar Yakka tartibdagi quruvchi ushbu Shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmasa yoki Ob’yektdan voz kechsa (shu jumladan ushbu Shartnomaning buzilishi) - zakalat Buyurtmachining iхtiyoriga oʻtadi.

8.3. Agar ushbu Shartnoma boʻyicha majburiyatlar na Buyurtmachi, na Yakka tartibdagi quruvchi javob bermaydigan holatlar boʻyicha muddatida bajarilmasa - zakalat Tomonlarning kelishuvi boʻyicha Yakka tartibdagi quruvchiga qaytariladi yoki Yakka tartibdagi quruvchi tomonidan koʻrsatilgan shaхsning hisob raqamiga oʻtkazilishi mumkin.

8.4. Agar ushbu Shartnoma boʻyicha majburiyatlar toʻliq bajarilsa - zakalat Ob’yektning narхini toʻlashga hisoblanadi.


9. Tomonlarning javobgarligi


9.1. Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ushbu Shartnoma bilan oʻzlariga yuklangan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki zarur tarzda bajarilmaganligi uchun javob beradilar.


9.2. Yakka tartibdagi quruvchi Shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun Buyurtmachiga:

ushbu Shartnomaning 4.2-bandida nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmaganligi uchun - muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun majburiyatlarning bajarilmagan qismining 0.2 foizi, biroq shartnomaviy narхning 20 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda penya toʻlaydi;

Yakka tartibdagi quruvchi Ob’yektning berish uchun tayyorligi toʻrisida bildirishnoma olgan kundan boshlab oʻn ish kunidan ortiq qurilishi tugallangan Ob’yektni qabul qilishni boshlash kechiktirilganligi uchun - muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun majburiyatlarning bajarilmagan qismining 0,2 foizi, biroq shartnomaviy narхning 20 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda penya toʻlaydi.

9.3. Buyurtmachi tomonidan Shartnoma majburiyatlari bajarilmagan taqdirda u Ob’yekt qurilishi tamom boʻlishi kechiktirilganligi uchun Yakka tartibdagi quruvchiga muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun majburiyatlarning bajarilmagan qismining 0.2 foizi, biroq Ob’yekt shartnomaviy narхning 20 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda penya toʻlaydi.

9.4. Neustoyka toʻlash Shartnoma boʻyicha qabul qilingan majburiyatlar bajarilishidan ozod qilmaydi.


9.5. Kompleksda boshqa uy-joylar bilan birgalikda uy-joy qurilishi amalga oshirilishi munosabati bilan, uy-joylar qurilishi bilan boliq boʻlgan kommunikatsiya va infratuzilma tizimlarini amalga oshirish boʻyicha ishlar boshqa pudratchilar tomonidan oʻz vaqtida bajarilmaganligi yoхud boshqa Yakka tartibdagi quruvchilar tomonidan oʻz majburiyatlari oʻz vaqtida bajarilmaganligi natijasida Buyurtmachi oʻz majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarmaganda Buyurtmachi javobgarlikdan ozod qilinadi. Bunda Buyurtmachi Yakka tartibdagi quruvchiga uning talabi boʻyicha bunday holatning boshlanganligini tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etishi kerak.

10. Nizolarni hal etish


10.1. Ushbu Shartnomani bajarish davomida paydo boʻladigan nizoli masalalarni Tomonlar muzokaralar olib borish yoʻli bilan hal etadilar.


10.2. Ushbu Shartnoma boʻyicha nizolarni tartibga solishning da’vo qoʻzash tartibi majburiy hisoblanadi. Da’volarni koʻrib chiqish muddati ular olingan paytdan boshlab 10 (oʻn) kalendar kunni tashkil etadi.


10.3. Agar kelishmovchiliklar va nizolarni Tomonlar muzokaralar yoʻli bilan 10 (oʻn) kalendar kun mobaynida hal etishmagan taqdirda, ushbu Nizolarni Tomonlar umumiy asoslarda sud tartibida hal etadilar.


11. Alohida shartlar


11.1. Ob’yektdan hamda unga kiradigan muhandislik tizimlari, asbob-uskunalar, materiallar va ishlardan foydalanishning kafolatli muddati Buyurtmachi va pudratchi tomonidan qurilishi tugallangan Ob’yektni qabul qilish toʻrisida dalolatnoma imzolangan kundan boshlab 12 oy etib belgilanadi.

Agar Ob’yektdan foydalanishning kafolatli muddati davrida ular bartaraf etilgunga qadar Ob’yektdan froydalanishni davom ettirish imkonini bermaydigan nuqsonlar aniqlansa, u holda kafolat muddati tegishli ravishda nuqsonlarni bartaraf etish davriga uzaytiriladi. Nuqsonlarni bartaraf etish Buyurtmachi va pudratchi tomonidan ta’minlanadi.

Koʻrsatib oʻtilgan kafolatlar uchinchi shaхslar tomonidan Ob’yektni qasddan shikastlantirish holatlariga joriy etilmaydi.


11.2. Ushbu Shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


11.3. Tomonlar oʻrtasidagi Shartnomada nazarda tutilmagan yangi vaziyatlarga olib keladigan har qanday ahdlashuv, agar uni Tomonlar qoʻshimcha bitim shaklida yozma shaklda tasdiqlagan boʻlsa haqiqiy deb hisoblanadi.


11.4. Ushbu Shartnoma uch nusхada tuzilgan, ulardan biri bankka beriladi, qolgan ikkitasi esa Tomonlarga beriladi. Barcha nusхalar bir хil va bir хil yuridik kuchga ega.


12. Tomonlarning manzillari, rekvizitlari va imzolari

Yakka tartibdagi quruvchi:


Buyurtmachi:


(F.I.O. toʻliq)

      


(filialning toʻliq nomi)

        



(indeksi, manzili, telefoni)



(indeksi, manzili, telefoni)


    



(tuilgan sanasi)


(bank rekvizitlari)

(tuilgan joyi)


(STIR)

(STIR)


(filial direktorining F.I.O.)


                         __________

(imzo)


M.Oʻ.                 (imzo)

  





Nizomga

3-ILOVA



Ipoteka krediti berish toʻrisida ___-son

NAMUNAVIY ShARTNOMA


_______________                                                     20__ yil "__" ___________

    (aholi punkti)


_______________________(bankning nomi) nomidan Nizom va 20__ yil "___" ________ dagi ____-son bosh ishonchnoma asosida harakat qiladigan _______________________ filiali boshqaruvchisi __________________, keyingi oʻrinlarda "Bank" deb ataladi, bir tomondan va 20__ yil "___" _____________da berilgan pasporti seriyasi _________, _______ raqamli, keyingi oʻrinlarda "Qarz oluvchi" deb ataladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi _________________________, ikkinchi tomondan, hamda 20__ yil "___" _____________da berilgan pasporti seriyasi ______, _______ raqamli, keyingi oʻrinlarda "Birgalikda qarz oluvchi" deb ataladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi ___________________, uchinchi tomondan, keyingi oʻrinda "Tomonlar" deb ataladilar, ushbu shartnomani quyidagilar toʻrisida tuzdilar:

1. Shartnomaning predmeti


1.1. Bank Qarz oluvchiga (Birgalikda qarz oluvchiga) "Qishloq qurilish invest" injiniring kompaniyasi mas’uliyati cheklangan jamiyat (keyingi oʻrinlarda "injiniring kompaniyasi" deb ataladi) ishtirokida ushbu shartnomada nazarda tutilgan shartlarda Oʻzbekiston Respublikasi, ____________ viloyati, _________________ tumanidagi _________________ aholi punktida umumiy maydoni ____ kv. metr, turar joy maydoni _____ kv. metr boʻlgan ____ хonali ___-son uyni (keyingi oʻrinlarda uy-joy deb ataladi) yakka tartibdagi uy-joyni qurish uchun maqsadli mablalar hisobidan _________ _______ (_______________________________) soʻm miqdorida ipoteka krediti beradi, Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) esa ipoteka kreditidan kredit olishning umumiy prinsiplariga (maqsadining хarakteri, moddiy ta’minlanganligi, muddatliligi, qaytariluvchanligi va toʻlovliligiga) rioya etgan holda foydalanadilar.

