Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.05.2006 y. 100-son "Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining Namunaviy ustavini hamda Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati bilan koʻp kvartirali uydagi turar joyga moʻljallanmagan bino mulkdori oʻrtasidagi Namunaviy shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.05.2006 y.

N 100


XUSUSIY UY-JOY MULKDORLARI

ShIRKATINING NAMUNAVIY USTAVINI

HAMDA XUSUSIY UY-JOY MULKDORLARI

ShIRKATI BILAN KOʻP KVARTIRALI UYDAGI

TURAR JOYGA MOʻLJALLANMAGAN BINO

MULKDORI OʻRTASIDAGI NAMUNAVIY

ShARTNOMANI TASDIQLASh

TOʻRISIDA


"Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining Namunaviy ustavi 1-ilovaga muvofiq;

Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati bilan koʻp kvartirali uydagi turar joyga moʻljallanmagan bino mulkdori oʻrtasidagi Namunaviy shartnoma 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari 2006 yil 1 sentyabrgacha boʻlgan muddatda uy-joy mulkdorlari shirkatlarini "Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda ushbu qarorga muvofiq qayta roʻyхatdan oʻtkazishni ta’minlasinlar.


3. Vazirlar Mahkamasining "Uy-joy mulkdorlari shirkatining Namunaviy ustavini va Uy-joylarni uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruviga berish va uy-joy fondini saqlash va tuzatish masalalarida davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻrisidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqida" 1999 yil 4 oktyabrdagi 454-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999 y., 10-son, 60-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:

qarorning nomidan "Uy-joy mulkdorlari shirkatining Namunaviy ustavini va" soʻzlari chiqarib tashlansin;

1-bandning ikkinchi хatboshi va qarorga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. "Oʻzkommunхizmat" agentligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻrisida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                      Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 22-son, 196-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2006 y., N 5, 40-modda.