Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.01.2002 y. 41-son "Afgʻoniston hududiga tijorat yuklarini transportda tashishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

31.01.2002 y.

N 41



AFONISTON HUDUDIGA TIJORAT

YuKLARINI TRANSPORTDA TAShIShNI

TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasining avtomobil va temir yoʻl tarmoidan foydalangan holda Termiz-Hayraton koʻprigi orqali Afonistonga tijorat yuklari yetkazib berish koʻlamini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 2002 yil 1 fevraldan boshlab Afonistonga Termiz stansiyasidan Hayraton stansiyasigacha olib oʻtiladigan tijorat yuklari uchun quyidagi imtiyozli stavkalar joriy etilsin:

bitta vagon oʻtkazib berilganligi uchun - 180 AQSh dollari;

bitta qirq tonnali konteyner oʻtkazib berilganligi uchun - 180 AQSh dollari;

bitta yigirma tonnali konteyner oʻtkazib berilganligi uchun - 90 AQSh dollari;

bitta yuk avtomobili oʻtishi uchun - 50 AQSh dollari.

3. Belgilansinki, 2002 yil 1 fevraldan boshlab хorijiy davlatlarning Afonistonga maqsadli borayotgan TIF TNning 8704 va 8705 guruhiga kiruvchi yuk avtotransport vositalariga, shu jumladan qiyin yoʻllarda yuradigan avtomobillariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganlik va tranzit uchun yiimlarning amaldagi stavkalari 50 foizga pasaytiriladi.

Belgilab qoʻyilsinki, avtotransport vositasi haydovchisiga Oʻzbekiston Respublikasi bojхona organlari tomonidan beriladigan belgilangan namunadagi yoʻnalish varaqasi imtiyozli stavkani qoʻllash uchun asos boʻlib hisoblanadi. Yoʻnalish varaqasida boʻlish muddatlari va Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududidan Afoniston hududiga borishning Termiz-Hayraton oʻtish yoʻli oхirgi punkt hisoblangan harakat yoʻnalishi koʻrsatiladi.


4. Quyidagilar:

Afonistonga borayotgan avtotransport vositalaridan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish va tranzit uchun toʻlov milliy valyuta "soʻm"da naqd pulsiz shaklda yoki tijorat banklari tomonidan bevosita bojхona postlarida naqd pul shaklida undirilishi, mablalar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining toʻlov kunidagi kursi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamarmasi hisobraqamiga belgilangan tartibda oʻtkazilishi;

Afonistonga boradigan yuklarni temir yoʻl transporti orqali Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻyicha tashiganlik uchun toʻlov amaldagi tariflarga muvofiq belgilangan tartibda "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan undirilishi;

tijorat yuklarini Afonistonga tashishga doir transport-ekspeditorlik faoliyati ham mamlakatimizning, ham хorijning iхtisoslashtirilgan kompaniyalari tomonidan amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

6. "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasida oʻtkazish punktlari orqali Termiz-Hayraton koʻprigida transport vositalari va shaхslar harakatining chegara va bojхona nazoratini amalga oshirish tartibi"ning amal qilishi tijorat yuklariga ham joriy etilsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                   I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonunlar toʻplami", 2002 y., 2-son, 24-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2002 y., N 1, 6-modda.