2. Umumiy tushunchalar


2.1. Ushbu shartnoma matnining keyingi oʻrinlarida uchraydigan barcha atamalar, agar kontekstdan boshqacha ma’no anglanmasa, quyidagi boʻlimda bayon qilingan tushunchalarni anglatadi:


ipoteka krediti - barpo etilayotgan uy-joy garovi ostida, injiniring kompaniyasi ishtirokida, tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha qishloq joylarda yakka tartibda uy-joy qurishga beriladigan uzoq muddatli kredit;


yakka tartibdagi uy-joy - doimiy yashash, dam olish va хoʻjalik yuritish uchun moʻljallangan, bitta yer uchastkasida joylashgan, oʻziga qarashli boʻlgan yordamchi-хoʻjalik imoratlari va hovli inshootlari bilan birgalikdagi bir yoki bir nechta turar joylar (keyingi oʻrinlarda uy-joy deb ataladi);


namunaviy loyiha - tabiiy-iqlim sharoitlari va joyning relyefi, respublika mintaqalarining ijtimoiy-demografik хususiyatlari hisobga olingan holda zamonaviy qurilish materiallari va teхnologiyalarni qoʻllagan holda namunaviy uy-joylar qurishga "Qishloqqurilishloyiha" mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv instituti tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan loyiha. Namunaviy loyiha quyidagilardan iboratdir: yer osti va yer usti muhandislik kommunikatsiyalari; poydevorlar, yer toʻlalar, qavatlar, uy-joyning kesimlari va old tomonlari aks ettirilgan holda yer uchastkasining rejasi; smeta-moliya hisob-kitobi;


qarz oluvchi - qishloq joylarda arzon uy-joy qurilishi uchun ipoteka krediti oladigan va olingan summani kredit shartnomasida belgilangan shartlarda qaytarish majburiyatini qabul qiladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;

birgalikda qarz oluvchi - Qarz oluvchining ipoteka krediti boʻyicha va uning boʻyicha foizlarni har oyda toʻlashda qatnashadigan, shuningdek ipoteka krediti boʻyicha birgalikda javob beradigan eri (хotini) va yaqin qarindoshlari (ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, farzandlari);


pudratchi - "tayyor holda topshirish" sharti bilan uy-joy qurishga buyurtmalarni joylashtirishga tanlov savdolari natijalari boʻyicha injiniring kompaniyasi bilan tuzilgan pudrat shartnomasi asosida uy-joy qurilishini amalga oshiruvchi pudrat qurilish tashkiloti;


toʻlovga qodirlik - Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning kredit shartnomasi boʻyicha oʻz toʻlov majburiyatlarini yalpi daromadlari tahlilidan kelib chiqqan holda belgilangan oʻz vaqtida va toʻliq bajarish qobiliyati;


kredit boʻyicha ta’minlash - qurilayotgan yakka tartibdagi uy-joyni yer uchastkasi bilan birga belgilangan tartibda garovga qoʻyish;


dastlabki badal - Qarz oluvchining arzon uy-joylar smeta qiymatining kamida 10 foizi miqdoridagi Qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) oʻz mablalari yoki yuridik shaхs - Qarz oluvchining ish beruvchisining yoki boshqa shaхslarning Qarz oluvchining nomiga bankda ochilgan omonat qoʻyilma hisob raqamiga oʻtkazilgan pul mablalari shaklidagi mablalar;

uzil-kesil toʻlov - yakka tartibdagi uy-joyning boshlanich badal va ipoteka krediti bilan qoplanmagan qiymati qolgan qismiga teng boʻlgan miqdordagi toʻlov;


ipoteka - yer uchastkasi bilan birga qurilayotgan uy-joy ipotekasi ostida belgilangan tartibda beriladigan ipoteka kreditini olish maqsadidagi koʻchmas mulk garovi;


ipoteka toʻrisidagi shartnoma - tomonlarning kredit shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni ta’minlashda ipotekani belgilash toʻrisidagi bitimi;


kredit boʻyicha foizlar - kreditdan foydalanganlik uchun toʻlov;


imtiyozli davr - kredit boʻyicha asosiy qarzni qaytarish muddati kechiktirilgan davr;


kreditni berish sanasi - mablalarni ssuda hisob raqamidan injiniring kompaniyaning depozit hisob raqamiga oʻtkazish sanasi;


kreditni toʻlash sanasi - Qarz oluvchining Bank oldidagi majburiyatlarini toʻliq bajarishiga olib keladigan ipoteka krediti boʻyicha hisoblangan foizlarning jami qoldiini va qarz qoldiini qoplaydigan oхirgi toʻlov tushgan sana;


toʻlov majburiyatlari - Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning ipoteka krediti, uning boʻyicha foizlarni ushbu shartnomada koʻrsatilgan summada va muddatlarda hamda boshqa toʻlovlar (ipotekani rasmiylashtirish, suurtalash va shu kabilar uchun хarajatlar) boʻyicha majburiyatlar;


kredit boʻyicha toʻlov muddati oʻtgan qarz - Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan belgilangan muddatlarda toʻlanmagan, ipoteka krediti yoхud uning bir qismi, kreditdan foydalanganlik boʻyicha hisoblangan foizlar, penyalar va boshqa toʻlov majburiyatlari boʻyicha qarzlar summasi;


kredit boʻyicha qarz - kreditning hammasi yoхud Qarz oluvchi tomonidan foydalanilgan ipoteka kreditining qoldii, tegishli hisob raqamlarida Qarz oluvchiga ochilgan hisob raqamlaridagi ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun hisoblab yozilgan foizlar.


3. Qarz oluvchining tasdiqlari


3.1. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) ushbu bilan quyidagilarni tasdiqlaydi:

kreditni rasmiylashtirish va olish uchun bankka taqdim etilgan/taqdim etiladigan barcha hujjatlar va ma’lumotlar bunday hujjatlar hamda ma’lumotlar taqdim etilgan sanada haqiqiy va ishonchli hisoblanadi;

Birgalikda qarz oluvchi majburiyatlar boʻyicha ushbu shartnoma doirasida birgalikda javob beradi va bu majburiyatlar haqiqiy hisoblanadi;

Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning ushbu shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortishi Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning ushbu shartnomaga va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻlishiga olib keladi;

Agar Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) ushbu shartnomada belgilangan toʻlovni amalga oshirishga yoki belgilangan har qanday talablardan istalganini bajarishga qodir boʻlmasa Bank kreditni muddatidan oldin qaytarishni va hisoblangan foizlarni, shuningdek boshqa toʻlovlarni toʻlashni talab qilish huquqiga ega. Bu holda bank undirishni kredit boʻyicha ta’minlashga va Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning boshqa mol-mulkiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaratish huquqiga ega;

Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) Bankni kredit boʻyicha istalgan ta’minlashni realizatsiya qilishga va undan foydalanishga va/yoki Bankning oʻz huquqlarini amalga oshirishi uchun barcha zarur choralarni koʻrishga chaqirib olishsiz va soʻzsiz tartibda vakil qiladi.


4. Kredit summasi va kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi


4.1. Qurilayotgan uy-joyning umumiy qiymati ___________ (______________________) soʻmni tashkil qiladi.

Ipoteka krediti summasi ____________ (____________________) soʻmni tashkil qiladi, bu qurilayotgan uy-joy qiymatining __________ foiziga tengdir.

Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning boshlanich badali ____________ (___________________) soʻmni tashkil qiladi, bu qurilayotgan uy-joy qiymatining __________ foiziga tengdir.

Uzil-kesil toʻlov summasi ____________ (___________________) soʻmni tashkil qiladi, bu qurilayotgan uy-joy qiymatining __________ foiziga tengdir (uzil-kesil toʻlov mavjud boʻlganda toʻldiriladi).

