Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ichki ishlar vazirligining 3-son, "Sanoatkonteхnazorat" davlat inspeksiyasining 78-son "Portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sotib olish, saqlash, transportda tashish, ulardan foydalanish va ularni hisobga olish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi 25.05.2005 y. Qarori (AV tomonidan 08.07.2005 y. 1491-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

08.07.2005 y.

N 1491

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IChKI IShLAR VAZIRLIGINING

25.05.2005 y.

N 3

"SANOATKONTEXNAZORAT"

DAVLAT INSPEKSIYaSINING

25.05.2005 y.

N 78

QARORI



Portlovchi moddalarni ishlab chiqarish,

sotib olish, saqlash, transportda tashish,

ulardan foydalanish va ularni hisobga

olish toʻrisidagi yoʻriqnomani

tasdiqlash haqida


(2005 yil 18 iyuldan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 maydagi 213-sonli "Portlovchi moddalar va portlatish vositalarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, transportda tashish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarorining 6-bandiga muvofiq QAROR QILAMIZ:


1. Portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sotib olish, saqlash, transportda tashish, ulardan foydalanish va ularni hisobga olish toʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatiga olingan kundan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.


3. Mazkur qarorning kuchga kirish kunidan boshlab Portlovchi moddalarni saqlash, transportirovka qilish, ishlatish va hisobga olish toʻrisidagi Yoʻriqnoma (1992 yildagi davlatlararo Portlatish ishlarida qoʻllaniladigan yagona хavfsizlik qoidalariga 1-ilova) Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllanilmasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Patrul-post хizmati va jamoat tartibini saqlash Bosh boshqarmasi hamda "Sanoatgeokonteхnazorat" Davlat inspeksiyasining tarmoq inspeksiyalari portlatish ishlarini olib boruvchi korхonalar bilan hamkorlikda Yoʻriqnoma talablaridan kelib chiqqan holda portlovchi materiallar saqlanadigan omborхonalarda kirib-chiqish va ichki rejimlarni kuchaytirish, ularda asossiz tekshiruvlarga yoʻl qoʻymaslik borasida aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar.


Ichki ishlar vaziri                                            Z. Almatov



"Sanoatkonteхnazorat"

Davlat inspeksiyasi boshlii                            R. Saidov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 27-son, 199-modda.