Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.10.2009 y. 280-son "Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida "Qishloq qurilish Invest" injiniring kompaniyasi ishtirokida uy-joylar qurishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

26.10.2009 y.

N 280



QIShLOQ JOYLARDA NAMUNAVIY

LOYIHALAR ASOSIDA "QIShLOQ QURILISh

INVEST" INJINIRING KOMPANIYaSI

IShTIROKIDA UY-JOYLAR QURIShNI

TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq joylarda uy-joy qurilishi koʻlamini kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2009 yil 3 avgustdagi PQ-1167-son qarorini bajarish yuzasidan, qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar asosida "Qishloq qurilish invest" injiniring kompaniyasi ishtirokida uy-joylar qurishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Qishloq qurilish invest" injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlarining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2009 yil 26 oktyabrdagi

280-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 30 dekabrdagi 272-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 12-son, 97-modda) bilan tasdiqlangan Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi toʻrisidagi nizomda:


a) 9-bandga quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"Qishloq qurilish invest" injiniring kompaniyasi ishtirokida qurilgan uy-joy joylashgan yer uchastkasi tuman hokimining qaroriga koʻra, yakka tartibda uy-joy quruvchiga kimoshdi savdosi oʻtkazmasdan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun ajratiladi";


b) 10-bandga quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"Qishloq qurilish invest" injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun ajratilgan yer massivida uy-joy qurishga buyurtma rasmiylashtirgan yakka tartibda uy-joy quruvchi kompaniyaning hududiy filiallariga aniq yer uchastkasini va tanlab olingan namunaviy loyihani koʻrsatgan holda yozma ariza bilan murojaat qiladi";


v) 27-bandda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi qoʻshilsin:

"Qishloq qurilish invest" injiniring kompaniyasi buyurtmachi sifatida jalb etilganda yakka tartibda uy-joy qurilishining borishi ustidan teхnik nazorat funksiyasini injiniring kompaniyasi amalga oshiradi";

ikkinchi хatboshi uchinchi хatboshi deb hisoblansin.

3. Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 25 maydagi 148-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009 y., 5-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun "Qishloq qurilish bank" aksiyadorlik tijorat banki tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi toʻrisidagi nizomda:


a) 2-bandning yettinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"birgalikda qarz oluvchilar - qarz oluvchining ipoteka krediti va kredit boʻyicha foizlarning har oydagi toʻlovlarida qatnashadigan, shuningdek ipoteka krediti yuzasidan birgalikda javob beradigan eri (хotini) hamda uning yaqin qarindoshlari (ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, farzandlari)";


b) 4-banddagi "boshqa oila a’zosi" soʻzlari "yaqin qarindoshlari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 2-ilova 2.1-bandining beshinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"birgalikda qarz oluvchilar - qarz oluvchining ipoteka krediti va kredit boʻyicha foizlarning har oydagi toʻlovlarida qatnashadigan, shuningdek ipoteka krediti yuzasidan birgalikda javob beradigan eri (хotini) hamda uning yaqin qarindoshlari (ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, farzandlari)".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 44-son, 464-modda.