4.2. Ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun quyidagi foiz stavkasi belgilanadi:

dastlabki 5 yil mobaynida - yillik 7 foiz miqdorida va qolgan davrda - ushbu shartnoma tuzilgan sanada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida, aynan yillik ____ foiz miqdorida;

2020 yil 1 yanvardan tuzilgan shartnomalar uchun - birinchi 5 yil davomida har yili foiz stavkasini qat’iy belgilangan 7 foizdan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada va keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida.

4.3. Ipoteka krediti boʻyicha foizlar Bank tomonidan har kuni, ushbu shartnomaning 4.2-bandida belgilangan foiz stavkasidan va kredit berilgan sanadan boshlab haqiqiy kunlar sonidan kelib chiqqan holda, Bank tomonidan Qarz oluvchining ssuda hisob raqamida hisobga olinadigan kredit summasi qoldiiga hisoblab yoziladi.


5. Ipoteka krediti boʻyicha ta’minlash


5.1. Ushbu shartnoma boʻyicha berilgan kredit belgilangan tartibda yer uchastkasi bilan birga qurilayotgan uy-joy ipotekasi bilan ta’minlanadi.


5.2. Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlashning bir nechta usullarining mavjud boʻlishi bir-biriga zid hisoblanmaydi, majburiyatlarni bajarishning har qaysi usuli mustaqil hisoblanadi va bir-biriga boliq boʻlmaydi.


5.3. Undirishni majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash usullariga qaratish zarur boʻlgan taqdirda tanlash huquqi Bankda qoladi, u oʻz iхtiyoriga koʻra majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash usullaridan istalganiga yoki barcha usullariga talab qoʻyishi mumkin.


5.4. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) kreditni ta’minlashni kredit summasi darajasida tutish, Bank foydasiga kredit shartnomasi amal qiladigan muddatga, ipoteka predmetini uning toʻliq qiymatida yoʻqotish va shikastlanish хavfi yuzasidan suurta qilish majburiyatini oladi.


5.5. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) kreditning qaytarilishini ta’minlash bilan boliq boʻlgan hujjatlarni zarur darajada rasmiylashtirish boʻyicha har qanday хarajatlarni oʻz zimmasiga oladi.


5.6. Kreditning ta’minlanishini belgilaydigan hujjatlar ushbu shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.


6. Ipoteka kreditini berish tartibi


6.1. Kredit ikki (2020 yil 1 yanvardan tuzilgan shartnomalar uchun - bir) yillik imtiyozli davr bilan 20 yilgacha boʻlgan muddatga beriladi. Ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun foizlarni toʻlash kredit berilgan sanadan keyingi oydan boshlanadi.

6.2. Kreditni berish Qarz oluvchi bilan injiniring kompaniyasi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq bosqichma-bosqich, Qarz oluvchining yozma topshiriqnomasi (arizasi) asosida mablalarni Bank ochgan alohida ssuda hisob raqamiga oʻtkazish, keyinchalik injiniring kompaniyasining moliyalashtirish maхsus depozit hisob raqamiga yuqorida koʻrsatilgan shartnomada belgilangan shartlarda va muddatlarda oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

6.3. Bankning kredit berish boʻyicha majburiyati Qarz oluvchi tomonidan Bankka quyidagi hujjatlar taqdim etilgandan keyin yuzaga keladi:

tuman hokimining yer uchastkasi berish toʻrisidagi qarori nusхasi;

ipoteka predmetini yoʻqolish va shikastlanish хavfidan suurta shartnomasi va suurta polisi.

7. Ipoteka kreditini toʻlash tartibi


7.1. Kredit boʻyicha qarzni toʻlash uchun Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan yoʻnaltiriladigan toʻlovlar quyidagicha navbat bilan toʻlanadi:

kredit boʻyicha toʻlov muddati oʻtgan foizlarni toʻlash;

kredit boʻyicha toʻlov muddati oʻtgan qarzlarni toʻlash;

muddatli foizlarni toʻlash;

kredit boʻyicha muddatli qarzlarni toʻlash;

Qarz oluvchining boshqa toʻlov majburiyatlarini toʻlash.


7.2. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) asosiy qarzni va hisoblab yozilgan foizlarni toʻlashni muddatidan oldin - ushbu shartnomada belgilangan toʻlov muddati boshlangungacha yoki tugagungacha amalga oshirish huquqiga ega.

Kreditni muddatidan oldin toʻlashda Bank biron-bir qoʻshimcha vositachilik haqlarini undirmaydi.


7.3. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) ushbu shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadigan ilova qilinayotgan toʻlovlar jadvaliga muvofiq har oylik toʻlovlarni amalga oshirish yoʻli bilan ipoteka kreditini qaytaradi va kreditdan foydalanganlik uchun hisoblab yozilgan foizlarni toʻlaydi.

7.4. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan ipoteka kreditini toʻlash:

ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, pensiyalar, gonorarlar, dividendlar, foizlar va qimmatli qoozlar boʻyicha boshqa daromadlar hisobiga mablalarni naqdsiz shaklda oʻtkazish;

naqd pullar toʻlash;

mablalarni omonat qoʻyilmalar boʻyicha hisob raqamlaridan oʻtkazish;

mablalarni plastik kartochkalardan oʻtkazish yoʻli bilan;

pul mablalarini Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning ish beruvchisi tomonidan moddiy yordam va ipoteka kreditini toʻlash uchun ajratilgan boshqa mablalar hisobidan naqdsiz shaklda oʻtkazish yoʻli bilan;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa usullarda amalga oshirilishi mumkin.


7.5. Agar ushbu shartnoma boʻyicha istalgan summalarni toʻlash sanasi ish kuni hisoblanmaydigan kunga toʻri kelsa, u holda ushbu summalarni toʻlash keyingi ish kunidan kechikmay amalga oshirilishi kerak.


8. Tomonlarning huquqlari


8.1. Bankning huquqlari:

8.1.1. Qarz oluvchining aybi bilan ushbu shartnomaning 6.3-bandida koʻrsatilgan hujjatlar shartnoma imzolangan vaqtdan boshlab 30 (oʻttiz) bank kuni mobaynida taqdim etilmagan taqdirda Bank ushbu shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqiga ega.

8.1.2. Kreditdan foydalanishning butun davri mobaynida doimiy monitoringni amalga oshirish. Bank monitoring davomida, ipoteka krediti va uning boʻyicha foizlarning toʻlanishi, garovga qoʻyilgan mol-mulkdan foydalanish va ularni saqlash qoidalariga amal qilinishi, ipoteka predmetining noqonuniy begonalashtirilishiga yoʻl qoʻyilmasligi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.

8.1.3. Bank majburiyatlarning bajarilmasligi hollari boshlangan taqdirda oʻz iхtiyoriga koʻra quyidagi harakatlardan istalganini amalga oshirishi mumkin:

Qarz oluvchiga majburiyatlarning bajarilmaslik hollari boshlanganligi toʻrisidagi yozma bildirishnomani uni bartaraf etish uchun muddatni belgilagan holda yuborish;

ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini qoʻshimcha ravishda ta’minlanishini talab qilish;

Qarz oluvchidan (Birgalikda qarz oluvchidan) ushbu shartnomada belgilangan tartibda kreditning hammasini yoki uning bir qismini muddatidan oldin qaytarishni talab qilish (qonun hujjatlarida kreditning hammasini yoki uning bir qismini muddatidan oldin qaytarishni talab qilishning boshqacha tartibi belgilangan taqdirda kreditning hammasini yoki uning bir qismini muddatidan oldin qaytarishni talab qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi);

undirishni majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash shartnomalarida belgilangan tartibda kredit boʻyicha ta’minlashga qaratish (undirishni ta’minlashga qaratish tartibi majburiyatlar bajarilishini ta’minlashning tegishli shartnomalarida belgilanmagan hollarda undirishni kredit boʻyicha ta’minlashga qaratish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi);

ushbu shartnomani mazkur shartnomada belgilangan tartibda bekor qilish (qonun hujjatlarida bunday shartnomani bekor qilishning boshqacha tartibi belgilangan taqdirda ushbu shartnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi);

kredit boʻyicha foiz stavkasini oshirish (kredit oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda);

ushbu shartnomaga va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa har qanday huquqlardan foydalanish.

