Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Iqtisodiyot vazirligining 40-son, Moliya vazirligining 67-son, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining 7-son, Davlat bojхona qoʻmitasining 01-02/8-16-son "Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan iste’mol tovarlarining roʻyхatini tasdiqlash haqida"gi 16.07.2013 y. Qarori (AV tomonidan 12.08.2013 y. 2500-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

12.08.2013 y.

N 2500

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IQTISODIYoT VAZIRLIGINING

16.07.2013 y.

N 40


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

16.07.2013 y.

N 67


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

TAShQI IQTISODIY ALOQALAR,

INVESTITsIYaLAR VA SAVDO

VAZIRLIGINING

16.07.2013 y.

N 7


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING

16.07.2013 y.

N 01-02/8-16


QARORI



Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib

kiriladigan iste’mol tovarlarining

roʻyхatini tasdiqlash haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solishga doir chora-tadbirlarni davom ettirish toʻrisida"gi 2012 yil 10 sentyabrdagi PQ-1816-sonli qaroriga muvofiq (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 yil, 38-son, 434-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojхona qoʻmitasi QAROR QILADILAR:


1. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiritiladigan iste’mol tovarlarining roʻyхati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojхona qoʻmitasining 2008 yil 1 avgustdagi 56, 73, EG-01/19-3822 va 01-02/8-46-son "Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan iste’mol tovarlarining roʻyхatini tasdiqlash toʻrisida"gi qarori (roʻyхat raqami 1853, 2008 yil 9 sentyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008 yil, 37-38-son, 384-modda);

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojхona qoʻmitasining 2009 yil 22 iyundagi 76, 65, EG-01/10-3881 va 01-02/8-13-sonli "Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan iste’mol tovarlarining roʻyхatiga oʻzgartirish kiritish toʻrisida"gi qarori (roʻyхat raqami 1853-1, 2009 yil 27 iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 yil, 27-son, 318-modda).


3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Iqtisodiyot vaziri



G. Saidova

Moliya vaziri



R. Azimov

Tashqi iqtisodiy aloqalar,

investitsiyalar va savdo vaziri

     

E. aniyev

Davlat bojхona qoʻmitasi raisi

Z. Dusanov

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 19 avgust, 33-son, 443-modda