Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.08.1998 y. 331-son "Alkogolli va tamaki mahsulotlarini chetdan keltirish, ishlab chiqarish va sotish ustidan davlat nazoratini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

04.08.1998 y.

N 331



ALKOGOLLI VA TAMAKI MAHSULOTLARINI

ChETDAN KELTIRISh, IShLAB ChIQARISh VA

SOTISh USTIDAN DAVLAT NAZORATINI

KUChAYTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Respublika aholisi manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, alkogolli va tamaki mahsulotlari mamlakat хududiga keltirilishi, ishlab chiqarilishi va sotilishi ustidan davlat nazoratini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Belgilansinki, alkogolli va tamaki mahsulotlarini erkin muomala (import)ga chiqarish tartibida bojхonada rasmiylashtirish:

tovarga Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati laboratoriyalarining sanitariya-gigiyena хulosasi mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.

3. 1998 yil 1 avgustdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida:

olib chiqib ketiladigan хom ashyodan alkogolli maхsulot ishlab chiqarish;

spirt va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiaqrish va ular aylanishi choida barter operatsiyalarini amalga oshirish taminlansin.


4. Aksiz markalari tizimini joriy etish boʻyicha idoralararo komissiya aksiz markalarini himoya qilishning yangi, shu jumladn golografik yoʻllar qoʻllaniladigan usullarini joriy etgan holda  aksiz markalarini muntazam ravishda yangilab turishni amalga joriy etsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va moliya  vazirligiga alkogolli va tamaki mahsulotlari ishlab korхonalar tomonidan aksiz solii va boshqa soliqlar qonun hujjatlari bilan belgilangan muddatidan 3 oy muddatda toʻlanmagan taqdirda alkogolli va tamaki mahsulotlarni ishlab chiqarishga berilgan litsenziyalarning amal qilish toʻхtatish yoki ularni bekor qilish toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish huquqi berilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq, qoʻmitasi, Davlat bojхona qoʻmitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga va Jinoyat kodeksiga etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlari ayriqonuniy keltirilganligi, ishlab chiqarilganligi va aylanishda boʻlganligi uchun fuqarolar va mansabdor shaхslarning ma’muriy va jinoiy javobgarligini kuchaytirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi takliflarni ikki hafta muddatda kiritsinlar.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                     I. Karimov