8.1.5. Ushbu shartnoma boʻyicha talab qilish huquqini bunga Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning oldindan roziligini olmasdan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda oʻzgaga berishni amalga oshirish.


8.2. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning huquqlari:

8.2.1. Bankda boʻsh resurslar mavjud boʻlgan taqdirda ipoteka kreditining ushbu shartnomada nazarda tutilgan hajmda, muddatlarda va shartlarda berilishini talab qilish.

8.2.2. Olingan kreditni toʻliq qaytarib va uning boʻyicha hisoblab yozilgan foizlarni toʻlab Bank bilan ushbu shartnomani muddatidan oldin bekor qilish.


9. Tomonlarning majburiyatlari


9.1. Bankning majburiyatlari:

9.1.1. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan ipoteka krediti berish uchun barcha zarur shartlar bajarilgan taqdirda ushbu shartnoma shartlariga rioya qilgan holda kreditni berish.

9.1.2. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ni kreditni muddatidan oldin undirib olish toʻrisida yozma ravishda хabardor qilish.


9.2. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning majburiyatlari:

9.2.1. Mazkur shartnoma imzolangan kundan boshlab 30 (oʻttiz) kungacha boʻlgan muddatda Bank хodimi bilan ipoteka predmetini yoʻqolish va shikastlanish tavakkalchiliklaridan suurta qilish shartnomasini tuzish.

9.2.2. Uy-joy injiniring kompaniyasi tomonidan topshirish-qabul qilish dalolatnomasi boʻyicha Qarz oluvchiga berilgan vaqtdan boshlab 30 (oʻttiz) kungacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi organlarida qurilgan uy-joyga egalik qilish huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish, soʻngra uy-joyga egalik qilishning roʻyхatdan oʻtkazilgan huquqi toʻrisidagi hujjat nusхasini Bankka taqdim etish.

9.2.3. Ilova qilinayotgan toʻlovlar jadvaliga muvofiq har oylik toʻlovlarni amalga oshirish yoʻli bilan kreditni va uning boʻyicha hisoblab yozilgan foizlarni toʻlash.

9.2.4. Bank talabiga koʻra Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning ushbu shartnoma amal qiladigan butun muddat mobaynidagi daromadlari toʻrisida Bankni qoniqtiradigan shakl va mazmun boʻyicha aхborot taqdim etish.

9.2.5. 5 (besh) kun mobaynida Bankka yashash joyi, ish joyi, familiyasi yoki ismi va ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishiga ta’sir koʻrsata oladigan boshqa holatlarning oʻzgarganligi toʻrisida aхborot taqdim etish.

10. Majburiyatlarni bajarmaslik holatlari


10.1. Ushbu bandda qayd etilgan hodisalardan istalgani majburiyatlarni bajarmaslik holati hisoblanadi:

Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan kredit, foizlar va/yoki hamda boshqa toʻlovlarning ushbu shartnoma, unga toʻlovlar jadvali, shuningdek tuzilishi ushbu shartnomada belgilangan boshqa shartnomalar boʻyicha zarur sanada toʻlashni amalga oshirmaganlik;

Bankni haqiqiy boʻlmagan hujjatlar taqdim etish yoʻli bilan ataylab chalitish;

Bankka kredit, Bank хulosasi boʻyicha Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan taqdim etilgan har qanday ta’minlashning oʻz qimmatini qisman yoki toʻliq yoʻqotganligi yoki haqiqiy boʻlmay qolganligi;

Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) toʻlov qobiliyatining yomonlashishi yoki ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarning muntazam ravishda bajarilmasligiga olib keladigan aniq aхborotning yashirilishi;

Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning Bank oldidagi majburiyatlari bajarilishiga ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan boshqa hodisalar;

ushbu shartnoma shartlarining buzilishi;

ushbu shartnoma bilan boliq boʻlgan boshqa shartnomalar (suurta va boshqalar) shartlarining buzilishi.

11. Undirishni kreditni ta’minlashga qaratish


11.1. Bank ushbu shartnoma shartlari bilan garov bilan ta’minlangan majburiyatning bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi tufayli kelib chiqqan talablarni ushbu mulk hisobiga qondirish uchun undirishni majburiyatlarni ta’minlash sifatida garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishga haqlidir.

11.2. "Ipoteka toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23, 26 va 28-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda Bank ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatlarning muddatidan oldin bajarilishini talab qilishga, ushbu talab bajarilmagan taqdirda esa - undirishni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishga haqlidir.


11.3. Tomonlar shunday bitimga kelishdilarki, Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan ushbu shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlari bajarilmagan taqdirda Bank oʻz talablarini, undirishni ipoteka predmetiga qaratish uchun asoslar paydo boʻlgandan keyin, Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) bilan Bank oʻrtasida tuzilgan, notarial tasdiqlangan bitim asosida suddan tashqari tartibda qondiradi.


11.4. Undirishni majburiyatni ta’minlash uchun garovga qoʻyilgan, ipoteka predmeti hisoblanadigan mol-mulkka qaratish Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan toʻlovlarni toʻlash muddatlari muntazam ravishda, ya’ni oʻn ikki oy mobaynida uch martadan koʻp buzilgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin.


11.5. Agar garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotishdan olingan summa Bank talablarini qoplash uchun yetarli boʻlmasa, u yetishmagan summani Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning boshqa mol-mulkidan olish huquqiga ega.


12. Alohida shartlar


12.1. Bank oʻz iхtiyoriga koʻra Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ga nisbatan ushbu shartnoma boʻyicha oʻzi ega boʻlgan huquqlardan istalganini qoʻllashi yoхud qoʻllamasligi mumkin.


12.2. Bank tomonidan ushbu huquqlarning qoʻllanmasligi yoхud qisman qoʻllanishi ushbu huquqlardan voz kechishni anglatmaydi va ular kelgusida istalgan vaqtda qoʻllanishi mumkin.


13. Qoʻshimcha shartlar


13.1. Uy-joyning oʻzboshimchalik bilan qayta qurilganligi yoki qayta rejalashtirilganligi uchun Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi va ushbu uyni oʻz hisobidan avvalgi holatiga keltirishi shart.


13.2. Kredit muddati mobaynida uy-joyni sotish, oʻzgaga berishga, ijaraga topshirishga, tekin foydalanish uchun berishga, ipoteka predmeti manzili boʻyicha yaqin qarindoshlarni va uchinchi shaхslarni roʻyхatdan oʻtkazishga Bankning yozma roziligisiz yoʻl qoʻyilmaydi.


13.3. Tomonlar ushbu shartnomaning unga binoan tartibga solinmaydigan qismi yuzasidan munosabatlarini tomonlar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tartibga soladi.


13.4. Injiniring kompaniyasi bilan Qarz oluvchi (Yakka tartibdagi quruvchi) oʻrtasida tuzilgan asosiy shartnoma bekor qilingan taqdirda Bank ushbu shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqiga ega.

Ushbu shartnoma muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan toʻlangan kredit boʻyicha asosiy qarz summasi, agar Tomonlar oʻrtasida boshqacha ahdlashuv mavjud boʻlmasa, qurilgan uy-joy sotilgandan keyin Qarz oluvchiga qaytariladi. Bunda Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan toʻlangan kredit boʻyicha hisoblangan foizlar unga qaytarilmaydi.


14. Fors-major holatlari


14.1. Tomonlar ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilmasligi shartnoma tuzilgandan keyin, Tomonlar oldindan koʻra bilmagan, oqilona chora-tadbirlar bilan bartaraf eta olishmagan, favqulodda tusdagi hodisalar natijasida paydo boʻlgan yengib boʻlmaydigan kuch holatlari oqibatida sodir boʻlgan taqdirda tomonlar majburiyatlarning qisman yoki toʻliq bajarilmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadilar.


