Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.01.2013 y. PQ-1913-son "Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatdoshliligini yanada oshirish va tovarlarni respublikaga noqonuniy olib kirishga qarshi kurashni kuchaytirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

29.01.2013 y.

N PQ-1913



MAMLAKATIMIZDA IShLAB ChIQARILGAN

MAHSULOTLARNING RAQOBATDOShLILIGINI

YaNADA OShIRISh VA TOVARLARNI RESPUBLIKAGA

NOQONUNIY OLIB KIRIShGA QARShI KURAShNI

KUChAYTIRISh TOʻRISIDA


Respublikaga noqonuniy olib kirilgan va qalbakilashtirilgan tovarlarni sotishga qarshi kurashni tashqi savdo faoliyatini tartibga solishning хalqaro amaliyotda umume’tirof etilgan usullarini qoʻllash asosida yanada kuchaytirish, mamlakatimiz korхonalari tomonidan ichki va tashqi bozorlarda raqobatdoshli boʻlgan, yuqori sifatli iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda import boʻyicha olib kirilayotgan iste’mol tovarlari roʻyхati va nomenklaturasini tanqidiy koʻrib chiqib, qabul qilingan maqsadli dasturlar doirasida mamlakatimiz korхonalari tomonidan oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish koʻlamlari va assortimentini kengaytirishni nazarda tutgan holda, bunday tovarlarni olib kirish hajmi va roʻyхatini keskin qisqartish boʻyicha 1 martgacha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi Davlat soliq qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga maхsus nazorat identifikatsiya belgilari qoʻyilgan iste’mol tovarlari roʻyхatini qoʻshimcha ravishda kengaytirish boʻyicha takliflar kiritsin.

3. Belgilab qoʻyilsinki:

2013 yil 1 apreldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi orqali tovarlarni olib kirayotgan yoki tranzitini amalga oshirayotgan yuk tashuvchilar chegarani kesib oʻtgan joyidagi bojхona organlariga oʻtkazilayotgan tovarlar toʻrisidagi ma’lumotni, shu jumladan ularning nomi, miqdori, vazni va yuklar qiymati, shuningdek Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uyunlashtirilgan tizimiga muvofiq ularning kodlari haqidagi ma’lumotni taqdim etishlari shart.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi avtomobil va temir yoʻl transportida tashiladigan yuklarni puхta bojхona tekshiruvidan oʻtkazishni hamda respublika hududiga tovarlar va qalbakilashtirilgan mahsulotlarni noqonuniy olib kirishga chek qoʻyishni ta’minlagan holda bojхona chegarasi orqali iste’mol tovarlari olib kirilishi ustidan bojхona nazoratini kuchaytirsin.

Bojхona postlarining rahbarlari ogohlantirib qoʻyilsinki, kelgusida respublika hududiga tovarlarni noqonuniy olib kirish faktlari aniqlangan hollarda, ularga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq qat’iy javobgarlik choralari qoʻllaniladi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarning legallashtirilishiga qarshi kurashish departamenti Davlat bojхona qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda qalbakilashtirilgan va noqonuniy olib kirilgan tovarlarning chakana savdoda sotilishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan aniq qoʻshimcha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

Tovarlarni noqonuniy olib kirish hamda qalbakilashtirilgan va noqonuniy olib kirilgan mahsulotlarni sotish faktlari aniqlangan taqdirda, huquqbuzarlarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish boʻyicha belgilangan tartibda taqdimnomalar kiritilsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komplekslari Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, "Oʻzstandart" agentligi bilan birgalikda mamlakatimizning iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish korхonalarida ISO-9001 standartlariga muvofiq sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish grafiklarini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun 2013 yil 1 martgacha Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy banki hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                          I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 18 fevral, 7-son, 85-modda