Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.10.1999 y. 454-son "Uy-joylarni хususiy uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruviga berish va uy-joy fondini saqlash va tuzatish masalalarida davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

04.10.1999 y.

N 454


UY-JOYLARNI XUSUSIY

UY-JOY MULKDORLARI ShIRKATI BOShQARUVIGA

BERISh VA UY-JOY FONDINI SAQLASh VA TUZATISh

MASALALARIDA DAVLAT HOKIMIYaTI ORGANLARI

BILAN OʻZARO HAMKORLIK QILISh TARTIBI

TOʻRISIDAGI NAMUNAVIY NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


"Uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Aholiga kommunal хizmat koʻrsatish tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻrisida" 1998 yil 3 noyabrdagi 461-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

- Uy-joylarni хususiy uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruviga berish va uy-joy fondini saqlash va tuzatish masalalarida davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻrisidagi Namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston “Oʻzkommunхizmat” agentligi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini tegishli normativ hujjatlar bilan ta’minlashda hamda ularning huquqiy hujjatlari toʻri rasmiylashtirilishida zarur yordam koʻrsatsin.

3. Moliya vazirligi Qoraqolpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har yili byudjetni shakllantirishda uy-joylarning umumiy foydalaniladigan joylarini va muhandislik kommunikatsiyalarini mukammal tuzatish uchun хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moliyaviy mablalar ajratilishini nazarda tutsin.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                             I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1999 y., N 10, 60-modda.