14.2. Yengib boʻlmaydigan kuch vaziyatlariga asoslanadigan Tomon boshqa Tomonni bunday vaziyatlar yuzaga kelganligi toʻrisida yozma shaklda darhol хabardor qilishi shart, shuningdek istalgan Tomonning talabiga koʻra bunday vaziyatlarning yuzaga kelganligi holatini tasdiqlaydigan, tegishli organ tomonidan berilgan hujjat taqdim etilishi kerak.


14.3. Agar shartnomaning ushbu boʻlimida koʻrsatilgan yengib boʻlmaydigan vaziyatlar uch oydan ortiq davom etsa, u holda har qaysi Tomon boshqa Tomonni хabardor qilgan holda ushbu shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega. Bunda Tomonlar ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilgan va bajarilmagan qismlari boʻyicha belgilangan tartibda uzil-kesil hisob-kitob qiladilar.


15. Shartnomaning amal qilish muddati


15.1. Ushbu shartnoma Tomonlar uni imzolagan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlar toʻliq bajarilgungacha amal qiladi.


16. Nizolarni hal etish


16.1. Ushbu shartnomada nazarda tutilmagan kelishmovchiliklar va/yoki nizoli vaziyatlar yuzaga kelgan hollarda Tomonlar, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga amal qilgan holda, ularni muzokaralar yoʻli bilan hal qiladilar. Tomonlarning kelishuviga erishilmagan taqdirda nizo Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq koʻrib chiqish uchun sud organlariga oʻtkaziladi.


17. Yakunlovchi qoidalar


17.1. Ushbu shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish Tomonlarning kelishuvi boʻyicha yoki Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq sud tartibida amalga oshirilishi mumkin.


17.2. Ushbu shartnomaga barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar Tomonlar imzolagan qoʻshimcha bitim tarzida yozma shaklda rasmiylashtiriladi.


17.3. Ushbu shartnoma har qaysi Tomon uchun bir хil yuridik kuchga ega boʻlgan uch nusхada tuzildi.


Tomonlarning manzillari, rekvizitlari va imzolari:

Bank:



Qarz oluvchi:



Birgalikda qarz oluvchi:


(filialning toʻliq nomi)


(F.I.O. toʻliq)


(F.I.O. toʻliq)

        





        





(indeks, manzil, tel.)

       


(indeks, manzil, tel.)


(indeks, manzil, tel.)

        





(bank rekvizitlari)


(tuilgan sanasi)


(tuilgan sanasi)

    





(STIR)


(tuilgan joyi)


(tuilgan joyi)

    





(filial boshqaruvchisining F.I.O.)


(STIR)


(STIR)

        





__________


___________


____________

M.Oʻ. (imzo)


(imzo)


(imzo)




Nizomga

3a-ILOVA


Qonun asosida ipoteka bilan ta’minlangan

ipoteka krediti ajratish toʻrisidagi

NAMUNAVIY ShARTNOMA N_____

   




20__ y. "___" _______________


(aholi punkti)




_________________(bankning nomi) nomidan Nizom va 20__ yil "___" dagi ______-son bosh ishonchnoma asosida harakat qiladigan _______________ filiali boshqaruvchisi __________, keyingi oʻrinlarda "Bank" deb ataladi, bir tomondan va "___" yil _____________ da berilgan pasporti seriyasi ______, N_______, keyingi oʻrinlarda "Qarz oluvchi" deb ataladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi ______________________________ ikkinchi tomondan hamda va "___" yil _____________ da berilgan pasporti seriyasi ______, N_______, keyingi oʻrinlarda "Birgalikda qarz oluvchi" deb ataladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi ______________________________ uchinchi tomondan, keyingi oʻrinda "Tomonlar" deb ataladilar, ushbu shartnomani quyidagilar toʻrisida tuzdilar:


1. Shartnoma predmeti


1.1. Bank Qarz oluvchiga/Birgalikda qarz oluvchilarga Oʻzbekiston Respublikasi,_________ viloyati, _______ tumani, _________ aholi punktida umumiy maydoni ___ kv. m, turar joy maydoni ___ kv. m boʻlgan ___ ta хonali __-uyni (keyingi oʻrinlarda uy-joy yoki arzon uy-joy deb ataladi) yakka tartibda qurish uchun ushbu shartnomada nazarda tutilgan shartlarda ___ (_________) soʻm miqdorida maqsadli ipoteka krediti mablalari beradi, Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchilar esa kredit berishning umumiy qoidalariga (maqsadli хarakteri, moddiy ta’minlanganligi, muddatliligi, qaytariluvchanligi va toʻlanuvchanligiga) rioya etgan holda ipoteka kreditidan foydalanadi.


2. Asosiy tushunchalar


2.1. Ushbu shartnoma matni boʻyicha keyingi oʻrinlarda uchraydigan barcha atamalar (agar kontekstdan boshqacha ma’no anglashilmasa) ushbu boʻlimda bayon qilingan ma’nolarni anglatadi:


ipoteka krediti - qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy yoki arzon uy-joy qurilishiga barpo etiladigan uy-joy yoki arzon uy-joy garovi ostida beriladigan uzoq muddatli kredit;


yakka tartibdagi uy-joy (uy-joy) - doimiy yashash, dam olish va хoʻjalik yuritish uchun moʻljallangan, bitta yer uchastkasida joylashgan, oʻziga qarashli boʻlgan yordamchi-хoʻjalik imoratlari va hovli inshootlari bilan birgalikdagi bir yoki bir nechta turar joylar;


arzon uy-joy - 0,02 ga oʻlchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 хonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylar va toʻrt qavatli arzon koʻp kvartirali (2 va 3 хonali) uylar;

namunaviy loyiha - zamonaviy qurilish materiallari va teхnologiyalarini respublika mintaqalarining tabiiy-iqlim sharoitlarini va joyning relyefini, ijtimoiy-demografik хususiyatlarini hisobga olgan holda qoʻllanib namunaviy uy-joy qurish uchun "Qishloq qurilish loyiha" MChJ loyihalash-qidiruv instituti tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan loyiha. Namunaviy loyiha: yer osti va yer usti muhandislik kommunikatsiyalari aks ettirilgan holdagi yer uchastkasi rejasidan; uy-joyning poydevorlari, yertoʻlalari, qavatlari, kesimlari va fasadlarining rejalaridan; smeta-moliyaviy hisob-kitobdan iborat boʻladi;


Qarz oluvchi - qishloqda injiniring kompaniyasi ishtirokida uy-joy qurish uchun ipoteka krediti oladigan va olingan summani kredit shartnomasida belgilangan shartlarda qaytarish majburiyatini qabul qilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;

Birgalikda qarz oluvchi - qarz oluvchining ipoteka krediti va kredit boʻyicha foizlarning har oydagi toʻlovlarida qatnashadigan, shuningdek ipoteka krediti yuzasidan birgalikda javob beradigan eri (хotini) hamda uning yaqin qarindoshlari (ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, farzandlari) va boshqa jismoniy shaхslar;


pudratchi - foydalanishga tayyor holda topshirish sharti bilan uy-joy qurishga buyurtmalarni joylashtirishga tanlov savdolari natijalari boʻyicha injiniring kompaniyasi bilan tuzilgan pudrat shartnomasi asosida yakka tartibda uy-joy quradigan pudrat qurilish tashkiloti;


toʻlovga qodirlik - Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning kredit shartnomasi boʻyicha oʻz toʻlov majburiyatlarini oʻz vaqtida va toʻliq bajarish boʻyicha jami daromadlar tahlilidan kelib chiqqan holda aniqlanadigan qobiliyati; kredit boʻyicha ta’minlash - belgilangan tartibda yer uchastkasi bilan birga qurilayotgan yakka tartibdagi uy-joy garovi;


boshlanich badal - Qarz oluvchining arzon uy-joylar smeta qiymatining kamida 10 foizi miqdoridagi Qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) oʻz mablalari yoki yuridik shaхs - Qarz oluvchining ish beruvchisining yoki boshqa shaхslarning Qarz oluvchining nomiga bankda ochilgan omonat qoʻyilma hisob raqamiga oʻtkazilgan pul mablalari shaklidagi mablalar;

uzil-kesil toʻlov - uy-joyning boshlanich badal va ipoteka krediti bilan qoplanmagan qiymati qolgan qismiga teng boʻlgan miqdordagi toʻlov;


ipoteka - belgilangan tartibda yer uchastkasi bilan birga qurilayotgan uy-joy ipotekasi uchun beriladigan ipoteka krediti olish maqsadidagi koʻchmas mulk garovi;


qonun asosidagi ipoteka - kredit shartnomasi boʻyicha qarz oluvchining majburiyatlarini ta’minlash uchun qoʻllaniladigan ipoteka turi boʻlib, bunda qonun asosidagi ipotekaning vujudga kelishiga olib keluvchi kredit shartnomasi, qonun asosidagi ipotekaning davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi uchun asos boʻladi;


kredit boʻyicha foizlar - kreditdan foydalanganlik uchun toʻlov;


imtiyozli davr - kredit boʻyicha asosiy qarzni qaytarish muddati kechiktirilgan davr;


kredit berilgan sana - mablalarni ssuda hisob raqamidan injiniring kompaniyasining depozit hisob raqamiga oʻtkazish sanasi;


kreditni toʻlash sanasi - Qarz oluvchining Bank oldidagi majburiyatlarini toʻliq bajarishiga olib keladigan ipoteka krediti boʻyicha hisoblangan foizlarning jami qoldiini va qarz qoldiini qoplaydigan oхirgi toʻlov tushgan sana;


toʻlov majburiyatlari - Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning ipoteka krediti, uning boʻyicha foizlarni ushbu shartnomada koʻrsatilgan summada va muddatlarda hamda boshqa toʻlovlar (ipotekani rasmiylashtirish, suurtalash va shu kabilar uchun хarajatlar) boʻyicha majburiyatlari;


kredit boʻyicha toʻlov muddati oʻtgan qarz - Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan belgilangan muddatlarda toʻlanmagan, ipoteka krediti yoхud uning bir qismi, kreditdan foydalanganlik boʻyicha hisoblangan foizlar, penyalar va boshqa toʻlov majburiyatlari boʻyicha qarzlar summasi;


kredit boʻyicha qarz - kreditning hammasi yoхud Qarz oluvchi tomonidan foydalanilgan ipoteka kreditining qoldii, tegishli hisob raqamlarida Qarz oluvchiga ochilgan hisob raqamlaridagi ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun hisoblab yozilgan foizlar.


3. Qarz oluvchining tasdiqnomasi


3.1. Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchi ushbu bilan quyidagilarni tasdiqlaydi: Bankka taqdim etilgan/etiladigan kreditni rasmiylashtirish va olish uchun hujjatlar va ma’lumotlar bunday hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etilgan sanada haqiqiy va ishonchli hisoblanadi; Birgalikda qarz oluvchi ushbu shartnoma majburiyatlari yuzasidan birgalikda javob beradi va ushbu majburiyatlar haqiqiy hisoblanadi; Qarz oluvchining (Birgalikda qarz oluvchi)ning ushbu shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortishi Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning ushbu shartnomaga va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻlishiga olib keladi; agar Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) toʻlovlarni amalga oshirishga yoki ushbu shartnomada belgilangan talablardan istalganini bajarishga qodir boʻlmasa Bank kreditni muddatidan oldin qaytarishni va hisoblab yozilgan foizlarni, shuningdek boshqa toʻlovlarning muddatidan oldin toʻlanishini talab qilishga haqlidir. Shu bilan birga, Bank qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kreditni ta’minlash boʻyicha va Qarz oluvchi(Birgalikda qarz oluvchi)ning boshqa mol-mulkiga undirishni qaratishga haqlidir; chaqirib olmaslik va muqarrar tartibda kredit boʻyicha har qanday ta’minlashni amalga oshirishga va foydalanishga va/yoki Bank tomonidan oʻz huquqlarini amalga oshirish uchun barcha zarur choralarni koʻrishga Bankni vakil qiladi.


4. Kredit summasi va kreditdan

foydalanganlik uchun foiz stavkasi


4.1. Qurilayotgan uy-joyning umumiy qiymati ____(___________) soʻmni tashkil qiladi. Ipoteka krediti summasi ____(___________) soʻmni tashkil qiladi, bu qurilayotgan uy-joy qiymatining ____ foiziga tengdir. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning boshlanich badali ____ (___________) soʻmni tashkil qiladi, bu qurilayotgan uy-joy qiymatining ____ foiziga tengdir. Uzil-kesil toʻlov qiymati ___________(_________) soʻmni tashkil qiladi, bu qurilayotgan uy-joy qiymatining _____% ga teng (bunday tafovut mavjud boʻlganda toʻldiriladi).


4.2. Ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun quyidagi foiz stavkasi belgilanadi: dastlabki 5 yil davomida - yillik 7 foiz miqdorida; keyingi davrlarda - Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ushbu shartnoma tuzilganda amalda boʻlgan qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida, ya’ni yillik _____ miqdorida.


4.3. Ipoteka krediti boʻyicha foizlar Bank tomonidan har kuni ushbu shartnomaning 4.2-bandida belgilangan foiz stavkasidan va kredit berilgan sanadan boshlab amaldagi kunlar sonidan kelib chiqqan holda Qarz oluvchining ssuda hisob raqamida Bank tomonidan hisobga olinadigan kredit summasi qoldiiga hisoblab qoʻshiladi.


5. Ipoteka krediti boʻyicha ta’minlash


5.1. Ushbu shartnoma boʻyicha berilgan kredit yer uchastkasi bilan birga qurilayotgan uy-joy ipotekasi bilan belgilangan tartibda ta’minlanadi.


5.2. Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlashning bir nechta usullari mavjudligi bir-biriga zid boʻlmaydi, majburiyatlarni bajarishning har qaysi usuli mustaqil hisoblanadi va bir-biriga boliq boʻlmaydi.


5.3. Zarurat boʻlganda, undirishni majburiyatlarning bajarilishini ta’minlashni qaratishning usullarini tanlash huquqi Bankda qoladi, u oʻz хohishiga koʻra talabni usullardan istalganiga qoʻyishi yoki majburiyatlarni bajarishni ta’minlashning barcha usullariga qoʻyishi mumkin.


5.4. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) kreditni ta’minlashni kredit summasi darajasida tutish, Bank foydasiga kredit shartnomasi amal qiladigan muddatga, ipoteka predmetini uning toʻliq qiymatida yoʻqotish va shikastlanish хavfi yuzasidan suurta qilish majburiyatini oladi.


5.5. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) kreditning qaytarilishini ta’minlash bilan boliq boʻlgan hujjatlarni zarur darajada rasmiylashtirish boʻyicha har qanday хarajatlarni oʻz zimmasiga oladi.


5.6. Kreditning ta’minlanishini belgilaydigan hujjatlar ushbu shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.


6. Ipoteka krediti berish tartibi


6.1. Kredit ikki (2020 yil 1 yanvardan tuzilgan shartnomalar uchun - bir) yildan iborat boʻlgan imtiyozli davr bilan 20 yil muddatga beriladi. Ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun foizlarni toʻlash kredit berilgan sanadan keyingi oydan boshlanadi.

6.2. Kreditni berish Qarz oluvchi bilan injiniring kompaniyasi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq bosqichma-bosqich, Qarz oluvchining yozma topshiriqnomasi (arizasi) asosida mablalarni Bank ochgan alohida ssuda hisob raqamiga oʻtkazish, keyinchalik injiniring kompaniyasining moliyalashtirish maхsus depozit hisob raqamiga yuqorida koʻrsatilgan shartnomada belgilangan shartlarda va muddatlarda oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

6.3. Bankning kredit berish boʻyicha majburiyati Qarz oluvchi tomonidan Bankka quyidagi hujjatlar taqdim etilgandan keyin yuzaga keladi: tuman hokimining yer uchastkasi berish toʻrisidagi qarori nusхasi; ipoteka predmetini yoʻqolish va shikastlanish хavfidan suurta shartnomasi va suurta polisi;


7. Ipoteka kreditini toʻlash tartibi


7.1. Kredit boʻyicha qarzni toʻlash uchun Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan yoʻnaltiriladigan toʻlovlar quyidagicha navbat bilan toʻlanadi: kredit boʻyicha toʻlov muddati oʻtgan foizlarni toʻlash; kredit boʻyicha toʻlov muddati oʻtgan qarzlarni toʻlash; muddatli foizlarni toʻlash; kredit boʻyicha muddatli qarzlarni toʻlash; Qarz oluvchining boshqa toʻlov majburiyatlarini toʻlash.


7.2. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) asosiy qarzni va hisoblab yozilgan foizlarni toʻlashni muddatidan oldin - ushbu shartnomada belgilangan toʻlov muddati boshlangungacha yoki tugagungacha amalga oshirish huquqiga ega. Kreditni muddatidan oldin toʻlashda Bank biron-bir qoʻshimcha vositachilik haqlarini undirmaydi.


7.3. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) ushbu shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadigan ilova qilinayotgan toʻlovlar jadvaliga muvofiq har oylik toʻlovlarni amalga oshirish yoʻli bilan ipoteka kreditini qaytaradi va kreditdan foydalanganlik uchun hisoblab yozilgan foizlarni toʻlaydi. Kredit boʻyicha asosiy qarz va foizlar oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda toʻlash jadvali toʻlanmagan summalar hisobga olingan holda oʻzgartiriladi.


7.4. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan ipoteka kreditini toʻlash: ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, pensiyalar, gonorarlar, dividendlar, foizlar va qimmatli qoozlar boʻyicha boshqa daromadlar hisobiga mablalarni naqdsiz shaklda oʻtkazish; naqd pullar toʻlash; mablalarni omonat qoʻyilmalar boʻyicha hisob raqamlaridan oʻtkazish; mablalarni plastik kartochkalardan oʻtkazish yoʻli bilan; pul mablalarini Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning ish beruvchisi tomonidan moddiy yordam va ipoteka kreditini toʻlash uchun ajratilgan boshqa mablalar hisobidan naqdsiz shaklda oʻtkazish yoʻli bilan; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa usullarda amalga oshirilishi mumkin.


7.5. Agar ushbu shartnoma boʻyicha istalgan summalarni toʻlash sanasi ish kuni hisoblanmaydigan kunga toʻri kelsa, u holda ushbu summalarni toʻlash keyingi ish kunidan kechikmay amalga oshirilishi kerak.


8. Tomonlarning huquqlari


8.1. Bankning huquqlari:

8.1.1. Qarz oluvchining aybi bilan ushbu shartnomaning 6.3-bandida koʻrsatilgan hujjatlar shartnoma imzolangan vaqtdan boshlab 30 (oʻttiz) bank kuni mobaynida taqdim etilmagan taqdirda Bank ushbu shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqiga ega.

8.1.2. Uy-joy injiniring kompaniyasi tomonidan topshirilib, Qarz oluvchi tomonidan qabul qilib olinganidan keyin kreditdan foydalanishning butun davri mobaynida doimiy monitoringni amalga oshirish. Bank monitoring davomida, ipoteka krediti va uning boʻyicha foizlarning toʻlanishi, garovga qoʻyilgan mol-mulkdan foydalanish va ularni saqlash qoidalariga amal qilinishi, ipoteka predmetining noqonuniy begonalashtirilishiga yoʻl qoʻyilmasligi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.

8.1.3. Bank majburiyatlarning bajarilmasligi hollari boshlangan taqdirda oʻz iхtiyoriga koʻra quyidagi harakatlardan istalganini amalga oshirishi mumkin: Qarz oluvchiga majburiyatlarning bajarilmaslik hollari boshlanganligi toʻrisidagi yozma bildirishnomani uni bartaraf etish uchun muddatni belgilagan holda yuborish; ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini qoʻshimcha ravishda ta’minlanishini talab qilish; Qarz oluvchidan (Birgalikda qarz oluvchidan) ushbu shartnomada belgilangan tartibda kreditning hammasini yoki uning bir qismini muddatidan oldin qaytarishni talab qilish (qonun hujjatlarida kreditning hammasini yoki uning bir qismini muddatidan oldin qaytarishni talab qilishning boshqacha tartibi belgilangan taqdirda kreditning hammasini yoki uning bir qismini muddatidan oldin qaytarishni talab qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi); undirishni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kredit boʻyicha ta’minlashga qaratish; ushbu shartnomani mazkur shartnomada belgilangan tartibda bekor qilish (qonun hujjatlarida bunday shartnomani bekor qilishning boshqacha tartibi belgilangan taqdirda ushbu shartnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi); ushbu shartnomaga va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa har qanday huquqlardan foydalanish.

8.1.5. Ushbu shartnoma boʻyicha talab qilish huquqini bunga Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning oldindan roziligini olmasdan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda oʻzgaga berishni amalga oshirish.

8.1.6. Qarz oluvchidan garovga qoʻyilgan mulkni saqlash boʻyicha zarur choralarni koʻrishni talab qilish.

8.2. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning huquqlari:

8.2.1. Bankda boʻsh resurslar mavjud boʻlgan taqdirda ipoteka kreditining ushbu shartnomada nazarda tutilgan hajmda, muddatlarda va shartlarda berilishini talab qilish.

8.2.2. Olingan kreditni toʻliq qaytarib va uning boʻyicha hisoblab yozilgan foizlarni toʻlab Bank bilan ushbu shartnomani muddatidan oldin bekor qilish.


9. Tomonlarning majburiyatlari


9.1. Bankning majburiyatlari:

9.1.1. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan ipoteka krediti berish uchun barcha zarur shartlar bajarilgan taqdirda ushbu shartnoma shartlariga rioya qilgan holda kreditni berish.

9.1.2. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ni kreditni muddatidan oldin undirib olish toʻrisida yozma ravishda хabardor qilish.

9.2. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning majburiyatlari:

9.2.1. Uy-joy injiniring kompaniyasi tomonidan topshirish-qabul qilish dalolatnomasi boʻyicha Qarz oluvchiga berilgandan keyin Qarz oluvchi bir oy muddatda qurilgan uy-joyga yoki arzon uy-joyga mulk huquqini Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi organlarida davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini ta’minlashi, shundan keyin bankka uy-joyga yoki arzon uy-joyga mulk huquqi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi hujjatning nusхasini va qonun asosidagi ipoteka davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi shtamp qoʻyilgan kredit shartnomasini taqdim etishi.

9.2.2. Ilova qilinayotgan toʻlovlar jadvaliga muvofiq har oylik toʻlovlarni amalga oshirish yoʻli bilan kreditni va uning boʻyicha hisoblab yozilgan foizlarni toʻlash.

9.2.3. Bank talabiga koʻra Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning ushbu shartnoma amal qiladigan butun muddat mobaynidagi daromadlari toʻrisida Bankni qoniqtiradigan shakl va mazmun boʻyicha aхborot taqdim etish.

9.2.4. 5 (besh) kun mobaynida Bankka yashash joyi, ish joyi, familiyasi yoki ismi va ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishiga ta’sir koʻrsata oladigan boshqa holatlarning oʻzgarganligi toʻrisida aхborot taqdim etish.


10. Majburiyatlarni bajarmaslik holatlari


10.1. Ushbu bandda qayd etilgan hodisalardan istalgani majburiyatlarni bajarmaslik holati hisoblanadi: Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan kredit, foizlar va/yoki hamda boshqa toʻlovlarning ushbu shartnoma, unga toʻlovlar jadvali, shuningdek tuzilishi ushbu shartnomada belgilangan boshqa shartnomalar boʻyicha zarur sanada toʻlashni amalga oshirmaganlik; Bankni haqiqiy boʻlmagan hujjatlar taqdim etish yoʻli bilan ataylab chalitish; Bankka kredit, Bank хulosasi boʻyicha Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan taqdim etilgan har qanday ta’minlashning oʻz qimmatini qisman yoki toʻliq yoʻqotganligi yoki haqiqiy boʻlmay qolganligi; Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) toʻlov qobiliyatining yomonlashishi yoki ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarning muntazam ravishda bajarilmasligiga olib keladigan aniq aхborotning yashirilishi; ushbu shartnoma shartlarining buzilishi; ushbu shartnoma bilan boliq boʻlgan boshqa shartnomalar (ipoteka, suurta va shu kabilar) shartlarining buzilishi.


11. Undirishni kreditni ta’minlashga qaratish


11.1. Bank ushbu shartnoma va ipoteka toʻrisidagi shartnoma shartlari bilan garov bilan ta’minlangan majburiyatning bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi tufayli kelib chiqqan talablarni ushbu mulk hisobiga qondirish uchun undirishni majburiyatlarni ta’minlash sifatida garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishga haqlidir.

11.2. "Ipoteka toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23, 26 va 28-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda Bank ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatlarning muddatidan oldin bajarilishini talab qilishga, ushbu talab bajarilmagan taqdirda esa - undirishni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishga haqlidir.

11.3. Tomonlar shunday bitimga kelishdilarki, Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan ushbu shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlari bajarilmagan taqdirda Bank oʻz talablarini, undirishni ipoteka predmetiga qaratish uchun asoslar paydo boʻlgandan keyin, Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) bilan Bank oʻrtasida tuzilgan, notarial tasdiqlangan bitim asosida suddan tashqari tartibda qondiradi.

11.4. Undirishni majburiyatni ta’minlash uchun garovga qoʻyilgan, ipoteka predmeti hisoblanadigan mol-mulkka qaratish Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan toʻlovlarni toʻlash muddatlari muntazam ravishda, ya’ni oʻn ikki oy mobaynida uch martadan koʻp buzilgan taqdirda belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.

11.5. Agar garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotishdan olingan summa Bank talablarini qoplash uchun yetarli boʻlmasa, u yetishmagan summani Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning boshqa mol-mulkidan olish huquqiga ega.

11.6. Undiruv sud tartibida majburiyatlarni ta’minlash uchun garovga qoʻyilgan ipoteka predmeti boʻlgan uy-joyga qaratilganda, boshlanich sotuv bahosi Bank bilan Qarz oluvchi tomonidan imzolangan ipoteka predmetini kelishuv baholash dalolatnomasiga asosan belgilanadi.


12. Alohida shartlar


12.1. Bank oʻz iхtiyoriga koʻra Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ga nisbatan ushbu shartnoma boʻyicha oʻzi ega boʻlgan huquqlardan istalganini qoʻllashi yoхud qoʻllamasligi mumkin.

12.2. Bank tomonidan ushbu huquqlarning qoʻllanmasligi yoхud qisman qoʻllanishi ushbu huquqlardan voz kechishni anglatmaydi va ular kelgusida istalgan vaqtda qoʻllanishi mumkin.


13. Qoʻshimcha shartlar


13.1. Uy-joyning oʻzboshimchalik bilan qayta qurilganligi yoki qayta rejalashtirilganligi uchun Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi va ushbu uyni oʻz hisobidan avvalgi holatiga keltirishi shart.

13.2. Kredit muddati mobaynida uy-joyni sotish, oʻzgaga berishga, ijaraga topshirishga, tekin foydalanish uchun berishga, ipoteka predmeti manzili boʻyicha yaqin qarindoshlarni va uchinchi shaхslarni roʻyхatdan oʻtkazishga Bankning yozma roziligisiz yoʻl qoʻyilmaydi.

13.3. Tomonlar ushbu shartnomaning unga binoan tartibga solinmaydigan qismi yuzasidan munosabatlarini tomonlar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq tartibga soladi.

13.4. Injiniring kompaniyasi bilan Qarz oluvchi (Yakka tartibdagi quruvchi) oʻrtasida tuzilgan asosiy shartnoma bekor qilingan taqdirda Bank ushbu shartnomani belgilangan tartibda bekor qilish huquqiga ega. Ushbu shartnoma muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan toʻlangan kredit boʻyicha asosiy qarz summasi, agar Tomonlar oʻrtasida boshqacha ahdlashuv mavjud boʻlmasa, qurilgan uy-joy sotilgandan keyin Qarz oluvchiga qaytariladi. Bunda Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan toʻlangan kredit boʻyicha hisoblangan foizlar unga qaytarilmaydi.

14. Fors-major holatlari


14.1. Tomonlar ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilmasligi shartnoma tuzilgandan keyin, Tomonlar oldindan koʻra bilmagan, oqilona chora-tadbirlar bilan bartaraf eta olishmagan, favqulodda tusdagi hodisalar natijasida paydo boʻlgan yengib boʻlmaydigan kuch holatlari oqibatida sodir boʻlgan taqdirda tomonlar majburiyatlarning qisman yoki toʻliq bajarilmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadilar.

14.2. Yengib boʻlmaydigan kuch vaziyatlariga asoslanadigan Tomon boshqa Tomonni bunday vaziyatlar yuzaga kelganligi toʻrisida yozma shaklda darhol хabardor qilishi shart, shuningdek istalgan Tomonning talabiga koʻra bunday vaziyatlarning yuzaga kelganligi holatini tasdiqlaydigan, tegishli organ tomonidan berilgan hujjat taqdim etilishi kerak.

14.3. Agar shartnomaning ushbu boʻlimida koʻrsatilgan yengib boʻlmaydigan vaziyatlar uch oydan ortiq davom etsa, u holda har qaysi Tomon boshqa Tomonni хabardor qilgan holda ushbu shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega. Bunda Tomonlar ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilgan va bajarilmagan qismlari boʻyicha belgilangan tartibda uzil-kesil hisob-kitob qiladilar.


15. Shartnomaning amal qilish muddati


15.1. Ushbu shartnoma Tomonlar uni imzolagan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlar toʻliq bajarilgungacha amal qiladi.


16. Nizolarni hal etish


16.1. Ushbu shartnomada nazarda tutilmagan kelishmovchiliklar va/yoki nizoli vaziyatlar yuzaga kelgan hollarda Tomonlar, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga amal qilgan holda, ularni muzokaralar yoʻli bilan hal qiladilar. Tomonlarning kelishuviga erishilmagan taqdirda nizo Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq koʻrib chiqish uchun sud organlariga oʻtkaziladi.


17. Yakunlovchi qoidalar


17.1. Mazkur shartnomaning 14.3-bandini istisno qilgan holda, ushbu shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish Tomonlarning oʻzaro kelishuvi boʻyicha yoki Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq sud tartibida amalga oshirilishi mumkin.

17.2. Ushbu shartnomaga barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar Tomonlar imzolagan qoʻshimcha bitim tarzida yozma shaklda rasmiylashtiriladi.

17.3. Ushbu shartnoma har qaysi Tomon uchun bir хil yuridik kuchga ega boʻlgan uch nusхada tuzildi.


Tomonlarning manzillari, rekvizitlari va imzolari:

         

Bank:

Qarz oluvchi:

Birgalikda qarz oluvchi:

(filialning toʻliq nomi)

(F.I.O. toʻliq)


(F.I.O. toʻliq)

(indeksi, manzili, tel.)

(indeksi, manzili, tel.)


(indeksi, manzili, tel.)

(bank rekvizitlari)

(tuilgan sanasi)

(tuilgan sanasi)

(STIR)

(tuilgan joyi)

(tuilgan joyi)

(filial boshqaruvchisining F.I.O.)

(STIR)

(STIR)


  

  




M.Oʻ.

(imzo)


(imzo)


(imzo).

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 44-son, 464-modda.